#Turon_teatr
#Respublika_bosqichi
🎭 “TURON” TEATR TANLOVI: RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!
25–26-mart kunlari Muqimiy teatrida bo‘lib o‘tgan “Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda 14 ta teatr jamoasi hamda 5 ta “Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyalari ishtirok etdi.
Mazkur tanlov yoshlar orasida san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Asosiy yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🥈 2-o‘rin — Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🥉 3-o‘rin — Buxoro shahri Prezident maktabi
“Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyalari o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🥈 2-o‘rin — Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🥉 3-o‘rin — Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi barcha g‘oliblarni samimiy tabriklaydi va ishtirokchilarga kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.
Eslatma: har ikkala yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar xorijiy davlatga ta’lim sayohati bilan rag‘batlantiriladi.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
#Elimiz_maqtanıshı
#Pánler_olimpiadası
JEŃIMPAZLAR KÚTIP ALÍNDÍ
🤗 Búgin Nókis temir jol vokzalında Tiykarǵı pánler olimpiadasında múnásip qatnasıp, joqarı nátiyjeler menen qaytqan jeńimpaz oqıwshılarımız saltanatlı túrde kútip alındı.
✅ Ilaj dawamında taraw basshıları tárepinen jeńimpazlarımız qızǵın kútip alınıp, olardıń miyneti hám erisken jetiskenlikleri ayrıqsha atap ótildi.
🤔 Elimiz abırayın múnásip qorǵaǵan jaslarımız benen maqtanamız!
___________
#Yurtimiz_faxri
#Fanlar_olimpiadasi
G‘OLIBLAR KUTIB OLINDI
🤗 Bugun Nukus temir yo‘l vokzalida Asosiy fanlar olimpiadasida munosib ishtirok etib, yuqori natijalar bilan qaytgan g‘olib o‘quvchilarimiz tantanali tarzda kutib olindi.
✅ Tadbir davomida soha rahbarlari tomonidan g‘oliblarimiz samimiy kutib olinib, ularning mehnati va erishgan yutuqlari alohida ta’kidlandi.
🤔 Yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan yoshlarimiz bilan faxrlanamiz!
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
🔎 https://kkbilim.uz/ 🌐 https://instagram.com/kk_eduuz 🌐 https://fb.com/kreduuz/
❤ https://t.me/kkeduuz 🌐 https://www.youtube.com/channel/UCDmC-t8kEe059g0SQPzYkaA
I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 🏢
08:13 26 thg 3, 2026
🎥 Video
#TuronTeatr
#Teatr_ibratxonadir
🎭 “TURON” TEATR TANLOVI: RESPUBLIKA BOSQICHIGA
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichi tantanali ravishda o‘z eshiklarini ochdi.
Yangi O‘zbekistonning eng iste’dodli yoshlari — sahna san’ati, milliy qadriyatlar va ma’naviyat uyg‘unligini namoyish etish uchun:
🟢14 ta teatr jamoasi turli viloyatlardan respublika bosqichida ishtirok etish uchun jamlangan.
🟢5 ta “Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyasi jamoalari ham o‘z mahoratini namoyish etadi.
Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqni yanada oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdir.
Ushbu loyiha nafaqat san’at ixlosmandlari, balki butun mamlakat madaniy hayoti uchun muhim voqeadir. Sahna ko‘rki, so‘z qudrati va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan ushbu tanlov tomoshabinlarni befarq qoldirmasligi aniq.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 🏢
08:13 26 thg 3, 2026
📷 Photo
🎭 “TURON” TEATR TANLOVI: RESPUBLIKA BOSQICHIGA START BERILDI!
Yangi O‘zbekistonning eng iste’dodli yoshlari — sahna san’ati, milliy qadriyatlar va ma’naviyat uyg‘unligini namoyish etish uchun yana bir bor birlashdi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichi tantanali ravishda o‘z eshiklarini ochdi.
Bu yilgi tanlov ko‘lami bilan ajralib turadi:
- 14 ta teatr jamoasi turli viloyatlardan respublika bosqichida ishtirok etish uchun jamlangan.
- 5 ta “Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyasi jamoalari ham o‘z mahoratini namoyish etadi.
Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqni yanada oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdir.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari X. Shakirov:
- Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan eng sara jamoalar endi respublika bosqichida o‘z iste’dodi, sahna madaniyati va ijodiy yondashuvi bilan bellashadilar. Barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilaymiz!
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
💐 Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Tabiatning uyg'onishi, kunlarning uzayishi, daraxtlarning gullashi – bularning barchasi bizga Navro’z kelganidan darak beradi. Bu qutlug' ayyom nafaqat taqvimdagi sana, balki qalblarning ham yangilanishi, ezgu niyatlarning ro'yobga chiqishiga bo'lgan umiddir.
🌿 Navro’z muborak bo'lsin! – bu so'zlar bilan biz bir-birimizga yaxshilik, saxovat va mehr-oqibat tilaklarini yo'llaymiz. Zero, Navro’z – insonlarni birlashtirib, hamjihatlik va birdamlik tuyg'ularini mustahkamlaydigan kundir.
Ayniqsa, ta'lim sohasidagi yutuqlar Navro’zdek yangilanish ramzi bilan hamohangdir. Yosh avlodning bilimga intilishi, iqtidorli o'quvchilarimizning xalqaro musobaqalardagi g'alabalari, dunyoning eng yaxshi universitetlarida o'qish imkoniyati – bularning barchasi yurtimiz kelajagi porloq ekanidan dalolat beradi.
