🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti 13-sonli talabalar turar joyida “Sumalak sayli” bayram tadbiri “Talabalar bahori” va “Eng yaxshi talabalar turar joyi” tanlovi doirasida yuqori saviyada o‘tkazildi.
🔸Toshkent davlat tibbiyot universiteti 13-sonli talabalar turar joyida “Sumalak sayli” bayram tadbiri “Talabalar bahori” doirasida hamda “Eng yaxshi talabalar turar joyi” tanlovi bilan uyg‘un holda milliy qadriyatlar ruhida, yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, hurmatli ustoz Bobomurodov Turdiqul Akromovich tantanali ravishda ochib berdi.
🔺Tadbirda tojik, o‘zbek, rus, qozoq va hind millatiga mansub talaba-yoshlar, shuningdek universitet boshqarma va bo‘lim boshliqlari, xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar, profilaktika inspektorlari, korrupsiyaga qarshi kurash xodimlari, to‘garak rahbarlari, bino komendantlari hamda tarbiyachi-pedagoglar faol ishtirok etdilar.
🔹Bayram davomida 1-stomatologiya, 2-stomatologiya hamda 3-son Davolash ishi fakulteti jamoalarining folklor chiqishlari namoyish etilib, ularda yurtimiz viloyatlariga xos urf-odatlar, milliy an’analar va xalq og‘zaki ijodining betakror jihatlari sahna ko‘rinishlari orqali yuksak mahorat bilan ifoda etildi. Talaba-yoshlarning ijodiy yondashuvi, shijoati va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmati tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
🌿Tadbir doirasida milliy taomlar — sumalak va osh tayyorlanib, mehmonlarga tortiq etildi. Xususan, 2 ta katta qozonda sumalak pishirilib, bayramga tashrif buyurganlarga ulashildi. Talabalar tomonidan chizilgan ijodiy rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, talaba Bakirovna E’tibor tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati asosidagi milliy taqinchoqlar ko‘rgazmasi hamda sport o‘yinlari — milliy kurash, arqon tortish va stol tennisi musobaqalari o‘tkazildi. Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’ati bo‘limi xodimlari hamda iqtidorli talabalar kuy-qo‘shiqlar ijrosi bilan bayramga yanada fayz bag‘ishladilar. Musiqiy oqshom esa ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
🔸Shuningdek, juma kuni o‘tkazilgan milliy qadriyatlar saylida kafedralarning professor-o‘qituvchilari milliy liboslarda tashrif buyurib, tadbir nufuzini yanada oshirdilar. Tadbirni tashkil etishda 3-son litsey jamoasi, 13–14-sonli talabalar turar joylari tarbiyachi-pedagoglari hamda yotoqxona xodimva talaba qizlariga alohida minnatdorlik bildiriladi.
🌿Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik bayrami!
✅Rasmiy sahifalarimiz!
|
https://www.facebook.com/TashMedUni |
https://www.instagram.com/tashmeduni?igsh=Z2wzb3VxbTNzN3g1 https://www.youtube.com/@TashMedUniOfficial |
https://x.com/TashMedUni | https://www.linkedin.com/school/tashkent-state-medical-university