🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Join @kadastr_uzb for exclusive shahar and matbuot content and discussions in 15
Chưa có đánh giá nào. Hãy là người đầu tiên chia sẻ trải nghiệm của bạn!
Bài đăng gần đây
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
01:38 18 thg 5, 2026
📷 Photo
HAR BIR MUROJAAT NAZORATDA!
🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi izchil takomillashib bormoqda.
▶️ Jumladan, boshqarmaning 📍Chilonzor tuman https://maps.google.com/maps?q=41.262238,69.198788&ll=41.262238,69.198788&z=16 binosida fuqaro va tadbirkorlarni qabul qilish uchun maxsus xona tashkil etilgan bo‘lib ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan.
✔️Shuningdek, tashrif buyuruvchilarga zarur huquqiy ma'lumotlarni yetkazishni ko‘zlab amaldagi qonunchilik hamda murojaat qilish tartibi yuzasidan ma’lumot beruvchi axborot bannerlari joylashtirilgan.
◼️Kelib tushayotgan har bir murojaatning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi mas'ullar tomonidan alohida nazoratga olingan.
#Kadastr #murojaat #Chilonzor #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
413
3
0
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
01:38 18 thg 5, 2026
📷 Photo
15-MAY — XALQARO OILA KUNI
🗣Oila - insonning birinchi maktabi, muhabbat va mehr-shafqat maskani. Undagi ma’naviy muhit, sog‘lom kayfiyat, barqarorlik jamiyat hayotining asosini ta’minlovchi kuch hisoblanadi.
🗣Oilani asrash, uni qadrlash va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash — har birimiz uchun katta mas’uliyat. Chunki baxtli va ahil oilalar — yurt tinchligi, taraqqiyoti hamda kelajak poydevorining eng mustahkam tayanchidir.
🇺🇿 Tilagimiz – yurtimizdagi barcha oilalarda tinchlik-totuvlik, o‘zaro ishonch, baxt va shukronalik muhiti hukm suraversin!
#Kadastr #muhim_sana #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
01:38 18 thg 5, 2026
📷 Photo
“KARYERA KUNI” MEHNAT YARMARKALARI DAVOM ETMOQDA
◼️Xabaringiz bor, shu kunlarda Oliy taʼlim muassasalarida davlat tashkilotlari ishtirokida “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari o‘tkazib kelinmoqda.
📍Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan navbatdagi ana shunday tadbirda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi masʼul xodimlari ham ishtirok etishdi.
◼️Ochiq muloqot davomida talaba yoshlar boshqarma hamda hududiy bo‘limlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ularga qo‘yiladigan talablar va ishga qabul jarayonlari haqida kerakli tushunchalarga ega bo‘ldilar.
#Kadastr #karyera_kuni #oliy_ta_lim #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
01:38 18 thg 5, 2026
📷 Photo
🗂🗂🗂🗂 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
UCHTEPA TUMANIDAGI XATLOV ISHLARI
🌏O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi doirasida 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining kadastr muhandislari tomonidan poytaxt mahallalarida xatlov ishlari jadal davom etmoqda.
▶️ Foto: Uchtepa tumani "Bekobod" MFYdagi xatlov jarayonlaridan.
✅Ushbu xatlovlar fuqarolarning mulkiy huquqlarini kafolatlash, qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
#Kadastr #Qonun_937 #Uchtepa #xatlov2026 #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
1,520
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
01:38 18 thg 5, 2026
📷 Photo
💬 Ortiqcha egallangan yer uchastkasi — yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiq bo‘lgan, yer uchastkasining chegarasidan tashqarida, unga tutash hududda joylashgan yer maydoni.
🌏 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli https://lex.uz/docs/-7049383
#Kadastr #atamalar #Qonun_937 #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
YER NAZORATI TADBIRLARI DAVOMIDA ...
⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash va bartaraf qilish borasidagi zarur chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
📍Boshqarmaning Yakkasaroy tumani bo‘limi inspektorlari nazorat tadbirlarida Meros MFY, 110-uy oldida 280 kv.m yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligini aniqladi.
✅Holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha ogohlantirish xati berildi.
Tushuntirish ishlari natijasida aniqlangan holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.
⚡️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga https://lex.uz/docs/-7049383 2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko‘rib chiqiladi.
#Kadastr #yer_nazorati #Yakkasaroy #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
01:38 18 thg 5, 2026
🎥 Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
📢 Hurmatli yurtdoshlar!
Agar siz kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki yer va kadastr nazorati jarayonlarida korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz — befarq bo‘lmang!
