Toshkent davlat tibbiyot universitetining Yoshlar Akademiyasi rasmiy kanali🔊
Kanalda rasmiy ilmiy-innovatsion tanlovlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berib boriladi⚡️
Ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh
Savol va murojaatlar uchun: @tsmu_ya_bot
@tsmu_ya offers specialized information about kanali and toshkent for subscribers interested in Tibbiyot
Reyting
Global reyting
#100255
-505
Til reytingi
#613
-6
Toifa reytingi
#2453
-20
Obunachilar sonining o'sishi (Oxirgi 10 kun ichida)
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar https://president.uz/oz/lists/view/9578 bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился https://president.uz/ru/lists/view/9578 предложений по совершенствованию системы подготовки медицинских и фармацевтических кадров, их государственной регистрации и непрерывного профессионального образования.
#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #talim
https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/|https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/|https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg|https://x.com/president_uz
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
7-sen, 2026, 22:33
📷 Photo
➡️Telegram messenjerida “Шухрат Абдужалилович Боймурадов” nomi bilan ochilgan akkaunt orqali Tоshkent davlat tibbiyot universiteti faoliyati va xodimlariga aloqador, asossiz hamda rasmiy manbalarga tegishli bo‘lmagan xabarlar tarqatilayotgani aniqlandi.
🔹Mazkur akkaunt Tоshkent davlat tibbiyot universiteti yoki uning vakolatli xodimlariga tegishli emasligini rasman ma’lum qilamiz. Ushbu sahifa soxta (fake) akkaunt hisoblanadi va u orqali yuborilayotgan har qanday ma’lumot universitetning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi.
🔹Fuqarolar va hamkorlardan faqat universitetning rasmiy axborot kanallariga ishonishlari, shubhali akkauntlar orqali keladigan xabarlarga e’tibor bermasliklari so‘raladi. Shuni eslatib o'tamizki, shunday shubhali akkauntlardan kelgan xabarlarga javob yozmaslik, tarqatmaslik, shaxsiy yoki xizmatga oid ma'lumotlarni bermaslik yoki yuborilgan turli giperhavola (link) larni bosmaslikni so'raymiz. Holat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.
⏺Quyida rasmiy kanal va akkauntlar keltirilmoqda
➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektoring rasmiy kanallari:
🕊 https://t.me/shuxrat_boymuradov
📱 https://www.instagram.com/shuhrat.boymuradov
📺 https://youtube.com/@shuhrat.boymurodov
📱 https://www.facebook.com/shukhrat.boymuradov
➡️Toshkent davlat tibbiyot universitetining kanallari:
🕊 https://t.me/tashmeduni
📱 https://instagram.com/tashmeduni
📱 https://facebook.com/tashmedunihttps://x.com/TashMedUni
📺 https://www.youtube.com/@TashMedUniOfficial
https://www.linkedin.com/school/tashkent-state-medical-university
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
7-sen, 2026, 22:33
📷 Photo
🏆 E’LON
🧪 Professor Sattor Jabbor xotirasiga bag‘ishlangan TIBBIY KIMYO FANIDAN RESPUBLIKA ONLAYN OLIMPIADASI!
Hurmatli talabalar!
Sizlarni tibbiyot sohasida fundamental fanlarning o‘rni va ahamiyatini oshirish, talabalarning ilmiy salohiyati hamda tibbiy kimyo bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan Professor Sattor Jabbor xotirasiga bag‘ishlangan Tibbiy kimyo fanidan Respublika onlayn olimpiadasida ishtirok etishga taklif qilamiz!
🌐 OLIMPIADA FORMATI— ONLAYN
📅 Olimpiada sanasi: 26-sentabr
Olimpiada to‘liq masofaviy formatda, Toshkent davlat tibbiyot universitetining rasmiy olimpiadalar platformasi orqali o‘tkaziladi.
🧬 OLIMPIADA SHARTLARI
Ishtirokchi jamoalar belgilangan kuni onlayn platforma orqali:
• 100 ta test savolini bajaradilar;
• tibbiy kimyo bo‘yicha nazariy bilimlarini namoyish etadilar;
• topshiriqlarni belgilangan vaqt davomida onlayn tarzda bajaradilar.
🎯 OLIMPIADANING MAQSADI
• Oliy tibbiy ta’lim muassasalarida tibbiy kimyo fanini o‘qitish sifatini oshirish;
• Iqtidorli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
• Talabalarning ilmiy, ijodiy va mantiqiy salohiyatini rivojlantirish;
• Yoshlarning fundamental fanlar va ilmiy tadqiqotlarga qiziqishini kuchaytirish;
• Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuvini rivojlantirish.
🏅 G‘OLIBLARNI TAQDIRLASH
Respublika olimpiadasida eng yuqori natijalarni qayd etgan talabalar:
🥇 I o‘rin
🥈 II o‘rin
🥉 III o‘rin
bo‘yicha Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.
📝 https://olympiad.tashmeduni.uz/olympiads/professor-sattor-jabbor-xotirasiga-bag-ishlangan-tibbiy-kimyo-fanidan-respublika-online-fan-olimpiadasi
📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 23-sentabrgacha
Ro‘yxatdan o‘tish rasmiy olimpiadalar sayti orqali amalga oshiriladi:
🌐 http://olympiad.tashmeduni.uz/
Oliy ta’lim muassasalarining 1-3 bosqich talabalari uchun!
