🇺🇿 24-martdagi ish rejasiga muvofiq ISSV vaziri Laziz Kudratov sertifikatlashtirish, inspeksiya va texnik nazorat sohasida jahon yetakchisi hisoblangan TÜV NORD kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
✍️ TÜV NORD – mahsulotlar va menejment tizimlarining xalqaro standartlarga, jumladan, Yevropa Ittifoqi bozorlari talablariga muvofiqligini baholash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, sertifikatlashtirish hamda texnik nazoratga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro tashkilotdir.
🟠Muzokaralar davomida tomonlar muvofiqlikni baholash va sertifikatlashtirish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, shuningdek, mahalliy mahsulotlar sifatini oshirish hamda ularning xalqaro mezonlarga javob berishini ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.
🟠Davlat-xususiy sheriklik asosida TÜV NORD kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarga tayyorlash, xalqaro standartlarni joriy etish va sinov bazasini takomillashtirish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
🟠Uchrashuv yakunida mahalliy hamkorlar bilan birgalikda inspeksiyalar o‘tkazish va xalqaro sertifikatlar berish, kelgusida esa kompaniyaning mamlakatimizdagi rasmiy filialini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
——
🇺🇿 Рабочая программа главы МИПТ Лазиза Кудратова 24 марта продолжилась встречей с представителями TÜV NORD - международного лидера в области сертификации, инспекции и технического надзора.
✍️ TÜV NORD – международная организация, специализирующаяся на сертификации, инспекции и техническом надзоре, предоставляющая услуги в области оценки соответствия продукции и систем менеджмента в соответствии с международными стандартами, включая требования рынков ЕС.
🟠В ходе переговоров стороны обсудили перспективы расширения сотрудничества в сфере оценки соответствия, сертификации и технической инспекции, а также вопросы повышения качества отечественной продукции и её соответствия международным стандартам.
🟠Особое внимание было уделено возможному присутствию TÜV NORD в Узбекистане в рамках ГЧП и меры по подготовке отечественных производителей к выходу на зарубежные рынки, включая внедрение международных стандартов, совершенствование процессов сертификации и развитие испытательной базы.
🟠По итогам встречи достигнута договорённость о совместной деятельности с локальными партнёрами, включая проведение инспекций и выдачу международных сертификатов, с последующим переходом к открытию официального филиала компании в нашей стране.
——
🇺🇿 On March 24, the working program of the Minister of Investment, Industry, and Trade, Laziz Kudratov, continued with a meeting with representatives of TÜV NORD, a global leader in certification, inspection, and technical supervision.
✍️ TÜV NORD is an international organization specializing in certification and technical inspection. It provides conformity assessment services for products and management systems in accordance with international standards, including EU market requirements.
🟠During the negotiations, the parties discussed prospects for expanding cooperation in conformity assessment and technical inspection, as well as strategies to enhance the quality of domestic products to meet international benchmarks.
🟠Particular emphasis was placed on the potential presence of TÜV NORD in Uzbekistan through public-private partnerships (PPP) and measures to prepare domestic manufacturers for international markets by implementing global standards and developing testing infrastructure.
🟠Following the meeting, the parties agreed to initiate joint activities with local partners, including conducting inspections and issuing international certificates, with a long-term goal of establishing an official company branch in Uzbekistan.
◽️
https://www.facebook.com/miit.uz ◽️
https://www.instagram.com/mift.uz/ ◽️ https://www.linkedin.com/company/ministry-of-investments-industry-and-trade-of-the-republic-of-uzbekistan ◽️
https://x.com/MIIT_Uz