Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi
🏢Manzil: Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 1
📍faceboo:https:www.facebook.com/suvbarqarorrivojlan
📍instagram: www.instagram.com/suv.brm/
📍youtube: http://www.youtube.com/@suvbrm
Xatlar uchun: [email protected]
Join @suvbrm for exclusive tumani and faceboohttpswwwfacebookcomsuvbarqarorrivojlan content and discussions in 25
Reyting
Global reyting
#279
-2
Til reytingi
#1O'zgarish yo'q
Toifa reytingi
#7
+1
Obunachilar sonining o'sishi (Oxirgi 7 kun ichida)
#SuvKodeksi
📘 SUV KODEKSI | 7-MODDA
⚖️ Suvdan foydalanish turlari
📖 O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining 7-moddasida suvdan foydalanish, suv obyektidan suv olish usuli hamda suv va suv obyektlarining holatiga ta’sir etish darajasiga qarab umumiy va maxsus foydalanish turlariga ajratilishi belgilangan.
🔹 Umumiy foydalanish — fuqarolarning ichimlik va xo‘jalik-maishiy ehtiyojlari, cho‘milish, motorsiz qayiqda suzish, chorva mollarini sug‘orish, sport va havaskorlik yo‘li bilan baliq ovlash kabi holatlarni qamrab oladi.
🔹 Maxsus foydalanish — nasoslar, nasos stansiyalari va boshqa qurilmalar yordamida suv olish, gidroenergetika, suv transporti hamda oqova suvlarni suv obyektlariga oqizish bilan bog‘liq faoliyatlarni o‘z ichiga oladi.
📌 Maxsus suvdan foydalanish qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tegishli ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
📚 Moddaning to‘liq ilmiy-amaliy sharhini o‘qimoqchimisiz?
Quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:⤵️
https://telegra.ph/7-modda-Suvdan-foydalanish-turlari-08-28
😎 https://t.me/tomchikanali|📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎 https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,140
4
0
SUV | BRM
3-sen, 2026, 06:13
📷 Photo
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤 Bugungi harf — G.
💧 Gidrologiya — Yer yuzidagi suvlarning tarqalishi, harakati, miqdori va xususiyatlarini o‘rganuvchi fan.
Gidrologiya daryolar, ko‘llar, suv omborlari, muzliklar, botqoqliklar va yerosti suvlarini tadqiq etadi. Shuningdek, suvning tabiatdagi aylanishi, yog‘inlar, bug‘lanish, daryo oqimi, toshqin va qurg‘oqchilik jarayonlarini o‘rganadi.
📊 Gidrologik kuzatuv va hisob-kitoblar suv zaxiralarini baholash, suv toshqinlarini prognoz qilish, sug‘orishni rejalashtirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishda muhim ahamiyatga ega.
“Suv alifbo”sining keyingi harfida yanada qiziqarli atama bilan tanishtiramiz!
| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
3-sen, 2026, 06:13
📷 Photo
#HaftaDayjesti
HAFTA DAYJESTI: MUHIM VOQEALAR, YANGI HAMKORLIKLAR VA AMALIY TASHABBUSLAR
📆 Mazkur hafta suv sohasi uchun muhim voqealar, nufuzli xalqaro uchrashuvlar, yangi kelishuvlar va amaliy tashriflarga nihoyatda boy bo‘ldi.
🏅 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan suv xo‘jaligi va suv ta’minoti tizimida samarali mehnat qilayotgan bir guruh soha vakillari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
🌍 23–27-avgust kunlari Stokgolm shahrida “Suv — insonlar va taraqqiyot uchun” mavzusida o‘tkazilgan World Water Week 2026 tadbirida O‘zbekiston delegatsiyasi milliy tajriba va tashabbuslarni xalqaro hamjamiyatga taqdim etdi.
🤩 Butunjahon suv haftaligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Timur Butunbayev yuqori darajadagi sessiyalarda suv diplomatiyasi, suv barqarorligini moliyalashtirish, global suv tanqisligi va BMTning 2026-yilgi Suv konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha nutq so‘zladi.