🔥 Bilimingizni sinab ko‘ring. Tibbiy kimyo bo‘yicha salohiyatingizni namoyish eting. Respublika olimpiadasida o‘z jamoangiz bilan munosib ishtirok eting!
Barcha ishtirokchilarga omad va yuqori natijalar tilaymiz! 🧪🏆
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉 https://t.me/tashmeduni_mth
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
7-sen, 2026, 22:33
🎥 Video
📢E’LON
🏆 Tibbiy amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha VI Xalqaro talabalar olimpiadasi «TIBBIYOT MOHIRLARI–2026» ICHKI UNIVERSITET SARALASH BOSQICHI
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalarni universitet terma jamoasini shakllantirish maqsadida o‘tkaziladigan ichki universitet saralash bosqichida ishtirok etishga taklif qiladi.
🩺 SARALASH YO‘NALISHLARI
🔹 Terapiya — 4–6-kurs talabalari
🔹 Pediatriya — 3–6-kurs talabalari
🔹 Reproduktiv salomatlik — 4–6-kurs talabalari
🔹 Shoshilinch tibbiy yordam — 4–6-kurs talabalari
🔹 Tibbiy profilaktika — 3–5-kurs talabalari
🔹 Urologiya — 4-6 kurs talabalari
📅 SARALASH BOSQICHLARI
I BOSQICH — TEST SINOVI
📅 28-sentabr
Test sinovi ishtirokchi tomonidan tanlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.
➡️ Test natijasiga ko‘ra 60% va undan yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar II bosqichga o‘tadilar.
II BOSQICH — OG‘ZAKI SARALASH
📅 29-sentabr
Og‘zaki bosqichda quyidagilar baholanadi:
• klinik fikrlash;
• klinik vaziyatlarni tahlil qilish qobiliyati;
• asoslangan klinik qaror qabul qilish ko‘nikmasi.
🏆 Eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar ToshDavTU terma jamoasi tarkibiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va universitet sharafini «Tibbiyot mohirlari–2026» VI Xalqaro talabalar olimpiadasida himoya qiladilar.
https://olympiad.tashmeduni.uz/olympiads/tibbiyot-mohirlari-2026-vi-xalqaro-talabalar-amaliy-tibbiy-ko-nikmalar-olimpiadasi-uchun-ichki-universitet-saralash-bosqichi
📌 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 25-sentabr
Olimpiada 2026-yil 30–31-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉 https://t.me/tashmeduni_mth
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
7-sen, 2026, 22:33
📎 File
📢 E’LON
🦠 AKADEMIK T. O. DAMINOV XOTIRASIGA BAG‘ISHLANGAN YUQUMLI KASALLIKLAR BO‘YICHA XALQARO TALABALAR OLIMPIADASI
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi, Epidemiologiya kafedrasi hamda 1-son jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi oliy tibbiyot ta’lim muassasalarining 4–6-bosqich talabalarini mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etishga taklif qiladi.
🌍 Bilimingizni sinash, amaliy ko‘nikmalaringizni namoyish etish va xalqaro miqyosda o‘z jamoangizni munosib namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
👥 Ishtirokchilar:
Olimpiadada 4–6-bosqichning 3 nafar talabasidan tashkil topgan jamoalar ishtirok etadi.
🏆 OLIMPIADA 2 BOSQICHDA O‘TKAZILADI
1-BOSQICH — SARALASH BOSQICHI
💻 Masofaviy shaklda
📝 Onlayn test
📅 23-sentabr 2026-yil
2-BOSQICH — YAKUNIY BOSQICH
📍 Bevosita ishtirok etish shaklida
📅 27-oktabr 2026-yil
📌 Manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi, 2-uy
⚠️ TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI ICHKI SARALASHI
Xalqaro olimpiadada universitetimiz nomidan ishtirok etadigan 3 nafar talabadan iborat jamoani aniqlash maqsadida ichki saralash o‘tkaziladi.
💻 Shakli: onlayn
📅 Sana: 13-sentabr 2026-yil
⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 12-sentabr 2026-yil
❗️ Universitetdan xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun faqat 1 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
📚 Olimpiada yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va jamoat salomatligining asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉 https://t.me/tashmeduni_mth
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
7-sen, 2026, 22:33
🎥 Video
📢 E’LON
🏆 AKADEMIK U. A. ARIPOV NOMIDAGI I XALQARO AMALIY KO’NIKMALAR OLIMPIADASI
Akademik U. A. Aripov nomidagi I Xalqaro amaliy ko’nikmalar olimpiadasida ishtirok etish uchun universitet miqyosida ichki saralash bosqichi o‘tkaziladi.
🔹 Saralash quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🩺 JARROHLIK YO‘NALISHLARI
• Yurak-qon tomir jarrohligi
• Abdominal jarrohlik
• Kam invaziv jarrohlik
• Torakal jarrohlik
• Neyrojarrohlik
• Onkojarrohlik
• Stomatologik jarrohlik
• Jag‘-yuz jarrohligi
• Oftalmojarrohlik
• Akusherlik va ginekologiya
• Anesteziologiya va reanimatologiya
• Travmatologiya va ortopediya
• Transplantologiya
Ko'nkurslar:
• Jarrohlik tugunlarini bog‘lash
• Pirogov Anatomy
• Jarrohlik asboblarini bilish
📋 SARALASH BOSQICHLARI
📅 24-sentabr
I bosqich — test sinovi
📝 30 ta test savolidan iborat.
