Voleybol bo'yicha ayollar terma jamoalari o'rtasida qizg'in bellashuv: g'olib jamoalar aniqlandi
"Yoshlik" sport maktabining sport zalida ayollar terma jamoalari o'rtasida shiddatli va tomoshabop bahslar bo'lib o'tdi. Har bir uchrashuv sportchilarning g'alabaga bo'lgan kuchli ishtiyoqi, murosasiz kurashlar va chiroyli o'yinlarga boy bo'ldi.
Quyida jamoalarning maydondagi qizg'in bellashuvlari natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
1-o'yin: Jizzax viloyatining "JDPU-Ziyokor" hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining "NDPI" jamoalari to'qnashuvi. Ushbu bahsda Jizzax viloyati sportchilari tashabbusni o'z qo'llariga olib, 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
2-o'yin: Buxoro viloyati ("BuxDU") va Namangan viloyati ("NamDU") terma jamoalari o'rtasidagi bahs haqiqiy asablar jangiga aylandi. Kuchsizlar bo'lmagan ushbu o'yinda Namangan viloyati vakillari 2:3 hisobida zafar quchishdi.
3-o'yin: Surxondaryo viloyati ("TerDPI") hamda Farg'ona viloyati ("To'maris") jamoalari o'rtasidagi bellashuv ham teng kurashlar ostida kechdi. Yakunda farg'onalik qizlar o'z irodalarini namoyish etib, 2:3 hisobida g'olib bo'lishdi.
4-o'yin: Surxondaryo viloyatining "Boysun" hamda Toshkent shahrining "U-18" terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda poytaxtlik yosh sportchilar o'zlarining ustunliklarini ko'rsata olishdi va 0:3 hisobida g'alabani tantana qilishdi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
https://bviib.uz/ https://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmatihttps://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw
3,480
0
0
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
28 Mar 2026 08:14
📷 Photo
Voleybol bo'yicha O'zbekiston chempionati: Erkaklar jamoalari o'rtasidagi navbatdagi kun natijalari
Buxoro shahrida 22-martdan 1-aprelgacha davom etadigan voleybol bo'yicha Oliy liga o'yinlari qizg'in pallaga kirdi. "BuxDU" hamda "Yoshlik" sport zallarida o'tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqa erkaklar terma jamoalari o'rtasida ajoyib va murosasiz uchrashuvlarga boy bo'ldi.
"BuxDU" sport zalida bo'lib o'tgan o'yinlar natijalari:
1-o'yin: Surxondaryo viloyatining "TerDU" hamda Farg'ona viloyatining "FarDU" jamoalari o'rtasidagi baxsda surxondaryoliklar o'z ustunligini ko'rsatib, 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
2-o'yin: Toshkent viloyati ("AGMK") va Qoraqalpog'iston Respublikasi ("QDU") sportchilari to'qnashuvida qoraqalpog'istonlik voleybolchilar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, 0:3 hisobida ishonchli zafar quchdi.
3-o'yin: Navoiy viloyatining "So'g'diyona-Konchi" terma jamoasi hamda Xorazm viloyati ("UrDU") o'rtasidagi o'yin navoiyliklarning to'liq ustunligi ostida o'tdi va ular 3:0 hisobida g'olib bo'lishdi.
4-o'yin: Maydon egalari bo'lmish Buxoro viloyati ("BuxDU") terma jamoasi Toshkent shahrining "Uztelekom" jamoasini qabul qildi va ajoyib o'yin ko'rsatib, 3:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
5-o'yin (2-davra uchrashuvi): Qoraqalpog'iston Respublikasi ("QDU") hamda Toshkent viloyati ("AGMK") jamoalari yana bir bor ro'baro' kelishdi. Bu safar ham qoraqalpog'istonlik sportchilar o'z mahoratlarini ishga solib, 3:0 hisobida g'oliblikni qo'ldan boy berishmadi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
https://bviib.uz/ https://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmatihttps://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
28 Mar 2026 08:14
📷 Photo
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi. Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev https://president.uz/oz/lists/view/9062
Shu bilan davlatimiz rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
—
Государственный визит Президента Таджикистана Эмомали Рахмона в Узбекистан завершился. В международном аэропорту Бухары высокого гостя https://president.uz/ru/lists/view/9062 Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев.
