#qonunchilikdagi_yangiliklar
✔️ Endilikda 2026-yil 1-iyuldan 5 ta pozitsiyadagi tovarlar, jumladan, smartfon, noutbuk, planshet, kolonka, mikser, sharbat chiqargich, soch quritish uskunasi, elektr choynak, multipishirgichlar, dazmol va boshqa tovarlar bond omboridan tovarlarni sotish maxsus elektron savdo platformasi orqali
xarid qilinganda, 5 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi to‘lanadi.
✔️ Shuningdek, bond omboridan tovarlarni sotish maxsus elektron savdo platformasi orqali xarid qilingan 30 ta pozitsiyadagi tovarlar, jumladan, kiyim-kechaklar, poyabzal, soatlar, xotira qurilmalari, quvvatlagich, fonar, quloqchin, monitor va proyektorlar, videoo‘yin apparatlari kabi tovarlar uchun esa qo‘shilgan qiymat solig‘i va 3 foiz miqdorida bojxona boji to‘lanadi.
▶️ Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tgan xalqaro brend va O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro brend tovarlari reyestriga kiritilgan chet el tovarlarini bond omboriga joylashtirish va maxsus elektron savdo platformalari orqali realizatsiya qilish taqiqlanadi.
✔️ Boshqa tovarlar uchun esa amaldagi xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga olib kelinadigan tovarlarga nisbatan bojsiz olib kirishning belgilangan oyiga 200 AQSH dollari normasi saqlanib qoladi.