Soliq masalasida 2011-yildan beri kompleks xizmat ko’rsatib kelmoqdamiz.
Tadbirkorlar foydasiga 3 trillion so'mdan ortiq soliq risklarini tejab qolganmiz.
Biz bilan soliqdan xotirjam bo'ling!
📞 78 113 33 35
👨🏻💻 @Utax_manager
Follow @utax_uzb to stay updated with the latest tadbirkorlar and masalasida trends and news
Reyting
Global reyting
#198501O'zgarish yo'q
Til reytingi
#1040O'zgarish yo'q
Toifa reytingi
#224O'zgarish yo'q
Obunachilar sonining o'sishi (Oxirgi 3 kun ichida)
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!
So'nggi postlar
UTAX Soliq maslahatchilari tashkiloti
30-avg, 2026, 13:04
📷 Photo
💸 O‘zbekistonda progressiv daromad solig‘i: kim yutadi, kim ko‘proq to‘laydi? Mutaxassislar fikri
O‘zbekistonda daromad solig‘ini progressiv shkalaga o‘tkazish taklifi yana muhokamaga chiqdi. Spot bu borada iqtisodchi Yuliy Yusupov va soliq maslahatchisi Davronbek Bobojonov fikrini o‘rgandi.
Mutaxassislar progressiv soliq ijtimoiy adolatni kuchaytirishi mumkinligini tan oladi, biroq u soliqdan qochish va norasmiy bandlik xavfini ham oshirishi mumkinligini qayd etadi.
Yuliy Yusupovning fikricha, O‘zbekiston uchun bunday tizimga o‘tish hali erta. 2019-yildagi 12% lik yagona stavka ish haqlarini legallashtirib, rasmiy bandlikni oshirdi. Progressiv soliq esa yashirin iqtisodiyot va “konvert”dagi maoshlar ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Davronbek Bobojonov esa progressiv shkalaga o‘tishda soliqqa tortilmaydigan minimumni belgilashni — kam daromadlilarni soliqdan ozod qilishni taklif etadi. Ammo tizim o‘rta qatlamga qo‘shimcha yuk tushirishi mumkin:
https://www.spot.uz/oz/2026/08/07/income-tax/
https://t.me/spotuz_uz | https://instagram.com/spot.uzb | https://youtube.com/@SpotOzb
12-avgust Davlat soliq xizmati organlari tashkil etilgan kun!
Soliq xizmati xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz!
Bugun mamlakatimizda soliq tizimida fidokorona mehnat qilayotgan barcha soliq xizmati xodimlarining kasb bayrami.
UTAX Soliq maslahatchilari tashkiloti nomidan barcha soliq xizmati xodimlarini ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarning mas’uliyatli mehnatingiz, qonuniylik va adolat tamoyillariga sodiqligingiz, tadbirkorlar va davlat o‘rtasidagi ishonchli munosabatlarni mustahkamlashdagi hissangiz alohida e’tirofga loyiq.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi marralar tilaymiz!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
1,510
UTAX Soliq maslahatchilari tashkiloti
30-avg, 2026, 13:04
🎙 Soliq tekshiruvi: auditorlardan ochiq javoblar
Soliq tekshiruvi boshlanganda tadbirkor va buxgalter nimalarga tayyor bo‘lishi kerak?
Real tajriba, muhim tavsiyalar va biznes uchun zarur javoblar — barchasi ushbu podcastda.
📌To'liq videoni YouTube kanalimizda tomosha qilishngiz mumkin
👉 https://youtu.be/Pw_iCK2pTtc?si=pCojfPHdLIgaxD47https://t.me/utax_uz
1,850
1
UTAX Soliq maslahatchilari tashkiloti
30-avg, 2026, 13:04
🎥 Video
📌 Soliq kodeksiga sharh yozilishi kerakmi?
Bu masala yuzasidan UTAX rahbari Murod Muhammadjonov o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashadi.
Videoda Soliq kodeksiga sharh tayyorlashning ahamiyati, amaliyotdagi zarurati va bu boradagi takliflar haqida so‘z yuritiladi.
2,070
21
UTAX Soliq maslahatchilari tashkiloti
30-avg, 2026, 13:04
📷 Photo
♟ UTAX’da shaxmat turniri
UTAX jamoasida nafaqat professional bilim va tajriba, balki strategik fikrlash ham qadrlanadi.
Jamoamiz o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat turniri natijalari:
🥇 1-o‘rin — Firdavsiy Shoydullayev
🥈 2-o‘rin — Muhammad Sodiq Muhamedjanov
🥉 3-o‘rin — Rustam To‘xtasinov
G‘oliblarni munosib natija bilan tabriklaymiz! Barcha ishtirokchilarga esa faol ishtiroki va unutilmas bahslar uchun minnatdorlik bildiramiz.
https://t.me/utax_uz
1,750
UTAX Soliq maslahatchilari tashkiloti
30-avg, 2026, 13:04
🎥 Video
📌 «Счет-фактура» nega qizaradi?
Elektron hisobvaraq-faktura tizimida hujjatning qizil rangda ko‘rinishi turli sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu holat xatolik yoki hujjatlarni qayta ko'rib chiqish kerak ekanligini anglatadi.
Videoda «Счет-фактура» qizarishining asosiy sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.
1,930
0
UTAX Soliq maslahatchilari tashkiloti
30-avg, 2026, 13:04
🎥 Video
Bugun “Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni soliq to‘lovchilarga yetkazish” mavzusida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Seminarda UTAX Soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari Murod Muhammadjonov ishtirok etib, soliq qonunchiligidagi eng so‘nggi o‘zgarishlar, amaliy masalalar hamda tadbirkorlarni qiziqtirayotgan savollarga batafsil to‘xtalib o‘tdi.