About Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal – Web Dizileri Telegram Channel
☑️ veb-sayt: https://qviib.uz/
☑️ Qashqadaryo viloyati IIB Ахborot xizmati rasmiy telegram kanali. https://t.me/kashuvd
☑️ Huquqqiy targ'ibot kanali: https://t.me/Qashiibhuquqtargibot
☑️ Qashqadaryo IIB YHXB | Rasmiy kanal: https://t.me/kashyhxb
@kashuvd offers specialized information about telegram and vebsayt for subscribers interested in Web Dizileri
“Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Surxondaryo viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar davomida, uyushgan jinoyatchilik, qurol va oʻq-dorilarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish borasida 25 kun davomida jami 17 ta jinoiy va 153 ta maʼmuriy huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi qonun doirasida hal etildi
———
«Хавфсиз ва соғлом юрт» тезкор-профилактик тадбири доирасида Сурхондарё вилояти ИИБ тезкор-қидирув хизмати ходимлари томонидан ўтказилган тадбирлар давомида, уюшган жиноятчилик, қурол ва ўқ-дориларнинг ноқонуний айланмасига қарши курашиш борасида 25 кун давомида жами 17 та жиноий ва 153 та маъмурий ҳуқуқбузарлик ҳолатлари аниқланиб, айбдор шахсларнинг жавобгарлик масаласи қонун доирасида ҳал этилди
https://gov.uz/iiv/ | https://t.me/iivuz | https://www.facebook.com/iiv.uz | https://www.instagram.com/iiv.uz/ | http://www.youtube.com/Ichkiishlarvazirligi | https://ok.ru/group/62330132299983 | https://t.me/iivuz_tv
⚔️ Qarshida “marixuana” saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
Respublika hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida joriy yilning 1-martidan 1-apreliga qadar o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining birinchi bosqichi doirasida navbatdagi qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yildi.
Xususan, Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Koson tumanida yashovchi fuqaro P. S. boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida avtomashina salonida shubhali buyumlar, jumladan, qora rangli sellofan paketga solingan “Spichki” yozuvli quti, qog‘oz bo‘lagi va rangsiz paketlarga joylangan moddalar borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan ekspertiza xulosalariga ko‘ra, fuqaro P. S. jami og‘irligi 40 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan barcha ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Hozirda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
———
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.smartbase.myinspector
👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.smartbase.myinspector
👉 https://apps.apple.com/uz/app/mening-inspektorim/id6749475771
https://t.me/i_rasulova_0701 | https://qviib.uz/ | https://www.facebook.com/qashiib.matbuotxizmati/ | https://www.youtube.com/channel/UCd2bxikpjTVAng1XCrvQaiw?view_as=subscriber | https://www.instagram.com/rasulovaiib2025/|https://t.me/tv_qashiib
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
28 Mar 2026 08:13
📷 Photo
⚔️ Nishon tumanida noqonuniy saqlanayotgan o‘q-dorilar aniqlandi
Respublika hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida joriy yilning 1-martidan 1-apreliga qadar o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining birinchi bosqichi doirasida navbatdagi qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yildi.
Xususan, Nishon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro Ш. O.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida xonadonning yordamchi xo‘jaligida 5 dona jangovar patronlar borligi aniqlandi.
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, ushbu o‘q-dorilar fuqaroning vafot etgan otasi Ш. E.dan qolgan bo‘lib, uzoq vaqtdan buyon noqonuniy ravishda saqlab kelingan. Mazkur ashyoviy dalillar mutaxassislar ishtirokida protsessual tartibda hujjatlashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
———
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.smartbase.myinspector
👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.smartbase.myinspector
👉 https://apps.apple.com/uz/app/mening-inspektorim/id6749475771
https://t.me/i_rasulova_0701 | https://qviib.uz/ | https://www.facebook.com/qashiib.matbuotxizmati/ | https://www.youtube.com/channel/UCd2bxikpjTVAng1XCrvQaiw?view_as=subscriber | https://www.instagram.com/rasulovaiib2025/|https://t.me/tv_qashiib
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
28 Mar 2026 08:13
📷 Photo
#rahbar_ayol #раҳбар_аёл
Podpolkovnik Abrayeva Nilufar Umarovna IIV Qorovul qoʻshinlari 7534-harbiy qism tibbiyot xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Davolash profilaktika muassasalari tibbiyot boʻlimi poliklinikasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
———
Подполковник Абраева Нилуфар Умаровна ИИВ Қоровул қўшинлари 7534-ҳарбий қисм тиббиёт хизмати бошлиғи лавозимига тайинланди.
