@mshhmxx offers specialized information about httpstmemargilonmurojaat and httpswwwfacebookcom123306442401187 for subscribers interested in Davlat imtihonlari
Reyting
Global reyting
#456
+2
Til reytingi
#45
+1
Toifa reytingi
#23
-1
Obunachilar sonining o'sishi (Oxirgi 7 kun ichida)
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!
So'nggi postlar
Marg'ilon shahar hokimligi
6-apr, 2026, 05:42
🎥 Video
#Gʻalaba
“Neftchi”dan ishonchli g‘alaba: “Qizilqum” darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritildi
Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasi maydonida Superliganing 5-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Islombek Ismoilov boshchiligidagi “Neftchi” jamoasi “Qizilqum” klubiga qarshi maydonga tushib, ishonchli va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida Zoran Marushich hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida, 41-daqiqada esa Alisher Odilov farqni ikkitaga oshirdi - 0:2.
Ikkinchi bo‘lim ham “Neftchi”ning faol hujumlari bilan davom etdi. 51-daqiqada Marushich yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni 0:3 ko‘rinishiga olib keldi.
59-daqiqada esa Ikrom Aliboyev penaltidan aniq zarba yo‘llab, “Neftchi”ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.
Olg‘a "Neftchi", Olg‘a Farg‘ona!
https://gov.uz/oz/ferghana| https://www.facebook.com/fvhokimligi|https://www.instagram.com/fviloyatihokimligi|https://www.youtube.com/@fvhokimligi|https://twitter.com/ferghana_uz
921
0
0
Marg'ilon shahar hokimligi
6-apr, 2026, 05:42
🎥 Video
🇺🇿 Qoraqalpog‘istonda Media haftalik yakunlandi!
📍 5 kun davomida hudud haqiqiy media-hubga aylandi
👥 700+ ishtirokchi: matbuot kotiblari, jurnalistlar, blogerlar, SMM mutaxassislar va mobilograflar
✅ Dastur davomida:
• Sun’iy intellekt va zamonaviy media vositalari
• Faktcheking, SMM strategiya va vizual storytelling
• TV, jurnalistika va kontent ishlab chiqarish amaliyoti
• Hujjatli filmlar tayyorlash bo'yicha ko'nikmalar o'rgatildi.
🤝 Davlat organlari va media o‘rtasida yangi ochiq hamkorlik muhiti shakllandi.
✈️ Keyingi manzil: Xorazm (6–10-aprel).
🦋 Batafsil ma'lumot: https://t.me/kontentmarkazi
412
Marg'ilon shahar hokimligi
6-apr, 2026, 05:42
📷 Photo
Tatariston Respublikasidan tashrif buyurgan 140 nafardan iborat delegatsiya a’zolari Marg‘ilon shahridagi Yodgorlik fabrikasida o‘zbekona milliy urf odat, karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.
Tatariston Milliy Madaniyat markazi, shuningdek, Tatariston Respublikasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan kutubxona, muzey, va musiqa maktablari vakillari hamda hunarmandlardan iborat bo‘lgan, Farg‘ona viloyatidagi hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari Yodgorlik fabrikasida oddiy pilladan ip yigirib olishdan tortib to uni tayyor mato va libos holatiga keltirish jarayonlariga bevosita guvoh bo‘ldilar.
Korxonada ip va jundan tayyorlangan sholchalar, tabiiy bo‘yoqlar ishlatilgan matolar, ulardan tikilgan liboslarga xorijda ham qiziquvchilar ko‘p.
Bu yerda xatto ipak qoldiqlaridan ham samarali foydalanib, ulardan gilamlar tayyorlanayotganligi mehmonlarning e’tiborini o‘ziga tortdi.
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
Сайр қилмоқчи бўлсангиз, “Сой бўйи” га келинг
http://uza.uz/posts/838663
529
0
0
Marg'ilon shahar hokimligi
1-apr, 2026, 21:58
📷 Photo
🏆 “Tashabbusli budjet”da 47 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 47 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.
💰 Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 18,2 mlrd so‘m ajratilib, 47 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.
