@mshhmxx offers specialized information about httpstmemargilonmurojaat and httpswwwfacebookcom123306442401187 for subscribers interested in Davlat imtihonlari
Reyting
Global reyting
#147685
-339
Til reytingi
#856
-8
Toifa reytingi
#426
-2
Obunachilar sonining o'sishi (Oxirgi 27 kun ichida)
Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz va jadidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
O‘tgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va jasorati e’tirof qilindi.
Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi ehtirom bilan yod etildi.
Prezidentimiz mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Islohotlarning birinchi kunlaridan xalqning qalbiga quloq solish va aholining dardiga darmon bo‘lish asosiy maqsad etib belgilandi.
“Inson qadri uchun” g‘oyasi davlat siyosatining markaziga olib chiqildi. Birinchi galda “paxta qulligi”, majburiy va bolalar mehnati, konvertatsiya cheklovi hamda “propiska” kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berildi.
– Eng asosiysi, fuqarolarimiz yuragidagi qo‘rquv va hadik o‘rnini ishonch va xotirjamlik egalladi. Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish uchun keyingi o‘n yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik,
– dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ|https://www.instagram.com/press_secretary_uz/|https://x.com/Sherzod_Asadov
172
0
0
Marg'ilon shahar hokimligi
28-avg, 2026, 20:21
📷 Photo
Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.
Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.
Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi.
– Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.
Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik,
– dedi davlatimiz rahbari.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ|https://www.instagram.com/press_secretary_uz/|https://x.com/Sherzod_Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.
Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.
Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi.
– Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz.
Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,
– dedi Prezidentimiz.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ|https://www.instagram.com/press_secretary_uz/|https://x.com/Sherzod_Asadov
Marg'ilon shahar hokimligi
28-avg, 2026, 20:21
📷 Photo
📣 TADBIRKORLAR FIKRI — HUDUD RIVOJI UCHUN MUHIM!
Hurmatli tadbirkorlar!
Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda yashash uchun qulay va barqaror shaharlar” dasturi doirasida hududimizda tadbirkorlik faoliyati rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar, yetishmayotgan infratuzilma va mavjud iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlash maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Sizning javoblaringiz tadbirkorlarning elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv, yo‘llar, ko‘priklar, kanallar hamda boshqa infratuzilmalar bo‘yicha ustuvor ehtiyojlarni aniqlash uchun foydalaniladi.
⏱ So‘rovnomani to‘ldirish - taxminan 5 daqiqa.
👥 Ishtirokchilar - hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va biznes vakillari.
Biznesingiz rivojiga nima to‘sqinlik qilmoqda? Qaysi muammo birinchi navbatda hal etilishi kerak? Sizningcha, hudud uchun qanday imkoniyatlar yaratilsa, tadbirkorlik faoliyati rivoji uchun eng katta turtki bo‘ladi?
👇 Fikringizni quyidagi havola orqali bildiring:
🔗 [ https://forms.cloud.microsoft/r/mvjhHFu0N0]
Sizning fikringiz hudud uchun eng zarur va samarali drayver loyihalarni shakllantirishga yordam beradi!
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim
2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning http://my.edu.uz/ platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Marg’ilon shahar 4-son texnikumiga kunduzgi, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning http://my.edu.uz/ platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Marg’ilon shahar 4-son texnikumiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.
▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.
2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:
➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti),
➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti).
📌Texnikumlar ro‘yxati bilan https://kasbedu.uz/ orqali tanishing.
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
Marg'ilon shahar hokimligi
11-avg, 2026, 18:41
📷 Photo
"Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz, yoshlar giyohvandlikka qarshi" shiori ostida "Besh ming qadam" yurish marafoni hamda sport bayrami o‘tkazildi.
Marg‘ilon shahrida aholi va yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalariga qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz, yoshlar giyohvandlikka qarshi" shiori ostida "Besh ming qadam" yurish marafoni hamda sport bayrami o‘tkazildi.
Respublika ishchi guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida Ishchi guruh a’zosi, Respublika Agentlik vakili Dosbol Qadirov hamda Behzod Maxmudov, shuningdek mehnat jamoalari va mahalla yoshlari ishtirok etishdi.
Jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi bo‘lgan bu kabi tadbirlar aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
Marg'ilon shahar hokimligi
11-avg, 2026, 18:41
📷 Photo
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim
2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning http://my.edu.uz/ platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Texnikumlarga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning http://my.edu.uz/ platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.
▪️Texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.
2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:
➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 4 440 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti).
📌Texnikumlar ro‘yxati bilan https://kasbedu.uz/ orqali tanishing.
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
Marg'ilon shahar hokimligi
11-avg, 2026, 18:41
📷 Photo
#mahallabay
Mahallalarda soliq organlari faoliyati
2026-yil iyul oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 63,6 ballni tashkil etdi.
Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar:
📍Farg'ona viloyati – 87,3%;
📍Xorazm viloyati – 80,4%;
📍Buxoro viloyati – 79,7%.
Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning iyul oyi reytingi koʻrsatkichlari:
90 dan yuqori ball jamg‘argan 72 nafar xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
Marg'ilon shahar hokimligi
11-avg, 2026, 18:41
🎥 Video
Farg‘onadan ham kasb chempionlari chiqdi!
Prezident sovrini uchun mamlakatimizda ilk bor “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi o‘tkazildi. Kuni kecha poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi katta tantanaga aylandi.
Tanlov nafaqat individual mahoratni namoyon etish maydoni, balki Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida faol ishtirok etadigan yangi avlod mutaxassislarini shakllantirish vositasi sifatida ham alohida ahamiyat kasb etdi.
Santexnik, payvandchi, oshpaz, elektromontajchi, avtomexanik, sartarosh — endi bu kasblarning ham respublika darajasida o‘z chempionlari bor.
O‘zbekistonda birinchi marta 10 ta amaliy yo‘nalish bunday katta ko‘lamda e’tirof etildi va farg‘onalik yoshlar ham g‘oliblar safida bo‘ldi. Kasbni puxta egallagan yosh ham katta sahna, medal va munosib mukofotga erishishi mumkin ekani amalda ko‘rsatildi.
Tanlov g‘oliblari endilikda o‘z kasbiy mahoratini WorldSkills xalqaro musobaqasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“WorldSkills” xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga 2 500 BHM, ya’ni 1 milliard 30 million so‘m, uning ustoziga esa 450 BHM, ya’ni 185 million 400 ming so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi.
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
Marg'ilon shahar hokimligi
11-avg, 2026, 18:41
📷 Photo
“Toshloqtepa” mahallasida yangi xususiy maktab o‘z faoliyatini boshladi
“Toshloqtepa” mahallasida tadbirkor Shohidaxon Xolmatovaning tashabbusi bilan aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan “School teacher” nomli yangi xususiy maktab o‘z faoliyatini boshladi.
Yuqori sinf o‘quvchilari uchun ixtisoslashgan yangi ta’lim muassasasining tantanali ochilish marosimida shahar hokimi Elbek Rustamov, mahalla faollari, nuroniylar, ta’lim sohasi fidoyilari, o‘qituvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yangi maktabning zamonaviy ta’lim berish imkoniyatlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish borasidagi rejalar xususida so‘z yuritildi.
“School teacher” maktabida matematika, huquq va xorijiy tillar kabi talab yuqori bo‘lgan fanlar malakali va tajribali pedagoglar tomonidan zamonaviy usullar asosida o‘qitilishi ko‘zda tutilgan. O‘quvchilarning fanlarni chuqur o‘zlashtirishi, mustaqil fikrlashi va kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Yangi maktabning ishga tushirilishi nafaqat ta’lim sohasida yangi imkoniyatlarni yaratadi, balki hudud aholisini ish bilan ta’minlashga ham xizmat qiladi. Xususan, ta’lim muassasasi faoliyati natijasida 30 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Tadbir ishtirokchilari maktabda yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha belgilangan maqsad va vazifalar bilan yaqindan tanishdilar.
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
Marg'ilon shahar hokimligi
15-may, 2026, 22:10
📷 Photo
“Ibratli oila” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi
Marg‘ilon shahrida 15 may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda namunali oilalar, jamoatchilik vakillari, nuroniylar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Taqdirlash jarayonida ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan mamlakatimizda oilaga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, bunday tanlov va tashabbuslar jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilalar o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
https://twitter.com/ferghana_uz:// http://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
Marg'ilon shahar hokimligi
15-may, 2026, 22:10
📷 Photo
FIDOYI MAHALLA XODIMLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI!
Davlatimiz rahbarining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda mahalla yettiligi tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda.
Bu borada Marg‘ilon shahridagi MFYlarda ham o‘z kasbiga fidoyilik bilan yondoshib kelayotgan jonkuyar yettilik xodimlari ham bor.
Bugun shahar hokimligida mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali ish tashkil etgani uchun bir guruh mahalla xodimlari ham shahar hokimligi tomonidan taqdirlandi.
Mehnati munosib e’tirof etilgan fidoyi xodimlar ko‘rsatilgan e’tibor va rag‘bat uchun shahar hokimiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, bundan keyingi ish faoliyatlarida ham bir yoqadan bosh chiqarib jonbozlik bilan ish olib borishlarini mamnuniyat ila ta’kidladilar.
