“Ta’lim tizimidagi muammolarni ochiq tahlil qilamiz. Ko‘r-ko‘rona o‘qish kelajak uchun xavf, haqiqiy bilim va tanqidiy fikrlash muhim! Biz bilan ta’limning real qiyofasini oching, fikrlang va rivojlaning!”
Murojaat uchun: @EduFikr_bot
@EduFikr offers specialized information about oqish and talim for subscribers interested in Elektron kitoblar va o'quv materiallari
Reyting
Global reyting
#24652
-271
Til reytingi
#158O'zgarish yo'q
Toifa reytingi
#146
-1
Obunachilar sonining o'sishi (Oxirgi 19 kun ichida)
⚡️Oʻqishni koʻchirish imtihonlaridan oʻtgan talabalar diqqatiga!
Agar test sinovlarida belgilangan talabni bajargan va yetarli ball to‘plagan bo‘lsangiz, endi siz quyidagilarni bosqichma-bosqich bajaring:
1⃣ Oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga qoʻngʻiroq qiling va qachon borishingiz mumkinligini soʻrang;
2⃣ Oliygoh rasmiylari aytgan sanada pasport, transkript hamda titul varagʻingiz bilan boring.
3⃣ U yerda sizning fanlar farqingiz hisoblab beriladi va 1-kurs 1-semestrdan qarzdorligingiz bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Agarda fanlar farqi haqida ma'lumot berishmasa, rasmiylardan fanlar-farqini hisoblab berishlarini soʻrang.
4⃣ Agarda kursingiz pastlasa va shu sababli oʻqishni koʻchirishni istamasangiz bu haqida ularga ayting hamda hozirgi oʻqish joyingizda darslarga qatnashishda davom eting. (Kursi pasaysa, oʻqishini koʻchirishni istamaganlar uchun)
5⃣ Shundan so‘ng oʻqishingiz koʻchirayotgan oliygohingiz hozirgi ta’lim olayotgan OTMingizga “Sizning falonchi talabangizning oʻqishi bizga koʻchirishga tavsiya etilibdi, uning mana bu hujjatlarini bizga yuboring” degan mazmunda kerakli hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan aloqa xati yuboriladi.
6⃣ Keyin siz oʻqiyotgan oliygohingizga borib, talabalar safidan chetlashtirish toʻgʻrisida ariza yozasiz va sizga bir necha kun ichida kerakli hujjatlar asl nusxalari taqdim etiladi. (Eslatma, aloqa xatisiz sizga hech qanday hujjat berilmaydi)
7⃣ Agarda siz 1-semestrdan qarzdor boʻlsangiz, avval shu qarzdorlikni bartaraf etib keyin, kerakli hujjatlarni olasiz. Oʻqishingizni koʻchirgan oliygoh 1-semestrdagi qarzdorlik bilan sizni qabul qilmaydi. Boshqa semestrdagi qarzdorliklarni esa oʻqishingizni koʻchirilgan oliygohda topshiriladi.
8⃣ Hujjatlaringizni oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga taqdim etasiz. Mas'ullar sizga fanlar farqi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi. Ushbu fanlar farqini aynan yangi universitetingizda yopasiz.
9⃣ Fanlar farqi 4 tadan oshsa kursingiz pasayadi, shu narsani inobatga oling. Fanlar farqini topshirish uchun oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga ular hisoblab bergan kredit summasini ham toʻlaysiz.
🔟 Darslar qachondan boshlanishi har bir oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi. Xoxlasa siz hujjatlarni toʻliq olib kelganingizdan keyin qaysidir guruhga qoʻshib yuboradi, xoxlasa siz kabi boshqa "perevodchilar" ham hujjatlarni toʻliq olib kelgach yangi guruh ochib keyin darslarga qoʻyadi.
💲 Siz bu orada agarda oddiy kontrakt asosida oʻqishni koʻchirgan boʻlsangiz 25%, super kontrakt asosida boʻlsa 50% summasini ham toʻlashingiz lozim boʻladi.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
6,340
0
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
9-sen, 2026, 14:28
📷 Photo
⚡️To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama?
🟠Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida http://kontrakt.edu.uz/ sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu haqida qisqacha tushuntirib o'tamiz:
🟠Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.
✍️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o'tirmang.
🟠Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak.