Ma'lumot uchun: https://lex.uz/docs/-6790170#:~:text=40.G‘oliblaraniqlanganidan,murojaatyuborishilozim., xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.
🏆 G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan https://openbudget.uz/api/v2/info/file/fd3b33c43d4d799ffa66b889262c2e60 orqali tanishish mumkin.
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
Marg'ilon shahar hokimligi
1-apr, 2026, 21:58
📷 Photo
Toshloqtepada birdamlik va hamjihatlik yanada mustahkamlanib faollar e’zozlandi
Marg‘ilon shahridagi "Toshloqtepa" mahallasida mahalla raisi tashabbusi bilan aholi vakillari, nuroniylar hamda faollar ishtirokida ko‘tarinki ruhda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
To‘kin dasturxon atrofida samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, mahalladagi hamjihatlik, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash muhitini yanada mustahkamlash muhim ekani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida mahallaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh fuqarolarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
Bugungi tadbir o‘tkazilayotgan joyda 108 gektar maydonda Milliy dendrologiya bog‘i tashkil https://t.me/Press_Secretary_Uz
Bu yerdagi “Yashil” universitet hududida “Ilm – loyiha – amaliyot” zanjiri asosida barpo etilayotgan “in-vitro” laboratoriyasi, Dorivor o‘simliklar hamda Urug‘chilik va seleksiya markazlari ham shu yilning o‘zida ishga tushiriladi.
Prezidentimiz tadbirda qatnashayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘rmonlar bo‘yicha forumi raisi Ismoil Belen, ushbu forumning Kotibiyati direktori Julyet Biao, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari hamda barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Shundan so‘ng Prezidentimiz tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi.
Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o‘tqazdi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ https://gov.uz/oz/ferghana| https://www.facebook.com/fvhokimligi|https://www.instagram.com/fviloyatihokimligi|https://www.youtube.com/@fvhokimligi|https://twitter.com/ferghana_uz
Marg'ilon shahar hokimligi
1-apr, 2026, 21:58
📷 Photo
“Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi”, “Bir ko‘chat – ming baraka”, “Farzand ko‘rsang, to‘y qilsang, daraxt ek”, deb bejiz aytilmagan.
Bunday hikmatli so‘zlarning ahamiyati hozir har qachongidan ham dolzarb bo‘lib borayotganini barchamiz kundalik hayotda his https://t.me/Press_Secretary_Uz,
– dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari mahalla raislari, otaxon va onaxonlarimiz, xotin-qizlar vakillari, barcha faollarga murojaat qilib, joylarda milliy urf-odatlarimiz, an’ana va qadriyatlarimizni yanada kengroq targ‘ib qilishga, mahalla aholisini hamjihatlik va ahillik ruhida mana shunday ezgu ishlarga chorlashga, klublar, jamoalar tashkil etib, har bir ko‘cha, xonadon, yo‘l bo‘ylariga nihol va gullar, qir-adirlarga daraxt va butalar ekishda yoshlarga bosh bo‘lishga chaqirdi.
“Zero, yaxshi niyatda ekilgan har bir ko‘chat bu – hayot, bu – toza havo, bu – sog‘lom muhit, bu – kelajak demak!”
– dedi davlatimiz rahbari.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ https://gov.uz/oz/ferghana| https://www.facebook.com/fvhokimligi|https://www.instagram.com/fviloyatihokimligi|https://www.youtube.com/@fvhokimligi|https://twitter.com/ferghana_uz
"Yoshlar kuni" munosabati bilan shahar hokimi Sh. Nisbatxonov "Tut tagi" hamda "Yuksalish" mahalla fuqarolar yig‘inlarida harbiy xizmatni o‘tab qaytgan, otaliqqa olingan hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan yoshlar bilan uchrashib suhbatlashdi.
Suhbat davomida shahar hokimi yoshlarning kelajakka qo‘ygan reja va maqsadlari muammo va takliflarini tingladi.
Ishga joylashish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun imtiyozli kredit olish va boshqa masalalar bilan yoshlar shahar hokimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qildilar.
Murojaatlar joyida mas’ul rahbarlarga yo‘naltirilib ijrosi nazoratga olindi.
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
Marg'ilon shahar hokimligi
27-mar, 2026, 09:21
📷 Photo
Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida shahar markazida aholi va tadbirkorlar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarga jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xonadon va tijorat obyektlarini ishonchli qo‘riqqa olishning afzalliklari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, zamonaviy qo‘riqlash tizimlari, videokuzatuv vositalaridan samarali foydalanish va xavfsizlik madaniyatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Bunday profilaktik tadbirlar orqali aholi orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
Marg'ilon shahar hokimligi
27-mar, 2026, 09:21
📷 Photo
#Bugun_Yoshlar_kuni
#Hokim_va_yoshlar_uchrashuvi
Marg‘ilon shahar hokimi
Sh. Nisbatxonov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri Marg‘ilon shahridagi 3-sonli texnikumda tashkil etildi.
Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shahar hokimi tomonidan bildirilgan takliflar va muammolar atroflicha o‘rganilishi, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida texnikum o'quvchi yoshlari tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar ham namoyish etildi.
Shuningdek, texnikumda “Mehnat yarmarkasi” ham tashkil etilib, ishsiz yoshlarning bandligi ta'minlandi.
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
Navro‘z shodiyonasi – ma’naviyat va milliylik tantanasi
Navro‘z ayyomining ko‘tarinki ruhi shahrimizdagi ta’lim muassasalarida ham keng quloch yoymoqda. Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi 2-son Jamoat salomatligi texnikumida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir shahar hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi va texnikum jamoasi tashabbusi bilan, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida tashkil etildi. Unda o‘quvchi yoshlar milliy o‘yinlar, laparu o’lanlar va sahnaviy chiqishlar orqali xalqimizning boy an’analari, urf-odatlari va qadriyatlarini namoyon etdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida o‘zbek milliy taomlari va hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmalari tashkil etilib, bayramona muhitga yanada fayz va ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
Marg'ilon shahar hokimligi
25-mar, 2026, 14:16
📷 Photo
MARG‘ILONDA SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI
Marg‘ilon shahridagi 2-sonli sport maktabida “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” hamda Prezident Olimpiadasining 2026-yilgi mavsumiga tantanali start berildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda, yoshlar g‘ayrati va katta maqsadlar bilan boshlandi.
Ochilish marosimida shahar hokimi Sh. Nisbatxonov so‘zga chiqib, yosh sportchilarga omad tiladi. U bunday musobaqalar yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Mazkur sport bellashuvlari iqtidorli yoshlarni kashf etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda mamlakat sport salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-246-sonli farmoni – bu O‘zbekistonda moliya tizimini isloh qilish, ayniqsa naqd pulsiz to‘lovlarni kengaytirish va iqtisodiy shaffoflikni oshirishga qaratilgan muhim hujjatdir.
⚡️ Farmonning asosiy mazmuni:
1. Naqd pulsiz to‘lovlarga o‘tish:
➡️Savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida karta va elektron to‘lovlar ustuvor bo‘ladi;
➡️Naqd pul aylanmasini qisqartirish orqali yashirin iqtisodiyot kamaytiriladi.
2. Yagona QR-kod tizimi joriy etiladi
➡️Endi har bir savdo nuqtasida bitta universal QR-kod bo‘ladi;
➡️Turli bank ilovalari orqali bir xil kodni skaner qilib to‘lash mumkin.
3. Soliq nazoratini kuchaytirish
➡️Barcha tushumlar elektron tarzda qayd etiladi;
➡️Bu esa soliqdan yashirish holatlarini kamaytiradi.
4. Tadbirkorlar uchun yangi talablar
➡️To‘lov terminallari yoki QR tizimlari majburiy bo‘lishi mumkin;
➡️Hisobotlar elektron shaklga o‘tkaziladi
5. Iste’molchilar uchun qulaylik
➡️Tez, xavfsiz va qulay to‘lov imkoniyati;
➡️Naqd pul olib yurish zarurati kamayadi.
