Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida davlatimiz rahbarining “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmoni yuzlab insonlar taqdirida yangi sahifa ochdi. Jumladan, Jizzax viloyatidan 20 nafar fuqaro mazkur farmon asosida jazodan ozod qilinib, hayotini yangidan boshlash imkoniyatiga ega boʻldi. Ayni paytda viloyat ichki ishlar boshqarmasi va hududiy ichki ishlar boʻlimlari masʼullari tomonidan afv etilgan shaxslarni jamiyatga moslashtirish, ularning bandligini taʼminlash va zarur koʻmak koʻrsatish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
https://jviib.uz/ | | https://www.instagram.com/jizzax.iib/# | https://www.facebook.com/jviib.uz|https://www.youtube.com/channel/UCTt5Ug44kvCxVdZo9Vft9Ww | https://t.me/Jizzaxiibgamurojaat_bot
Афв этилган фуқароларга эътибор — жамиятга қайта мослашиш учун муҳим қадам
Зарбдор туманида Президент фармони асосида афв этилган фуқароларнинг ижтимоий ҳаётга мослашувини таъминлаш, уларни қўллаб-қувватлаш ҳамда ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишга қаратилган профилактик тадбирлар ўтказилди.
Тадбир давомида афв этилганлар тиббий кўрикдан ўтказилди. Шунингдек, улар билан қайта жиноят содир этмаслик, белгиланган чекловларга қатъий риоя қилиш ва қонун талабларига амал қилиш юзасидан тушунтириш ишлари олиб борилди.
Фуқароларнинг бандлигини таъминлаш, уларга муносиб меҳнат шароитларини яратиш мақсадида меҳнат ярмаркаси ҳам ташкил этилди. Ярмаркада иш излаётган фуқароларга мавжуд бўш иш ўринлари ҳақида маълумотлар берилиб, уларни меҳнат фаолиятига жалб этиш бўйича амалий кўмак кўрсатилди.
Афв этилган ва профилактик ҳисобда турувчи шахсларни жамиятга мослаштириш, уларнинг бандлигини таъминлаш ҳамда қайта жиноятчиликнинг олдини олишда бу каби тадбирлар муҳим аҳамият касб этади.
https://jviib.uz/ | | https://www.instagram.com/jizzax.iib/# |
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal
29-avg, 2026, 12:28
📷 Photo
Jizzax viloyatining raqamli texnologiyalar sohasiga qiziquvchi yoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan «Cyber Security Challenge – Jizzakh 2026» tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchilar IT va kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi o‘zlarining innovatsion g‘oyalari hamda startap loyihalarini himoya qildilar. Tajribali mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati har bir taqdim etilgan ish bilan yaqindan tanishib, ularning dolzarbligi, amaliy ahamiyati va texnik yechimlarini adolatli baholadi.
Tanlovning mutlaq g‘olibari va sovrindorlarini tantanali mukofotlash marosimi joriy yilning sentabr oyida o‘tkazilishi belgilab olindi.
https://jviib.uz/ | | https://www.instagram.com/jizzax.iib/# | https://www.facebook.com/jviib.uz|https://www.youtube.com/channel/UCTt5Ug44kvCxVdZo9Vft9Ww | https://t.me/Jizzaxiibgamurojaat_bot
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal
19-avg, 2026, 11:08
📷 Photo
“Dinamo” sport kompleksida taʼmirlash ishlari jadal davom etmoqda
Jizzax viloyati IIB boshligʻi IIV huzuridagi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Jizzax viloyati kengashi sport kompleksida olib borilayotgan taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi.
