"Oralaringizda yaxshilikka, (Islomga) da'vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo'lsin. Ana o'shalar najot topguvchilardir".
Oli Imron, 104
Follow @futuhatt to stay updated with the latest qaytaradigan and yaxshilikka trends and news
Reyting
Global reyting
#132698
-456
Til reytingi
#783
-9
Toifa reytingi
#2293
-3
Obunachilar sonining o'sishi (Oxirgi 3 kun ichida)
#تدبرات
Shu paytgacha eshitganim eng og’ir savollardan: “ … (ne’matga) qanday erishdingiz?”
Qalbni bir zumni o’zida ham (ne’matning hisobidan) xavf, ham (cheksiz fazlu-marhamatga) quvonch, (nuqson-kamchiliklarga qaramay ato etilganiga) hamd, (mahrum etilishdan) qo’rquv egallaydi.
Hissiyotlar qurshovidan javobga til bormay qoladi.
و لله الحمد
253
0
0
FUTUHAT
29-avg, 2026, 20:39
📷 Photo
Biz kutadigan o'zgarish - natijaga erishganda emas, jarayonda sodir bo'ladi.
Sport ustasining mushaklari mashqlar davomida chiniqib, kuch yig'adi.
Olim ilmiga tolibi ilmlik jarayonida erishadi.
Qori go'zal axloqga, tavozega Qur'on yodlash davomida yetishadi.
...
Qaysiki jarayonda bo'lsangiz - siz qidirayotgan o'zgarish oldingizda. Hozir unga erishish vaqti, kuni kelib o'z-o'zidan yetishib qolaman deb kutmang.
"There is nothing waiting at the finish line. Enjoy the process".
346
0
FUTUHAT
29-avg, 2026, 20:39
📷 Photo
Baxt bu….
(Hofizlar talqinida)
Baxt bu har bir sura bilan o’ziga xos xotiralaring, hikoyalaring bo’lishidir.
Baxt bu har safar ustozingga topshirishdan avval hayajonlanib o’tirishingdir.
Baxt bu tushlaringda ham hifz qilib chiqishingdir.
Baxt bu shu yo’lda qancha mashaqqat ko’rsang ham, “yana ortga qaytganimda, yana boshlardim” deya olishingdir.
Baxt bu kuning Qur’on bilan boshlanib, u bilan tugashidir.
Baxt bu mus’hafingni g’ilofi (ko’p ishlatilib) eskirganidan yangisini sotib olishingdir.
Baxt bu hayotingda Qur’on bor bo’lishidir.
….
Hofizlar hikoyalaridan yig’ildi. Bizlarga ham ana shunday Qur’on ahlidan bo’lish nasib qilsin.
اللهم اجعل القرآن ربيع قلوبنا و نور صدورنا وجلاء حزننا وذهاب همومنا وغمومنا
اللهم اجعلنا من أهل القرآن الذين هم أهلك وخاصتك
1,050
FUTUHAT
29-avg, 2026, 20:39
📷 Photo
#ibrat
Tavfiz - ishlarni Allohga havola qilish
Bizda yetishmayotgan hislat ayni shu tavfiz.
{ وَأُفَوِّضُ أَمۡرِيٓ إِلَى ٱللَّهِۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَصِيرُۢ بِٱلۡعِبَادِ}
40:44
Amal uchun⬇️
》O'sha ikkilanayotgan ishingizni xolis Alloh uchun bajaring, qo’lingizdan kelgan eng go’zal suratda ado eting.
》Keyin esa “dengizga uloqtiring”.
》Haqiqatda xolis O’zi uchun bo’lgan bo’lsa, boqiy qoladi, manfaatini yuzaga chiqaradi.
