🌿 “Orol dengiziga poyezd” — yoshlar qalbida ekologik tafakkur uyg‘otgan ma’naviy safar
Amudaryo tumanidagi qadimiy Chilpiq qal’asida “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi hamda “Biz Orol bilan birgamiz” eko-marafoni bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari talabalari faol ishtirok etdilar. Ekologiya va turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar Chilpiq qal’asining boy tarixi, Orolbo‘yi hududining madaniy merosi hamda ekologik muammolari bilan yaqindan tanishdilar.
Aksiyada Andijon, Namangan, Farg‘ona, Guliston, Jizzax, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch davlat universitetlari, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarining ekologiya va turizm yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalari faol ishtirok etdi.
Qadimiy tarix va zamonaviy tafakkur uyg‘unlashgan ushbu maskan yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
“Biz Orol bilan birgamiz” eko-marafoni esa yoshlarning tabiatga daxldorlik hissini yanada mustahkamlab, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka undadi.
✨ Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini boyitadi, ekologik tafakkurini shakllantiradi va Orolbo‘yi hududining turistik salohiyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
https://gov.uz/oz/amiwdarya/news/view/168856
_________________________
🌿 "Aral teńizine poezd" - jaslar qálbinde ekologiyalıq pikir oyatqan ruwxıy sayaxat
Ámiwdárya rayonındaǵı eski Shılpıq qalasında "Aral teńizine poezd" jaslar ekologiyalıq akciyası hám "Biz Aral menen birgemiz" eko-marafonı bolıp ótti.
Bul ilajda respublikamızdıń túrli aymaqlarınan kelgen joqarı oqıw orınlarınıń studentleri belsene qatnastı. Ekologiya hám turizm baǵdarında bilim alıp atırǵan jaslar Shılpıq qalasınıń bay tariyxı, Aralboyı aymaǵınıń mádeniy miyrası hám ekologiyalıq mashqalaları menen jaqınnan tanıstı.
Akciyada Ándijan, Namangan, Ferǵana, Gúlistan, Jizzaq, Shırshıq, Samarqand, Nawayı, Buxara, Qarshı, Termiz, Úrgensh mámleketlik universitetleri, Ózbekstan Milliy universiteti hám Qaraqalpaqstan Respublikasındaǵı joqarı oqıw orınlarınıń ekologiya hám turizm baǵdarlarında bilim alıp atırǵan studentleri belsene qatnastı.
️ Áyemgi tariyx hám zamanagóy oy-pikir úylesken bul orın jaslarda úlken tásir qaldırdı.
"Biz Aral menen birgemiz" eko-marafonı bolsa jaslardıń tábiyatqa baylanıslılıq sezimin jáne de bekkemlep, ekologiyalıq mashqalalarǵa biypárwa bolmawǵa shaqırdı.
✨ Bunday ruwxıy-aǵartıwshılıq ilajlar jaslardıń dúnyaqarasın bayıtadı, ekologiyalıq oy-pikirin qáliplestiredi hám Aralboyı aymaǵınıń turistlik potencialın keńnen úgit-násiyatlawǵa xızmet etedi.
https://gov.uz/oz/amiwdarya/news/view/168856
|
https://www.instagram.com/press_amuwdarya/ |
https://www.facebook.com/amudaryotumani.hokimligi/ | https://gov.uz/oz/amiwdarya