Test natijalariga ko‘ra 60 foizdan yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar II bosqichga yo‘l oladi.
📅 25-sentabr
II bosqich — og‘zaki sinov
Ishtirokchilarning tanlangan yo‘nalish bo‘yicha nazariy bilimlari, klinik fikrlashi va amaliy ko‘nikmalari baholanadi.
📍 O‘tkazilish manzili:
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Bosh binosining Simulyatsiya va test markazi
⚠️ MUHIM!
Har bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishi mumkin.
Barcha talabalarni ichki saralashda faol ishtirok etishga hamda universitetimiz sharafini I Xalqaro olimpiadasida munosib himoya qilish imkoniyatidan foydalanishga chorlaymiz!
Olimpiadada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
👉 https://olympiad.tashmeduni.uz/olympiads/kademik-u-a-aripov-nomidagi-i-xalqaro-amaliy-ko-nikmalar-olimpiadasi
⏰ Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 21-sentabr.
🏆 Bilimingiz va amaliy ko‘nikmalaringizni namoyish eting — universitetimiz terma jamoasi safidan joy oling!
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉 https://t.me/tashmeduni_mth
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
7-sen, 2026, 22:33
📷 Photo
🇺🇿🏔 Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi “Iqlim–Yoshlar–Tog‘lar” mintaqaviy yozgi lagerida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi
2026-yil 16–22-avgust kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) tomonidan tashkil etilgan “Iqlim–Yoshlar–Tog‘lar” mintaqaviy yozgi lageri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Davolash ishi fakultetining 3-bosqich talabasi Jurabayeva Mohinur Ro‘ziboy qizi O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi. U mamlakatimizdan grant asosida lagerda qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan 4 nafar yoshdan biri bo‘ldi.
Lagerda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 20 nafar yosh ishtirok etib, iqlim o‘zgarishi, tog‘ xavfsizligi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.
Dastur doirasida ishtirokchilar Chon-Qizil-Suu tog‘ meteorologiya stansiyasida kuzatuvlar olib bordi, gidrologik o‘lchovlarda qatnashdi, tog‘ yaylovlari va o‘rmonlarining holatini baholadi hamda “Qora-Batqoq” muzligiga dala ekspeditsiyasida ishtirok etdi.
Lager yakunida Markaziy Osiyo yoshlarini birlashtiruvchi CASE Lab (Central Asia Shared Expertise Lab) mintaqaviy platformasi tashkil etildi. Mazkur platforma yosh mutaxassislarning iqlim va ekologiya sohalaridagi hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbir, shuningdek, COP31 hamda 2027-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Bishkek+25” global tog‘ sammitiga tayyorgarlik jarayoniga munosib hissa qo‘shdi.
👏 Mohinurni ushbu xalqaro tadbirda O‘zbekiston va Toshkent davlat tibbiyot universiteti nomidan munosib ishtirok etgani bilan samimiy tabriklaymiz!
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉 https://t.me/tashmeduni_mth
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
7-sen, 2026, 22:33
📷 Photo
🎓 Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari “Vodiy Gavhari – 2026” xalqaro yozgi maktabida ishtirok etdi
Andijon davlat tibbiyot institutida 2026-yil 3–11-avgust kunlari o‘tkazilgan “Vodiy Gavhari – 2026” V-Xalqaro yozgi maktabida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari:
1. 3-son Davolash fakulteti 4-kurs talabasi Nurtosheva Feruza
2. Tibbiy-pedagogika, stomatologiya, farmatsiya va pediatriya ishi fakulteti 4-kurs talabasi Solijonova Ruxshona
3. Xalqaro fakultet PIMU 2-kurs talabasi Saidaxmatov Alisherjon ishtirok etdilar.
📚 O‘n kunlik dastur davomida talabalar tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
Xususan, CPR, shoshilinch tibbiy yordam, shok holatlarini boshqarish, desmurgiya, tashqi qon ketishini vaqtincha to‘xtatish, turniket va bosimli bog‘lamlardan foydalanish, sinish va chiqishlarda immobilizatsiya hamda travmalarda birinchi yordam bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.
🏥 Shuningdek, ishtirokchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga tashrif buyurib, qabul bo‘limi, angiografiya, travmatologiya, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari faoliyati bilan tanishdilar.
🌿 Yozgi maktab dasturidan psixologik treninglar, madaniy-ma’rifiy tashriflar, jamoaviy mashg‘ulotlar va xalqaro ishtirokchilar bilan tajriba almashish tadbirlari ham o‘rin oldi.
Mazkur xalqaro yozgi maktab talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, yangi ko‘nikmalarni egallash va xalqaro tajriba almashish imkonini berdi.
#TDTU #TSMU #VodiyGavhari2026 #PearlOfTheValley2026 #InternationalSummerSchool
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉 https://t.me/tashmeduni_mth
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
23-avg, 2026, 18:18
📷 Photo
🎓 FUNDAMENTAL FANLAR BO‘YICHA ONLINE FAN OLIMPIADA
Hurmatli talabalar!
Sizlarni bilim va salohiyatingizni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan Fundamental Fanlar bo‘yicha Online Olimpiadada ishtirok etishga taklif qilamiz!