📱Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
9-sen, 2026, 14:28
⚡️Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar:
➖ o’tgan yili magistraturada kechki va masofaviy ta’lim shakli ham ochilgan edi. Bunda kechki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi;
➖ magistraturada joriy yilda ham qo‘shimcha qabul ochilishi kutilmoqda. Qo‘shimcha qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, ya’ni kira olmaganlar uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qo‘shimcha qabul kontrakti ancha arzon bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha qabulga kirganlar 1 nafar talabani o‘qitishning haqiqiy xarajat summasini to‘lasa kifoya.
❓Bu nima degani?
Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani o‘qitish xarajati taxminan 15-25 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bo‘lsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplash uchun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi.
Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln so‘m to‘lasa, qo‘shimcha kvotaga kirganlar 15 mln so‘m to‘laydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga o‘xshab, 7 baravar yoki 15 baravar to‘lash degan narsa yo‘q;
➖ Qo‘shimcha qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinchi kursda ham, ikkinchi kursda ham. Ular ikki yil haqiqiy xarajatni to‘laydi, ikkinchi kursga o‘tganda oddiy kontrakt to‘layman, deb o‘ylashmasin. Lekin qo‘shimcha qabulga kirganlar grant taqsimotida ishtirok etishi mumkin, agar natijasi yaxshi bo‘lsa, 2-kursda grantga o‘ta oladi;
➖ joriy yilda magistratura uchun qishki qabul rejalashtirilmagan. - Xushnudbek
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
5,990
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
9-sen, 2026, 14:28
⚡️Toshkentda ijarada turadigan talabalarga 440 ming, viloyatlardagilarga esa 220 ming so‘m to'lab beriladi!
🔰 Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish belgilangan.
▶️ Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, quyidagi miqdorda to‘lanadi.
🔹Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (440 ming so‘m);
🔹qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (220 ming so‘m).
❗️Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.
📝 Talaba http://my.gov.uz/ portali orqali ushbu xizmatdan foydalanib, ariza yuborishi mumkin.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
6,160
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
9-sen, 2026, 14:28
📷 Photo
🎓 1 yil vaqtingizni yo'qotmagan holda talaba bo'ling!
Siz hali ham o’qishga topshirmagan bo’lsangiz, Sarbon universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda.
🚀 Bugun hujjat topshiring va talabalik maqomiga ega bo‘ling!
🎓 30 dan ziyod ta’lim yo‘nalishlari
💰 Kontrakt narxlari 11 mln so‘mdan boshlanadi
📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun:
https://forms.amocrm.ru/rzttdrl
📲 +998 55 588 33 81
5,840
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
9-sen, 2026, 14:28
⚡️Rasman: Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.
👨💻 Abituriyentlar natijalarini http://my.uzbmb.uz/ saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.
📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
5,990
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
9-sen, 2026, 14:28
📷 Photo
⚡️DTM balingiz bilan talaba bo’ling!
2026/2027-o‘quv yili uchun Sarbon universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda!
🎓 Universitetda 30 dan ziyod ta’lim yo‘nalishi mavjud:
— Kunduzgi
— Kechki
— Masofaviy ta’lim shakllari
💰 Kontrakt narxlari 11 mln so‘mdan boshlanadi!
Agar bu yil talaba bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl
📲 +998555883381
5,880
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
9-sen, 2026, 14:28
⚡️Rasman: Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi
2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha http://my.edu.uz/ elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ( http://my.gov.uz/) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni http://my.edu.uz/ elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
7,240
0
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
9-sen, 2026, 14:28
📎 File
⚡️Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan oliygohlar nechta?
Bugungi kunda 106 ta nodavlat (xususiy 74 ta, xorijiy 32 ta) OTM oliy ta'lim xizmatlarini koʻrsatish vakolatiga ega.
Ilova qilinayotgan 106 ta oliygohlar diplomi Respublika hududi bevosita tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)
Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi
Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
6,430
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
9-sen, 2026, 14:28
🎥 Video
#SavolJavob
🎓Ta’lim krediti: talabalardan eng ko‘p berilgan savollarga javob
Ta’lim krediti bo‘yicha ko‘p kelib tushayotgan savollarni bir joyga jamladik. 👇
❓ Ta’lim krediti kimlarga beriladi?
❓ 1-kurs talabasi qancha miqdorda ta’lim krediti olishi mumkin?
❓ 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun kredit miqdori qancha?