399
0
FUTUHAT
29-avg, 2026, 20:39
Ustozlar #ibrat idan olingan #insights
Havas qilganim insonlarning barchalarida shu xislatlarni topdim:
- dunyo/oxiratiga foydali ishda yetarlicha haris bo'lolish;
- maishiy muammo/tashvishlardan ortib ulug' maqsadlar tomon intilish;
- nafsidan orttirib boshqalarga ham xizmat qilolish;
- yangi qiyinchilik/fikr/tanqidni ochiq fikr va to'g'ri yondashuv ila qabul qilolish;
- (avvalgisining mantiqiy davomi) doimo ilmga, o'z ustida ishlashga intilish;
- va deyarli barchalarida, mulohazalarini doimiy yozib yurish (odatda blog yuritish orqali, lekin istisnolar ham bor).
Shu xislatlar ularning kuchli shaxsiyati ortidagi eng muhim faktorlardan ekanligi ko'rinib turadi.
Aksincha, zaif shaxsiyatlarda esa aynan shular yetishmaydi odatda.
364
0
FUTUHAT
29-avg, 2026, 20:39
Telegram kanal yurgizuvchilarga atalgan
Tasodifan oldimdan chiqib qolgan kanallar orasidan e'tiborimni minglab muslimalar kuzatayotgan kanallar tortdi.
Achinarlisi, omma tomonidan shu qadar katta qiziqish ila kuzatilayotgan kanallarning kontentini farqlab bo'lmasdi: shaxsiymi, ommabopmi, ilmiy-ma'rifymi, yoki shunchaki lifestyle'mi.
Bunga ko'z yumdik ham deylik, lekin ko'zlangan auditoriyani ham aniqlab bo'lmasdi: bir qarasang yaqinlarga atalgan "gaplar", bir qarasang ilmiy maqolalar, yana ora-orada tanbehli mav'izalar.
Kanal yurgizuvchilarga yana bir bor eslatma qilgim keldi:
#insight
Blogingiz:
- shunchaki hissiyotlaringizni yozadigan;
- duch kelgan chiroyli iqtiboslar bo'lishiladigan;
- sizni ta'sirlantirgan har bir voqeani yozadigan;
- zerikkanda ermakka yozib turadigan joy bo'lib qolmasin.
Maqsadli ochilgan bloglar bo'lsin. Oliy maqsadga yetaklasin.
357
0
FUTUHAT
29-avg, 2026, 20:39
📷 Photo
Hamma qilyabdi deya voz kechmang
Rivoyat qilinishicha, Imom Molik «Muvatto»ni yozganida u kishiga: «Boshqa olimlar ham «Muvatto»lar yozishganda siz ham yozishingizdan nima foyda bor?» deyildi. Shunda Imom Molik: «Alloh uchun bo'lgani qoladi» dedilar.
To'g'ri, atrofga qarasangiz, huddiki hamma biznes ochgan, til o'rgangan, dars bergan, kanal ochgan, IT o'qigan, ...
Lekin ummatga yetkazishingiz mumkin bo'lgan foyda bo'lsa - hamma qilyabdiku, deb ortingizga qaytmang.
Oxirida Alloh uchun bo'lgani qoladi.
563
0
FUTUHAT
29-avg, 2026, 20:39
📷 Photo
Bu safar xos #tavsiya
Anchadan beri ustozlardan yetarlicha suhbat/dars/va’z-nasihat olyabmiz lekin shogirdlikka qanchalik amal qilolyabmiz ekan, degan hayollar o’ylantirayotgan edi.
Kutilmaganda aynan ustozlardan bo’lgan hadiya quvontirdi.
Risolani bir necha soatda o’qib tugatasiz, lekin ichida muhim shogirdlik maslahatlari, ulug’ ustoz tarbiya maktabidan olingan saboqlar va yana ko’pgina qimmatli ma’lumotlar topasiz.
P. S.: ustozdan ayrilishni o’ylash og’riqli ekan…
452
0
FUTUHAT
29-avg, 2026, 20:39
#تدبرات
Sezayotgan bo'lsak - umid bor.
Ko'p vaziyatlarda islohning boshlanishi - shunga ehtiyojni seza olish, payqay bilish.