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
http://margilan.uz/
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
Marg'ilon shahar hokimligi
15-may, 2026, 22:10
🎥 Video
Yoshlari ishlari Marg‘ilon shahar bo‘limining mahallalardagi bir guruh volontyor yoshlari tomonidan Zuxro MFY hududida obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan xodimlariga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Yoshlar mahalla hududini tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar. Ushbu ezgu tashabbus orqali volontyorlar hamjihatlik, mehr-oqibat va insonlarga yordam berish kabi qadriyatlarni yana bir bor namoyon etdilar.
Bunday xayrli ishlar mahalla fayzi va yoshlar faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
https://twitter.com/ferghana_uz:// http://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
Marg'ilon shahar hokimligi
15-may, 2026, 22:10
📷 Photo
#yangiruhiyat
#birdamjamiyat
DIQQAT E'LON!
Qadrli hamshaharlar hamda shahrimiz mehmonlari!
⚡️Joriy yilning 16-may kuni soat 18:00 da Marg’ilon shahridagi Zuhro mahallasida
Shuningdek, 17-may kuni soat 9:30 da shahardagi “Ijodkorlar bog’i” da
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida “Mustaqillik to’yi” festivali dasturi doirasida "Shukronalik" ma'rifiy uchrashuvi va konsert dasturi boʻlib oʻtadi.
Tadbir mehmonlari: el suygan sanʼatkorlar - Gulbahor Erqulova, Qilichbek Tojiyev, Aziz Rajabiy, Xurshid To’xtayev,
🎙 shuningdek: Munavvara Usmonova, Abduhalil Mavrulov, Mansur Toshmatov, Xurshid To’xtayev, Farog’at Xudoyqulova, Bilol Isxakov, Sevara To’lanova kabi elimiz ardog’idagi shoir va san’atkorlar ishtirok etadi.
📝 Tadbirga hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlarini taklif etamiz.
https://twitter.com/ferghana_uz:// http://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
Marg'ilon shahar hokimligi
15-may, 2026, 22:10
📷 Photo
Marg‘ilon raqamli texnologiyalar markazida oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Marg‘ilon shahar Raqamli texnologiyalar markazida umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda yurtimizdagi qator nufuzli institut va universitetlar xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari vakillari o‘quvchilarga:
O‘zlarining o‘quv dargohlari, u yerdagi yo‘nalishlar,
Yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va imkoniyatlar,
Kelajakda IT va raqamli texnologiyalar sohasi bilan bog‘liq istiqbolli kasblar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar va kelajakdagi maqsadlarini belgilab olishda muhim tavsiyalarga ega bo‘lishdi.
https://twitter.com/ferghana_uz:// http://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
Marg'ilon shahar hokimligi
6-apr, 2026, 05:42
🎥 Video
#Gʻalaba
“Neftchi”dan ishonchli g‘alaba: “Qizilqum” darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritildi
Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasi maydonida Superliganing 5-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Islombek Ismoilov boshchiligidagi “Neftchi” jamoasi “Qizilqum” klubiga qarshi maydonga tushib, ishonchli va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida Zoran Marushich hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida, 41-daqiqada esa Alisher Odilov farqni ikkitaga oshirdi - 0:2.
Ikkinchi bo‘lim ham “Neftchi”ning faol hujumlari bilan davom etdi. 51-daqiqada Marushich yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni 0:3 ko‘rinishiga olib keldi.
59-daqiqada esa Ikrom Aliboyev penaltidan aniq zarba yo‘llab, “Neftchi”ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.
Olg‘a "Neftchi", Olg‘a Farg‘ona!
https://gov.uz/oz/ferghana| https://www.facebook.com/fvhokimligi|https://www.instagram.com/fviloyatihokimligi|https://www.youtube.com/@fvhokimligi|https://twitter.com/ferghana_uz
Marg'ilon shahar hokimligi
6-apr, 2026, 05:42
🎥 Video
🇺🇿 Qoraqalpog‘istonda Media haftalik yakunlandi!
📍 5 kun davomida hudud haqiqiy media-hubga aylandi
👥 700+ ishtirokchi: matbuot kotiblari, jurnalistlar, blogerlar, SMM mutaxassislar va mobilograflar
✅ Dastur davomida:
• Sun’iy intellekt va zamonaviy media vositalari
• Faktcheking, SMM strategiya va vizual storytelling
• TV, jurnalistika va kontent ishlab chiqarish amaliyoti
• Hujjatli filmlar tayyorlash bo'yicha ko'nikmalar o'rgatildi.
🤝 Davlat organlari va media o‘rtasida yangi ochiq hamkorlik muhiti shakllandi.
✈️ Keyingi manzil: Xorazm (6–10-aprel).
🦋 Batafsil ma'lumot: https://t.me/kontentmarkazi
412
Marg'ilon shahar hokimligi
6-apr, 2026, 05:42
📷 Photo
Tatariston Respublikasidan tashrif buyurgan 140 nafardan iborat delegatsiya a’zolari Marg‘ilon shahridagi Yodgorlik fabrikasida o‘zbekona milliy urf odat, karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.
Tatariston Milliy Madaniyat markazi, shuningdek, Tatariston Respublikasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan kutubxona, muzey, va musiqa maktablari vakillari hamda hunarmandlardan iborat bo‘lgan, Farg‘ona viloyatidagi hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari Yodgorlik fabrikasida oddiy pilladan ip yigirib olishdan tortib to uni tayyor mato va libos holatiga keltirish jarayonlariga bevosita guvoh bo‘ldilar.
Korxonada ip va jundan tayyorlangan sholchalar, tabiiy bo‘yoqlar ishlatilgan matolar, ulardan tikilgan liboslarga xorijda ham qiziquvchilar ko‘p.
Bu yerda xatto ipak qoldiqlaridan ham samarali foydalanib, ulardan gilamlar tayyorlanayotganligi mehmonlarning e’tiborini o‘ziga tortdi.
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
Сайр қилмоқчи бўлсангиз, “Сой бўйи” га келинг
http://uza.uz/posts/838663
529
0
0
Marg'ilon shahar hokimligi
1-apr, 2026, 21:58
📷 Photo
🏆 “Tashabbusli budjet”da 47 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 47 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.
💰 Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 18,2 mlrd so‘m ajratilib, 47 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.
Ma'lumot uchun: https://lex.uz/docs/-6790170#:~:text=40.G‘oliblaraniqlanganidan,murojaatyuborishilozim., xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.
🏆 G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan https://openbudget.uz/api/v2/info/file/fd3b33c43d4d799ffa66b889262c2e60 orqali tanishish mumkin.
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
Marg'ilon shahar hokimligi
1-apr, 2026, 21:58
📷 Photo
Toshloqtepada birdamlik va hamjihatlik yanada mustahkamlanib faollar e’zozlandi
Marg‘ilon shahridagi "Toshloqtepa" mahallasida mahalla raisi tashabbusi bilan aholi vakillari, nuroniylar hamda faollar ishtirokida ko‘tarinki ruhda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
To‘kin dasturxon atrofida samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, mahalladagi hamjihatlik, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash muhitini yanada mustahkamlash muhim ekani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida mahallaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh fuqarolarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
https://twitter.com/ferghana_uzhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/
Bugungi tadbir o‘tkazilayotgan joyda 108 gektar maydonda Milliy dendrologiya bog‘i tashkil https://t.me/Press_Secretary_Uz
Bu yerdagi “Yashil” universitet hududida “Ilm – loyiha – amaliyot” zanjiri asosida barpo etilayotgan “in-vitro” laboratoriyasi, Dorivor o‘simliklar hamda Urug‘chilik va seleksiya markazlari ham shu yilning o‘zida ishga tushiriladi.
Prezidentimiz tadbirda qatnashayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘rmonlar bo‘yicha forumi raisi Ismoil Belen, ushbu forumning Kotibiyati direktori Julyet Biao, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari hamda barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Shundan so‘ng Prezidentimiz tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi.
Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o‘tqazdi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ https://gov.uz/oz/ferghana| https://www.facebook.com/fvhokimligi|https://www.instagram.com/fviloyatihokimligi|https://www.youtube.com/@fvhokimligi|https://twitter.com/ferghana_uz
Marg'ilon shahar hokimligi
1-apr, 2026, 21:58
📷 Photo
“Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi”, “Bir ko‘chat – ming baraka”, “Farzand ko‘rsang, to‘y qilsang, daraxt ek”, deb bejiz aytilmagan.
Bunday hikmatli so‘zlarning ahamiyati hozir har qachongidan ham dolzarb bo‘lib borayotganini barchamiz kundalik hayotda his https://t.me/Press_Secretary_Uz,
– dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari mahalla raislari, otaxon va onaxonlarimiz, xotin-qizlar vakillari, barcha faollarga murojaat qilib, joylarda milliy urf-odatlarimiz, an’ana va qadriyatlarimizni yanada kengroq targ‘ib qilishga, mahalla aholisini hamjihatlik va ahillik ruhida mana shunday ezgu ishlarga chorlashga, klublar, jamoalar tashkil etib, har bir ko‘cha, xonadon, yo‘l bo‘ylariga nihol va gullar, qir-adirlarga daraxt va butalar ekishda yoshlarga bosh bo‘lishga chaqirdi.
“Zero, yaxshi niyatda ekilgan har bir ko‘chat bu – hayot, bu – toza havo, bu – sog‘lom muhit, bu – kelajak demak!”
– dedi davlatimiz rahbari.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ https://gov.uz/oz/ferghana| https://www.facebook.com/fvhokimligi|https://www.instagram.com/fviloyatihokimligi|https://www.youtube.com/@fvhokimligi|https://twitter.com/ferghana_uz