📚 Olimpiada quyidagi 10 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔹 Normal anatomiya
🔹 Tibbiy kimyo
🔹 Biokimyo
🔹 Mikrobiologiya
🔹 Gistologiya
🔹 Tibbiy biologiya
🔹 Patologik anatomiya
🔹 Normal fiziologiya
🔹 Patologik fiziologiya
🔹 Farmakologiya
📝 Olimpiada formati:
• Jami 100 ta test savoli
• Har bir fandan 10 tadan savol
• Har bir savol uchun 20 soniya vaqt
• Kahoot uslubidagi tezkor baholash tizimi
⏰ Olimpiada vaqti:
📅 Sana: 17.08.2026
🕙 Boshlanish vaqti: 20:00
🕦 Yakunlanish vaqti: 21:30
🏆 Eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar taqdirlanadi.
Registratsiyadan o‘tishning oxirgi muddati 16.08.2026 soat 23:59 ga qadar.
Registratsiya uchun sayt —
https://olympiad.tashmeduni.uz/
Universitetning olimpiadalar telegram sahifasiga qo'shiling.
https://t.me/tsmu_olympiad
Qo'shimcha savollar uchun: https://t.me/TDTU_ITITFTEB
ToshDavTU talabalari hemis orqali kirishlari shart!
🇺🇿 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi!
“Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi
🚀Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtishga start berildi.
Loyiha yoshlarning raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy kasblarni egallashiga koʻmaklashishni maqsad qilgan.
🖥 Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladilar:
🔹 Vibe Coding;
🔹 Prompt Engineering (AI);
🔹 Sunʼiy intellekt;
🔹 Data Science;
🔹 Kiberxavfsizlik;
🔹 UI/UX;
🔹 AI Agent texnologiyalari.
🔗 https://online.raqamliavlod.uz/
⏳ Imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Onlayn IT oromgohida ishtirok etish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting.
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/|http://youtube.com/c/eduuz|https://t.me/eduuz
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
23-avg, 2026, 18:18
🇰🇷 GLOBAL KOREA SCHOLARSHIP (GKS) — KOREYADA BEPUL TA'LIM OLISH IMKONIYATI!
Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan GKS dasturi — dunyodagi eng nufuzli stipendiyalaridan biri.
📍Stipendiya nimalarni qamrab oladi:
- universitet toʻlovi (tuition fee)
- har oy stipendiya (1 000 000 KRW)
- borish va qaytish chiptasi
- 1 yil koreys tili kursi
- tibbiy sugʻurta
- bir martalik ko'chish uchun yordam puli ( settlement allowance)
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi tomonidan ushbu grantni yutishda talabalarga bepul yordam beriladi.
📌Ariza topshirish uchun talablar:
- Koreya fuqarosi boʻlmaslik;
- Akademik natijasi 80% yoki undan yuqori boʻlishi;
- 25 yoshdan katta boʻlmaslik;
- bakalavrning 1-bosqichiga qabul qilingan yoki maktabni bitirgan va 'gap year'da bo'lish (asosiy talab: maktabni bitirgan bo'lishi kerak);
- TOPIK yoki IELTS sertifikatiga ega bo'lish;
- Koreyaning yetakchi universitetlarida ta'lim olishni istagi.
🔗Hujjat topshirishingizda yordam olish uchun quyidagi google formani to'ldiring:
https://forms.gle/Mokdk8Ag47jxHApb8
1,430
6
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
23-avg, 2026, 18:18
📎 File
🥇 President Tech Award 2026: ariza to‘ldirish yo‘riqnomasi
President Tech Award 2026 uchun arizangizni to‘ldirdingizmi?
✅ Uni yakuniy yuborishdan avval barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq kiritilganiga ishonch hosil qiling.
Biriktirilgan yo‘riqnomada quyidagi jarayonlar bosqichma-bosqich tushuntirilgan:
🔵 platformada ro‘yxatdan o‘tish;
🔵 jamoa va loyiha ma’lumotlarini kiritish;
🔵 ommaviy ofertani to‘ldirish;
🔵 arizani yakuniy yuborish.
⚠️ Arizalar qabuli:
🔹 Inkubatsiya dasturi — 10-avgustgacha;
🔹 Akseleratsiya dasturi — 10-avgustgacha;
🔹 Best Startup Project — 31-avgustgacha.
👉 Arizangizni https://awards.gov.uz/uz/pta orqali topshiring.
Yo‘riqnomani ko‘rib chiqing va barcha ma’lumotlar to‘liq kiritilganini tekshiring.
https://t.me/startupbaseuz
https://www.linkedin.com/showcase/startupbaseuz/ | https://www.facebook.com/startupbase.uz/ | https://www.instagram.com/startupbase.uz/ | https://startupbase.uz/
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
23-avg, 2026, 18:18
🎥 Video
Uch kun. Yuzlab g‘oyalar. Bitta katta maqsad.
5–7-avgust kunlari “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini taqdim etib, hakamlar hay’ati oldida o‘z loyihalarini himoya qildilar.
Qizg‘in bahslar, hayajonli daqiqalar, yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlar — tanlovning uch kunlik tafsilotlari bir videoda.
#KelajakMuhandislari #Final
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/|http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
23-avg, 2026, 18:18
📷 Photo
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi: Research Exchellenche Echosystem (REE) boʻyicha ochiq onlayn vebinar
Mamlakatimizda oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, tadqiqotchilarning xalqaro maydondagi faolligini kengaytirish hamda universitetlarda akademik potensialni mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan Research Exchellenche Echosystem (REE) mavzusida ochiq onlayn vebinar tashkil etilmoqda.