Mazkur jarayonda obyektdagi ishlarning borishi, taʼmirlash jarayonining surʼati va sifati, shuningdek, belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi. Sport kompleksini zamonaviy talablar asosida yangilash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va inshootni sifatli holda foydalanishga tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Masʼullarga taʼmirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, sport inshootini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash hamda yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.
https://jviib.uz/ | | https://www.instagram.com/jizzax.iib/# | https://www.facebook.com/jviib.uz|https://www.youtube.com/channel/UCTt5Ug44kvCxVdZo9Vft9Ww | https://t.me/Jizzaxiibgamurojaat_bot
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlarini tinch va osoyishta o‘tkazish, jamoat tartibirini saqlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, bayram tadbirlarini o‘tkazish jarayonida mas’ul xodimlarning vazifa va mas’uliyati aniq belgilab berildi. Mas’ul rahbar va xodimlarga jamoat xavfsizligini ta’minlash choralarini samarali tashkil etish, belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
https://jviib.uz/ | | https://www.instagram.com/jizzax.iib/# | https://www.facebook.com/jviib.uz|https://www.youtube.com/channel/UCTt5Ug44kvCxVdZo9Vft9Ww | https://t.me/Jizzaxiibgamurojaat_bot
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal
19-avg, 2026, 11:08
📷 Photo
Aholi osoyishtaligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni barqaror saqlash hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Forish tumani “Bog‘don” mahallasi hududida o‘tkazildi.
Tadbir avvalida shaxsiy tarkibga yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda jinoyat sodir etishga moyil, profilaktik hisobda turuvchi, probatsiya nazoratidagi, ilgari sudlangan, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan hamda ruhiy kasallikka chalingan shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash, qo‘riqlov, ijtimoiy profilaktika, probatsiya hamda yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishlarida aholi bilan manzilli ishlar olib borildi.
https://jviib.uz/ | | https://www.instagram.com/jizzax.iib/# | https://www.facebook.com/jviib.uz|https://www.youtube.com/channel/UCTt5Ug44kvCxVdZo9Vft9Ww | https://t.me/Jizzaxiibgamurojaat_bot
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal
19-avg, 2026, 11:08
📷 Photo
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbiri yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etib, qo‘riqlash xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Erishilgan natijalar bilan bir qatorda, xizmat faoliyatida uchrayotgan ayrim kamchiliklar ham tanqidiy-tahliliy nuqtai nazardan muhokama qilindi.
Yig‘ilishda aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘riqlovga olish ko‘lamini kengaytirish, qo‘riqlash xizmatining mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish va xizmat samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh xodimlar munosib rag‘batlantirildi.
https://jviib.uz/ | | https://www.instagram.com/jizzax.iib/# | https://www.facebook.com/jviib.uz|https://www.youtube.com/channel/UCTt5Ug44kvCxVdZo9Vft9Ww | https://t.me/Jizzaxiibgamurojaat_bot
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal
18-may, 2026, 07:41
📷 Photo
O‘tganlar xotirasi mangu barhayot
Jizzax viloyati IIB sohaviy xizmatlari xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. 9- may Xotira xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan “O‘tganlar xotirasi mangu barhayot” shiori ostidagi tadbirda qatnashchilar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun bellashishdi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlash maqsad qilingan bellashuv qizg‘in kechdi. Yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda nominatsiyalar bo‘yicha futbolchilar viloyat IIBning diplom, medal hamda sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
https://jviib.uz/ | https://www.facebook.com/jviib.uzhttps://www.youtube.com/channel/UCTt5Ug44kvCxVdZo9Vft9Ww | https://t.me/Jizzaxiibgamurojaat_bot
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal
18-may, 2026, 07:41
🎥 Video
Kiberxavfsizlik — bugunning eng dolzarb masalasi!
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida muhim va dolzarb mavzuga bag‘ishlangan taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Filial hamda Jizzax viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida “Men kiberjinoyatlarga qarshiman” shiori ostida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari e’lon qilindi
⭕️Bugungi kunda raqamli xavfsizlik har birimizning mas’uliyatimizdir. Siz ham befarq bo‘lmang — kiberjinoyatlarga qarshi birga kurashaylik!
