#Brifing
⚡️ YUNESKO va TURKSOY shafeligida III “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo’lib o’tadi
Mamlakatimizning boy raqs sanʼati tarixida alohida oʻrin egallagan “Xorazm lazgi raqsi” oʻziga xos ijro uslubi va jozibasi bilan nafaqat Oʻzbekistonda, balki chet davlatlarda ham mashhurdir. YUNESKO tomonidan “Xorazm lazgi raqsi” insoniyatning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilganligi ham uning betakror sanʼat ekanligidan dalolat beradi.
“Xorazm lazgi raqsi” sanʼatining asriy anʼanalarini saqlash va rivojlantirish, raqs sanʼati orqali xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik koʻlamini va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan (2020-yil 28-sentyabrdagi PQ-4843-son qaror) Madaniyat vazirligi tashabbusi asosida, 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta 25 — 30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali o‘tkazilishi belgilangan.
2022-yildan buyon YUNESKO shafeligida o‘tkazilayotgan, “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga 2026-yildan boshlab TURKSOY xalqaro tashkiloti ham shafelik qiladi.
2026-yilda uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan III “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga dunyoning 30 dan ortiq davlatlaridan (Buyuk Britaniya, Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Belarus, Rossiya, Turkiya, Qirg‘iziston, Serbiya, Braziliya, Yaponiya, Ispaniya, Misr, Gruziya, Hindiston, Ukraina, Bolgariya, Qatar, Ozarbayjon va O‘zbekiston davlatlari oflayn hamda AQSH, Avstriya, Iordaniya, Meksika, Gana, Rossiya, Makedoniya, Eron, Xitoy, Pokiston va Italiya davlatlaridan onlayn tartibda) 300 dan ziyod iste’dodli raqqosalar, professional raqs jamoalari, raqs san’ati ustalari, musiqashunos va san’atshunos olimlar, taniqli san’atkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar ishtirok etadi.
Festival doirasida xorijiy va mahalliy raqs san’ati ustalari, musiqashunos va san’atshunos olimlar, taniqli san’atkorlar va faxriy mehmonlar ishtirokida “Jahon madaniy taraqqiyotida raqs san’ati: an’ana va umumbashariy qadriyatlar” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Mazkur konferensiyada Buyuk Britaniya, Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Belarus, Rossiya, Turkiya, Qirg‘iziston, Serbiya, Braziliya, Koreya, Yaponiya, Ispaniya, Misr, Gruziya, Hindiston, Ukraina, Bolgariya, Qatar, Ozarbayjon va O‘zbekiston davlatlari oflayn hamda AQSH, Avstriya, Iordaniya, Meksika, Gana, Rossiya, Makedoniya, Eron, Xitoy, Pokiston va Italiya davlatlaridan onlayn tartibda ishtirokchilar ishtirok etadi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya madaniy qo‘shma komissiyasining III yig‘ilishi, TURKSOY a’zosi davlatlarning san’at va raqsi oliy o‘quv yurtlari rektorlarining III yig‘ilishi, “Turk dunyosining an’anaviy raqsi antologiyasi” mavzusida konferensiya, “Etnomadaniy forum”larning o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Xiva shahrida joylashgan “Ichan qal’a” majmuasida festivalning tantanali ochilish hamda taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birgalikda, 26-29-aprel kunlari festival doirasida raqs tanlovi o‘tkazilib, unda xorijiy va mahalliy ishtirokchilar ijodiy bellashadi.
Festival g‘oliblari “Gran-Pri” mukofoti - 7 000 AQSH dollarini tashkil etdi. 1-2-3- o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar uchun mos ravishda har bir yo‘nalishda 3 ta nominatsiya (“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi”, “Eng yaxshi raqs jamoasi”, “Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs”) bo‘yicha 5 000, 3000, 2000 AQSH dollaridan mukofotlandi.
🔹
https://t.me/press_usarov 🔹
https://www.instagram.com/press_usarov?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw==