About TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI – Tibbiyot Telegram Channel
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Yoshlar Akademiyasi rasmiy kanali🔊
Kanalda rasmiy ilmiy-innovatsion tanlovlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berib boriladi⚡️
Ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh
Savol va murojaatlar uchun: @tsmu_ya_bot
@tsmu_ya offers specialized information about kanali and toshkent for subscribers interested in Tibbiyot
Reyting
Global reyting
#456
+2
Til reytingi
#45
+1
Toifa reytingi
#23
-1
Obunachilar sonining o'sishi (Oxirgi 2 kun ichida)
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!
So'nggi postlar
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
8-apr, 2026, 03:06
📷 Photo
💬Yoshlar bilan muloqot: Toshkent davlat tibbiyot universitetida yangi tashabbuslar sari qadam.
☺️☺️Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi , Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Yoshlar akademiyasi Davolash fakulteti lideri Orifjonov Dalerjon Rustamovich tomonidan Toshkent davlat tibbiyot talabalari bilan ochiq uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda universitet faollari va talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.
🔺 Muloqot davomida talabalarga nomdor davlat stipendiyalari, ularni qo‘lga kiritish tartiblari hamda mahalliy va xalqaro miqyosdagi stajirovka imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy va ilmiy loyihalardagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🔺 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalar tomonidan ilgari surilgan yangi g‘oyalar va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
🔺 Mazkur uchrashuv yoshlar va vakillik organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
1,030
17
0
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
8-apr, 2026, 03:06
📷 Photo
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
😏 Toshkent davlat tibbiyot universitetining 👌Yoshlar akademiyasi e’lon qiladi🔈
😀REKTOR KUBOGI — ZAKOVAT INTELLEKTUAL O‘YINI ✨
Bilimingizni sinab ko‘rishga tayyormisiz?
Eng kuchli jamoalar o‘zaro bellashadigan katta intellektual maydon sizni kutmoqda!
🏆 Qimmatbaho sovrinlar:
🥇 1-o‘rin — NOUTBUK 💻
🥈 2-o‘rin — PLANSHET 📱
🥉 3-o‘rin — PLANSHET 📱
📅 Sana: 10-aprel
⏰ Vaqt: 17:00
📍 Manzil: Zakovat arena(📌 mo‘ljal: Beruniy metro)
⏳ Dedline: 06.04.2026 - 23:59 (P.s: agar jamoalar soni belgilangan miqdorga dedlinedan oldin yetsa ro'yhatga olish oldinroq yopiladi)
🔥 Shoshiling joylar soni cheklangan!
⚡ 6 kishilik jamoa tuzing va g'olib bo'ling
📝Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
https://forms.gle/7HC6BkYMMntZdSyYA
👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”
📱 | 📷 https://www.instagram.com/ya_tsmu?igsh=MXFpZ3NpN3NqejNxZQ== | 🎞 https://youtube.com/@tsmu_ya?si=Y0ArGo_E5yGGviKF
😅START BERILDI!
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali: innovatsion g‘oyalar maydoni
Joriy yilning aprel oyi iqtidorli yosh muhandislar uchun haqiqiy bellashuv maydoni, kelajakni o'zgartira oladigan loyihalar namoyish etiladigan muhim davrga aylanadi — Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali bo'lib o'tadi.
Festival doirasida quyidagi yo’nalishlarda turli xil musobaqa va tadbirlar tashkil etiladi:
✅ Aviatsiya muhandisligi
✅ Agro texnologiyalar muhandisligi
✅ Mashinasozlik muhandisligi
✅ Robot muhandisligi
✅ Yashil energetika muhandisligi
✅ Chip dizayn muhandisligi
✅ Arxitektura muhandisligi
✅ Tibbiyot muhandisligi
✅ Energetika muhandisligi
Aynan shu yerda g‘oyalar real loyihalarga, orzular esa muvaffaqiyatli kelajakka aylanadi.
✨ O’z kelajagingizni bugundan qurishni boshlang!
Xalqaro festival to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni ushbu havola orqali topishingiz mumkin: https://km.edu.uz/uz
😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀 https://t.me/Kelajak_muhandislari_official | 📷 https://www.instagram.com/kelajak_muhandislari_official?igsh=MTVrcmZ4YzNqdmRwNg==| 🗣 https://km.edu.uz/uz
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
8-apr, 2026, 03:06
📷 Photo
Ramazon hayiti munosabati bilan rektor tabrigi
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar va qadrli hamkasblar!
Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Ushbu muqaddas ayyom barchamiz uchun mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik ramzi bo‘lib, qalblarimizni ezgulik va nurga to‘ldiradi.
Ramazon oyi davomida qilgan ibodatlaringiz, tutgan ro‘zalaringiz Alloh dargohida qabul bo‘lsin. Ushbu ulug‘ bayram har bir xonadonga tinchlik, baraka va fayzu ziyo olib kelsin. Siz azizlarning ilm yo‘lidagi izlanishlaringiz va fidokorona mehnatingiz yurtimiz taraqqiyoti va kelajagi uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonaman.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va yangi yutuqlar tilayman. Xonadonlaringizdan quvonch va totuvlik arimasin!