Vebinar universitet rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, yosh olimlar, ilmiy rahbarlar hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi barcha uchun moʻljallangan.
Mavzu:
Research Exchellenche Echosystem (REE): xalqaro ilmiy hamjamiyatni shakllantirish, yuqori sifatli tadqiqotlar va barqaror ilmiy faoliyat sari.
Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari oldida ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xalqaro reytinglardagi oʻrnini mustahkamlash va akademik salohiyatni yuksaltirish vazifalari turibdi. Bu esa ilmiy maqolalarni nufuzli xalqaro jurnallarda chop etish, grantlar jalb qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustaqil tadqiqotchilar maktabini shakllantirishni talab etadi.
Vebinar dasturidan oʻrin olgan mavzular:
• Research Exchellenche Echosystem (REE) konsepsiyasi va uning universitetlar rivojidagi ahamiyati;
• Ilmiy rahbarga qaramlikdan mustaqil tadqiqotchiga aylanish yoʻli;
• Xalqaro mentorlik va tadqiqotchilarni rivojlantirish tizimi;
• Dochtoral Research Achcelerator – tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirishning yangi modeli;
• Xalqaro ilmiy jurnallar, grantlar va ilmiy hamkorlik imkoniyatlari;
• REE dasturining ilk ishtirokchilari safiga qoʻshilish imkoniyatlari.
Vebinar davomida ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar beriladi, REE metodologiyasi taqdim etiladi hamda mutaxassislar tomonidan savollarga javob beriladi.
Spiker:
Feruza Rashidova – pedagogika fanlari doktori, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, Research Exchellenche Echosystem (REE) tashabbuskori.
📅 Sana: 2026-yil 7-avgust
🕒 Vaqti:
• 13:00–14:30 — Minsk, Moskva
• 15:00–16:30 — Toshkent, Ashxobod, Dushanbe, Ostona
• 16:00–17:30 — Bishkek
📩 Qatnashish uchun Zoom havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/88296948579?pwd=YptjQhAyYm6XrTVFyKoi7hiZfznCH94.1
Universitetlarda ilmiy muhitni mustahkamlash, akademik salohiyatni oshirish va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyani kuchaytirishga qiziqqan barcha ishtirokchilarni vebinarga taklif etamiz.
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/|http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
23-avg, 2026, 18:18
📷 Photo
O‘zbekistonlik olimlar uchun xalqaro ilmiy stajirovka!
Genetik muhandislik va biotexnologiya xalqaro markazi — ICGEB O‘zbekistonlik yosh olimlarni Italiya, Hindiston va Xitoydagi laboratoriyalarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga taklif qilmoqda.
🔬 Asosiy yo‘nalishlar:
🔹 virusologiya va mikrobiologiya;
🔹 biotexnologiya;
🔹 yuqumli kasalliklar va patogenlar monitoringi;
🔹 vaksina va dori vositalarini yaratish;
🔹 genlarni tahrirlash va sintetik biologiya;
🔹 antibiotiklarga chidamlilik;
🔹 bioinformatika va biotexnologiyada sun’iy intellekt;
🔹 biologik xavfsizlik.
📍 Stajirovka o‘tkaziladigan markazlar:
🇮🇹 Triyest — Italiya
🇮🇳 Nyu-Dehli — Hindiston
🇨🇳 Taychjou — Xitoy
💰 Dastur doirasida oylik stipendiya, borish va qaytish yo‘l xarajatlari, tibbiy sug‘urta, viza va yashash ruxsatnomasi bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi.
Stajirovka muddati — 2 oy, ayrim hollarda 4 oygacha uzaytirilishi mumkin.
Kimlar ariza berishi mumkin? Virusologiya, mikrobiologiya, biotexnologiya hamda inson, hayvon yoki o‘simliklar salomatligi bilan bog‘liq biologiya yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston fuqarolari.
Ta’lim darajasi bo‘yicha:
— Triyest markazi uchun — BSc Honours;
— Nyu-Dehli uchun — magistr darajasi;
— Xitoy markazi uchun — magistr yoki unga teng daraja talab etiladi.
Ingliz tilini bilish sertifikat bilan tasdiqlanishi kerak. Ta’lim ingliz tilida olingan bo‘lsa, universitetning rasmiy ma’lumotnomasi qabul qilinadi.
Birinchi bosqich muddati: 2026-yil 14-avgust, soat 23:59 gacha.
Birinchi bosqichda nomzod ICGEB laboratoriyasi va bo‘lajak ilmiy rahbarni tanlab, qisqacha ma’lumotlarini yuboradi.
Saralashdan o‘tgan nomzodlar 2026-yil 16–30-sentabr kunlari to‘liq ariza topshirishga taklif etiladi.
🔗 Tanlov haqida batafsil ma’lumot:
https://www.icgeb.org/fellowships/icgeb-fellowships-for-scientists-in-biosecurity-september-2026/
📝 Ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish:
https://isg.icgeb.org/auth/login
Har bir nomzod ushbu tanlov doirasida faqat bitta ariza topshirishi mumkin. Tadqiqot yo‘nalishi talablarga mos olimlar ushbu imkoniyatni o‘tkazib yubormasligi tavsiya etiladi!
👉 https://t.me/ilmiy_darajali_kadrlar
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
23-avg, 2026, 18:18
🎥 Video
😅“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi start olmoqda!
Joriy yilning 5–7-avgust kunlari tanlovning eng mas'uliyatli va hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Akseleratsiya bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 90 nafar eng kuchli ishtirokchi bosh sovrin uchun kurashadi.
