Mavzu:
I: Immigratsiya qamog'idan chiqish
II: G-1 qivolish
I: Ko'p keladigan murojaatlardan biri, "nelegal tanishimni immigratsiya ushlab oldi, olib chiqish kerak". Meni birinchi savolim, "Tashqariga chiqishlari shartligini isbotlovchi sabab bormi?" Javob: "O'zi nima sabab kerak?". Demak sabab yo'q. Sabab bo'lganida, men so'ramasam ham aytar edingiz. Ushbu postni yozish bilan, hechkimni hayotiga aralashish niyyatim yo'q. Ba'zi narsalarni tushunib olishimiz kerak holos:
1. Hamma narsani boshi va oxiri bor. Koreyada noqonuniy yashash, bu - istalgan vaqti tutilib, vatanga qaytishingiz mumkinligini bildiradi. Advokatga pul bersam chiqarib olaveradi degan hayol - xato. Vaqti kelganda, qaytasiz. Bu - qonun va uni men yozmaganman. Shunchaki, yetkazyabman.
2. Vizasiz odam ushlanganda uni ozod qilish bu faqat o'ta maxsus holatlar uchun xolos. U holatlarni men so'ramasam ham, o'zingiz ayta olishingiz kerak. Ya'ni, ichkaridagi odam, tashqarida kimgadir nihoyatda kerak bo'lsa, yoki ichkaridagi odam og'ir kasal bo'lsa yoki uni tashqarida kimdadir haqi qolib ketgan bo'lsa, jinoyatdan jabr ko'rgan bo'lsa va hokazo. Ammo, hali yetarlicha pul ishlolmaganingiz - sabab bo'lolmaydi. Bo'lmasa, hammamiz vizasiz yashayverardik.
3. Advokat - sehrgar emas. U faqat qonun doirasida ish yuritadigan odam. Pul bersanigz harqanday ish hal bo'ladi degani emas. Mana bunday advokatlar sizni aldab qo'yadi: Bo'lmaydigan ishni ham, pul uchun bo'ladi deb, pulingizni olib keyin telefonni ko'tarmay, yo'qolib qoladigan advokat. Kimdir shunaqa qilsa, siz amalda hechnarsa qilolmaysiz. Deport bo'lib ketaverasiz. Yana biri esa, pul evaziga soxta hujjat va sabab yasab beradigan advokatlar. Ba'zilar ularni olqishlaydi, "zato epladiku" deb. Lekin hayot faqat eplashdan iborat emas. Qonun, vijdon degan narsalar bor. U soxta hujjatlar davlat hodimi ko'ziga ko'rinib qolsa, qamalib ketish ham bor.
II: G-1 viza olishni ham o'ziga yarasha shartlari bor. Ya'ni, o'sha shaxs aslida Koreyadan chiqib ketishi kerak, ammo qandaydir sabab borki, u Koreyadan vaqtinchalik chiqib ketmay turishi kerak degan mazmunda beriladi. Masalan, tibbiy muolajaga muxtoj, kimdadir haqi qolgan, kimdandir jabr ko'rgan, qochqinlikka ariza bergan, vatanida urush bo'lyabdi va shu kabi, insoniylik jihatidan shavqat qilish zarur bo'lgan holatlar ko'zda tutilgan. Vatandoshlarimiz va qo'shni davlatdan keladigan do'stlarimiz va ko'p chet-elliklar esa, G-1 vizasini shunchaki qanaqadir VIP viza deb o'ylaydi. Unda biz ham shunchaki G-1ga o'tib qo'yaqolsak bo'lardiku? Nima kerak qiynalib o'qib yurib? Ko'r-ko'rona G-1ga o'tish bu, vizasiz migrantga aylanish uchun ilk qadam hisoblanadi. Chunki siz birorta G-1 qilib beradigan brokerni topasiz, pulini berasiz, o'zi birorta ssenariy yozib sizga katta ehtimol bilan G-1-5 qilib beradi. Ya'ni, qochqinlikka ariza kiritib beradi. Immigratsiya bu ssenariy yolg'onligini bilsada, qoida yuzasidan, ko'rib chiqishga majbur va bu orada siz 2yil Koreyada yurishingiz mumkin bo'ladi. Ammo keyin baribir rad qo'g'ozini tutkazadi. Siz esa, balki sudga berarsiz, lekin sud ham nari borsa 1yilda yakunlanadi. Va 99% ehtimol bilan yutkazasiz va baribir vizasiz qolasiz. Boshqa vizaga o'ta olmaysiz ham. "Keyin student vizaga o'tib olsa bo'ladi" degan broker ham telefonni ko'tarmaydi. 2yil "mazza"qilib yurganingiz, darhol esdan chiqadi. Shu sababdan, G-1ni "tanaffus"ga chiqib soqqa qilib olish vizasi deb tushunmang. Ortga yo'l yo'q u vizada. Va mendan ssenariy yasab berishni so'ramang. Biz vijdonga qarshi ish ko'rmaymiz. Pulga zor bo'lib qolsak, boshqa ish qilishdan qochmaymiz. Pul uchun hamma narsa qiladigan vijdonsiz advoklatlar "eplab" berar balki, lekin davlat hodimlari sezib qolsa, jinoiy jazogacha olib borishi mumkin.
Ushbu postdan maqsad:
1. Bo'lmaydigan ishlarga xarajat qilishdan qaytarish.
2. Vijdonli bo'lish va joyi kelganda, taqdirga tan berishga chaqirish.
"Yoki inson nimani xohlasa, shu boʻlaveradimi?"
An Najm, 24-oyat
✍️
https://t.me/abdullatif_kr | Haqiqiy Koreya
✍️
https://www.facebook.com/share/p/14UDjpASkv8/