⚡️ 10 - SINF
"ADABIY OQIM ( IJODIY METOD)LAR MAVZULARI :
🍀 I. ROMANTIZIM
XVIII asr oxirida Yevropada Buyuk fransuz inqilobi bilan boshlangan oʻzgarishlar asosida yuzaga kelgan.
⭐️ XUSUSIYATLARI :
- inson shaxsi, kechinmalari, his-tuygʻulariga e‘tibor, uning erkini oliy qadriyat sifatida koʻrish;
- oʻtmishni ulugʻlash;
- tabiatni ulugʻlash va insonning tabiatga yaqinligini koʻrsatish;
- romantik asardagi qahramonning tuygʻulari kuchli inson sifatida gavdalanadi.
🌸 MISOLLARI :
1. Jorj Bayronning she‘ri :"ALVIDO, YOR!" (Angliya) (H. Olimjon tarjimasi);
2. Adam Mitskevichning she‘ri: "O, HAYOT UMMONI, DAHSHATSAN" (Polsha, Belorus) (Husniddin Sharipov tarjimasi ;
3. Mixail Lermentovning she‘ri: "KOʻRINADI YOLGʻIZ OQ YELKAN" (Rossiya) ( Sulaymon Rahmon tarjimasi)
4. Jakomo Leopardi (Italiya), Haynrix Hayne (Germaniya), Xose Esteban Echeverriia (Argentina), Viktor Gyugo (Fransiya) roman, va pyesalari, Vashington Irving (AQSh) novellalari.
🍀 II. REALIZM
XIX asrdagi siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy oʻzgarishlar asosida yuzaga keldi.
⭐️ XUSUSIYATLARI :
- yagi mavzular : davrni va undagi inson hayotini tushunish, tipik xarakterlarni tipik vaziyatlarda tasvirlash va tahlil qilishga urunish;
- yangi qarashlar : realistlarning qarashlarida hayot har doim ham goʻzal va baxtli kechmaydi ( bunday asarlar har doim baxtli yakun topmaydi) ;
- yangi tasvirlash usullari : realistik asarlarda DETALLAR muhim rol oʻynaydi.
🌸 MISOLLARI :
1. Lev Tolstoyning "Uch oʻlim" ( "Три метри" ) qissasidan parcha ( M Aliyev tarjimasi) ;
2. Charlz Dikkensning "Katta umidlar" romanidan parcha ( Shoazim Minovarov tarjimasi ) ;
3. Onore de Balzak va Emil Zolya (Fransiya), Uilyam Tekkerey (Angliya), Henrix Ibsen va Yunas Li (Norvegiya), Fyodor Dostoyevskiy, Lev Tolstoy va Anton Chexov, Mark Tven va Jek London (AQSH), Mersedes de Karbonera va Klorinda Matto de Terner (Lotin Amerikasi) kabi ijodkorlar.
4. "Tosh yoʻnuvchilar" Frasuz rassomi Gyustav Kurbe chizgan surat.
🍀 III. MODERNIZM
XX asrda yuz bergan I va II jahon urushi natijasida ilm -fan, texnikaning rivojlanib borishi ADABIYOT va SAN‘ATda oʻz aksini topib, turli xil oqimlarni birlashtirgan yangi yoʻnalish paydo boʻldi.
💥 MAQSADI :
O‘z muammolari bilan yogʻiz qolgan INSON ruhiy kechinmlarini ochib berishning YANGI YOʻLLARINI kashf qilish, aksar holatlarda MAVHUM TUSHUNCHAlarni KITOBXON tasavvurida shakllantirish.
⭐️ XUSUSIYATLARI :
- ispan faylasufi Xose Ortega-i -Gasset : "eskini toʻla-toʻkis rad qilish"asosida yangicha adabiyot yaratish;
- insonning ruhiy kechinmalarini, voqealarga munosabatini ShARTLI, SXEMATIK tarzda aks ettirish;
- bunday asarlarda real voqelik va xayolot olami qorishib, ongosti olamiga kirishga harakat qilinadi. Hayot, voqea- hodisalarning mohiyati RAMZ va shakllarda, ba‘zan ABSURD obrazlarda tasvirlanadi.
🌸 MISOLLARI :
1. Vladimir Maykovskiyning she‘ri (Husniddin Sharipov tarjimasi)
2. Feseriko Garsia Lorkaning she‘ri (Shavkat Rahmon tarjimasi )
3. Frans Kofkaning "Evrilish"hikoyasidan parcha ( Erkin Ernazarov tarjimasi)
4. Jeyms Joys (Irlandiyalik yozuvchi) ning "Uliss sarguzashtlari" romanidan parcha ( Ibrohim Gʻofurov tarjimasi)
5. Romen Rolla , Jon Golsuorsi, Frensis Skott Fitsjerald, Ernest Hemenguey kabi adiblar asarlari.
💥 XX ASR 30- YILLARIDAGI FASHIZM HARAKATLARI VA GʻOYALARIGA QARSHI HAM QUROL, HAM QALAM BILAN KURASHGANLAR :
- Pol Elyuar ( she‘ri : Tohir Qahhor tarjimasi), Antuan de Sent- Ekzyuperi, Ivan Kovachich, Kshishtof Bachinskiy, Yulius Fuchik kabi adabiyot vakillari.
🍀 IV. ANTI -- UTOPIYA yoki DISTOPIYA
Totalitar jamiyatning kuchayishi va insoniyat kelajagidan xavotirlar yangi janrning paydo boʻlishiga olib keldi.
⭐️ XUSIYATLARI :
- farovon tuyuladigan, aslida esa inson OʻZLIGIDAN mahrum qilinib,
ulkan mashinaning bir MURVATIga aylantirilgan qoʻrqinchli JAMIYAT tasvirlanadi.
🌸 MISOLLARI :
1. Yevgeniy Zamyatinning "Biz" romani ( Mushtariy Mamadaliyeva tarjimasi)
2. Oldos Xaksli "Ajib yangi dunyo" asari
3. Jorj Oruellning asarlari.