Oʻquvchilarimdan biri sheʼr yozibdi. Rahmat!
Tarix ustozga
Tumanda noʻmer odin,
Ustozimiz bor bizni.
Eshitib koʻring oldin,
Qiziqtirar u sizni.
Qattiqqoʻldir, ha, biroz,
Lekn oʻrgatishda soz.
Yaxshi oʻqisz shunda,
Dars qib boʻlsa ham tunda.
Dars qilmasdan kim kelsa,
Aytar: "Qachon kirar es?"
Ammo baʼzi hollarda
Deydi maqtab: "Malades!"
Ustozga-ku farqi yoʻq,
Kim oʻqiydi, kimdr yoʻq.
Lekin kelib-ketganga,
Otishga hech oʻqi yoʻq.
Testini kim tugatsa,
"Boʻsh oʻtirish kerakmas,
Chunki oʻqish siz uchun,
Sizga kerak, mengamas!"
Kahoot — bu eng zoʻr oʻyin,
Ammo yutishdir qiyin.
Oʻqib kelganga mazza,
Ikkichilarga aza.
Oʻqimayabsz desa,
Ne boʻlishin biladi.
Agar shunday deb qolsa,
Motivatsiya oʻladi.
Baʼzida shunday deydi,
"Menga kelibsz rahmat,
Lekin oʻqimasangiz
Ketavering marhamat!"
Yodlang atamalarni,
Sheʼr qilib shaharlarni.
Masalan, Ohangaron,
Chimkent, Sayram, Turkiston.
Ustoz hech bir oʻquvchin
Ajratmaydi zarracha.
Barcha yaxshi koʻradi,
Shu hislatin menimcha.
Tarix juda qiziq fan,
Zoʻr oʻqiydi qiziqqan.
Qiyinchilik oʻtkinchi,
Shuni biling birinchi!
Bu vaqtlar oʻtar-ketar,
Hozir oʻqing ish bitar.
Oʻqimasangiz tamom,
Oxiri boʻlar yomon.
Hafa qildik sizni koʻp,
Nma desak dediz hoʻp.
Mayli endi, iltimos,
Kechiring, tarix ustoz!
Qancha rahmat aytsak kam,
Ular yetmas sira ham.
Minnatdordir birgina,
Oʻquvchingiz — Muhsina!