Қашқадарё ва қашқадарёликлар ҳақида маълумотлар, фактлар, янгиликлар ва эълонлар!
Ўзимизникиларни таклиф этинг!
Янгиликлар юбориш учун 👇
@Keshnews_bot
Kanalga taklif qilish:
https://t.me/keshnews
Follow @keshnews to stay updated with the latest qilish and kanalga trends and news
Reyting
Global reyting
#456
+2
Til reytingi
#45
+1
Toifa reytingi
#23
-1
Obunachilar sonining o'sishi (Oxirgi 3 kun ichida)
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!
So'nggi postlar
KESHNEWS
2-may, 2026, 16:37
📷 Photo
Obodonlashtirish departamenti xodimlari sayohatga yuborilibdi
Shahrisabz shahar obodonlashtirish ishlari departamenti ishchi-xizmatchilari kasaba uyushmasi tomonidan O'zbekiston shaharlari va tarixiy obidalariga sayohat uyushtirilishi an’anaga aylangan ekan.
Shahrisabz shahar hokimining tashabbusi bilan shahrimizni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, toza va ozoda saqlashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ishchi-xodimlar qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohatga yo‘l olishibdi. Ular eng avvalo yaqinda foydalanishga topshirilgan Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorat qilishgan.
515
12
0
KESHNEWS
2-may, 2026, 16:37
📷 Photo
52 nafar murojatchining murojaatlari ko'rib chiqilibdi
Xalq qabulxonasi binosida o‘tkazilgan sayyor qabulga kelgan murojaatchilarning deyarli aksariyati moddiy yordam, davolanish uchun order yoki mablag‘, uy-joy olish, ya’ni subsidiya, aliment undirish, kommunal, soliq to‘lovlari, ijara shartnomasi, mehnat bandligi bilan bog‘liq masalalar xususida muloqot qilingan.
Shahar hokimi, shahar kengashi deputati Sherzod Bo‘riyev, shahar prokurori Obidjon Qo‘ldoshev, shahar hokimi o‘rinbosarlari hamda ishchi guruhi a’zolari qariyb 52 nafar murojaatchining murojaatlariga qonun doirasida o‘z taklif, tavsiya va ko‘rsatmalarini berishdi.
1,910
KESHNEWS
2-may, 2026, 16:37
📷 Photo
Shahar hokimi Mirzo Ulug‘bek tumaniga amaliy tashrif bilan boribdi
Shahrisabz shahri hokimi Sherzod Bo’riyev boshchiligida shahar hokimligi mas’ullari tomonidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga amaliy tashrif amalga oshirilibdi. Tashrif davomida hududda olib borilgan keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, ilg‘or tajribalar o‘rganildi. Ayniqsa, zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilgan yashil hududlar va infratuzilma loyihalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Mahalla asosan ko‘p qavatli uy-joylardan iborat bo‘lib, kompleks rivojlantirish dasturi asosida hudud butunlay yangicha qiyofa kasb etgan.
1,520
KESHNEWS
2-may, 2026, 16:37
🎥 Video
Tvit yigʼishga vaqt sarflayotgan vazir
Otabek Bakirov Energetika vaziri haqida gapirib, u Tvitterda blogerning tizimdagi kamchiliklari yozilgan qaydlarini yigʼib, ustidan shikoyat qilgani haqida gapirdi.
“Vazirimizning shunchalik vaqti koʼp ekanki, tvit yigʼib chiqibdi. U tvit yigʼishga vaqt sarflayapti, ammo tizimdagi muammolarni hal etishga vaqti yoʼq, — deydi Bakirov.
1,400
11
KESHNEWS
2-may, 2026, 16:37
Qashqadaryo filialidagi 4 ta tuman (shahar) elektr korxonalari rahbarlari lavozimidan ozod etilibdi
Energetika vazirligi raport berishicha, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali rahbari, shuningdek, elektr energiyasi yo‘qotishlari 20 foizdan yuqori bo‘lgan hududlar kesimida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Andijon filialidagi 14 ta, Jizzax filialidagi 7 ta, Samarqand filialidagi 10 ta, Qashqadaryo filialidagi 4 ta, shuningdek Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona filiallaridagi 2 tadan tuman (shahar) elektr korxonalari rahbarlari lavozimidan ozod etilibdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24-aprel kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida elektr energiyasi yo‘qotishlari 20 foizdan yuqori bo‘lgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi holat tanqid qilingan edi.
2,400
11
KESHNEWS
2-may, 2026, 16:37
Sabzavot yetishtirishda Shahrisabz tumani yetakchilar qatorida
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Qashqadaryoda yetishtirilgan jami 663 ming tonnadan ziyod sabzavot mahsulotlarining yarmidan ko‘pi (51 %) aynan beshta peshqadam tuman hissasiga to‘g‘ri keldi.
Bozorlar to'kinligi va eksport barqarorligini ta'minlayotgan mirishkor tumanlar quyidagilar:
✅ Kitob tumani — 83 204 tonna
✅ Koson tumani — 73 808 tonna
✅ Shahrisabz tumani — 62 487 tonna
✅ Yakkabog‘ tumani — 61 833 tonna
✅ Qamashi tumani — 57 402 tonna
2,340
13
0
KESHNEWS
2-may, 2026, 16:37
📷 Photo
Shahrisabz tumani kadastrchilari ancha faollik ko'rsatishmoqda
VIloyatimiz bo'yicha yana 1 189 nafar fuqarolarning ko‘chmas mulklariga egalik huquqi berilibdi. Shahrisabz tumanida 182 ta fuqaroning ko'chmas mulkiga egalik huquqi rasmiylashtirilgan.
Shahrisabz shahrida 15 ta mulkka egalik huquqi berilgan.
2,290
21
KESHNEWS
2-may, 2026, 16:37
🎥 Video
Yirik zavod 8,8 milliard kompensatsiya to'lar ekan
Viloyatimiz ekopolitsiyasi “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”da atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etilmayotgani, chang-gaz tozalash uskunalari hamda oqova suvlarni tozalash inshootlari belgilangan me’yorlarga javob bermasligini https://gov.uz/oz/eco/news/view/155081. Bu holatlar yuzasidan korxonaga 16 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berib, qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlarini belgilab, to‘plangan hujjatlarni sudga oshiribdi.
P. S. Ekopolotsiyamiz faollikni davom ettirishi shart. Tabiatimiz faqat bizniki emas. Uni avlodlarga ham qoldirishimiz shart.
2,470
8
KESHNEWS
2-may, 2026, 16:37
Bugun, 1-maydan “10 ming qadam piyoda” tajribasi qayta tiklanib, “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi ( http://1hls.uz/) faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.
2,480
12
0
KESHNEWS
2-may, 2026, 16:37
🎥 Video
Oqdaryo mahallasidagi 80 foiz xonadonda issiqxona bor ekan
O'zbekiston 24 telekanalida namoyish etilgan repostajga ko'ra Shahrisabz tumani Oqdaryo mahallasida aholi dehqonchilikni sirini olgan va xonadonlarda issiqxonalar mavjud.
Karam, bulg'or qalampiri, sabzi, turp, sholg'omni ketma-ket ekilishi alohida mavzu.
Dehqonlarga qoyil!!!