Yana bir bor barchangizni Ramazon hayiti bilan muborakbod etaman!
Hurmat bilan,
Shuxrat Boymuradov
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor
🕊Telegram | 📱 https://www.facebook.com/shukhrat.boymuradov | 📱 https://www.instagram.com/shuhrat.boymuradov?igsh=YjBleHo3amFhamg0&utm_source=qr | 📺 https://youtube.com/@shuhrat.boymurodov?si=bj9TpR3y9AmB1afR
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
8-apr, 2026, 03:06
🎥 Video
😅START BERILDI!
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali: innovatsion g‘oyalar maydoni
Joriy yilning aprel oyi iqtidorli yosh muhandislar uchun haqiqiy bellashuv maydoni, kelajakni o'zgartira oladigan loyihalar namoyish etiladigan muhim davrga aylanadi — Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali bo'lib o'tadi.
Festival doirasida quyidagi yo’nalishlarda turli xil musobaqa va tadbirlar tashkil etiladi:
✅ Aviatsiya muhandisligi
✅ Agro texnologiyalar muhandisligi
✅ Mashinasozlik muhandisligi
✅ Robot muhandisligi
✅ Yashil energetika muhandisligi
✅ Chip dizayn muhandisligi
✅ Arxitektura muhandisligi
✅ Tibbiyot muhandisligi
✅ Energetika muhandisligi
Aynan shu yerda g‘oyalar real loyihalarga, orzular esa muvaffaqiyatli kelajakka aylanadi.
✨ O’z kelajagingizni bugundan qurishni boshlang!
Xalqaro festival to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni ushbu havola orqali topishingiz mumkin: https://km.edu.uz/uz
😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀 https://t.me/Kelajak_muhandislari_official | 📷 https://www.instagram.com/kelajak_muhandislari_official?igsh=MTVrcmZ4YzNqdmRwNg==| 🗣 https://km.edu.uz/uz
📢 E’LON / XABARNOMA
Qadrli yoshlar hamda aziz ota-oanalar!
✅ Chilonzor tumani hokimligi tashabbusi bilan tumandagi 18–30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida e'lon qilingan “Mening ilk loyiham” #startap loyihalar tanlovinining 1-bosqichi uchun arizalarni qabul qilish muddati:
2026-yil 17-martdan 23-martgacha etib belgilanganligini ma'lum qilamiz.
📥 Arizalar yozma va elektron shaklda qabul qilinadi.
Hujjatlar PDF formatda, ariza beruvchining ismi-sharifi bilan nomlangan WinRAR arxiv ko‘rinishida quyidagi Telegram manziliga yuborilishi lozim:
🔗 https://t.me/tilla2111
ℹ️ Tanlov shartlari va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanlov https://telegra.ph/CHilonzor-tuman-ҳokimining-03-16 orqali tanishishingiz mumkin.
🔵Сhilonzor_tumani_hokimligi
👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”
📱 | 📷 https://www.instagram.com/tsmu_ya?igsh=dm5sZjd0MmM4NjBh | 🎞 https://youtube.com/@tsmu_ya?si=Y0ArGo_E5yGGviKF
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
8-apr, 2026, 03:06
📷 Photo
#oʻquv_seminari
Oliy ta’lim tashkilotlari startap ekotizimini rivojlantirish dasturiga taklif etiladi
“AK Capital” hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida respublika oliy ta’lim tashkilotlari vakillari uchun BMT Taraqqiyot dasturining “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Universitet tadbirkorlik ekotizimlarini rivojlantirish” mavzusida o‘quv seminari https://t.me/praktikAzizbek
📍 Format: oflayn
🗓 O‘quv sessiyalari: 2026-yil 24–27-mart va 30-mart – 1-aprel (jami 7 ta sessiya)
💰 Ishtirok: bepul
🧩 Dastur mazmuni: vaqtning 50 foizdan ortiq qismi amaliy mashg‘ulotlar, guruh ishlari va tajriba almashishdan iborat.
Nega qatnashish kerak?
Ushbu dastur orqali ishtirokchilar universitetlarda startap ekotizimini shakllantirish, inkubatsiya jarayonlarini rivojlantirish hamda innovatsion loyihalarni investitsiyaga tayyorlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
🏁 Natija: dastur mashg‘ulotlarining kamida 75 foizida qatnashgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi.
👥 Kimlar qatnashishi mumkin?
Oliy ta’lim tashkilotlarida tadbirkorlik, innovatsiyalar va startap tashabbuslari yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlar.
⏳ Ariza topshirish muddati: 2026-yil 17-mart.
📌 Tanlov: konkurs asosida, joylar soni cheklangan.
👉 Ariza topshirish:
https://forms.gle/hFXyQnY45XQUa9cE6
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
https://t.me/reinvigorated
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz