Koʻpchilik insonlar kelgan omadga rad javobini berib yuborishadi, chunki uning koʻrinish mehnat degan narsani eslatadi.
©Thomas Edison
Qoʻrqmasdan boshlash kerak,
Xatolar ish davomida tartibga solinadi.
©Hayotdan
Kimki ilm o'rgansa-yu, lekin unga amal qilmasa, u yer haydab lekin ekmagan odamga o'xshaydi.
©Sa’diy Sheroziy
Har qanday inson muvaffaqiyatga oʻzini majburlash orqaligina erishadi.
©Hayotdan
Pul sizga boshqa odamlar orqali keladi. Odamlar bilan mulogot qila olmaydiganlar kamdan-kam holda boyib ketadi.
Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati iste'dodga ega bo'lishdan ko'ra muhimroqdir!
©Jon Rokfeller
Qiziq statistika, agar siz biror-bir ishni qilishga qaror qilsangiz, ammo uni 72 soat ichida boshlamagan bo‘lsangiz, 85 foiz hollarda siz buni hech qachon qilmaysiz.
©Bodo Shefer
Farosat ko'rinmaydi
Lekin yo'qligi bilinadi!
©Hayotdan
Agar siz hozir o'tirib bilim olmasangiz, keyin yugurib ham oila boqa olmaysiz!
©Hayotdan
Insonni mansab buzmaydi, uni shu mansabni yo'qotib qo'yish qo'rquvi buzadi ..!
©Lev Tolstoy
Hayotda birinchi zarbadan saboq olmasangiz, ikkinchisiga loyiq bo'lasiz ...
©Hayotdan
Daromad kuchli bilim, katta tajriba va qattiq mehnat ortida yotadi.
©Kitobdan
Ota-ona farzandiga qilishi mumkin bo'lgan eng katta jabr bu, uni hashamatli hayotda o'stirishidir.
©Uinston Cherchil
Oʻziga boʻlgan ishonch shunday narsaki,
u sen gapirmasingdan oldin sen haqingda atrofdagilarga signal yuboradi.
©Hayotdan
"Insonni faqat sigaret va spirtli ichimliklar halok qilmaydi.
Insonni 12 soat ishlash, past maosh, kredit, ipoteka, qarz va shularning stressi ado qiladi."
©Hayotdan
Muvaffaqiyatli insonlarda doim shu ikkisi bor: tabassum va xotirjamlik. Muammolarni hal qilish uchun tabassum qil. Muammolarning oldini olish uchun xotirjam bo'l.
©Kitobdan
Pul topish bu harakat. Pulni saqlash bu xalq-atvor. Pulni ko'paytirish esa - bu bilim.
©B. Franklin
- Eng kuchli odam boʻlmoqchimisan? Allohga tavakkul qil!
- Eng boy odam bo'lmoqchimisan? Oʻzingni qo'lingdagi narsaga ishongandan ko'ra, Allohning qo'lidagi narsaga qattiqroq ishon!
- Odamlarni eng hurmatlisi bo'lishni istaysanmi? Allohga taqvo qil!
©Kitobdan
Aqliy mehnatga toqati yo'q xalq jismoniy mehnatga mahkumdir ...
©Islom Karimov
Agar boy bo'lishni istasang boy bo'lishni xohlaydigan emas seni boy bo'lishingni xohlaydigan ayolga uylan.
©Hayotdan
Pulni ota topsa, ovqatni ona pishirsa, dasturxonni qiz yoysa, nonni novvoydan o'g'il olib kelsa, shu oila huzur-halovatli oiladir ...
©Dr Ihsan Shenojak hafizahulloh
Eng katta zavq - bu boshqalar siz qila olmaysiz deb oʻylagan narsani qilishdir.
©Hayotdan
Hech qachon boshlash uchun erta yoki kech bo'lmaydi. Boshlashning ayni vaqti bu hozir.
©Brayan Treysi.
Bir insonni sabrini uzoq sinamang. Sabrning ham chegarasi bor. Oʻzingizni voz kechilmas deb oʻylamang. Uzoq sabr qilgan inson sabri tugasa, bir onda kechib ketadi.
©Hayotdan
Nafsni tarbiya qilmoq, dushman bilan urushmoqdan ancha qiyindir.
©Kitobdan
Hech kim sizdan aqlli emas, hech kim sizdan kuchli emas. Shunchaki ular ancha oldin boshlashgan.
©Brayan Treysi.
Inson o'zining eng buyuk imkonini eng chorasiz daqiqalarda topadi.
©Hayotdan
📍Ish yoki ishchi xodim topish:
https://t.me/beminnatvakant_ish va ta'limiy: kanalidan izlang!
🔎 Maklersiz kvartira yoki kvartirant toping:
https://t.me/Kvartira_uylar_Tashkent