https://t.me/qashqadaryo_trk
#27avgust
FAYZLI KUN| Viloyat Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi metodistlarining umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, o'quvchilar bilimi baholashdagi yangi tizim afzalliklari, variativ o'quv reja va tanlov sinf tashkil etish tartibi, muhokamaga qo'yilgan takomillashtirilgan milliy o'quv dasturi hamda xalqoro ekspertlar ishtiroki haqidagi fikr-mulohazalari.
🎙 Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/
96
1
0
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
19:05 28 thg 8, 2026
📷 Photo
#Mustaqillik35Yil 🇺🇿
#Qutlov
🏅ILM-MA'RIFAT YO'LIDAGI XIZMATGA MUNOSIB E’TIROF
Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, professor O. Norov O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
🏅Ushbu yuksak e’tirof O. Norovning ko‘p yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim tizimi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi va fidokorona mehnatining munosib e’tirofidir.
Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan O. Norovni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz.
🎙 Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/
⚡️ ТOИФА ОЛИШ УЧУН РЎЙХАТДАН ЎТИШ ОХИРГИ МУДДАТИ БЕЛГИЛАНДИ!
Педагог кадрлар аттестациясининг навбатдаги мажбурий ва навбатдан ташқари турларида иштирок этиш учун аризалар қабул қилиниши давом этмоқда.
⏰ Ариза топширишнинг сўнгги куни: 30 сентябрь.
📌 Мурожаатларни қуйидаги усулларда юбориш мумкин:
1️⃣ Платформа орқали: Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг http://pedagog.uzedu.uz/ сайти орқали (ONE ID тизими ёрдамида шахсий кабинетга кирилади).
2️⃣ Портал орқали: Ягона интерактив давлат хизматлари портали — http://my.gov.uz/ орқали.
3️⃣ Давлат хизматлари марказлари (ДХМ) га шахсан ташриф буюрган ҳолда.
📅 Аттестация босқичлари муддати:
📥 Август-сентябрь: Мурожаатлар (аризалар) қабул қилинади;
📝 Октябрь-ноябрь: Малака (тест) синовлари ўтказилади;
📜 Декабрь: Сертификатлар тарқатилади.
🎥 Видеоқўлланмалар ҳақида:
Илова қилинган видео-роликлар орқали платформадан фойдаланиш, ариза юбориш босқичлари ва муҳим тавсиялар билан батафсил танишиб чиқишингиз мумкин.
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
16:06 11 thg 8, 2026
📷 Photo
📣 Talablar:
✅O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi, "Ta'lim to'g'risida"gi, "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonunlari hamda soha bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlardan to'liq xabardor bo'lishi;
✅Davlat tilida mukammal ish yurita olishi (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilishi afzallik beradi);
✅ Microsoft Office amaliy dasturlar paketida bemalol ishlay olishi, zamonaviy axborot texnologiyalarida va Internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli dasturlar bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
✅ Doimiy ravishda malaka oshirgan bo'lishi;
✅ O'z fanidan xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo'lishi kerak.
🪩 Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi
veb-sahifasi 👇
https://qashqadaryopmm.uz/
🎙 Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati
📨Talabgor nomzodlar o'z hujjatlarini portfoli📘 orqali topshirishlari so'raladi.
108
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
16:06 11 thg 8, 2026
🎥 Video
#Сўровнома
⏰ “Ustozlar milliy forumi” davom etmoqda.
🔰 Forumning ahamiyati, unda olgan taassurotlari hamda taʼlim sohasidagi yangiliklar va ilg‘or tajribalar haqida ishtirokchi ustozlar fikriga quloq tutdik.
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
185
0
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
16:06 11 thg 8, 2026
📷 Photo
#Ustozlar_Milliy_Forumi
🇺🇿 Beshinchi Ustozlar milliy forumida qashqadaryolik ishtirokchilar faol qatnashmoqda
Ayni paytda Beshinchi Ustozlar milliy forumi doirasida turli yo‘nalishlarda tashkil etilgan tadbir va bellashuvlar qizg‘in davom etmoqda.
Unda Qashqadaryo viloyatidan tashrif buyurgan pedagoglar ham faol ishtirok etib, o‘z bilim, mahorat va salohiyatlarini namoyon etmoqda.
🏆 Qashqadaryolik ustozlarimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
207
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
16:06 11 thg 8, 2026
📷 Photo
#HikmatlarXazinasi📚
💫 Uch yo'l bilan donishmandlikka erishamiz: tafakkur qilish - eng oliysi, taqlid qilish - eng osoni, tajriba qilish - eng achchiq yo'l.