https://jviib.uz/ | | https://www.facebook.com/jviib.uz|https://www.youtube.com/channel/UCTt5Ug44kvCxVdZo9Vft9Ww | https://t.me/Jizzaxiibgamurojaat_bot
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal
18-may, 2026, 07:41
📷 Photo
Paxtakor tumanida koʻknor oʻsimligi aniqlandi
Respublika hududida oʻtkazilayotgan «Qoradori – 2026» tezkor profilaktik tadbiri davomida Paxtakor tumanining «Mingchinor» MFYda yashovchi fuqaro N. B.ning yashash xonadoni va hovlisi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Tekshiruv natijasida fuqaro hovlisida koʻknor oʻsimligi oʻsib turganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
https://jviib.uz/ | | https://www.facebook.com/jviib.uz|https://www.youtube.com/channel/UCTt5Ug44kvCxVdZo9Vft9Ww | https://t.me/Jizzaxiibgamurojaat_bot
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal
18-may, 2026, 07:41
Сизга узатилган ҳамма қўлни тутаверманг, чунки инсон ниқобидаги неча шайтонлар бордир.
Жалолиддин Румий
⭕️Kiberxavfsizlik — bugunning eng dolzarb masalasi!
⭕️Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida muhim va dolzarb mavzuga bag‘ishlangan taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Filial hamda Jizzax viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida “Men kiberjinoyatlarga qarshiman” shiori ostida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari e’lon qilindi.
📌 Tanlov quyidagi nominatsiyalarni qamrab oldi:
— Eng yaxshi kontent
— Eng ommabop chellenj
— Eng ta’sirli videorolik
— Talabalar o‘rtasida eng yaxshi insho
— Eng yaxshi she’r
— Eng yaxshi rasm
— Professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida “Eng yaxshi targ‘ibotchi”
— Kiberjinoyatlarga qarshi kurashda “Eng faol targ‘ibotchi talaba”
💡 Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar kiberjinoyatlarning oldini olish, yoshlar orasida kibermadaniyatni yuksaltirish hamda qonunchilik asosida to‘g‘ri axborot berishga xizmat qilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
🏆 G‘oliblar O‘zMU Jizzax filiali direktori hamda Jizzax viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
⭕️Bugungi kunda raqamli xavfsizlik har birimizning mas’uliyatimizdir. Siz ham befarq bo‘lmang — kiberjinoyatlarga qarshi birga kurashaylik!
🌐 https://t.me/olimturakulov | 🌐 https://www.instagram.com/turakulov_olim?igsh=MXJucHd0bjRhZm9rNA== 🌐 https://www.facebook.com/share/1Kea1iWNGi/?mibextid=wwXIfr
Пайшанба – “Ёшлар куни” да жойларда раҳбарларнинг ёшлар билан очиқ мулоқотлари ўтказилмоқда. Бу учрашувлар унаётган авлод вакилларининг фикр ва таклифларини эшитиш, уларни қўллаб-қувватлаш ҳамда муаммоларини ҳал этишда муҳим аҳамият касб этмоқда.
https://jviib.uz/oz/news/davomida-ishtirokchilarning
_ _ _ _ _ _
Payshanba – “Yoshlar kuni” da joylarda rahbarlarning yoshlar bilan ochiq muloqotlari oʻtkazilmoqda. Bu uchrashuvlar unayotgan avlod vakillarining fikr va takliflarini eshitish, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
https://jviib.uz/uz/news/davomida-ishtirokchilarning
https://jviib.uz/ | https://www.facebook.com/jviib.uzhttps://www.youtube.com/channel/UCTt5Ug44kvCxVdZo9Vft9Ww | https://t.me/Jizzaxiibgamurojaat_bot
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal
26-mar, 2026, 10:47
📷 Photo
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘allaorol tumanida jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Xususan, “Sangzor-15” YPX maskanida xodimlar bilan muloqot qilib, yo‘l harakati xavfsizligi va profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shuningdek, tuman ichki ishlar boshqarmasida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri, “Chilonzor tajribasi” doirasidagi ishlar hamda joriy yil natijalari tanqidiy tahlil qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatilib, jinoyatlarning sabablarini bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
https://jviib.uz/ | https://www.facebook.com/jviib.uzhttps://www.youtube.com/channel/UCTt5Ug44kvCxVdZo9Vft9Ww | https://t.me/Jizzaxiibgamurojaat_bot