Final bahslari quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkaziladi:
✅ 5-avgust: “Eng yaxshi g‘oya”
✅ 6-avgust: “Eng yaxshi loyiha”
✅ 7-avgust: “Eng yaxshi ixtiro”
Ishtirokchilar — talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar ushbu yo‘nalishlarda o‘z ishlanmalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan ekspertiza oldida himoya qiladilar.
Taqdimotlar yakuniga ko‘ra tanlovning 9 nafar mutloq g‘olibi aniqlanadi va bosh sovrin — Prezident sovg‘asi: BYD Chazor avtomobili egasiga aylanadi.
✔️Boshlanish vaqti: 10:00
✔️Manzil: Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 8/1-uy (Innotexnopark binosi)
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/|http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
23-avg, 2026, 18:18
🎙YUNESKO Yoshlar xakatoni 2026: xalqaro maydonda O‘zbekiston yoshlari uchun yangi imkoniyat!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan “O‘z hissangni qo‘shing: yoshlar media va axborot savodxonligi kelajagini loyihalashtirmoqda” mavzusida UNESCO Youth Hackathon 2026 tanlovi e’lon qilindi.
🔹 Kimlar qatnashishi mumkin?
18–30 yoshdagi yoshlar, 2 nafardan 6 nafargacha bo‘lgan jamoalar tarkibida.
🔹 Loyihalar qaysi yo‘nalishda bo‘lishi kerak?
Media savodxonligi, axborot madaniyati, raqamli xavfsizlik va yoshlarning axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalar.
📅 Arizalar qabuli: 2026-yil 16-avgustgacha.
🌍 Tanlovning xalqaro bosqichida saralangan jamoalar o‘z loyihalarini 2026-yil 26–28-noyabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida o‘tkaziladigan xalqaro festivalda taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🔗Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://www.unesco.org/en/articles/unesco-youthhackathon-2026
“Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”
💬 | 📷 https://www.instagram.com/tsmu_ya?igsh=dm5sZjd0MmM4NjBh | 😊 https://youtube.com/@tsmu_ya?si=4Y_fMqKNtHzbUVOD
1,380
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
21-may, 2026, 00:22
📷 Photo
🎓🩺XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI
😀 Toshkent davlat tibbiyot universitetida tibbiyot sohasi rivoji, ilmiy izlanishlar va zamonaviy yondashuvlarga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tibbiyotning dolzarb masalalari, innovatsion diagnostika va davolash usullari, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro tajribalar yuzasidan mazmunli ma’ruzalar tinglandi.
🌐MDH davlatlaridagi 30 dan ortiq nufuzli Oliy ta’lim muassasalarining 300 dan ortiq talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida faol ishtirok etgan barcha mutaxassislar, mehmonlar, tashkilotchilar hamda yosh tadqiqotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
✨ Ilm-fan taraqqiyoti va tibbiyot rivoji yo‘lida bunday anjumanlar yanada ulkan yutuqlarga xizmat qiladi!
👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”
📱 | 📷https://www.instagram.com/tsmu_ya?igsh=dm5sZjd0MmM4NjBh | 🎞https://youtube.com/@tsmu_ya?si=Y0ArGo_E5yGGviKF
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
21-may, 2026, 00:22
🎥 Video
😀Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida “AI Health” hakatoni bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿🇺🇿Joriy yilning 27–30-aprel kunlari o‘tkazilgan hakatonda ishtirokchilar sun’iy intellekt asosida sog‘liqni saqlashga oid loyihalar ustida ishladilar. Dastur doirasida treninglar, mentorlik sessiyalari va loyiha taqdimotlari tashkil etildi.
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining yopilish marosimi Alpomish Muz Saroyida bo‘lib o‘tdi.
AI Health hakatoni yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Invictus jamoasi (Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot Akademiyasi)
🥈 2-o‘rin — S1mple jamoasi (Toshkent davlat tibbiyot universiteti)
🥉 3-o‘rin — Mindtech jamoasi (Toshkent davlat tibbiyot universiteti)
Mazkur festival mamlakatimizda muhandislik va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish, yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish hamda ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”
📱 | 📷https://www.instagram.com/tsmu_ya?igsh=dm5sZjd0MmM4NjBh | 🎞https://youtube.com/@tsmu_ya?si=Y0ArGo_E5yGGviKF
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
21-may, 2026, 00:22
🎥 Video
🎓 🩺XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYANING OCHILISH MAROSIMI
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, amaliyotchi shifokorlar, yosh olimlar hamda talabalar!
😀Toshkent davlat tibbiyot universitetida boʻladigan “Talabalar ilmiy-amaliy jamiyati” konferensiyasining ochilish marosimiga taklif qilamiz.
🌐MDH davlatlaridagi 30 dan ortiq nufuzli Oliy ta’lim muassasalarining 300 dan ortiq talabalari ishtirok etmoqda.
Mazkur konferensiya doirasida tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalar, diagnostika va davolashdagi zamonaviy usullar, shuningdek, xalqaro tajriba almashinuvi muhokama qilinadi. Tadbir ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot sohasidagi yangi g‘oyalarni ilgari surish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Tibbiyot sohasi rivoji, zamonaviy yondashuvlar va ilm-fan yutuqlariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning tantanali ochilish marosimiga taklif etamiz.
