O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali
Rasmiy sayt: nuu.uz
📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.
Join @nuu_uz for exclusive rasmiy and facebookcomnationaluniversityuzbekistan content and discussions in 25
Reyting
Global reyting
#33628
-2391
Til reytingi
#160
-22
Toifa reytingi
#2563
-204
Obunachilar sonining o'sishi (Oxirgi 21 kun ichida)
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!
So'nggi postlar
O'zMU | Rasmiy kanal
17-may, 2026, 16:37
📷 Photo
OʻzMU professori AQSHda jadidchilik tarixi bo‘yicha mashhur olim bilan muzokaralar o‘tkazdi
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Shahnoza Madayeva AQSHga uyushtirilgan xizmat safari doirasida nufuzli xalqaro ilmiy uchrashuvlarda ishtirok etdi.
🗣Safar davomida Minneapolis shtati Sent-Pol shahrida Markaziy Osiyo XIX-XX asrlar tarixi mutaxassisi, jadidchilik tarixi olimi, Karlton kolleji professori Adib Xolid bilan ilmiy muloqot tashkil etildi.
Suhbatda quyidagi muhim mavzular muhokama markazida bo‘ldi:
⏺Xalqaro olimning jadidchilik tarixini tadqiq etishga kirishish omillari;
⏺O‘zbekistonda jadidlik davrini ob’yektiv va xolis o‘rganishning tarixiy bosqichlari;
⏺Hozirgi kunda Markaziy Osiyo mintaqasida dekolonizatsiya jarayonlari va mafkurasining aks etishi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
2,040
14
0
O'zMU | Rasmiy kanal
17-may, 2026, 16:37
📷 Photo
Tavallud kuningiz muborak bo’lsin!
Bugun O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Topildiyev Vohidjon Rahimjonovich tavallud topgan kun
Vohidjon Rahimjonovichning universitetda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, uni yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlari yuksak e’tirofga loyiq.
Fursatdan foydalanib, ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan zafarlar, cheksiz muvaffaqiyat va baraka tilaymiz.
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
17-may, 2026, 16:37
🎥 Video
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida atoqli matematik olimlar — akademik S. H. Sirojiddinov tavalludining 106 yilligi, akademik Sh. Q. Formanov tavalludining 85 yilligi hamda Bernulli jamiyatining Jahon kongressi tashkil etilganining 40 yilligi munosabati bilan “Stoxastik tahlilning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
2,780
O'zMU | Rasmiy kanal
17-may, 2026, 16:37
📷 Photo
O‘quv dala amaliyoti talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga zamin yaratmoqda
🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti talabalari ayni vaqtda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq” hamda "Burchimulla" o‘quv-dala amaliyot bazalarida dala amaliyotlarini o‘tamoqda.
🗣"Biologiya" ta'lim yo'nalishi talabalari 2-kursda o‘tiladigan Zoologiya fanidan, "Agrokimyo va tuproqshunoslik" yo'nalishi 2-kurs talabalari esa Tuproqshunoslik fanidan, 2-kurs "Ekologiya va atrof muhit muhofazasi" yo'nalishi talabalari Tuproq va agro ekologiya fanidan olingan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlamoqda.
#NUUz #Biologiya #Amaliyot #Ekologiya
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
17-may, 2026, 16:37
📷 Photo
O‘zMU talabalari Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan “Talabalar bahori” festivalida ishtirok etdi
🗣12-14 may kunlari Qoraqalpoq davlat universitetida an’anaviy “Talabalar bahori” festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli yoshlar forumida mamlakatimizdagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi qatorida O‘zbekiston Milliy universitetining bir guruh iqtidorli talabalari ham ishtirok etdi.
Uch kunlik boy dastur doirasida talabalar turli ma’naviy-ma’rifiy va intellektual tadbirlarda o‘z bilimlarini namoyish etdilar. Xususan, yoshlar “Zakovat Quiz” va “Munozara” intellektual tanlovlarida, shuningdek, “Yosh kitobxon” to‘garagi tomonidan tashkil etilgan she’riyat kechalarida qatnashdilar. Bundan tashqari, talabalar Nukus shahridagi diqqatga sazovor maskanlar — “Qatog‘on qurbonlari” muzeyi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti va tarixi muzeyi hamda “Oq qush” turizm kompleksiga tashrif buyurib, hududning boy tarixi va madaniyati bilan tanishdilar.
