https://telegra.ph/file/4c2bbe14ac9e357b1faa6.jpgOLTIN DAVR HAQIDA ERTAKLAR
⏳Har bir xalqning “milliy” tarixida “oltin davr” deb taʼriflanuvchi vaqt oraligʻi bor. Oltin davr konsepsiyasi muhim siyosiy va psixologik vazifani bajaradi, shu bois siyosiy va madaniy elita tomonidan qattiq qoʻllab-quvvatlanadi va zoʻr berib targʻib etiladi.
🇷🇺Oltin davrning oʻzi nima ekanligini bilib olaylik. Sodda qilib tushuntirganda, bu muayyan xalq va yoki davlat tarixining eng gullab-yashnagan pallasidir. Harqalay, rasmiy tarixchilik odamlarga shuni uqtirishga harakat qiladi. Masalan, tojiklarda Somoniylar davri, oʻzbeklarda Temuriylar davri, Ruslarda Pyotr I davri mana shunaqa davr hisoblanadi.
🔑Rasmiy tarixga oltin davr konseptini kiritishdan maqsad, avvalo, odamlarga “biz bir paytlar buyuk boʻlganmiz, dunyoni boshqarganmiz” degan messijni yetkazishdir. Bu millatni birlashtiruvchi umumiy tarixiy kapital va milliy iftixor tuygʻusini keltirib chiqarishi kerak. Jamiyat qoloq boʻlsa, oltin davr haqidagi ertaklar yanada kuchliroq psixologik taʼsirga ega boʻladi: bugungi kundagi qoloqlik, vayronalik va qashshoqlikni koʻrgan odamlar oʻtmishdan ovunchoq qidiradi, “qani endi u mard-u maydonlar?” deb oʻtmish nostalgiyasiga berilib ketadi (hatto bu oʻtmish toʻqib chiqarilgan boʻlsa ham), bugundan uzilib, tarix qaʼriga choʻmadi; baʼzan fanatizm shu darajaga yetadiki, buyuk oʻtmishni shubha ostiga olsang, seni sazoyi qilishga tayyor boʻlishadi.
🧿Aslida-chi? Akademik fan oltin davr konseptiga shunchaki siyosiy mazmunga ega mifologema sifatida qaraydi va uni jiddiy qabul qilmaydi. Akademik fanning postulatlari quyidagilar hisoblanadi:
📈- Insoniyat tinimsiz ravishda rivojlanib bormoqda; alohida davlatlar yoki mintaqalar miqyosida olib qarasa, tarix siklik borishi, tushish va koʻtarilishlar boʻlishi mumkin, lekin barcha mintaqalarning umumiy tarixini tahlil qilsak, umumiy hisobda oʻsish, taraqqiyot tinimsiz davom etmoqda;
📊- Insoniyatning adadi tinimsiz oʻsmoqda. Hech qachon odamlarning soni bugungidan koʻp boʻlmagan. Yaqinda bu koʻrsatkich yanada oʻsadi. Koʻp odam koʻp ishchi kuchi, koʻproq moddiy boylik, koʻproq yangi gʻoya, ko‘proq rivojlanish demakdir;
🧰 - Insoniyat tinimsiz ravishda moddiy boyligini oʻstirmoqda; tarixda hech qachon insoniyat, umumiy hisoblaganda, bugungichalik boy boʻlmagan. Bugun moddiy boyliklar har qachongidan koʻproq;
📚 - insoniyatning umumiy axloqiy qiyofasi va madaniyati tinimsiz ravishda oʻsib bormoqda. Albatta, hozir maʼnaviyatchilar yugurib kelib, qadimda odamlar axloqli boʻlganini, bugun buzilib ketganini uqtira boshlaydi, lekin oʻtmishda ham bunaqa maʼnaviyatchilar yetarli boʻlgan; innaykeyin, axloq deganda faqat ishton-toʻshak masalasi emas, insonlarning bir-biriga munosabati, samimiyati, hurmati, oʻzaro yordam, xayriya, tabiatni asrash, diniy bag'rikenglik, san‘atni sevish kabilar tushuniladi. Bu masalada insoniyat hech qachon hozirgidek faol va axloqli boʻlmagan;
💉- Insoniyatning sogʻligʻi tinimsiz ravishda yaxshilanib bormoqda, sanitariya va gigiyena masalalari yaxshilanib bormoqda, shu bois odamlarning soni qisqa muddatda nihoyatda katta oʻsishga erishdi. Oʻnta boladan bittasi tirik qolishi, odamlar shamollashdan qirq yoshida oʻlib ketishi, janglarda yoki ochlikdan halok boʻlishi qoida emas, istisnodir. Oʻtmishda esa bu odatiy hol boʻlgan. “Avvalgi odamlar sogʻlom boʻlgan”, deydiganlarga ishonmang, shunchaki oldin kasalliklarning koʻpini bilishmagan.
📞- Insoniyat texnik, madaniy, ilmiy, iqtisodiy jihatdan tinimsiz oʻsib, taraqqiy etib bormoqda. Hozirgi texnologiyalar ilgari boʻlmagan. Hozirgi biror oʻrtacha davlat qoʻshini ham bemalol Rim imperiyasi qoʻshinini magʻlub eta olardi;
🔭- Insoniyatning fikrlashi yaxshilanib bormoqda, kishilik jamiyatida mavjud fikrlar, gʻoyalar, ideologiyalar oʻsib, rivojlanib bormoqda. Bugungi siyosiy, falsafiy va axloqiy qarashlar ilgarigilaridan ancha yuksak va mukammaldir. Kelajakda balki undanam mukammalari paydo boʻlar.
🚀