📒 Sana: 15.05.2026
⏰Vaqt: 08:00
📍Manzil: onlayn
❤️ Birinchi zal
Подключиться к конференции Zoom
https://us06web.zoom.us/j/84398930109?pwd=13mwaow1vSY9L6eNzJdrAz7yplboj0.1
Meeting chat link
https://us06web.zoom.us/launch/jc/84398930109
Идентификатор конференции: 843 9893 0109
Код доступа: 666539
👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”
📱 | 📷https://www.instagram.com/tsmu_ya?igsh=dm5sZjd0MmM4NjBh | 🎞https://youtube.com/@tsmu_ya?si=Y0ArGo_E5yGGviKF
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
21-may, 2026, 00:22
🎥 Video
📣📣📣
🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida xalqaro darajadagi yetuk mutaxassis, oliy toifali jarrohning ma'ruzasi bolib o'tadi
➡️Joriy yilning 13-may kuni soat 14:30 da Toshkent davlat tibbiyot universitetida xalqaro darajadagi yetuk mutaxassis, oliy toifali jarroh Kudzaev Kazbek Urusxanovichning "Plastik jarrohlikda zamonaviy innovatsion usullarini qo'llash" mavzusida ma'ruza bolib o'tadi.
🔹Mazkur ma'ruzada mutaxassisning tibbiyotdagi hayotiy va kasbiy yo‘li, boy klinik tajribasi, murakkab holatlar va zamonaviy jarrohlik yondashuvlari haqida so‘z yuritiladi.
🔺Sohaga qiziquvchi klinik ordinatorlar, magistrantlar va yosh mutaxassislar taklif etilamiz
🔹Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi ma’lumotlarni to‘ldirib yuborishingiz so‘raladi.
https://forms.gle/LpcuMY5zaYtZZubG6
✈️Manzil: Toshkent davlat tibbiyot universiteti bosh o'quv binosi
👉 https://maps.app.goo.gl/uDqNDSuvZpbyM3KCA
https://www.linkedin.com/school/tashkent-state-medical-universityTelegram | https://www.facebook.com/shukhrat.boymuradov | https://www.instagram.com/shuhrat.boymuradov?igsh=YjBleHo3amFhamg0&utm_source=qr | https://youtube.com/@shuhrat.boymurodov?si=bj9TpR3y9AmB1afR
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
21-may, 2026, 00:22
📣 Hurmatli talabalar va yoshlar ilmiy ishga oʻz hissangizni qoʻshing.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Epidemiologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Kalniyazova Inobatxon Bayramovna tomonidan «Ayollar orasida OIV-infeksiyasi tarqalishining zamonaviy epidemiologik xususiyatlari va profilaktikasini takomillashtirish yo‘llari» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
📝 Sizni ilmiy izlanishni qo‘llab-quvvatlashga va quyidagi Google forma orqali so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz. Sizning javoblaringiz tadqiqot sifatini oshirish va dolzarb muammolarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔒Barcha ma’lumotlar anonim va maxfiy saqlanadi.
📎 So‘rovnoma havolasi:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf6pSe3pr3C1n2YhkQ5fIYaOdSLr1Vnj424eO_-oMr1oJn98A/viewform?usp=dialog
Ilmiy ish rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!
👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”
📱 | 📷https://www.instagram.com/tsmu_ya?igsh=dm5sZjd0MmM4NjBh | 🎞https://youtube.com/@tsmu_ya?si=Y0ArGo_E5yGGviKF
1,930
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
21-may, 2026, 00:22
🎥 Video
😀Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida “AI Health” hakatoni bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿🇺🇿Joriy yilning 27–30-aprel kunlari o‘tkazilgan hakatonda ishtirokchilar sun’iy intellekt asosida sog‘liqni saqlashga oid loyihalar ustida ishladilar. Dastur doirasida treninglar, mentorlik sessiyalari va loyiha taqdimotlari tashkil etildi.
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining yopilish marosimi Alpomish Muz Saroyida bo‘lib o‘tdi.
AI Health hakatoni yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Invictus jamoasi (Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot Akademiyasi)
🥈 2-o‘rin — S1mple jamoasi (Toshkent davlat tibbiyot universiteti)
🥉 3-o‘rin — Mindtech jamoasi (Toshkent davlat tibbiyot universiteti)
Mazkur festival mamlakatimizda muhandislik va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish, yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish hamda ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”
📱 | 📷https://www.instagram.com/tsmu_ya?igsh=dm5sZjd0MmM4NjBh | 🎞https://youtube.com/@tsmu_ya?si=Y0ArGo_E5yGGviKF
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
21-may, 2026, 00:22
📷 Photo
🔴 Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xorijiy davlatlarda malaka oshirish uchun hujjatlar qabulini e’lon qiladi!
❗️ Dastur doirasida Janubiy Koreya, Sloveniya, Vengriya, Hindiston va Yaponiya kabi davlatlarda biomeditsina, biotexnologiya, molekulyar biologiya, vaksinalar ishlab chiqish hamda GMP va regulyator talablarni uyg‘unlashtirish va ilg‘or xalqaro tajriba almashish imkoniyati yaratiladi.
⚠️ Nomzodlarga qo‘yiladigan majburiy talablar:
• Sohada kamida 3 yillik ish tajribasi mavjudligi, shu jumladan, oxirgi 12 oy davomida ushbu sohada faoliyat yuritgan bo‘lishi;
• Davlat tilini bilishi;
• Tegishli soha bo‘yicha magistratura diplomiga ega bo‘lish;
• Ingliz tilini mukammal bilish;
• Zamonaviy farmatsevtika texnologiyalarini o‘rganish va sohaga innovatsiyalar kiritishga bo‘lgan yuqori ishtiyoq.