🗣Festival davomida sport musobaqalariga ham keng o‘rin berildi. Talabalar futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat-shashka bo‘yicha o‘zaro kuch sinashib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qildilar.
Batafsil 👉 https://nuu.uz/ozmu-talabalari-qoraqalpogistonda-otkazilgan-talabalar-bahori-festivalida-ishtirok-etdi/
👉 https://nuu.uz/ru/ozmu-talabalari-qoraqalpogistonda-otkazilgan-talabalar-bahori-festivalida-ishtirok-etdi/
👉 https://nuu.uz/en/ozmu-talabalari-qoraqalpogistonda-otkazilgan-talabalar-bahori-festivalida-ishtirok-etdi/
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
🔴🟦🟦
Oʻzbekiston Milliy universitetida yakuniy nazorat imtihonlari davom etmoqda
🇺🇿 Yakuniy nazoratlar universitetga 1-kursga qabul qilingan hamda 2-kurs kunduzgi taʼlim shakli talabalari uchun test va yozma shaklda, shifrlash tizimi asosida tashkil etilgan.
📷 Yakuniy nazorat jarayonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida onlayn translyatsiya qilib boriladi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
17-may, 2026, 16:37
📷 Photo
Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 O'zMU Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakultetining O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi tashabbusi bilan atoqli shoir, yozuvchi, tilshunos, adabiyotshunos, tarixchi, faylasuf, san’atshunos hamda jamoat arbobi Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
🔺Mazkur tadbir Michigan davlat universiteti (AQSh), Anqara davlat universiteti (Turkiya), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Batafsil 👉 https://nuu.uz/uz/abdurauf-fitrat-tavalludining-140-yilligiga-bagishlangan-adabiy-marifiy-tadbir-bolib-otdi/
👉 https://nuu.uz/ru/abdurauf-fitrat-tavalludining-140-yilligiga-bagishlangan-adabiy-marifiy-tadbir-bolib-otdi/
👉 https://nuu.uz/en/eng-yaxshi-kreativ-goya-startap-tanlovining-universitet-bosqichi-otkazildi/ https://nuu.uz/en/abdurauf-fitrat-tavalludining-140-yilligiga-bagishlangan-adabiy-marifiy-tadbir-bolib-otdi/
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
28-mar, 2026, 03:03
📷 Photo
Germaniyalik professor yosh matematiklarga ma’ruza o‘qidi
⏺Germaniyaning Magdeburg universiteti professori Merle Munko O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakultetiga tashrif buyurdi.
⏺Tashrif Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi taklifiga binoan tashkil etilib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad — magistrantlar uchun ilmiy-amaliy ma’ruzalar o‘qish hamda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan istiqbolli ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.
⏺Tashrif doirasida “Matematika” hamda “Aktuar va moliyaviy matematika” mutaxassisliklari magistrantlari uchun “Inferencye for meaningful estimands in factorial survival designs and competing risks settings” mavzusida mazmunli ma’ruzalar tashkil etildi.
⏺Mazkur ma’ruzalar tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan tanishtirish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
28-mar, 2026, 03:03
📷 Photo
Professor Saida Agzamxodjayeva “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
⏺O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Pedagogik ta'lim kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Saida Sabitovna Agzamxodjayeva Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
⏺Universitet Kengashida topshirilgan ushbu mukofot olimaning ilm-fanni rivojlantirish, yosh faylasuflarni yetishtirish, ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda samarali faoliyatining munosib e’tirofidir.
⏺Ma'lumot o'rnida, Saida Sabitovna “Science and innovation 2025” mukofotlash marosimida "Yil olimi" nominatsiyasi bilan
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
28-mar, 2026, 03:03
📷 Photo
Universitet Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
⏺Yig‘ilishda 2025/2026-o‘quv yili qishki sessiyasi yakunlari ham ko‘rib chiqilib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim sifati ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.