🤝 Qator yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Haftalik doirasida SIWI ijrochi direktori Yevropa komissari UNU-INWEH direktori, professor BMT Universiteti rektori IWMI bosh direktori strategik dastur direktori Senegal vakili hamda BAA tashqi ishlar vazirining yordamchisi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
✍️Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi va Stokgolm xalqaro suv instituti (SIWI) o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, Xelsinki shahrida Markaz va o‘rtasida suv xizmatlari xavfsizligi bo‘yicha strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
📝 Uppsala universiteti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida suv diplomatiyasi, transchegaraviy hamkorlik va kadrlar tayyorlashga qaratilgan hamkorlik mustahkamlandi.
🔬 Delegatsiya Uppsaladagi RISE tadqiqot instituti, Shvetsiya qishloq xo‘jaligi fanlari universiteti (SLU), KSLA, shuningdek, Hemisphere Technologies va XINIX Global AB kompaniyalariga tashrif buyurdi.
🤝 Finlyandiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi doimiy kotibi Pekka Pesonen, suv masalalari bo‘yicha maxsus vakil Antti Rautavaara hamda Atrof-muhit vazirligi katta mutaxassisi Turo Herppe bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazildi.
💧 O‘zbekiston delegatsiyasi Stokgolmdagi Yangi Slussen majmuasiga tashrif buyurib, suv oqimini boshqarish, toshqinlardan himoya va shahar infratuzilmasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha tajribani o‘rgandi.
🏆 Stokgolm yoshlar suv mukofoti — Stockholm Junior Water Prize 2026 g‘oliblarini taqdirlash marosimida istiqbolli yosh tadqiqotchilarning innovatsion ishlanmalari namoyish etildi.
📚 Ma’rifiy loyihalar davom ettirildi
Hafta davomida:
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
📲Batafsil materiallar — kanalimizda!
| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
3-sen, 2026, 06:13
📷 Photo
SUV BOSHQARUVI VA DIPLOMATIYASI BO‘YICHA FINLYANDIYA TAJRIBASI O‘RGANILDI
O‘zbekiston delegatsiyasi Finlyandiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi doimiy kotibi Pekka Pesonen, mamlakatning suv masalalari bo‘yicha maxsus vakili Antti Rautavaara hamda Finlyandiya Atrof-muhit vazirligi katta mutaxassisi Turo Herppe bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqotlarda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha davlat siyosati, idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro suv strategiyasi, suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, suv xavfsizligini mustahkamlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish, ekologik monitoringni rivojlantirish hamda Finlyandiyaning ilg‘or boshqaruv tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar suv va ekologiya yo‘nalishlarida ekspertlar almashinuvini rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
3-sen, 2026, 06:13
📷 Photo
🌟 2050-YILGA BORIB SUV TANQISLIGI YANADA KUCHAYISHI MUMKIN
Dunyoda suvga bo‘lgan talab o‘sishda davom etmoqda. Agar ushbu talabni samarali boshqarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmasa, 2050-yilga borib ko‘plab hududlarda suv tanqisligi darajasi keskin kuchayishi mumkin.
💧 Suv tanqisligi — aholining toza va ishonchli suvga bo‘lgan talabi mavjud suv zaxiralaridan oshib ketadigan holatdir.
Tahlil qilingan 164 ta davlat va hududning 51 tasida 2050-yilga kelib yuqori yoki o‘ta yuqori darajadagi suv tanqisligi kuzatilishi prognoz qilinmoqda.
🏞 Dengiz suvini chuchuklashtirish suv resurslari cheklangan mamlakatlarga mazkur muammoning ta’sirini kamaytirishga yordam beradi. Biroq bu texnologiya barcha muammolarni to‘liq bartaraf etmaydi.