На этом глава нашего государства завершил поездку в Бухару и вернулся в Ташкент.
#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston
https://x.com/president_uz https://president.uz/ https://www.facebook.com/Mirziyoyev/https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xghttps://x.com/president_uz
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
26 Mar 2026 10:13
📷 Photo
BuxDU qizlari navbatdagi bahsga tayyor!
Sportning voleybol turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining I-tur bahslariga mezbonlik qilinmoqda. Musobaqaning birinchi davrasi doirasida BuxDU voleybolchi qizlar jamoasi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi.
BuxDU (Buxoro) - UrDU (Xorazm)
Sana: 26-mart 2026-yil
Vaqt: 12:00
Manzil: “Yoshlik” sport majmuasi, voleybol zali
Barcha sport ixlosmandlarini jamoalarni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
https://bviib.uz/ https://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmatihttps://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw
G'ijduvon tumani IIB boshlig'i boshchiligida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalarni mustahkamlash va aholi muammolarini joyiga chiqqan holda ijobiy hal etish maqsadida bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirildi
Tadbir davomida, tuman IIB rahbari tomonidan fuqarolar o'rtasidagi kelishmovchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, hududdagi boshqa nizoli oilalardagi holatlar ham o'rganilib, o'zaro tushunmovchiliklarga barham berish va oiladagi ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish yuzasidan zaruriy tushuntirish ishlari olib borildi.
Jinoyat sodir etishga moyilligi bo'lgan, "og'ir toifa"ga kiritilgan yoshlar bilan maxsus profilaktik suhbat o'tkazildi. Unda yoshlarni to'g'ri hayot tarziga qaytarish, ularning bandligini ta'minlash va kelgusida qonunbuzarliklarga yo'l qo'ymaslik bo'yicha muhim tavsiya hamda ko'rsatmalar berildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
https://bviib.uz/ https://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmatihttps://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
26 Mar 2026 10:13
🎥 Video
Voleybol bo'yicha erkaklar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining qizg'in bahslari davom etmoqda
Buxoro shahrida voleybol bo'yicha erkaklar o'rtasida O'zbekiston chempionati oliy ligasining 3-tur bellashuvlari ko'tarinki ruhda davom etmoqda. 22-mart kuni start olgan ushbu nufuzli musobaqa 1-aprelga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Musobaqaning 3-kuni, ya'ni 25-mart sanasida "BuxDU" sport zalida bo'lib o'tgan o'yinlar haqiqiy sportga xos shiddat va murosasiz kurashlarga boy bo'ldi. Quyida ushbu kundagi erkaklar o'rtasidagi uchrashuvlar natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
Toshkent viloyatining "AGMK" hamda Xorazm viloyatining "UrDU" jamoalari o'rtasidagi bahsda "AGMK" vakillari o'z ustunligini ko'rsatib, 3:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.
Farg'ona viloyatining "FarDU" jamoasi Navoiy viloyatining "Sug'diyona-Konchi" yigitlariga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli o'tgan bahsda navoiyliklar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 3:0 hisobida yirik g'alabani qo'lga kiritdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining "QDU" hamda Toshkent shahrining "Uztelekom" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda poytaxtliklar o'z mahoratlarini ko'rsatib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
Samarqand viloyatining "SamDPI" hamda Buxoro viloyatining "BuxDU" jamoalari o'yinida mezbonlar – buxorolik yigitlar juda faol va chiroyli o'yin namoyish etib, 3:0 hisobida g'olib bo'lishdi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
https://bviib.uz/ https://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmatihttps://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
26 Mar 2026 10:13
📷 Photo
Vobkent tuman IIB boshlig‘i tomonidan tumanning "Nayman" va "Xayrixush" mahallasida yashovchi fuqarolari bilan o'tkazilgan navbatdagi qabul fuqarolar bilan ochiq muloqot qilishning yorqin amaliy ifodasi bo'ldi
Ushbu jarayonda har bir masalaga inson taqdiri nuqtai nazaridan yondashilib, aholining qonuniy manfaatlarini ta'minlash va huquqlarini himoya qilish bosh maqsad qilib olindi.