⏺Shuningdek, universitetda o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi, 2025-yilgi nashr rejasining ijrosi tahlil qilinib, 2026-yilda tayyorlanadigan o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlar nashr rejasini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
⏺Kengashda, shuningdek, qator tashkiliy va moliyaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, ilmiy darajaga ega xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi hamda Nazariy fizika institutining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, akademik litsey o‘quvchilariga rektor stipendiyasini tayinlashni tasdiqlash hamda Kimyo fakultetida yangi kafedra filiali tashkil etish masalalari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Batafsil 👉 http://nuu.uz/
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
28-mar, 2026, 03:03
📷 Photo
Universitet Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
⏺Bugun, 27-mart kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Universitet Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda oliygoh faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid muhim masalalar keng muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
⏺Kengash kun tartibiga muvofiq, ilmiy unvonlarga taqdim etish masalasi ko‘rib chiqildi. Kengash qaroriga asosan, professor ilmiy unvoniga 5 nafar, dotsent ilmiy unvoniga esa 11 nafar nomzod tavsiya etildi.
⏺Shuningdek, universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyati tahlil qilinib, ularning samaradorligini oshirish, ilmiy izlanishlar sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
⏺Yig‘ilishda universitet professor-o‘qituvchilari tarkibidan professor va dotsent vazifasini bajaruvchi, shuningdek, katta o‘qituvchi va o‘qituvchi lavozimlari uchun tanlov talablarini takomillashtirish, tanlov jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil 👉 http://nuu.uz/
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
25-mar, 2026, 21:41
📷 Photo
Xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazildi
🇺🇿 O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetida xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Komil Inaqov ishtirok etdi.
🗣Uchrashuvda xorijlik talabalarga A-1 turidagi talaba vizasini rasmiylashtirish va uning muddatini uzaytirish tartiblari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish, chiqish va mamlakat hududida bo‘lish qoidalari, vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuvda xorijlik talabalarning qiziqishlari, ularning iste’dodlarini yuzaga chiqarish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ham fikr almashildi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
25-mar, 2026, 21:41
📷 Photo
Yoshlar tarbiyasi va mafkuraviy immunitet — uchrashuv markazida
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida Xorijiy filologiya fakulteti talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Toshkent shahar “Ma’rifiy targ’ibot markazi” bosh mutaxassisi Mirzoniyoz domla Rajabiy asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
⏺Uchrashuv davomida yoshlarni turli yot g‘oyalar, axborot xurujlari va huquqbuzarliklardan asrash, ularda qonunlarga hurmat, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish masalalari yuzasidan muhim fikrlar bildirildi.
⏺Shu bilan birga, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
25-mar, 2026, 21:41
📷 Photo
#Xushxabar #XalqaroReyting
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti 4 ta fan yo’nalishida dunyoning eng kuchli TOP-500 universitetlari qatoridan joy oldi
Bugun, 25-mart kuni Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS World University by Subject Rankings 2026” natijalari https://www.topuniversities.com/subject-rankings
Natijalarga ko‘ra, Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 4 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha eng kuchli universitetlar qatoridan joy oldi:
💼 “Arxeologiya” yo‘nalishi ilk bora reytingdan o'rin olib bunda O'zMU 201-260 o‘rinda qayd etildi.
💼 “Matematika” yo‘nalishidagi xalqaro natijalar 100 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib 301-350 o‘rin egalladi.
💼 “Lingvistika” yo‘nalishida O‘zMU ilk bora dunyoning kuchli 301-350 universitetlar qatoridan joy oldi.
💼 “Fizika va astronomiya” yo‘nalishida avvalgiga nisbatan 200 pog’ona yuqorilab 401-450 o‘rinni egalladi.
O’zMU xalqaro reytinglar bilan ishlash bo’limi
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
25-mar, 2026, 21:41
📷 Photo
#Prezident_stipendiati
#Bizning_magistrant
Atrof muhit, gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi tanlov yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori:
⏺Xodiyeva Aziza Dilshod qizi, Biologiya va ekologiya fakulteti "Ekologiya" mutaxassisiligi 2-kurs magistranti
🗄 Ilmiy rahbari: Mamarahimov Oybek Murotovich – Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
Stipendiat talabamiz va uning ilmiy rahbarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz.