Zalolatda ekanligini payqagan insongina hidoyatga intiladi.
Zalolatda bo'lishlik - musibat. Lekin undanda katta musibat - zalolatda ekanligini sezmaslik.
335
0
0
FUTUHAT
29-avg, 2026, 20:39
📷 Photo
Toki ilm yo'lida ekanmiz, yodimizda tutish kerak bo'lgan muhim qoida ekan:
Abu Qiloba rohimahulloh aytdilar:
«Agar Alloh senga biror (yangi) ilm ato etsa, sen ham Alloh uchun bir ibodatni koʻpaytir (yangi bir solih amal bilan javob ber). Asosiy gʻaming buni odamlarga gapirib berish boʻlib qolmasin».
Falon ustozdan, falon xos darslarda, falon mashhur kitob mutolaasidamiz, deb maqtanish bo'lib qolyabdi maqsadimiz (yoki eng kamida qalbdagi faxr).
Lekin aslida formula: yangi ilm -> yangi ibodat.
Amaliy yo'riqnoma esa quyidagi postda: https://t.me/weareululalbab
364
FUTUHAT
24-avg, 2026, 04:58
📷 Photo
Yusuf surasidagi "qissalarning eng go'zali"dan ba'zi kuzatuvlar:
- sura davomida Allohning go'zal tadbirini namoyon bo'lishi;
- musibatni ilk onidayoq go'zal sabrga targ'ib qilinishi;
- faxsh va yomonlik qarshisida ham go'zal xulq namoyon bo'lishi;
- zulm va hasad ko'rilgan insonlarga ham go'zal muomala etilishi;
- ketma-ket sinov va musibatlardan keyin ham Alloh haqida go'zal gumon qilinishi;
- va eng ajoyibi: sura oyatlarining ham o'ziga xos go'zal uslubi borki, boshqa hech qaysi suraga o'xshamasligi.
#insights
Yusuf surasiga har qaytganimizda: uni "eng go'zal qissa" qilgan nima ekan deb tafakkur/tadabbur/taammul qilish.
391
0
FUTUHAT
20-avg, 2026, 07:06
📷 Photo
#ustozlar_nasihatidan
"Alloh bizda ummatga yetishi mumkin bo'lgan foydani ko'rsa - albatta uni qo'llashga imkon berib qo'yadi.
Faqat savol: bizda o'sha foyda bormi? Biz tayyormizmi?"
302
0
FUTUHAT
20-avg, 2026, 07:06
📷 Photo
فإن لله تعالى على العبد عبوديةً في الضراء، كما له عليه عبوديةٌ في السراء، وله عليه عبوديةٌ فيما يكره، كما له عليه عبوديةٌ فيما يُحِبُّ، وأكثر الخلق يُعْطُون العبودية فيما يُحِبُّون، والشأنُ في إعطاء العبودية في المكاره، فَبِه تَفَاوَتَتْ مراتبُ العباد، وبِحَسَبِهِ كانت منازلهم عند الله تعالى.
- ابن القيم الجوزية
#eynafs
- kenglikda qanday ubudiyyatga mahkum bo’lsang, torlikda ham huddi shunday ubudiyyatga mahkumsan;
- o’zingga mahbub narsalarda qanday ubudiyyat (shukr, sabr) ko’rsatsang, o’zingga makruh (yoqimsiz) bo’lganlarida ham huddi shunday ubudiyyat ko’rsat;
- Robbing huzuridagi darajang - ko’rsatgan ubudiyyating qadar.
Balandparvoz gaplarga (oriflik, valiylik, xoslar darajasi…) uchmasdan - eng avvalgi majburiyatingga (ubudiyyatingga) e’tibor qarat!
Zotan:
أَلَيۡسَ ٱللَّهُ بِكَافٍ عَبۡدَهُۥۖ
Alloh O’z bandasiga kifoya emasmi?
(Az-Zumar 39:36)
314
Showing 13 of 13 posts
No more posts
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!