Chunki chuchuklashtirish:
🔹 katta miqdorda energiya talab qiladi;
🔹 issiqxona gazlari chiqindilarini oshirishi mumkin;
🔹 hosil bo‘ladigan yuqori konsentratsiyali sho‘r eritmani boshqarishni talab etadi.
📍Masalan, Birlashgan Arab Amirliklarida chuchuklashtirish ichimlik suvi xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli asosiy vazifa undan voz kechish emas, balki mazkur jarayonni yanada samarali, ekologik barqaror va tashqi ta’sirlarga chidamli qilishdir.
Buning uchun suv ta’minotiga alohida jarayon sifatida emas, balki yaxlit tizim sifatida qarash zarur:
🔹 suvga bo‘lgan talabni kamaytirish;
🔹 foydalanish samaradorligini oshirish;
🔹 qayta foydalaniladigan suv hajmini ko‘paytirish;
🔹 tarmoqlardagi yo‘qotishlarni qisqartirish;
🔹 mavjud resurslardan oqilona foydalanish.
Suvni chuchuklashtirish — suv xavfsizligini ta’minlash vositalaridan biri, ammo muammoning yagona yechimi emas. U innovatsion texnologiyalar, suvni tejash va resurslarni kompleks boshqarish bilan uyg‘unlashgandagina uzoq muddatli suv xavfsizligi va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
💧 2050-yildagi aniq holatni hozirdan belgilash qiyin. Chunki natijalar dunyo aholisi soni, iqtisodiy o‘sish, siyosiy jarayonlar va rivojlanayotgan mamlakatlardagi o‘zgarishlarga bog‘liq.
Manba: Jahon resurslari instituti (WRI), Statista.
| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
3-sen, 2026, 06:13
📷 Photo
O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI FINLYANDIYANING SUV VA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHDI
O‘zbekiston delegatsiyasi Finlyandiyaning suv resurslarini boshqarish, oqova suvlarni tozalash va ekologik monitoring sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rgandi.
Delegatsiya Xelsinki shahridagi "Viikinmäki" zamonaviy oqova suvlarini tozalash majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Finlyandiya va Shimoliy Yevropadagi eng yirik mazkur inshootda oqova suvlarni mexanik, kimyoviy va biologik usullarda tozalash, jarayonlarni raqamli monitoring qilish hamda hosil bo‘lgan biogazdan energiya ishlab chiqarish tajribasi o‘rganildi.
Shuningdek, Finlyandiya atrof-muhit instituti (Syke), Finlyandiya Geologiya xizmati (GTK), Aalto universiteti, shuningdek, Fluidit, Solar Water Solutions, Vaisala va Kemira kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muloqotlarda suv resurslarini barqaror boshqarish, yerosti suvlarini o‘rganish va muhofaza qilish, oqova suvlarni tozalash, raqamli monitoring va sun’iy intellektdan foydalanish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida ilg‘or fin ilmiy va texnologik yechimlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV SOHASIDA BARQAROR RIVOJLANISH MARKAZI HAMDA FINLYANDIYA SUV FORUMI O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILADI
Xelsinki shahrida Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi hamda Finlyandiya suv forumi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Hujjat O‘zbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash, sohaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni samarali boshqarish hamda Finlyandiyaning ilg‘or tajriba va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida suv ta’minoti sohasini raqamlashtirish, zamonaviy fin yechimlarini mahalliy sharoitga moslashtirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish va texnik bilimlar almashinuvini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Tomonlar texnologiya va bilimlar almashinuviga oid kompleks loyiha tayyorlash, uni amalga oshirishga qaratilgan yo‘l xaritasini ishlab chiqish hamda joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrishga kelishib oldilar.
| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
3-sen, 2026, 06:13
📷 Photo
O‘ZBEKISTON VA FINLYANDIYA SUV SOHASIDAGI HAMKORLIKNI KENGAYTIRADI
Butunjahon suv haftaligi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi, Ijtimoiy ishlar va sog‘liqni saqlash vazirligi, Finlyandiya suv forumi (FWF), Finlyandiya sog‘liqni saqlash va farovonlik instituti (THL), Helsinki mintaqaviy ekologik xizmatlar boshqarmasi (HSY) hamda Cowater kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqotlarda ichimlik suvi xavfsizligi va sifatini ta’minlash, oqova suvlarni samarali tozalash, suv bilan bog‘liq sanitariya va jamoat salomatligini mustahkamlash, zamonaviy monitoring tizimlarini joriy etish hamda suv resurslarini barqaror boshqarish masalalari muhokama qilindi.
Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bo‘yicha maxsus vakili Maria Agren bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, suv sohasi bo‘yicha muloqotni mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Finlyandiya Ijtimoiy ishlar va sog‘liqni saqlash vazirligining Xavfsizlik va sog‘liq departamenti bosh direktori Taneli Puumalainen bilan uchrashuvda suv sifati, ekologik omillarning aholi salomatligiga ta’siri va ushbu yo‘nalishdagi davlat nazorati masalalari ko‘rib chiqildi.
Finlyandiya suv forumi bosh direktori Topi Helle bilan muloqotda suv ta’minoti va oqova suvlarni tozalash, raqamlashtirish, ilmiy tadqiqotlar, mutaxassislar tayyorlash hamda ilg‘or fin texnologiyalari muhokama qilindi.
Shuningdek, THLning ilmiy-tahliliy tajribasi, HSYning ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni tozalash amaliyoti hamda Cowater kompaniyasining xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi tajribasi bilan tanishildi.
Uchrashuvlarda o‘zaro tajriba almashish, ekspertlar hamkorligini rivojlantirish hamda suv xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari belgilab olindi.
| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
3-sen, 2026, 06:13
📷 Photo
O‘ZBEKISTON VA BAA SUV-ENERGETIKA SOHASIDAGI AMALIY HAMKORLIKNI KENGAYTIRADI
Butunjahon suv haftaligi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirining energetika va barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha yordamchisi, “Masdar City” direktorlar kengashi raisi Abdulla Balalaa bilan uchrashdi.
Uchrashuvda suv, energetika va barqaror rivojlanish masalalarining o‘zaro bog‘liqligi, sohaga innovatsion texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish hamda suv tanqisligiga qarshi samarali yechimlarni keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
BAA va Senegal hamraisligida 2026-yil 8–10-dekabr kunlari Abu-Dabida o‘tkaziladigan BMTning Suv konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarining 6-maqsadiga erishishga xizmat qiladigan aniq tashabbuslarni ilgari surish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, global suv tanqisligiga qarshi innovatsion va texnologik yechimlarni jadallashtirishga qaratilgan Muhammad bin Zayd suv tashabbusi bilan hamkorlik qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar suv va energiya samaradorligini oshirish, qurg‘oqchil hududlarga mos texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish hamda zamonaviy yechimlarni sinovdan o‘tkazish va keng tatbiq etish bo‘yicha katta hamkorlik salohiyati mavjudligini ta’kidladi.
BAA vakillari joriy yil kuzida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Suvni tejash bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etishga taklif qilindi.
| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
31-avg, 2026, 22:36
📷 Photo
🌊 27-AVGUST — BUTUNJAHON KO‘LLAR KUNI
📍 Butunjahon ko‘llar kuni ko‘llar va ularning ekotizimlari ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish, ularni muhofaza qilish hamda barqaror boshqarishga e’tibor qaratish maqsadida nishonlanadi.
🇺🇳 BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramizda 100 milliondan ortiq ko‘l mavjud.
🇺🇿 O‘zbekiston hududida 500 dan ortiq ko‘l mavjud. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi mamlakatimizdagi eng yirik ko‘llar tizimi hisoblanadi. Shuningdek, yurtimizda 17 777 ta tabiiy oqar suv manbasi mavjud bo‘lib, ularning 9 930 tasi Amudaryo, 4 926 tasi esa Sirdaryo havzasiga to‘g‘ri keladi.