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
25-mar, 2026, 21:41
📷 Photo
#Prezident_stipendiati
#Bizning_magistrant
Fizika va tabiiy fanlar tanlov yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori:
⏺Mirxaydarov Mirjavoxir Mirshoxid o‘g‘li, Fizika fakulteti "Fizika" mutaxassisiligi 2-kurs magistranti
🗄 Ilmiy rahbari: Shaymatov Sanjar Ruzimurotovich – Fizika-matematika fanlari doktori, professor
Stipendiat talabamiz va uning ilmiy rahbarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz.
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
Mehr va e’tibor – eng ulug‘ qadriyat
⏺Ramazon hayiti hamda 21 mart – Navro‘z umumxalq bayramlari munosabati bilan universitet jamoasida mehr-oqibat va hamjihatlik an’analari yana bir bor namoyon bo‘ldi.
⏺Universitet rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan jamoamizda uzoq yillar samarali mehnat qilgan, ayni paytda qo‘shimcha e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezayotgan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar holidan xabar olindi.
⏺Ularga bayramona ehtirom sifatida oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari topshirildi. Bu tashriflar orqali ularga samimiy e’tibor, iliq so‘z va ruhiy dalda ulashildi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
24-mar, 2026, 05:25
📷 Photo
#RektorTabrigi
Ассалому алайкум!
Қадрли университетимиз жамоаси, ҳурматли ҳамкасблар,
профессор-ўқитувчилар!
Азиз талаба-ёшлар!
Сизларни муборак ва файзли Рамазон ҳайити ҳамда янгиланиш ва яшариш рамзи бўлган Наврўз байрами билан чин қалбимдан самимий табриклайман.
Ушбу икки улуғ байрамнинг кетма-кет нишонланиши, уларнинг маънавий уйғунлиги ва ҳамоҳанглиги халқимиз ҳаётида ўзига хос файзу барака, эзгулик ва бирдамлик муҳитини янада мустаҳкамлаётгани билан аҳамиятлидир. Рамазон ҳайити қалбларимизни поклайди, бағрикенглик ва меҳр-мурувват туйғуларини юксалтирса, Наврўз байрами табиат билан ҳамоҳанг яшаш, янгича орзу-умидлар билан ҳаётга интилишга чорлайди.
Бугунги кунда Ўзбекистон Миллий университети жамоаси илм-фан, таълим ва тарбия соҳасида катта натижаларга эришиш йўлида бирдамликда меҳнат қилмоқда. Университетимизда ўтказилаётган турли маърифий ва маданий тадбирлар, илмий анжуманлар ва ёшлар ташаббуслари ана шу эзгу мақсадларга хизмат қилмоқда.
Мамлакатимизда таълим ва тарбия соҳасини ривожлантириш, уни янги босқичга олиб чиқиш борасида амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар, яратилаётган шарт-шароит ва имкониятлар, аввало, Президентимиз ташаббуси билан таълимни давлат сиёсатининг устувор йўналиши сифатида белгилаб берилгани билан бевосита боғлиқдир. Бу эса барчамиздан янада фаоллик, масъулият ва фидойилик билан меҳнат қилишни талаб этади.
Ҳурматли устозлар! Сизларнинг билим ва тажрибангиз, фидойилигингиз ёш авлод камолотида беқиёс аҳамият касб этади. Азиз талабалар! Сизлар Янги Ўзбекистоннинг эртанги куни, унинг тараққиёти ва равнақи йўлидаги энг ишончли кучсиз.
Ушбу муборак айёмларда барчангизга сиҳат-саломатлик, хонадонларингизга тинчлик-хотиржамлик, файзу барака тилайман. Илм йўлидаги изланишларингиз самарали, эзгу мақсадларингиз рўёбга чиқсин!
Янгиланиш ва эзгулик байрамлари – Рамазон ҳайити ва Наврўзи олам барчамизга муборак бўлсин!