❓ Ta’lim krediti qaysi ta’lim shakllariga beriladi?
❓ Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun ta’lim krediti olish mumkinmi?
❓ Qaysi ta’lim tashkilotlari talabalari
ta’lim krediti olishi mumkin?
🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
18,600
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
25-avg, 2026, 08:19
⚡️Talabalikga tavsiya etilganlarquyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadi.
➖ Rektor nomiga ariza (OTMda yoziladi);
➖ Pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatilgan holda);
➖ Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
➖ Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli;
➖ 3,5x4,5 foto surat 6 ta;
➖ Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning aslini;
➖ Roʻyxatdan oʻtkazilgandagi abituriyent qayd varaqasi;
➖ Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
➖ Konvert A5 formatida.
❗️Hujjatlarni rangli printirdan chiqarilgan nusxasi so‘ralmoqda.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
6,340
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
25-avg, 2026, 08:19
#SavollargaJavob
O‘zim xohlamagan ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etildim. Yo‘nalishimni o‘zgartirib berish mumkinmi?
Amaldagi qonunchilikda tanlov natijalariga ko‘ra abituriyent ma’lum bir ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etilganidan so‘ng, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan uning tavsiya etilgan yo‘nalishini boshqa yo‘nalishga o‘zgartirib berish vakolati mavjud emas.
Shuning uchun abituriyentlar tanlov jarayonida ta’lim yo‘nalishlari va ularning ustuvorligini belgilashda o‘z xohish-istaklarini puxta o‘ylab, tanlovni mas’uliyat bilan amalga oshirishlari muhim.
- Muhim: talabgorlarning huquq va imkoniyatlari, tanlov tartibi bo‘yicha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy axborot kanallarida muntazam e’lon qilib boriladi.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,660
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
25-avg, 2026, 08:19
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan https://t.me/eduuz.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
✅ 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅ 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
6,950
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
25-avg, 2026, 08:19
📷 Photo
⚡️ Rasman: Qabul jarayonlari yakunlanmoqda!
2026/2027-o‘quv yili uchun Sarbon universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda!
🎓 Universitetda 30 dan ziyod ta’lim yo‘nalishi mavjud:
— Kunduzgi
— Kechki
— Masofaviy ta’lim shakllari
💰 Kontrakt narxlari 11 mln so‘mdan boshlanadi!
Agar bu yil talaba bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl
📲 +998555883381
4,140
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
25-avg, 2026, 08:19
❗️Abituriyentlarga “Oltinchi yo‘nalish” tanlovi kelasi hafta ochilishi mumkin
Abituriyentlarga vakant o‘rinlardan “oltinchi yo‘nalish”ni tanlash imkonini berish masalasi ham kelasi haftada ishga tushirilishi rejalashtirilyapti. Bunda abituriyent o‘zining fanlar majmuasiga mos va bo‘sh o‘rin qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlay oladi.
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,380
0
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
25-avg, 2026, 08:19
⚡️ Texnikumlarga qabul 25-avgustgacha davom etadi
👥 Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-avgustga qadar http://my.uzbmb.uz/ saytida kasbiy ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.
👨💻 Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
24,200
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
25-avg, 2026, 08:19
❗️HEMIS tizimida 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar kontingentini shakllantirish boshlandi!
2026-yil 17-avgustdan e’tiboran HEMIS axborot tizimida yangi o‘quv yilida o‘qishga tavsiya etilgan talabalar ma’lumotlarini kiritish va shakllantirish imkoniyati yaratildi.
📝 Talabalar kontingentini shakllantirish tartibi quyidagicha:
1️⃣ Ta’lim yo‘nalishini kiritish (agar avval kiritilmagan bo‘lsa);
2️⃣ O‘quv rejasini shakllantirish;
3️⃣ Akademik guruhlarni shakllantirish;
4️⃣ “Darslarga ruxsat berish (qabul)” turidagi farmoyishni yaratish;
5️⃣ Talaba anketasini kiritish va unda ushbu farmoyishni ko‘rsatish;
6️⃣ Farmoyishga tegishli talabalarni biriktirish;
7️⃣ Farmoyishni imzolash va bajarish.
✅ Mazkur bosqichlar to‘liq bajarilgach, talaba 1-kurs 1-semestrining tegishli akademik guruhida “O‘qimoqda” maqomida aks etadi.