Uchrashuvda mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, nuroniylar, ta’lim muassasalari vakillari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ta'kidlash o'rinliki, bunday muloqot uchrashuvlari aholi o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, jamoatchilik faolligini oshirish hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilish bilan birga odamlarni bezovta qilayotgan turli muammolarga qonuniy va tezkor yechim topish imkonini beradi.
Muloqotning e'tiborli tomoni shundaki, bildirilgan muammolarning aksariyati rahbariyatning aralashuvi bilan shu yerning o'zida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha o'rganish va huquqiy baho berish talab etiladigan murakkab holatlar yuzasidan tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etilgan bu kabi sayyor qabullar inson huquqlarini himoya qilishning amaliy namunasi hisoblanib, xalq hamda davlat idoralari o'rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
https://bviib.uz/ https://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmatihttps://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
24 Mar 2026 10:10
📷 Photo
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati: BuxDU jamoasi AGMK ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
Joriy yilning 22-mart kunidan 1-aprel kuniga qadar Buxoro viloyati sportning voleybol turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining III-tur bahslariga mezbonlik qilmoqda.
Bugun, 23-mart kuni Buxoro davlat universiteti voleybol sport zalida ushbu nufuzli musobaqaning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda BuxDU voleybolchi yigitlar jamoasi Toshkent shahrining AGMK jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Murosasiz va shiddatli kechgan bahsda BuxDU jamoasi yuqori mahorat, jamoaviy uyg‘unlik va kuchli iroda namoyish etib, raqibini 3:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi.
Uchrashuvni Buxoro davlat universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda ko‘plab talaba-yoshlar bevosita kuzatib, jamoamizni faol qo‘llab-quvvatladilar. Bu esa sportchilarga alohida ruh va motivatsiya bag‘ishladi.
Mazkur g‘alaba BuxDU jamoasining musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirokiga mustahkam zamin yaratdi.
BuxDU voleybolchi yigitlarini ushbu yorqin g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi uchrashuvlarda ham omad va zafarlar tilaymiz!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
https://bviib.uz/ https://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmatihttps://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
24 Mar 2026 10:10
📷 Photo
Voleybol bo'yicha O'zbekiston chempionati: Ayollar jamoalari o'rtasidagi murosasiz bahslar natijalari
Joriy yilning 22-mart kunidan 1-aprel kuniga qadar Buxoro viloyati mezbonlik qilayotgan sportning voleybol turi bo'yicha O'zbekiston chempionatining III-tur bahslari qizg'in davom etmoqda.
Erkaklar jamoalari qatorida xotin-qizlar o'rtasidagi uchrashuvlar ham katta qiziqishlarga sabab bo'lmoqda. Xususan, "Yoshlik" sport majmuasi zalida ayollar terma jamoalari o'rtasida shiddatli va qizg'in uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Maydonda har bir ochko uchun kurash olib borgan qizlarimiz jamoaviy uyg'unlik va kuchli iroda namoyish etishdi.
O'yinlar yakuniga ko'ra quyidagi natijalar qayd etildi:
Namangan viloyatining "NamDU" hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining "NDPI" terma jamoalari o'rtasidagi bahsda namanganlik qizlar o'zlarining yuqori tayyorgarligini ko'rsatib, 3:0 hisobida zafar quchishdi.
Xorazm viloyatining "UrDU" va Jizzax viloyatining "JDPU-Ziyokor" jamoalari o'rtasida kechgan qiziqarli o'yinda xorazmlik voleybolchilar raqiblarini 3:0 hisobida ishonchli tarzda mag'lub etishdi.
Andijon viloyatining "ADPI" jamoasi Surxondaryo viloyatining "TerDPI" terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, chiroyli o'yin namoyish etdi va uchrashuvni 3:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunladi.