Ushbu raqamlar orqali Kadastr agentligiga murojaat qiling:
📞 1097
📞 (71) 273-19-66
✔️ Barcha murojaatlar ko‘rib chiqiladi
🔒 Shaxsiy ma’lumotlar sir saqlanadi
❗️ Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
📩 https://t.me/uz_kadastr | 📩 https://www.instagram.com/uz_kadastr/ | 📩 https://www.youtube.com/channel/UC_FQsn1YYyrIrf4i7nbk12Q | 📩 https://www.facebook.com/kadastr.uz 📩 http://kadastr.uz/uz/news
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
01:38 18 thg 5, 2026
📷 Photo
TEZKOR MUNOSABAT
◼️Ijtimoiy tarmoqda Yunusobod tumanining 18-mavzesida o‘rnatilgan qurilma (savdo ofisi) haqida e’lon qilingan murojaat ⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruhi o‘rganish ishlari olib borayotganligini maʼlum qilamiz.
◼️Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.
#Kadastr #tezkor_munosabat #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
442
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
01:38 18 thg 5, 2026
📷 Photo
ADOLATNI TA'MINLA - XABAR BER!
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.
❗️Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
📞 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
Call-markaz – 1253
📞 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi:
(71) 231-68-51 (ichki 246), (+99897) 411-01-15.
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
06:21 28 thg 3, 2026
📷 Photo
OLIY TA’LIMDA HAMKORLIK
🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
⭐️Kadastr agentligi Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya boʻlimi boshligʻi I. Ergeshov, 🌟DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A. Yunusov hamda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (MIIGAiK) rektori N. R. Kaminina ishtirokida tashkil etilgan uchrashuv davomida:
✔️ soha uchun malakali kadrlar tayyorlash,
✔️ ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish,
✔️ bitiruv malakaviy ishi himoyasini amalga oshirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️ Shuningdek, bugungi kunda mazkur oliygohda tahsil olayotgan poytaxt kadastr tizimi xodimlarining savol hamda takliflari tinglanib, mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi.
#Kadastr #oliy_ta_lim #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
06:21 28 thg 3, 2026
📷 Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
BU YIL MIROBOD TUMANINING QAYSI MAHALLALARIDA XATLOV BO‘LADI?
📊 Ushbu infografikada O‘RQ-937-sonli https://lex.uz/docs/-7049383 ijrosi yuzasidan 2026-yili poytaxtimizning 📍Mirobod tumanida xatlov o‘tkaziladigan mahallalar ro‘yxati keltirilgan.
✅ Batafsil Reja-jadval Kadastr agentligi rasmiy https://kadastr.uz/uz/etirof-etish-reja-jadvali
#Kadastr #Qonun_937 #xatlov2026 #infografika #Mirobod
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
KADASTRDA KORRUPSIYASIZ MUHIT SARI
⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan📍Chilonzor tumani filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
◼️Unda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni asosida olib borilayotgan xatlov ishlarini to‘g‘ri va xolisona tashkil etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida kelib tushayotgan arizalarni o‘z muddatida amalga oshirish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
⚡️Tadbir davomida shuningdek, xodimlarga korrupsiya, ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida zarur topshiriqlar berilib, yana bir bor ogohlikka chaqirildi.
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi #Chilonzor #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
06:21 28 thg 3, 2026
📷 Photo
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YERLARNI QAYTARISH
▪️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.
⚡️Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
▪️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
📃 O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, https://lex.uz/docs/-152653
#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
06:21 28 thg 3, 2026
🎥 Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Yoshlar bilan ochiq muloqot — innovatsiyalar va yangi g‘oyalar sari muhim qadam
🌟 Kadastr agentligi tomonidan yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot ruhida navbatdagi muhim uchrashuv tashkil etildi.
🌟 Agentlik direktor o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda soha rivoji, kadastr tizimidagi islohotlar, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari hamda kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
⏺ Uchrashuv davomida yoshlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita rahbariyatdan javob olish imkoniyati yaratildi, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Bu esa ochiq muloqot, o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini yanada mustahkamladi.
⏺ Ayniqsa, kadastr sohasiga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish, ma’lumotlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha yoshlarning innovatsion g‘oyalari muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
🟢 Yoshlar soha rivoji uchun o‘z taklif va tashabbuslarini faol ilgari surishga, yangi loyihalar bilan chiqishga chorlandi. Ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanishini ta’minlash hamda davlat boshqaruvida faol ishtirokini kengaytirish masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.
E’tiborlisi, bunday mazmunli va motivatsion uchrashuvlar har haftaning payshanba kunlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
🟡Ochiq muloqot, innovatsion fikr va yoshlar tashabbusi - kadastr tizimi rivojining muhim drayveriga aylanmoqda!
#Kadastr_agentligi #Yoshlar_kuni
📩 https://t.me/uz_kadastr | 📩 https://www.instagram.com/uz_kadastr/ | 📩 https://www.youtube.com/channel/UC_FQsn1YYyrIrf4i7nbk12Q | 📩 https://www.facebook.com/kadastr.uz 📩 http://kadastr.uz/uz/news
📝📝📝📝
SAYYOR QABUL – AHOLI MANFAATLARI UCHUN
⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida 📍Uchtepa tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildI.