ℹ️ 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab tizimga faqat tegishli asosga (litsenziya, akkreditatsiya, qaror) ega bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarini kiritish hamda faqat ruxsat etilgan ta’lim shakli va o‘quv yili bo‘yicha o‘quv rejalarini yaratish mumkin.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,180
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
25-avg, 2026, 08:19
⚡️ 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonaga ariza berish boshlandi
1-kurs talabalari davlat OTTlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — https://my.gov.uz/uz/service/870 orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin.
✅ Talabalar uchun yotoqxonada joylar quyidagicha taqsimlanadi:
➖ 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
➖ 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
➖ 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
❗️Xavotir olmang! “Birinchi ro‘yxatdan o‘tdi” degani — birinchi yo‘llanma beriladi degani emas. Barcha arizalar belgilangan https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=5.Imtiyozliro‘yxatgaquyidagimezonlarningbirigamoskeluvchitalabalarkiritiladi: asosida ko‘rib chiqiladi.
❓Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?
✅ JAVOB: Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
1️⃣ Yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi:
➖ ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
➖ chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
➖ mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
➖ hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
2️⃣ Umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi:
➖ umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
➖ vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
ℹ️ Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan yuqori kurslar uchun talabalar turar joyiga ariza yuborish jarayonlari ham davom etmoqda.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
25-avg, 2026, 08:19
📷 Photo
❗️OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi
#abituriyent
O‘tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdori rektorlar tomonidan mustaqil belgilanadigan bo‘ldi.
💰 Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Ayrim oliygohlarda super-kontrat miqdorlari e’lon qilinmoqda. Jumladan, Termiz davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari yo‘nalishlarga qarab 29,6 mln so‘mdan https://t.me/terdu340.
Eng qimmat miqdor yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar hamda davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishida bo‘lib, 90 mln so‘mni tashkil etmoqda.
ℹ️ Eslatib o‘tamiz, super-kontraktga ariza berish hali boshlanmadi, taxminan sentyabr oyining ikkinchi yarmida boshlansa kerak. Arizalar onlayn qabul qilinadi, oliygohga borish shartmas.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
25-avg, 2026, 08:19
📷 Photo
❓Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?
Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni OTM Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi https://t.me/eduuz:
▪️yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
– ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
–chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
–mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
–hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
▫️umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
– umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
–vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
8,540
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
24-may, 2026, 19:10
⚡️ 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar pasport (ID karta) olishi kerak
Maʼlumki, abituriyentlarning oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) maʼlumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga toʻlgan har bir bitiruvchi oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib oʻtamiz.
Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron maʼlumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.
❗️Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!
Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, 16 yoshga toʻlgan farzandlaringizni oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishini taʼminlashingizni, maktab maʼmuriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) maʼlumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishida zarur koʻmak berishingizni soʻraymiz.
Maʼlumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga murojaat etishlari zarur.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
2,910
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
24-may, 2026, 19:10
⚡️Talaba qanday hollarda oraliq va yakuniy imtihonlarga kiritilmasligi mumkin?
✅ JAVOB: Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra, talabaning imtihonlarda ishtirok etishini cheklovchi aniq holatlar belgilab qo‘yilgan.
Bu borada har bir talaba bilishi shart bo‘lgan eng muhim tartiblar bilan tanishing:
1️⃣ Eng asosiy sabab — dars qoldirish. Agar talaba muayyan fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining 25 foizi va undan ortig‘ini sababsiz qoldirgan bo‘lsa, u ushbu fan bo‘yicha imtihonga qo‘yilmaydi.
❗️Eslatma: Sababli (kasallik yoki rasmiy ruxsatnoma) qoldirilgan darslar bu hisobga kirmaydi.
2️⃣ Nizomga ko‘ra, talaba yakuniy nazoratga kirishi uchun oraliq nazorat(lar)ni topshirgan bo‘lishi shart. Oraliq nazoratni topshirmagan yoki ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho olgan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
3️⃣ Imtihon jarayonida quyidagi holatlar aniqlansa, talaba jarayondan chetlashtiriladi:
🔹 ID-karta yoki talaba guvohnomasi mavjud bo‘lmasa;
🔹 Imtihonga telefon, shpagalka yoki boshqa taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinsa;
🔹 Akademik etika qoidalarini buzsa (boshqasining o‘rniga kirish yoki yordam so‘rash).