Ko‘llar chuchuk suv zaxiralarini saqlash, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, iqlimni tartibga solish va aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
4-may, 2026, 13:39
📷 Photo
#bilasizmi
🔵 Yerdagi suv ko'zga ko'rinadiganidan ko'ra ko'proq sirlarni yashiradi. Okeanlar sayyora yuzasining taxminan 75% ni egallagan bo'lsa-da, ularning massasi Yerning umumiy massasining atigi 1/4400 qismini tashkil qiladi - bu butun sayyora miqyosi bilan solishtirganda yupqa qatlam.
🟢 Shu bilan birga, olimlar oyog'imiz ostida juda muhimroq suv zaxiralari joylashgan bo'lishi mumkinligini aniqladilar: Yer mantiyasida, u yerda barcha okeanlarni birlashtirgandan o'nlab marta ko'proq suv bo'lishi mumkin. Ushbu kashfiyot geologik jarayonlar va suvning sayyoraning shakllanishi va evolyutsiyasidagi roli haqidagi tushunchamizni sezilarli darajada o'zgartirishi mumkin.
👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
4-may, 2026, 13:39
📷 Photo
Toshkentda to‘rtta emas, o‘n ikkita sun’iy ko‘l va suv omborlari bo‘ladi.
https://president.uz/oz/lists/view/9158 O‘zbekiston Prezidenti yaratilayotgan to‘rtta ko‘l salqin mikroiqlim yaratish uchun yetarli bo‘lmasligini ta’kidlab, bu sonni 12 taga yetkazishni topsirdi.
Shuningdek, taqdimotda poytaxt hududidagi daryo va kanallar boʻylarini obodonlashtirish, shaharda salqin mikroiqlim yaratish maqsadida sunʼiy koʻl va havzalar barpo etish boʻyicha ishlar toʻgʻrisida ham axborot berildi.
Chirchiq daryosining poytaxt hududidan oʻtuvchi 16 kilometr qismini obodonlashtirish hisobiga 306 gektar yer maydonida “Daryo boʻyi” loyihasini amalga oshirish koʻzda tutilgan.
👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
4-may, 2026, 13:39
📷 Photo
Xorazmdagi strategik obyektlar va ijtimoiy masalalar e’tibor markazida
✔️ Kuni kecha viloyat va tumanlar rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.
🔖 Muloqot davomida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva aholining hayotiy ehtiyojlariga bevosita daxldor bo‘lgan infratuzilma loyihalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, milliondan ortiq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Urganch-1” yirik nasos stansiyasini modernizatsiya qilish masalasi kun tartibidagi muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi. Mazkur obyektni zudlik bilan yangilash va zamonaviy talablarga moslashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
4-may, 2026, 13:39
📷 Photo
#bilasizmi
🔹 Dunyodagi eng toza suvga ega davlat Islandiya hisoblanadi. Bu yerda suv hech qanday kimyoviy ishlovsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadi. Hatto ko‘chadagi kranlardan ham toza suv oqadi.
🔸 Xalqaro Ekologik samaradorlik indeksi (EPI) har yili davlatlardagi ichimlik suvining xavfsizlik darajasini baholaydi. Eng yuqori natijani quyidagi davlatlar band etgan: Shvetsariya, Finlandiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya.
🔺 Tabiiy suv resurslari kam bo‘lishiga qaramay, Singapur NEWater texnologiyasi orqali suvni qayta ishlash va tozalash bo‘yicha dunyoda yetakchidir.
👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
#bilasizmi
💦 Virtual suv — bu mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida sarflanib, yakuniy natijada bizga ko‘rinmaydigan yashirin suv hajmidir. Masalan, bitta non yopish uchun (bug‘doy yetishtirishdan tortib to tandirda pishguncha) o‘rtacha 800 litr suv ishlatiladi.