◼️Unda 10 dan ziyod fuqaroning kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda sohaga doir boshqa murojaatlari tinglandi. E’tiborlisi, kelib tushgan aksariyat masalalar joyida hal etildi. O‘rganilishi vaqt talab qilgan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.
◼️Shuningdek, yig‘ilganlarga 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli https://lex.uz/docs/-7049383bo‘yicha egalik huquqlarini e'tirof etish jarayonlari, tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalar hududida olib borilayotgan xatlov ishlariga ham toʻxtalib oʻtildi.
✅ Darhaqiqat, kadastr tizimida soha mutasaddilari tomonidan tashkil etilayotgan bu kabi qabullar aholi murojaatlariga tezkorlik bilan yechim topish, davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
#Kadastr #sayyor_qabul #Uchtepa #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
🗂🗂🗂🗂 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
BUGUNGACHA XATLOVDAN O'TKAZILGAN OBYEKTLAR SONI
🌏 O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi doirasida Toshkent shahrida
🗓 2026-yil 25-mart holatiga
📊 51 504 ta obyekt inventarizatsiyadan o‘tkazildi!
✅ Mazkur xatlov aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.
#Kadastr #xatlov2026 #statistika #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
PROFILAKTIK TADBIR: KORRUPSIYAGA O‘RIN YO‘Q
⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tizimli profilaktik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
📍Uchtepa tumani filialida o‘tkazilgan profilaktik tadbirda
korrupsiyaning oldini olish, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni asosida olib borilayotgan xatlov ishlarini xolis, to‘g‘ri va sifatli amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
⚡️Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida kelib tushayotgan arizalarning asossiz rad etilishi hamda muddat buzilishi kabi holatlarning oldini olish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi #Uchtepa #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
08:30 26 thg 3, 2026
📷 Photo
🌇🌇🌇🌇 🗂🗂🗂🗂
🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli https://lex.uz/docs/-7049383 nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.
#Kadastr #infografika #Qonun_937
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
421
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
08:30 26 thg 3, 2026
📷 Photo
📣📣📣📣
📣 DIQQAT, E’LON!📣
Hurmatli poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari!
⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mas'ullari ishtirokida 2026-yil 25-mart kuni soat 15:00 da navbatdagi onlayn audio muloqot tashkil etiladi.
👔Mavzu: O‘tkazilayotgan yer nazorati tadbirlari, aholiga ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlari hamda 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan xatlov ishlari.
🎤Kadastrga oid savollaringiz bo‘lsa, jonli efirga ulanib, mutaxassislardan batafsil javob oling!
📹 Jonli efir boshqarmaning telegram orqali bo‘lib o‘tadi.
#Kadastr #e_lon #audio_muloqot #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
Bahorni bilmagan ellarni ko‘rdim,
Bir chechak kulmagan yerlarni ko‘rdim.
O‘zingni sog‘inib keladi Navro‘z,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
🌸 Navro‘z – bu umrboqiy ma’naviy qadriyatlarni, xalq an’analarini va insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan bayramdir.
✔️Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, Firdavsiyning “Shohnoma”, Umar Hayyomning “Navro‘znoma”, Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarlarida keltirilgan tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Navro‘z bayramining uch ming yildan ortiq tarixga ega ekaniga guvoh https://dunyo.info/uzk/ozbekistonbayramlari/navrwz-milliy-anana-va-yangi-ayot-ramzi
✔️2009-yilda Navro‘z bayrami YUNЕSKO tomonidan umumjahon nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi. 2010-yilda esa BMT Bosh Assambleyasi 21-martni – Xalqaro Navro‘z kuni deb e’lon qildi. Bu rezolyutsiyada Navro‘zning xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalar va o‘zaro hamjihatlikni rag‘batlantirishda, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan.
#Kadastr #Navo_z_shukuhi #video
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 | 🔵 https://www.facebook.com/toshkent.kadastr.uz/ |📷 http://instagram.com/kadastr_uzb/
TOSHKENT SHAHAR KADASTR
16:13 23 thg 3, 2026
🎥 Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Mehr, muruvvat va e’tibor — amaliy ko‘mak markazida
🌟 Muborak Ramazon oyining so‘nggi kunlarida imkoniyati cheklangan oilalar holidan xabar olish, ularga mehr-muruvvat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.
🟢 Mazkur ezgu tashabbus doirasida ehtiyojmand oilalar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoiti, kundalik turmushi va holidan yaqindan xabar olindi. Shuningdek, ularga bayram arafasida samimiy tilaklar bildirilib, zarur oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
#Kadastr_agentligi #RamazonSaxovati
📩 https://t.me/uz_kadastr | 📩 https://www.instagram.com/uz_kadastr/ | 📩 https://www.youtube.com/channel/UC_FQsn1YYyrIrf4i7nbk12Q | 📩 https://www.facebook.com/kadastr.uzhttps://www.facebook.com/kadastr.uz 📩 http://kadastr.uz/uz/news