4️⃣ Akademik qarzdorlik va kursdan qolish:
🔹 3 tagacha fandan qarzi bor talabaga qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.
🔹 Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular kursdan qoldiriladi.
❓Kontrakt qarzdorligi bo‘lsa-chi?
Ko‘pchilik dekanatlar tomonidan qo‘llaniladigan “kontraktni to‘lamasang imtihonga kirmaysan” degan talab mutlaqo g‘ayriqonuniy.
Talabaning kontrakt to‘lovidan qarzdorligi uning bilimini nazorat qilish jarayonlaridan (na oraliq, na yakuniy imtihonlardan) chetlatishga asos bo‘la olmaydi.
Biroq, muhim bir jihatni unutmang:
Kontraktni o‘z vaqtida to‘lamaslik imtihonga kirmaslikka sabab bo‘lmasa-da, OTMda sizni shartnoma shartlarini bajarmaganingiz uchun talabalar safidan chiqarish huquqi mavjud. Shu bois, bu borada juda ehtiyot bo‘lishingizni va to‘lovlarni kechiktirmaslikni tavsiya etildi.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
24-may, 2026, 19:10
📷 Photo
⚡️Hayit munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam e'lon qilindi
Bu yil Qurbon hayiti 27 may – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Shu munosabat bilan, prezident farmoniga ko‘ra, ish haftasi turidan qat’i nazar hamma ketma-ket 5 kun dam oladi:
✅27-may, chorshanba – Qurbon hayiti;
✅ 28-may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 29-may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 30-may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 31-may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
2,870
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
24-may, 2026, 19:10
⚡️Xushxabar: endi majburiy fanlardan test ishlash yanada oson!
📚 Abituriyentlar uchun maxsus https://t.me/mandatjavobbot telegram boti ishga tushirildi.
Bot orqali:
✅ Majburiy fanlardan testlarni elektron shaklda ishlashingiz;
✅ Bilimingizni sinab ko‘rishingiz;
✅ Kirish imtihonlariga samarali tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bloklar:
👉 https://t.me/mandatjavobbot
📲 Testlarni hoziroq ishlab ko‘ring:
👉 https://t.me/mandatjavobbot
2,940
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
24-may, 2026, 19:10
🎥 Video
⏳Bir lahza to‘xtab o‘ylab ko‘r…
Sen dars qilayotgan paytda, otang mehnatda.
Onang esa seni deb uyqusiz tunlarni o‘tkazyapti.
Ular charchaydi, lekin shikoyat qilmaydi — chunki sen ularning umidisan.
Iroqlik qiz kabi muvaffaqiyatingni ota-onangga bag‘ishlash uchun avvalo harakat qilishing kerak.
Esla:
Talabalikdagi vaqt qayta berilmaydi.
Ota-onang senga pul emas, umrini sarflayapti.
Universitetdagi umringni zoye ketkazma.
Hozir o‘qi. Hozir harakat qil.
Chunki bir kun muvaffaqiyating bilan ularni faxrlantirasan.
https://t.me/TalimTahlili — ta’lim yangiliklari, tahlil va sotuv.
2,550
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
24-may, 2026, 19:10
📷 Photo
⚡️Oliy ta’lim va unday keyingi ta’limdagi darajalar qanday nomlanishini bilasizmi?
⁃ bakalavr va magistr – bu akademik daraja;
⁃ PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) - bu ilmiy daraja;
⁃ dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.
Bakalavrda – yo‘nalish, magistraturada – mutaxassislik, doktoranturada esa ixtisoslik o‘qitiladi.
Ayrim holatlarda mana shu jihatlarni koʻpchilik adashtiradi yoki bilmaydi.
https://t.me/TalimTahlili — ta’lim yangiliklari, tahlil va sotuv.
3,340
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
24-may, 2026, 19:10
💰 Ishlayotkan talabalar haqi qachon to‘lanishi kerak?
Ish haqi to‘lash muddati jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasida belgilanadi. Eng muhimi – ish haqi har yarim oyda kamida bir marta to‘lanishi shart.
Odatda oylik quyidagi ko‘rinishda to‘lanadi:
— avans;
— va qolgan qismi.
⏳ Ikki to‘lov orasidagi tanaffus 16 kundan oshmasligi kerak.
❗️ Agar ish haqi beriladigan kun dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, mablag‘ oldinroq to‘lanadi.