Ҳурмат билан,
Ином Маджидов,
Мирзо Улуғбек номидаги
Ўзбекистон Миллий университети ректори
🕊 https://t.me/inom_madjidov_uzmu_rektori | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=100069800029962 | 📱 https://www.instagram.com/inom_madjidov
Startap va innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish bo’yicha seminar-trening tashkil etildi
🗣O’zbekiston Milliy universitetida yosh olimlar va magistrantlar ishtirokida “Startaplarni texnik sinovdan o‘tkazish va texnik baholash metodikasi” mavzusida seminar-trening o’tkazildi
🔺Unda texnika fanlari doktori Orifjon Qodirov ishtirokchilarga startap loyihalarni texnik jihatdan tahlil qilish, ularni sinovdan o‘tkazish bosqichlari, samaradorlikni baholash mezonlari hamda zamonaviy metod va yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔺Trening jarayonida yosh olimlar o‘z startap loyihalari ustida ishlash, texnik ekspertiza o‘tkazish va baholash ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
#PayshanbaYoshlarKuni
#StartapInnovatsiya
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
24-mar, 2026, 05:25
📷 Photo
O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi
🇺🇿 “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida Fizika fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanati, tegishli mas’ullar, profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.
⏺Uchrashuv davomida yoshlarni turli yot g‘oyalar, axborot xurujlari va huquqbuzarliklardan himoya qilish, ularda qonunlarga hurmat, vatanparvarlik hamda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⏺Shuningdek, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
#PayshanbaYoshlarKuni
#OchiqMuloqot
#JaholatgaQarshiMarifat
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
18-mar, 2026, 19:47
📷 Photo
20-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi https://president.uz/oz/lists/view/9019 e’lon qilindi.
Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
🔹 20-mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
🔹 21-mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
🔹 22-mart (yakshanba) – dam olish kuni;
🔹 23-mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/ | http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
O'zMU | Rasmiy kanal
18-mar, 2026, 19:47
📷 Photo
#InsholarTanlovi #JadidlarMerosi
Jadidlar jasorati – millatimiz faxri
🔺O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi o‘tkazildi.
🔺Tanlov jarayonida ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlarida jadidlarning ma’rifatparvarlik faoliyati, milliy uyg‘onish yo‘lidagi fidoyiligi hamda istiqlol va davlatchilik g‘oyalarini yoritishga alohida e’tibor qaratdilar.
Tanlov natijalari:
“Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusida:
I-o‘rin 👉 Gulzoda Abduhalilova, Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi
II-o‘rin 👉 Marjona Karimova, Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi
III-o‘rin 👉 Nurjahonbegim Qurbonaliyeva, Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi
“Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” mavzusida:
I-o‘rin 👉 Malika Sayfullayeva, Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi
II-o‘rin 👉 Mukarramxon Abdurashidova, Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi
III-o‘rin 👉 Navro‘za Kenjaboyeva, Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
18-mar, 2026, 19:47
📷 Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birgalikda ulug‘ ayyomlar – muborak Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami oldidan rasman o‘z eshiklarini ochgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga https://president.uz/oz/lists/view/9017
—
Президент Шавкат Мирзиёев вместе с представителями общественности https://president.uz/ru/lists/view/9017 Центр исламской цивилизации в Узбекистане, который официально открыл свои двери в преддверии великих праздников – Рамазан хайита и Навруза.
#Mirziyoyev #tanishuv #islomsivilizatsiyasi #markaz
https://president.uz/ https://president.uz/ shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/
Talabalar turar joylarida yashash sharoitlari va xavfsizlik masalalari o‘rganildi
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, yotoqxonalarda ijtimoiy va ma’naviy muhitni barqaror ta’minlash maqsadida talabalar turar joylarida o‘rganish ishlari olib borildi. Rektor maslahatchisi Jahongir Jabborov hamda tegishli mas’ullar talabalar bilan muloqot qildi va ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
⏺Tashrif davomida barcha talabalar turar joylaridagi mavjud infratuzilma, yashash va dam olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik tizimlari hamda ichki tartib-qoidalarning ijrosi atroflicha o‘rganildi.
⏺Talabalar xavfsizligini yanada kuchaytirish, yotoqxonalarga kirish-chiqish nazoratini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, turniket tizimlari faoliyatini mustahkamlash hamda talabalar turar joylari boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha qator muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
O'zMU | Rasmiy kanal
16-mar, 2026, 19:40
📷 Photo
Talaba-yoshlar bilan profilaktik uchrashuvlar davom etmoqda
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati vakillari, fakultet jamoasi hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
🔺Uchrashuv davomida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Toshkent shahar “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” bosh mutaxassisi Mirzoniyoz Rajabiy talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Muloqot jarayonida yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, turli yot g‘oyalarning salbiy oqibatlari hamda ma’rifat orqali jaholatga qarshi kurashishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
🔺Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.