✍️ Albert Eynshteyn
•┈┈•❈••✾••❈•┈┈•
__
🎙 Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
175
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
16:06 11 thg 8, 2026
🎥 Video
✅✅✅✅
#Сўровнома
⏰ “Ustozlar milliy forumi” davom etmoqda.
🔰 Forumning ahamiyati, unda olgan taassurotlari hamda taʼlim sohasidagi yangiliklar va ilg‘or tajribalar haqida ishtirokchi ustozlar fikriga quloq tutdik.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://gov.uz/oz/uzedu 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
201
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
16:06 11 thg 8, 2026
🎥 Video
‼️‼️‼️
#Attestatsiya
📣 Hurmatli pedagoglar!
🗃 Malaka toifasining navbatdagi majburiy hamda navbatdan tashqari attestatsiya turi uchun http://Pedagog.uzedu.uz/ platformasi orqali murojaat yuborish tartibi bo‘yicha tayyorlangan video qo‘llanmani e'tiboringizga havola qilamiz.
Video qo‘llanmada ariza yuborish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirilgan:
✅ Platformaga kirish tartibi;
✅ Diplom ma'lumotlarini yangilash;
✅ Navbatdagi majburiy hamda navbatdan tashqari attestatsiya turi uchun murojaat yuborish jarayoni;
✅ Muhim tavsiyalar hamda e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar;
✅ To‘lovni amalga oshirish tartibi.
🔰Mazkur video sodda va tushunarli tarzda tayyorlangan bo‘lib, birinchi marta murojaat yuborayotgan ustozlar uchun ham qulaylik yaratadi.
➖ Video sizga foydali bo‘lsa, uni hamkasblaringiz bilan ulashing. Bu boshqa pedagoglarga ham murojaatni to‘g‘ri va tezkor yuborishda yordam beradi.
Bizni kuzating
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
16:06 11 thg 8, 2026
📷 Photo
#Ustozlar_forumi
#TaʼlimSifati #QashqadaryoPMM
📚 “Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori!”
♻️ V “Ustozlar milliy forumi” doirasida ta’limni rivojlantirishning eng dolzarb yo‘nalishlari — kasbga yo‘naltirish, qo‘shimcha ta’lim, yangi avlod darsliklari, zamonaviy metodikalar, raqamli kasbiy rivojlanish, davlat tilini o‘qitish hamda media monitoring kabi mavzularda mahorat darslari va amaliy muloqotlar davom etmoqda.
♻️Forum — tajriba almashish, yangi g‘oyalarni uyg‘unlashtirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maydoni.
♻️Jarayonlarda Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi MXKB metodistlari O‘. Imomnazarova hamda M. Sultonov ham faol ishtirok etmoqda.
____
🎙 Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
17:56 15 thg 5, 2026
📷 Photo
#jarayon
🌍✨ Xalqaro tajriba — sifatli ta’lim sari muhim qadam
🏛 Pedagogik mahorat markazi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida mahorat darsi tashkil etildi.
👩🏫 Mahorat darsi viloyatda faoliyat olib borayotgan xorijiy mutaxassis, Pokiston davlatidan tashrif buyurgan ingliz tili o‘qituvchisi Miss Ibadut Ghori tomonidan markazning ingliz tili yo‘nalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun
📚 “Ingliz tilini o‘qitish metodlari” mavzusida o‘tkazildi.
🌐 Xalqaro tajriba almashinuvi asosida tashkil etilgan ushbu mahorat darsi tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ingliz tilini samarali o‘qitish bo‘yicha yangi yondashuvlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🎙 Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
17:56 15 thg 5, 2026
📷 Photo
#forum
Forum ishtirokchilari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida bo'ldilar
Pedagoglar markazning boy ilmiy-ma’rifiy ekspozitsiyalari, ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, milliy va ma’naviy qadriyatlar hamda islom sivilizatsiyasining tarixiy taraqqiyotdagi o‘rni bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, markazdagi zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalar, noyob qo‘lyozmalar va tarixiy manbalar asosida ishtirokchilarga yurtimizdagi boy ma’naviy merosni asrab-avaylash hamda uni yosh avlodga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 https://t.me/avloniyuz | 📒 https://www.facebook.com/avloniy.uz
📹 https://www.youtube.com/avloniyuzb | 🌐 https://www.instagram.com/a.avloniy/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
23:26 5 thg 4, 2026
📷 Photo
#jarayon
📚 METODIST SOATI — ILG‘OR YONDASHUVLAR MAYDONI
🏢Pedagogik mahorat markazida metodistlar faoliyati yana bir mazmunli mashg'ulot bilan davom ettirildi.