❌ Ish beruvchi:
— boshqa to‘lovlarni bahona qilib,
— oylikni ushlab turishi mumkin emas.
📄 Xodim so‘rasa, ish beruvchi oylik hisob-kitobi, ushlab qolingan summalar va barcha hisoblashlar haqida ma’lumot berishi shart.
@ – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
2,320
0
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
24-may, 2026, 19:10
📷 Photo
⚡️Eng ishonchli ta'limga oid TOP-13 kanallar
Feyk ma'lumotlar ommalashib borayotgan bir vaqtda telegramda ta'limga oid ishonchli va sifatli ma'lumotlar beruvchi kanallarni topish qiyin. Biz esa siz uchun bu ishni osonlashtirdik — o'z yo'nalishida mutaxassis hisoblagan telegram kanallarini jamladik.
Ishonchli ma'lumotlar berib boruvchi, sodda - tushunarli tilda yangiliklar yorituvchi va foydali ma’lumot beruvchi https://t.me/addlist.
Biz eng yaxshilarini sizga ilindik — siz esa yaqinlaringizga ulashing!
Ushbu link ustiga bosing va top kanallarga ulaning:👇
https://t.me/addlist
2,570
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
24-may, 2026, 19:10
📷 Photo
#Loyiha
⚡️Pedagogika yoʻnalishi talabalari endi har yili test topshiradilar – xatto nodavlat oliygoh talabalari ham
Yangi nizom https://regulation.adliya.uz/project/9862/29624?contentLang=uz, pedagogika yo‘nalishidagi 3-bosqich talabalari har yili maxsus test sinovlaridan o‘tkaziladi.
Test natijalari talabalar reytingiga ta’sir qilmaydi, ammo past ko‘rsatkich qayd etilgan oliygohlar navbatdan tashqari tekshiruvga tushishi mumkin.
Hujjatda qayd etilishicha, mazkur tartib davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi. Tashqi diagnostika orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning bilim darajasi yagona metodologiya asosida tekshiriladi.
Tashqi diagnostika har yili bahorgi semestrda o‘tkaziladi. Bunda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari ishtirok etadi. Qaysi akademik guruh testga jalb qilinishi maxsus ishchi guruh tomonidan tanlanadi.
Test sinovlari talabaning tahsil tilida tashkil etiladi va 50 ta savoldan iborat bo‘ladi. Unda talabalarning:
— fan va uni o‘qitish metodikasi;
— pedagogik va psixologik kompetensiyasi;
— sinfni boshqarish ko‘nikmasi;
— baholash kompetensiyalari tekshiriladi.
Jami 100 ball beriladi. Agar yo‘nalish bo‘yicha talabalarning o‘rtacha natijasi 56 ball va undan yuqori bo‘lsa, u “belgilangan talablarga javob beradigan” deb baholanadi. 55 ball yoki undan past ko‘rsatkich qayd etilsa, ta’lim sifati talab darajasida emas deb topiladi.
Nizomga ko‘ra, tashqi diagnostika natijalari talabalarning reyting bahosiga ta’sir qilmaydi. Biroq past natija qayd etilgan pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari navbatdan tashqari tekshiruvga tushishi mumkin. Bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga taqdim etiladi.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
24-may, 2026, 19:10
📷 Photo
⚡️ Tezkor: Davlat oliygohlarida tahsil olayotgan pedagog farzandi boʻlgan talabalarga 30%lik kontrakt chegirmasi beriladi.
Tegishli loyihaga koʻra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma joriy etilishi koʻzda tutilmoqda.
🖊️ Asosiy ma'lumotlar:
◾️ Chegirma hozirda oʻqiyotgan hamda yangi oʻquv yilidan qabul qilingan talabalarga beriladi.
◾️ Chegirma miqdori: oddiy kontrakt summasining 30% ini tashkil etadi.
◾️ Chegirma faqat bir oʻquv yili uchun beriladi (har yili amal qilmaydi).
◾️ Chegirma faqat kunduzgi ta'lim talabalari uchun amal qiladi.
◾️ "Perevodchilar" ham chegirma olishlari mumkin.
❌ Super-kontraktda tahsil olayotgan talabalar uchun chegirma berilmaydi.
❌ Qoʻshma ta'lim dasturi talabalari uchun ham amal qilmaydi.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!