✅ Nomzodlar orasida doktorantura (PhD, DSc) darajasiga ega hamda sohada 3 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lganlarga ustuvorlik beriladi.
❗️ Talabgorlar o‘z ma’lumotnomalarini (CV/Obyektivka), til sertifikatlarini va diplom nusxalarini 👉 [email protected] elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.
❗️ Hujjatlar 2026-yil 11-may soat 23:00 ga qadar qabul qilinadi.
❗️ Shoshiling! Joylar soni cheklangan.
👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”
📱 | 📷https://www.instagram.com/tsmu_ya?igsh=dm5sZjd0MmM4NjBh | 🎞https://youtube.com/@tsmu_ya?si=Y0ArGo_E5yGGviKF
🧠💡AI HEALTH HACKATHON
Sun'iy intellekt va sog'liqni saqlash kelajagini birga quramiz! Toshkent davlat tibbiyot universitetida Kelajak muhandislari’ning yana bir yoʻnalishi boʻlgan tibbiyotda sun’iy intellektning roli va vazifalari haqida boʻladi.
Universitetimiz talabalari va professorlarini “AI Health Hackathon”ga mehmon sifatida taklif etamiz!
Tomoshabin sifatida siz ko'rasiz:
— Jamoalarning jonli loyiha taqdimotlari
— AI asosida ishlab chiqilgan tibbiy yechimlar
— Ekspertlar bilan jonli muhokamalar
— G'oliblarni mukofotlash marosimi
📍Manzil: Zakovat arena (ToshDavTibUni)
📒 Sana: 29-aprel
⏰ Vaqt: 14:00
#AIHealth #Hackathon #Innovation #University
👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”
📱 | 📷https://www.instagram.com/tsmu_ya?igsh=dm5sZjd0MmM4NjBh | 🎞https://youtube.com/@tsmu_ya?si=Y0ArGo_E5yGGviKF
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
21-may, 2026, 00:22
📎 File
📢📢📢📢📢
XALQARO KONFERENSIYA – 2026
😀 Toshkent davlat tibbiyot universiteti barcha talabalarni
“Talabalar tibbiyot ilmining zamonaviy yutuqlari” nomli
VI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi!
🗓 Sana: 15-may, 2026
💻 Format: Onlayn
🔬 Nimalar sizni kutmoqda?
• Ilmiy ishlar tanlovi
• Seksion va plenar majlislar
• Eng yaxshi tezislarning nashri
• Xalqaro darajadagi ilmiy muhit
📚 Yo‘nalishlar juda keng:
Tibbiyotning deyarli barcha sohalari —
fundamental fanlardan tortib klinik yo‘nalishlar, IT va biotibbiyot muhandisligigacha!
🧠Kimlar qatnasha oladi?
• Talabalar (eksperimental, klinik yoki so‘rovnoma asosidagi tadqiqotlar bilan)
• Har bir yo‘nalish bo‘yicha 2 nafargacha ishtirokchi
• Faqat original (≥70%) ilmiy ishlar qabul qilinadi
📑 Ishtirok shakllari:
✅ Taqdimot
✅ Taqdimot + tezis
✅ Faqat tezis (xorijiy talabalar uchun)
https://t.me/c 🇷🇺
https://t.me/c 🇺🇸
🗓 1-may, 2026 gacha ariza va tezis yuborish kerak
📧 Email: [email protected]
⚠️⚠️⚠️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari qatnasha olmaydi. Faqatgina Talabalar Ilmiy Jamiyati 2-bosqichidan oʻtgan talabalar qatnasha oladi.
👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”
📱 | 📷https://www.instagram.com/tsmu_ya?igsh=dm5sZjd0MmM4NjBh | 🎞https://youtube.com/@tsmu_ya?si=Y0ArGo_E5yGGviKF
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
6-may, 2026, 11:36
📷 Photo
🔹🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
➡️Joriy yilning 13-may kuni soat 14:30 da Toshkent davlat tibbiyot universitetida xalqaro darajadagi yetuk mutaxassis, oliy toifali jarroh Kudzaev Kazbek Urusxanovichning "Plastik jarrohlikda zamonaviy innovatsion usullarini qo'llash" mavzusida ma'ruza bolib o'tadi.
🔹Mazkur ma'ruzada mutaxassisning tibbiyotdagi hayotiy va kasbiy yo‘li, boy klinik tajribasi, murakkab holatlar va zamonaviy jarrohlik yondashuvlari haqida so‘z yuritiladi.
🔺Sohaga qiziquvchi klinik ordinatorlar, magistrlar va yosh mutaxassislarni taklif etamiz.
🔹Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi ma’lumotlarni to‘ldirib yuborishingiz so‘raladi.
https://forms.gle/LpcuMY5zaYtZZubG6
✈️Manzil: Toshkent davlat tibbiyot universiteti bosh o'quv binosi
https://www.linkedin.com/school/tashkent-state-medical-university👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”
📱 | 📷 https://www.instagram.com/tsmu_ya?igsh=dm5sZjd0MmM4NjBh | 🎞 https://youtube.com/@tsmu_ya?si=Y0ArGo_E5yGGviKF