Ushbu betakror bayram barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirib, qalblarda go'zal tuyg'ular uyg'otsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to'kin bo'lsin!
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va ezgu maqsadlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🤝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
📢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktoring matbuot kotibi tayinlandi
Raxmanov Djaxongir Nematjonovich - O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari rahbarning maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi xulosasi asosida amalga oshirildi.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Raxmanov Djaxongir - Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermerlari kengashida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 🏢
06:41 25 thg 3, 2026
📷 Photo
#qutlıqlaw
Húrmetli watanlaslar, ustazlar, áziz oqıwshılar hám qádirli ata-analar!
📌 Sizlerdi jıl dawamındaǵı eń nurlı, eń múbárek áyyam - Ramazan Hayıtı menen shın júrekten qutlıqlaymız!
Bul ullı áyyam hár bir úyge baxıt, hár bir júrekke tınıshlıq, hár bir shańaraqqa densawlıq hám bereket alıp kelsin! Hayıt kúnleri miyrim-shápáát, tatıwlıq hám adamgershilikti jáne de bekkemlesin.
✔️ Ustazlarımızǵa - óz miyneti, sabır-taqatı hám pidayılıǵı menen jas áwladtı kamalǵa keltirip atırǵan ullı insanlarǵa - sheksiz húrmet hám minnetdarshılıq bildiremiz.
✔️ Áziz oqıwshılar, usı qutlı kúnlerde kewlińizdegi arzıw-niyetlerińiz ámelge assın, ilim hám bilim jolında qoyǵan hár bir qádemińiz jeńiske alıp kelsin!
⚡️ Elimiz abat, aspanımız tınısh, xalqımız hám perzentlerimiz baxıtlı bolsın!
❗️ Ramazan Hayıtı múbárek bolsın!
Húrmet penen,
I. Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi hákimshiligi
📱 https://ijodmaktabi.uz/ibroyim-yusupov |📱 | 📱 https://instagram.com/i.yusupov_mektebi?utm_medium=copy_link |📱 https://youtube.com/channel/UC8G3eI8ACnYJbKL6CAPaTlw |📱 https://www.facebook.com/Ibrayım-Yusupov-atındaǵı-dóretwishilik-mektebi-101102279215679
I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 🏢
06:41 25 thg 3, 2026
📷 Photo
Aziz va qadrli yurtdoshlar
🌙 Muborak Ramazon oyining sharafli yakuni – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo'lsin!
Ushbu qutlug' ayyomda Sizlarni samimiy muborakbod etib, yurtimizga tinchlik-barqarorlik, har bir oilaga fayzu baraka, xalqimizga esa farovonlik va xotirjamlik tilaymiz.
Niyatlari pok, maqsadlari ulug' xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro'yobga chiqsin! Kelajakka bo'lgan ishonchimiz yanada mustahkamlanib, yurtimiz obod, xalqimiz doimo omon bo'lsin!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
📢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi boshlanishiga oz qoldi!
📆 Joriy yilning 4-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
3️⃣0️⃣ Hududiy bosqich o‘yini jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi.
👥 Musobaqada qatnashadigan jamoalar tarkibi 7 nafar (6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira) ishtirokchidan iborat bo‘ladi.
📄 Hududiy bosqichda qatnashadigan jamoalardan o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib borishlari talab etiladi.
🕞 Hududiy bosqich o‘yini barcha hududlarda 4-aprel, shanba kuni soat 09:00da boshlanadi.
🔝3️⃣ Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etadi. Respublika bosqichi 19-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
https://t.me/zakovat I https://www.facebook.com/zakovat/ I https://www.instagram.com/zakovatharakati I https://www.youtube.com/c/ZAKOVATTV I https://www.tiktok.com/@zakovatharakati
✅ Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova jahonning eng nufuzli texnika universiteti – Massachusetts Institute of Technology (MIT)ga 100%lik grant asosida qabul qilingan iste’dodli yoshlar bilan uchrashdi.
Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari – Zohidjonov Elbek va Sunnatov Asilbek dunyoning birinchi raqamli texnika oliygohi hisoblangan Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilindi.
🦉 Eslatib o‘tamiz, MIT – bugungi kunda QS jahon reytingida 13 yil ketma-ket 1-o‘rinni egallab kelayotgan, 100 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirgan, radar, GPS va sun’iy intellekt kashiyoftlari yaratilgan, muhandislik, kompyuter texnologiyalari, matematika, fizika va iqtisodiyot yo‘nalishlarida mutlaq peshqadam bo‘lgan dargohdir.
Agentlik direktori iqtidorli yoshlarni tarixiy yutuq bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi rejalari bilan tanishdi.
💬 Suhbat davomida Elbek va Asilbek MITda o‘z bilimlarini yanada oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish va kelajakda O‘zbekistonga yosh olim-professorlar bo‘lib qaytish niyatlarini bildirdi. Uchrashuv samimiy va xursandchilik ruhida o‘tdi.
Bizning qahramonlarimiz – oddiy oilalar farzandlari. Ularning bugungi yutug‘i - bu o‘zalarini bilimga intilishlari, ustozlarning fidoyiligi va davlat tomonidan Agentlikka berilgan vakolat va imkoniyatlardan to‘liq foydalanish natijasidir.
💬 Bu ikki yosh yigit har bir o‘zbekistonlik o‘quvchiga namuna sifatida bir dalil - iste’dod va tinmas mehnat bilan dunyoning eng nufuzli universitetlari eshiklarini ochish mumkin!
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/