🌍 Tillarni o‘qitish kafedrasining ingliz tili yo‘nalishida tashkil etilgan metodist soati davomida zamonaviy ta’lim xususida so'z bordi.
🏫 Mashg'ulot davomida ta’limdagi yangiliklar, xususan,
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2026-yil 27-fevraldagi 84-son buyrug‘i asosida o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirishning yangi tartiblari haqida muhim ma’lumotlar tinglovchilarga ulashildi.
📊 Shuningdek, xalqaro baholash tadqiqotlarida o‘quvchilarimiz natijalarini oshirish, dars jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
🕹Ma'ruzachi: G. Beknazarova.
__
🎙 Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
23:26 5 thg 4, 2026
📷 Photo
#KRS
🇺🇿🇫🇷 Fransiya tajribasi — mahalliy ta’limda
📍 Bugun Shahrisabz tumanidagi 19-umumta'lim maktabida fransuz tili fani bo‘yicha KRS jarayonlari qizg‘in davom ettirildi.
🎯 Jarayonlar nafaqat bilim, balki shaxsiy va kasbiy o‘sish sari muhim qadamlarga boy bo‘ldi.
🧭 Metodik trening “Définition d'objectifs et de plans de développement personnel et professionnel” ("Shaxsiy va kasbiy rivojlanish rejalarini belgilash") mavzusi:da bo'lib, unda asosiy e'tibor o‘qituvchilarning o‘z maqsadlarini aniq belgilashi va rivojlanish yo‘l xaritasini yaratish masalasiga qaratildi.
🌍 Xalqaro ekspertlar Veronika xonim va janob Somplé ishtirokidagi mahorat darslari tadbir ishtirokchilari uchun yangi tajriba va yondashuvlar eshigini ochdi.
👩🏫 Mashg'ulotlar davomida Pedagogik mahorat markazi MXKB fransuz va nemis tili fanlari metodisti S. Raxmatullayeva hamda mentor J. Raxmatov tomonidan o‘qituvchilarga amaliy metodik yo‘nalishlar berib o'tildi.
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
23:26 5 thg 4, 2026
📷 Photo
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Mustaqilligimizning 35 yilligi keng nishonlanadi
🇺🇿 Prezidentimizning PQ–120-son qaroriga muvofiq, yurtimizda Mustaqillikning 35 yilligi keng nishonlanadi.
📝Qaror bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan g‘oyaviy-badiiy konsepsiya va dastur tasdiqlandi.
✅Қарорга кўра,
📘 “Mustaqillik zafarnomasi” kitob-albomi yaratiladi
📜 “35 yillik Istiqlol yilnomasi” media loyihalari yo‘lga qo‘yiladi
📑 #Mustaqillik35 #Uzb35 targ‘ibot aksiyalari start oladi
🌍 2026-yil avgust–sentyabr oylarida xorijdagi vatandoshlar va o‘zbek diasporasi vakillari ishtirokida “Mustaqil O‘zbekiston – g‘ururim, iftixorim” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil https://t.me/huquqiyaxborot
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
23:26 5 thg 4, 2026
📷 Photo
#Metodist_soati
#Bugun
🏢 Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi MXKB metodisti M. Ergasheva tomonidan metodist soati o‘tildi.
🏛Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi ingliz tili guruhi tinglovchilari ishtirokida tashkil etilgan ushbu mashg‘ulot mazmunan boy va dolzarb mavzularga bag‘ishlandi.
🔰 Mashg‘ulot davomida:
🔹 MMTVning 2026-yil 27-fevraldagi 84-sonli buyrug‘i asosida o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirishning yangi tartibi tushuntirildi;
🔹 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyruq mazmun-mohiyati yoritildi;
🔹 Xalqaro baholash dasturlarida o‘quvchilar natijalarini oshirish hamda dars jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.
__
🎙 Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
23:26 5 thg 4, 2026
📷 Photo
#hikmatlar_xazinasi
💫 Tasavvur bilimdan muhimroq. U tufayli inson orzu qiladi, yangilik yaratadi, kelajakni shakllantiradi.
✍️ Konfutsiy
•┈┈•❈••✾••❈•┈┈•
__
🎙 Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
448
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
18:31 1 thg 4, 2026
📷 Photo
#SEMINAR_TRENING
📆 31.03.2026
📍Shahrisabz shahri
📋Shahrisabz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 24-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Aniq fanlarni o‘qitishda kreativ yondashuv orqali o‘quvchilarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
🌀Trening davomida Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan matematika va informatika fanlaridan o‘tkazilgan ochiq darslar tahlil qilindi.