👍 Ushbu farmon orqali:
✔️iqtisodiyot yanada shaffof bo‘ladi;
✔️raqamli to‘lovlar rivojlanadi.
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/fvhokimligi|https://www.instagram.com/fviloyatihokimligi|https://www.youtube.com/@fvhokimligi|https://twitter.com/ferghana_uz
Marg'ilon shahar hokimligi
25-mar, 2026, 14:16
📷 Photo
🪧 Tashqi reklama va axborot obyektini o‘rnatmoqchimisiz?
Pasportni qanday olish mumkin?
Xususiy mulk (peshlavha) va avtotransport vositalari uchun yo‘riqnoma
📝 Pasport nima uchun kerak?
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (peshlavha yoki avtotransportdagi reklama) o‘rnatish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son va 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori talablariga muvofiq faqat reklama joyi pasporti asosida amalga oshiriladi.
Pasport http://my.gov.uz/ elektron davlat xizmatlari portali orqali rasmiylashtiriladi.
🖥 Rasmiylashtirish bosqichlari
1. http://my.gov.uz/ portaliga kirish va ONE ID orqali shaxsiy kabinetga kiring.
2. Xizmat turini tanlash.
https://gov.uz/oz/ferghana/sections/view/145307
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
Marg'ilon shahar hokimligi
24-mar, 2026, 13:55
📷 Photo
Navro‘z shukuhi: A. Yassaviy mahallasida saxovat va an’analar uyg‘unligi
Navro‘z ayyomining ko‘tarinki ruhi va fayzi hali hamon butun yurtimiz bo‘ylab keng quloch yozib, aholi qalbiga quvonch va shukronalik tuyg‘ularini bag‘ishlamoqda.
Jumladan, bugun shahrimizdagi
A. Yassaviy mahallasida ham aholi vakillari, nuroniylar hamda faollar ishtirokida https://gov.uz/oz/margilan/news/view/145166
Tadbir doirasida shahar Madaniyat markazi xonandalari tomonidan milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni mad etuvchi dilrabo kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. To‘kin dasturxon atrofida samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va duolar yangradi.
Tadbir davomida mahalla hududida yashovchi ehtiyojmand oilalarning
3 nafar bolajonlari uchun xayriya asosida xatna to‘ylari ham o‘tkazib berildi. Ushbu savobli ish mahalla faollari va saxovatpesha insonlar tomonidan amalga oshirilib, bolajonlar va ularning oilalariga unutilmas quvonch baxsh etildi.
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Notariuslar tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi
“Yuksalish” harakati O‘zbekiston Notarial palatasi bilan hamkorlikda 25-27- mart kunlari respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan “Mening oilam – mening huquqim” shiori ostidagi “Huquqiy maslahatlar kuni” aksiyasini o‘tkazmoqda.
Aksiya kalendari va o'tkazilish joylari bilan jadvalda tanishing
🌐 Telegram sahifamizga obuna bo'ling - https://t.me/uzbyuksalish
88
Marg'ilon shahar hokimligi
24-mar, 2026, 13:55
📷 Photo
#Teatr
Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Teatr tomoshalari haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda.
Haftalik doirasida viloyatimizda ham bepul teatr tomoshalari https://t.me/fargonamadaniyat
🎭 Viloyatimizdagi teatrlarning 24-mart, seshanba kungi repertuari bilan tanishing.
📍Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Shum bola”
Vaqti: 11:00
📍Farg‘ona viloyati rus drama teatri
Nomi: “Shutki Chexova”
Vaqti: 15:00
📍Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri
Nomi: “Ikki qalb nolasi”
Vaqti: 11:00
📍Qo‘qon shahar musiqali drama teatri
Nomi: “Xonuma”
Vaqti: 14:00
📍Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri
Nomi: “Musiqali choyxona”
Vaqti: 10:00
Izoh: Repertuarda o‘zgarish va qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin.
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/fvhokimligi|https://www.instagram.com/fviloyatihokimligi|https://www.youtube.com/@fvhokimligi|https://twitter.com/ferghana_uz