✔️ Oziq-ovqatni isrof qilmaslik, sifatli va uzoq muddat xizmat qiladigan buyumlarni ishlatish orqali biz Yer yuzidagi cheklangan ichimlik suvi zaxiralarini asrashga ulkan hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
4-may, 2026, 13:39
🎥 Video
🔰 Kecha, 27-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori hududida barpo etilgan yangi turizm majmuasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Bu maskan Farg‘ona vodiysida yozgi dam olish, ekoturizm va hordiq chiqarish uchun ko‘ngilochar manzillardan biriga aylanishi kutilmoqda.
🔷 Bundan tashqari, Taxtako‘pir tumanida Qoratereng ko‘li, Xonobod tumanida sun’iy ko‘l, Xatirchi tumanida “Ko‘ksaroy” suv ombori, Pop tumanida Arashan ko‘li, Nurobod tumanida “Sobirsoy” va Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kattaqo‘rg‘on” suv omborlari atrofida ham yirik turizm majmualarini barpo etish rejalashtirilgan.
📍 Bu kabi loyihalar mamlakatning sayyohlik salohiyatini kengaytirish, hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va aholi daromadini oshirishga xizmat qiladi.
👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
SUV | BRM
4-may, 2026, 13:39
📷 Photo
✍️ Hayot Foundation jamg‘armasi va Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi o‘rtasida “O‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum” imzolandi.
Tomonlar “Hayot suvi” loyihasi doirasida sohani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikka kelishib oldilar.
📌 Hamkorlik doirasida quyidagi ishlar ko‘zda tutilgan:
✔️ekspert va tahliliy yordam;
✔️yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
✔️loyihani amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash;
✔️taʼlim va targʻibot tadbirlari;
✔️xalqaro va institutlararo hamkorlik;
✔️o‘zaro loyihalarni amalga oshirish.
Ushbu hamkorlik mamlakatda suv resurslaridan oqilona foydalanish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va suv sohasiga oid qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
https://x.com/suvbrm|https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
Sheradil BAKTIGULOV,
Qirg‘iziston Jahon siyosati instituti direktori:
— O‘zbekiston Prezidentining ushbu sammitda ishtirokini uchta asosiy jihat bilan izohlash mumkin. Birinchidan, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda. Orol fojiasi barcha davlatlar uchun umumiy muammo bo‘lib, uni birgalikda hal qilish zarur. Bu masala nafaqat mintaqa, balki qo‘shni hududlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonning "yashil diplomatiya"ga o‘tayotgani va Ostona muloqot maydoniga aylanayotgani muhim ahamiyatga ega.
Ikkinchidan, iqlim masalalari iqtisodiyot bilan bevosita bog‘lanmoqda. Sammitda suv tejovchi texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shuningdek, transchegaraviy daryolardan foydalanish kabi masalalar muhokama etildi. Ishlab chiqilayotgan qarorlar Markaziy Osiyoda yashovchi millionlab odamlarning hayotiga ta’sir qiladi.
Uchinchidan, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyatini yangilash masalasi ko‘tarildi. Ilgari uning ishi keng jamoatchilikka unchalik sezilmagan bo‘lsa, endilikda uni samarali mexanizmlar va moliyaviy vositalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston bu jarayonda faol tashabbus ko‘rsatmoqda.
Ostonadagi uchrashuvlar shuni ko‘rsatadiki, suv va ekologiya masalalari endilikda nizo manbai emas, balki mintaqaviy hamkorlikni kuchaytiruvchi omilga aylanmoqda. Erishilgan kelishuvlar kelgusida Markaziy Osiyoning "yashil" rivojlanish asosini shakllantirishga xizmat qiladi.
👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
Showing 21 of 21 posts
No more posts
1,020
5
0
1,140
3
0
1,100
6
0
1,080
5
0
996
11
0
15
0
1,060
15
0
1,020
11
0
1,170
11
0
1,110
6
0
68
2
0
62
3
0
68
0
0
71
2
0
6
0
117
3
0
66
2
0
1,950
6
0
3
0
77
0
0
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!