🌀Shuningdek, fanlar kesimida tashkil etilgan trening mashg‘ulotlarida ishtirokchilar faol qatnashdilar.
💃Tadbir yakunida maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.
___
🎙 Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
18:31 1 thg 4, 2026
📷 Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etmoqda.
“Xalqimiz azal-azaldan Navro‘z kunlarida, oilasida farzand tug‘ilganida tomorqasiga, maydon va xiyobonlarga, yo‘l chetlariga yaxshi niyat bilan ko‘chat qadagan, gul-u rayhonlar ekkan.
Biz xalqimizga xos bunday ezgu qadriyatlar zamirida besh yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirib, har yili 200 million tup ko‘chat ekib kelyapmiz”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
311
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
18:31 1 thg 4, 2026
🎥 Video
#FutbolTurniri
🎬 Futbol maydonida -
🏛 Markazimiz Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan turnir maydonga hayajon va jamoaviy ruhni olib keldi!
💪 Har bir ishtirokchi maydonda faolligi, chaqqonligi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini namoyish etdi.
🏆🏆🏆
+video🎥
___
🎙 Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
306
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
18:31 1 thg 4, 2026
📷 Photo
#jarayon
#Seminar
#31_mart
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son hamda 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Yakkabog‘ tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida viloyat miqyosidagi seminar tashkil etildi.
🤝 Mazkur seminar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda viloyat pedagogik mahorat markazining Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
👩🏫 Seminar davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari ishtirok etib, tizimdagi yangilanishlar, ilg‘or tajribalar va samarali boshqaruv yondashuvlari yuzasidan fikr almashdilar.
📚 Tadbirda ta’lim sifatini oshirish, pedagogik mahoratni rivojlantirish hamda zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
___
🎙 Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
18:31 1 thg 4, 2026
📷 Photo
339
0
0
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
07:38 27 thg 3, 2026
📷 Photo
#Tadbir
#25_mart
#Ijodkorlik
🌿 Bahor ilhomi: ijod va go‘zallik uyg‘unligi
🏢 Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Amaliy va ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan Tasviriy san’at va chizmachilik kurs tinglovchilari ishtirokida “Bahor mo‘jizasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🎶 Tadbir davomida bahor fasliga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar,
📖 she’riy chiqishlar,
💃 milliy raqslar hamda
🇺🇿 milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
🎨 Shuningdek, bahor manzarasini tasvirlash bo‘yicha kurs tinglovchilari o‘rtasida qiziqarli tanlov ham o‘tkazildi.
🌿 Bahor nafasi, ijod va ilhom uyg‘unlashgan ushbu tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
______
🎙 Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
07:38 27 thg 3, 2026
📷 Photo
#Metodik_mahorat_soati
#25_mart
📅 Yakkabog‘ tumani 12-sonli DMTTda “Kamalak” tayyorlov guruhi tarbiyachisi M. Nazarova tomonidan
🧩 “Mustaqillik va o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishda pedagogning metodik yondashuvi” mavzusida namunaviy mashg‘ulot o‘tkazildi.
👩🏫 Tadbirda viloyat Pedagogik mahorat markazi metodisti N. Bakiyeva ishtirok etib, mazkur ko‘nikmalar bolalarning shaxs sifatida shakllanishi va kelgusidagi muvaffaqiyati uchun muhim poydevor ekanini ta’kidladi.
✨ Mashg‘ulot pedagogdan puxta yondashuv, sabr va har bir bolaga individual e’tibor zarurligini yana bir bor namoyon etdi.
_______
🎙 Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐 |📱 https://www.facebook.com/groups/438709522109830 |🌐 https://qashqadaryopmm.uz/uz/uz/2025/08/16/jasorat-maktablarida-chuqurlashtirib-oʻqitiladigan-fan-yoʻnalishlari-boʻyicha-oʻqituvchilarning-kasbiy-salohiyatini-oshirish-kurslari-tshkil-etilmoqda/
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi
07:38 27 thg 3, 2026
📷 Photo
#PedagogikMahoratMarkazi
#Tadbir
📆Joriy yil 25-mart kuni "Kelajak" markazi to‘garak rahbarlari kurs tinglovchilari ishtirokida “Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadriyatlar bayrami” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🎤 Tadbirni markazning Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari J. Abdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
🎶 Tadbir davomida kurs tinglovchilari tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar, xalq laparlari, she’rlar hamda 💃 raqslar ijro etildi.
📊 Shuningdek, tinglovchilar o‘zlarining to‘garak faoliyati va erishgan yutuqlari haqida ham ma’lumotlar berishdi.
✨ Mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda, qiziqarli va yuqori kayfiyatda o‘tdi.
_____