Тайинловга қадар Қашқадарё вилояти Ички ишлар бошқармаси Даволаш профилактика муассасалари тиббиёт бўлими поликлиникаси бошлиғи лавозимида ишлаган.
https://gov.uz/iiv/ | https://t.me/iivuz | https://www.facebook.com/iiv.uz | https://www.instagram.com/iiv.uz/ | http://www.youtube.com/Ichkiishlarvazirligi | https://ok.ru/group/62330132299983 | https://t.me/iivuz_tv
#Bilasizmi
⚔️ Obodonlashtirish qoidalarini buzish, sanitariya va tozalik talablariga rioya qilmaslik ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi
Shaharlar va aholi punktlarida tozalikka rioya qilmaslik — ko‘cha-ko‘yda yoki saylgohlarda, maxsus qutilar bo‘lsada, duch kelgan joyga chiqindi tashlab ketyapsiz...
Shu yerda mulohaza qiling, axir bu insoniylik jihatidan to‘g‘ri ish emas. Qolaversa, bunday harakat O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 161-moddasiga asosan:
Obodonlashtirish qoidalarini buzish, sanitariya va tozalik talablariga rioya qilmaslik bo‘yicha fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi!
Esda tuting!
Tozalik — madaniyat belgisi!
Unutmang, bugungi kunda siz nazoratsiz deb o‘ylagan hududlarning deyarli barchasida nazorat kameralari o‘rnatilgan!
— — — https://t.me/tv_qashiibhttps://t.me/kiber_yordamchi_bothttps://t.me/i_rasulova_0701 | https://qviib.uz/ | https://www.facebook.com/qashiib.matbuotxizmati/ | https://www.youtube.com/channel/UCd2bxikpjTVAng1XCrvQaiw?view_as=subscriber | https://www.instagram.com/rasulovaiib2025/|https://t.me/tv_qashiib
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatov tomonidan Toshkent viloyatida jazoni ijro etish muassasalari faoliyati oʻrganilib, mahkumlarni tarbiyalash va kasbga yoʻnaltirishdagi islohotlar va natijalar tahlil qilindi
https://gov.uz/oz/iiv/news/view/145940
———
Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Азиз Ташпулатов томонидан Тошкент вилоятида жазони ижро этиш муассасалари фаолияти ўрганилиб, маҳкумларни тарбиялаш ва касбга йўналтиришдаги ислоҳотлар ва натижалар таҳлил қилинди
https://gov.uz/uz/iiv/news/view/145940
———
Министром внутренних дел генерал-лейтенантом Азизом Ташпулатовым изучена деятельность учреждений по исполнению наказания в Ташкентской области, а также проанализированы реформы и результаты в области воспитания и профессиональной ориентации осуждённых
https://gov.uz/ru/iiv/news/view/145940
https://gov.uz/iiv/ | https://t.me/iivuz | https://www.facebook.com/iiv.uz | https://www.instagram.com/iiv.uz/ | http://www.youtube.com/Ichkiishlarvazirligi | https://ok.ru/group/62330132299983 | https://t.me/iivuz_tv
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
26 Mar 2026 10:12
📷 Photo
Bugun, 26 mart
☁️ +29°...+18°, Bulutli
Hozir: ☁️ +19°, ↗️ 2.1 m/s
Tong: ☁️ +21°
Kun: ☁️ +28°
Oqshom: ☁️ +26°
Namlik: 22%
Shamol: Janubiy-janubi-g'arbiy, 6.3 m/s
Bosim: 755 mm sim. ust.
Oy: Birinchi chorak
Quyosh chiqishi: 06:31
Quyosh botishi: 18:53
957
0
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
26 Mar 2026 10:12
📷 Photo
EʼLON
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini samaradorligini oshirish maqsadida, joriy yilning 26-mart (payshanba) kuni soat 10.00 dan 16.00 gacha IIV qoshidagi “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasida Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Tergov departamenti rahbari, polkovnik Ramazon Ashropov tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun shaxsiy qabul oʻtkaziladi (Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy koʻchasi, 3 uy).
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlar aholisi uchun shu kuni soat 16.00 dan 22.00 ga qadar videokonferens aloqa tarzida qabul tashkil etiladi.
Joylardan ishtirok etish niyatidagi fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIBlarining studiyalaridan qatnashishlari mumkin.
Qabulda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari, ekspert-kriminalistika hamda huquqiy statistika sohalariga oid masalalar yuzasidan murojaatlar koʻrib chiqiladi.
———
ЭЪЛОН
Фуқароларнинг мурожаатлари билан ишлаш тизимини самарадорлигини ошириш мақсадида, жорий йилнинг 26 март (пайшанба) куни соат 10.00 дан 16.00 гача ИИВ қошидаги «ЖАР» спорт-соғломлаштириш мажмуасида Ички ишлар вазирининг ўринбосари - Тергов департаменти раҳбари, полковник Рамазон Ашропов томонидан Тошкент шаҳри ва Тошкент вилояти аҳолиси учун шахсий қабул ўтказилади (Манзил: Шайхонтоҳур тумани, Беруний кўчаси, 3 уй).
