🏠 UY-JOY SOTIB OLAYOTGAN BO‘LSANGIZ, VA’DAGA EMAS, SHARTNOMAGA ISHONING!
Bugun uy-joy yoki qurilish bilan bog‘liq katta miqdordagi mablag‘ni to‘lashdan oldin bir narsani unutmang: og‘zaki va’da — hujjat emas!
“Kalitni tez orada beramiz”, “gaz, suv, elektr tayyor”, “kadastrni o‘zimiz qilib beramiz”, “boshqa to‘lov bo‘lmaydi” kabi va’dalar aytilsa, ularning barchasi shartnomada aniq aks etganiga ishonch hosil qiling. Chunki keyinchalik og‘zaki va’dani isbotlash ancha qiyin.
⚠️ Yana bir muhim jihat — “investor” bo‘lib qolmang!
Agar siz uy-joyni qayta sotish yoki foyda olish uchun emas, o‘zingiz va oilangiz yashashi uchun olayotgan bo‘lsangiz, shartnomadagi huquqiy maqomingizga alohida e’tibor bering.
Shartnomada “investor”, “investitsiya kirituvchi”, “sarmoyador”, “investitsiya faoliyati”, “foyda olish”, “daromad”, “investitsiya tavakkali” kabi iboralar uchrasa, ularning mazmunini tushunmasdan imzo qo‘ymang. Shartnomaning nomi o‘z-o‘zidan sizni iste’molchi huquqlaridan mahrum qilmaydi, biroq bunday iboralar keyinchalik nizoda munosabatni investitsiya munosabati sifatida talqin qilishga urinish uchun asos qilib ko‘rsatilishi mumkin.
📋 Shartnomani imzolashdan oldin:
✅ obyektning aniq manzili va xonadon raqamini;
✅ umumiy narx va to‘lov grafigini;
✅ topshirish sanasini;
✅ ta’mir darajasini;
✅ gaz, suv, elektr va boshqa kommunikatsiyalar holatini;
✅ kadastr va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini;
✅ kechikish uchun javobgarlikni;
✅ pulni qaytarish shartlarini tekshiring.
⏰ “Taxminan”, “reja bo‘yicha”, “imkon qadar” kabi noaniq muddatlarga ham e’tiborli bo‘ling. Shartnomada aniq sana yoki hisoblanadigan muddat ko‘rsatilgani maqsadga muvofiq.
Shuningdek, iste’molchi huquqlarini cheklaydigan yoki qonunchilikka zid shartlar mavjud bo‘lsa, ularga alohida e’tibor qarating.
📂 Barcha dalillarni saqlang!
Shartnoma, to‘lov cheki, bank o‘tkazmasi, reklama, buklet, messenjer yozishmalari, audio yoki boshqa qonuniy olingan dalillar muammo yuzaga kelganda muhim ahamiyatga ega. Huquqingiz buzilsa, talabingizni yozma ravishda yuboring.
🔐 Yodda tuting:
AVVAL — O‘QING.
KEYIN — TUSHUNING.
SO‘NG — TEKSHIRING.
SHUNDAN KEYINGINA — IMZO QO‘YING VA TO‘LOV QILING!
🌐 https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/federatsiya-ogohlantiradi-uy-joy-yoki-qurilish-boyicha-shartnoma-tuzayotganda-aldov-va-chalgituvchi-vadalarga-ishonmang
📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)
http://murojaat.istemol.uz/
🌐 http://istemol.uz/ | 📷
https://www.instagram.com/uzbekneftegaz_rasmiy/ https://www.instagram.com/istemol.uz/ | 👉
https://t.me/istemolchi1 | ▶️
https://www.youtube.com/@ung_matbuotxizmati/videos https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo | 💬
https://www.facebook.com/ozbekneftgaz https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/