Assalomu alaykum, ustoz yaxshimisiz, ishlaringiz o'z maromida ketyaptimi, sizga kattakon rahmat aytmoqchiman, sizning tavsiyalaringiz ila arab tilida o'zlashtirish mahoratlarim, umumiy, muxtasar qilib aytganda, umumiy arab tili darajam juda ham yuqoriladi, bunga misol qilib siz o'rgatgan va o'rgatgan arab tilini o'qitish, o'qitish uslublari juda ham menga mos va juda ham qo'l kelyapti. Misol uchun, eshitib tushunish, listening qismida qanday qilib topishni, strukturalarni o'rgandim, qiroat qismi bo'yicha ham juda ham zo'r usullarni o'rgatdingiz, ayniqsa insho yozish, xat, rasmiy xat, shaxsiy xat yozishda bular juda ham qo'l keldi, rahmat, kattakon Alloh rozi bo'lsin, doimo shunday bilim berishdan charchamang, bu ishni ilohim umringizning oxirigacha chiroyli holatda davom ettirishingizga tilakdoshman.
Va albatta sizga, Umidjon Abdurayimov Ustozga Asadulloh ustozga, va albatta Sitora ustozaga kattakon tashakkurlarimni bildirmoqchiman. Doimo shunday o'quvchilariga, tolibi ilmlarga, bilim berishdan hech ham charchamanglar. Doimo yaxshi tilaklarim sizlar uchun. Agar ruxsat bersangiz o'zim kabi tolibi ilmlarga o'zimning maslahatlarimni bermoqchiman.
Hech qachon shunchaki so'zlarni, lug'atlarni yodlamang. Ko'proq mutolaa qiling va shundagina so'z boyligingiz hamda umumiy til doirangiz oshadi, kengayadi. Bunga misol qilib, a, iboralar, turli xil so'zlar, gaplar kontekstda qay holatda kelayotganiga doimo e'tibor berish juda ham muhim hisoblanadi. Arab tilida va boshqa tillarda ham bu narsaga doimo e'tibor berish kerak.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, inson agar kuniga kamida bir soatdan bo'lsa ham shug'ullansa, bir yilda kerak bo'lsa, C1 darajaga chiqish ham mumkin ekan. Bunga o'zim yaqqol misol bo'lishim mumkin.
Agar pulingiz ko'proq bo'lsa, har oy iloji boricha imtihonga kiring va o'zingizni haqiqiy imtihon muhitida umuman hayajonlanmaydigan insonga aylantiring. Men ham oktyabr oyidan beri har oy imtihonga kiraman. Va doimo yaqinlarimning pullarini shilish bilan bandman.
OXIRIGACHA O'QIMASANGIZ BO'LMAYDI❗️❗️❗️