Қорақалпоғистон Республикаси ва бошқа вилоятлар аҳолиси учун шу куни соат 16.00 дан 22.00 га қадар видеоконференц алоқа тарзида қабул ташкил этилади.
Жойлардан иштирок этиш ниятидаги фуқаролар Қорақалпоғистон Республикаси ИИВ ва вилоятлар ИИБларининг студияларидан қатнашишлари мумкин.
Қабулда терговга қадар текширув, суриштирув ва дастлабки тергов ҳаракатлари, эксперт-криминалистика ҳамда ҳуқуқий статистика соҳаларига оид масалалар юзасидан мурожаатлар кўриб чиқилади.
———
ОБЪЯВЛЕНИЕ
В целях повышения эффективности системы работы с обращениями граждан 26 марта (в четверг) текущего года с 10:00 до 16:00 в спортивно-оздоровительном комплексе «ЖАР» при МВД состоится личный приём граждан города Ташкента и Ташкентской области заместителем министра внутренних дел — начальником Следственного департамента, полковником Рамазоном Ашроповым (адрес: Шайхантахурский район, улица Беруни, дом 3).
Для жителей Республики Каракалпакстан и других областей в этот же день с 16:00 до 22:00 будет организован приём в формате видеоконференцсвязи.
Граждане, желающие принять участие на местах, могут подключиться из студий МВД Республики Каракалпакстан и УВД областей.
В ходе приёма будут рассмотрены обращения по вопросам доследственной проверки, дознания и предварительного следствия, а также в сферах экспертно-криминалистической деятельности и правовой статистики.
https://gov.uz/iiv/ | https://t.me/iivuz | https://www.facebook.com/iiv.uz | https://www.instagram.com/iiv.uz/ | http://www.youtube.com/Ichkiishlarvazirligi | https://ok.ru/group/62330132299983 | https://t.me/iivuz_tv
🇺🇿 G‘uzor tumanida aholi murojaatlari va muammolar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
Bugungi kunda aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga bevosita joylarda yechim topish hamda xalq manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda, G‘uzor tumanining “Do‘ltali” mahallasida viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Rustamjon Do‘stmatov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qizg‘in ruhda o‘tgan muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tinglanib, ularning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbirda asosan tergov faoliyati va kundalik maishiy muammolar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilib, yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Shu bilan birga, uchrashuvda aholining huquqiy ongini oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yakunda mavjud muammolarni tizimli hal etish maqsadida “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish va tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish belgilab olindi.
———
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.smartbase.myinspector
👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.smartbase.myinspector
👉 https://apps.apple.com/uz/app/mening-inspektorim/id6749475771
https://t.me/i_rasulova_0701 | https://qviib.uz/ | https://www.facebook.com/qashiib.matbuotxizmati/ | https://www.youtube.com/channel/UCd2bxikpjTVAng1XCrvQaiw?view_as=subscriber | https://www.instagram.com/rasulovaiib2025/|https://t.me/tv_qashiib
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
24 Mar 2026 10:10
📷 Photo
Bugun, 24 mart
☁️ +25°...+14°, Bulutli
Hozir: ☀️ +15°, ↙️ 4.3 m/s
Tong: ☁️ +18°
Kun: ☁️ +24°
Oqshom: ☁️ +22°
Namlik: 32%
Shamol: Sharqiy, 4.4 m/s
Bosim: 762 mm sim. ust.
Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:34
Quyosh botishi: 18:51
1,060
0
Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
24 Mar 2026 10:10
📷 Photo
⚔️ Xavfsiz muhit va osoyishtalik yo‘lida: Nishon tumanida manzilli o‘rganishlar o‘tkazildi
Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi uchun xavfsiz muhit yaratish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada ichki ishlar organlari tomonidan joylarda manzilli o‘rganishlar va amaliy chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov tomonidan Nishon tumanida xizmat faoliyati va xavfsizlik choralarining samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar davomida tumanning “Kimyogar” mahallasida xonadonlarni qo‘riqlovga olish hamda hududni zamonaviy videokuzatuv kameralari bilan jihozlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, “Kaptarli” MFY hududida joylashgan bozorda ham o‘rganishlar o‘tkazilib, bozor hududidagi 2 ta obyekatda videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va ularni qo‘riqlovga olish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi. Tadbir davomida viloyat IIB boshlig‘i tomonidan tuman hokimi, tuman IIB boshlig‘i hamda tuman prokuroriga bozorlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va yo‘riqnomalar berildi. Bu kabi manzilli o‘rganishlar joylarda xavfsizlikni ta’minlash, aholi farovonligi va tinchligini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.