Toshkent shahrining "U-18" hamda Farg'ona viloyatining "To'maris" jamoalari o'rtasidagi murosasiz uchrashuvda poytaxtlik yosh sportchilar chaqqonlik qilib, 3:0 hisobida g'oliblikni qo'lga kiritdilar.
Barcha g'olib jamoalarni ushbu yorqin natijalar bilan tabriklaymiz va chempionatning keyingi tur o'yinlarida ham omad va zafarlar tilab qolamiz!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
https://bviib.uz/ https://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmatihttps://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
24 Mar 2026 10:10
📷 Photo
📢 DIQQAT EʼLON!
Buxoro shahridagi ayrim koʻchalarda transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi
Buxoro shahar hokimining tegishli farmoyishiga asosan Buxoro shahrining "B. Naqshband" va "I. Karimov" koʻchalari (Vokzal chorraha) kesishgan qismidan "Nihol” aylanmasigacha bo'lgan hududda yo’lda taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan transport vositalarining harakati vaqtincha toʻxtatiladi!
Buxoro shahrining" Zulfiya" va "Hamza" ko'chalari bo'ylab harakatlanishni maslahat beramiz.
Bu borada, barcha haydovchilardan tartibga soluvchi xodimlarning ishoralari va yoʻl belgilari talablariga rioya qilishlarini soʻraymiz.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
https://bviib.uz/ https://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmatihttps://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
24 Mar 2026 10:10
📷 Photo
Munosib xizmat va fidoyilikka yuksak e'tibor: Buxoroda ichki ishlar xodimlari hamda faxriylariga xizmat uylari bepul mulk qilib berildi
So'nggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, ularning munosib sharoitlarda xizmat olib borishini ta'minlash hamda oilaviy farovonligini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Xalq tinchligi va jamiyat xavfsizligini ta'minlashdek mas'uliyatli vazifani sadoqat bilan bajarayotgan xodimlarni, shuningdek, el-yurt osoyishtaligi yo'lida ko'p yillik mehnatini singdirgan faxriylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, ayniqsa, soha vakillarini uy-joy bilan ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratilib, ularning ijtimoiy himoyasi mustahkam kafolatlanmoqda.
Ana shunday yuksak e'tibor va amaliy g'amxo'rlikning navbatdagi namunasi sifatida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ko'tarinki ruhda tadbir bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Anvarovich Tashpulatovning tegishli buyruqlari o'qib eshittirildi hamda tizimda samarali mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar va nafaqadagi faxriylarga tantanali ravishda topshirildi.
Vazirning tegishli buyrug'iga asosan, kalendar hisobda 20 yil va undan ko'p xizmat qilgan, avval uy-joy bilan ta'minlanmagan hamda xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishgan bir qator xodimlarga ehtirom ko'rsatildi. Turli rahbarlik lavozimlarida, shuningdek, patrul-post va boshqa xizmatlarda sadoqat bilan mehnat qilayotgan ofitser va serjantlarga o'zlari istiqomat qilib kelayotgan xonadonlardan “xizmat uyi” maqomi yechilib, ular bepul shaxsiy mulk etib rasmiylashtirib berildi.
