Hurmatli kommunal soha fidoyilari, aziz suvchilar!
🌟18-aprel — O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan sizlarni samimiy muborakbod etaman!
🎆Ayniqsa, ichimlik suvi ta’minoti, infratuzilma rivoji, texnik xizmat va resurslarni boshqarishda mehnat qilayotgan 27 mingga yaqin suvchilarning fidokorligi alohida e’tiborga loyiq.
⭐️ So‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida suv ta’minoti tizimida ham keng qamrovli islohotlarning amalga oshayotganida zahmatli mehnatingizning o‘rni beqiyos. Muhtaram yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “O‘z xizmat joyida kechani – kecha, kunduzni – kunduz demasdan, fidokorona mehnat qilib, aholi, tashkilot va muassasalarning qulay va zamonaviy sharoitlarda yashashi va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab kelayotgan sizlar kabi mohir muhandis va ishchilar, usta va chilangarlar, mexanik va texnologlar, mutaxassislar va faxriylarga, ko‘pmillatli soha xodimlariga ushbu quvonchli ayyomda chuqur hurmatimiz va ezgu tilaklarimizni bildirib, chin dildan rahmatlar aytamiz.”
✨ Sizlarning mehnatingiz har bir xonadon va har bir tomchi orqali seziladi.
🎉Barchangizga sog‘lik, kuch-g‘ayrat va mehnatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilayman!
💥Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!
Hurmat bilan,
Axmad Suvankulov
“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi
———————————————————
Уважаемые работники сферы коммунального обслуживания, дорогие сотрудники системы водоснабжения!
🌟Искренне, от всей души поздравляю вас с 18 апреля - Днем работников сферы жилищно-коммунального обслуживания Республики Узбекистан!
🎆Особого внимания заслуживает самоотверженность почти 27 000 сотрудников, работающих в сфере питьевого водоснабжения, развития инфраструктуры, технического обслуживания и управления ресурсами.
⭐️За последние годы в качестве одного из приоритетов государственной политики реализуется комплексное реформирование системы водоснабжения. Как сказал наш уважаемый глава государства: "Мы выражаем глубокое уважение, самые добрые пожелания и искреннюю благодарность вам – умелым инженерам и рабочим, мастерам и слесарям, механикам и технологам, специалистам и ветеранам, всем многонациональным коллективам сферы, которые день и ночь самоотверженно трудятся на объектах, обеспечивая комфортные и современные условия для жизни населения и деятельности организаций и учреждений".
✨Ваш самоотверженный труд отражается в каждой семье, в каждой капле живительной влаги, которая поступает в дома наших граждан.
🎉Желаю всем вам здоровья, сил и больших успехов в работе!
💥С праздником!
С уважением,
председатель правления АО "Узсувтаъминот"
Ахмад Суванкулов