Shuningdek, tadbirda soha faxriylarining ko'p yillik mehnati ham munosib qadrlandi. Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug'i o'qib eshittirildi. Unga ko'ra, ichki ishlar organlarida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan yoki xizmat davrida orttirilgan kasalligi oqibatida xizmatdan bo'shatilgan iste'fodagi xodimlarning ham yashab turgan uylaridan “xizmat uyi” maqomi yechildi. Turli yillarda tizimda samarali mehnat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan pensionerlarga bu uylar bepul shaxsiy mulk sifatida hadya qilindi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, davlat tomonidan ko'rsatilayotgan bunday ulkan e'tibor ko'p yillar davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va qonuniylikni mustahkamlashda jonbozlik ko'rsatgan fidoyilar uchun munosib rag'batdir. O'zining shaxsiy uy-joyiga va mustahkam ijtimoiy himoyasiga ega bo'lgan xodim ertangi kunga qat'iy ishonch bilan, bor kuch-g'ayratini jamiyat xavfsizligini ta'minlashga qaratadi. Bu kabi ezgu tashabbuslar xodimlar o'rtasida xizmat intizomini mustahkamlashga, ularning ma'naviy-ruhiy holatini ko'tarishga va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
https://bviib.uz/ https://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmatihttps://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw
Buxoro viloyati IIB rahbariyatining shaxsiy qabuli: 20 dan ortiq murojaatlarga huquqiy yechim topildi
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida o'tkazilgan navbatdagi qabul fuqarolar bilan ochiq muloqot qilishning yorqin amaliy ifodasi bo'ldi. Ushbu jarayonda har bir masalaga inson taqdiri nuqtai nazaridan yondashilib, aholining qonuniy manfaatlarini ta'minlash va huquqlarini himoya qilish bosh maqsad qilib olindi.
Samimiy ruhda kechgan tadbirda 20 dan ziyod fuqaroning murojaatlari batafsil eshitildi. Ushbu muloqot maydoni odamlarni bezovta qilayotgan turli muammolarga qonuniy va tezkor yechim topish imkonini berdi.
Qabulga kelganlarning aksariyati firibgarlik holatlaridan jabr ko'rgan va o'z mulkini qaytarishda amaliy yordam so'ragan fuqarolar bo'ldi. Bundan tashqari, tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov jarayonlarining xolisligini ta'minlash, oilaviy kelishmovchiliklar, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga oid e'tiroz va takliflar chuqur tahlil qilinib, qonuniy tushuntirishlar berildi.
Muloqotning e'tiborli tomoni shundaki, bildirilgan muammolarning aksariyati rahbariyatning aralashuvi bilan shu yerning o'zida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha o'rganish va huquqiy baho berish talab etiladigan murakkab holatlar yuzasidan tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etilgan bu kabi sayyor qabullar inson huquqlarini himoya qilishning amaliy namunasi hisoblanib, xalq hamda davlat idoralari o'rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
https://bviib.uz/|| https://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati|https://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/|https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw
Tanlov. “Ichki ishlar organlari media nigohida“ nomli respublika tanlovi eʼlon qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ishonchli himoya qilish borasida ichki ishlar organlarining boshqa huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikdagi faoliyatini keng targʻib etish hamda mamlakatmiz huquq tartibot organlaridagi islohotlar mohiyatidan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida “Ichki ishlar organlari media nigohida” nomli respublika tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi eshittirish”, “Eng yaxshi koʻrsatuv”, “Eng faol jurnalist”, “Eng faol bloger”, “Eng yaxshi musiqali klip”, “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi serial” nominatsiyalari boʻyicha oʻtkaziladi.
Ijodkorlar tomonidan joriy yil davomida ommaviy axborot vositalari, bosma nashrlar, tele- va radiokanallar hamda internetda eʼlon qilingan materiallar 2026-yilning
10-sentyabr kuniga qadar IIV Axborot xizmatiga biriktirilgan +998997978381 raqamiga Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali taqdim etishlari lozim.
Gʻolib va sovrindorlar diplom hamda 10 milliondan 100 million soʻmgacha boʻlgan pul mukofoti bilan “25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tadbirida taqdirlanadi. Ichki ishlar vazirligi barcha media ijodkorlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaydi.
———
Танлов. “Ички ишлар органлари медиа нигоҳида“ номли республика танлови эълон қилинади
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги юртимизда тинчлик-осойишталикни таъминлаш, маҳаллаларда хавфсиз муҳитни яратиш, жамоат тартибини сақлаш ва фуқаролар хавфсизлигини ишончли ҳимоя қилиш борасида ички ишлар органларининг бошқа ҳуқуқ тартибот идоралари билан ҳамкорликдаги фаолиятини кенг тарғиб этиш ҳамда мамлакатмиз ҳуқуқ тартибот органларидаги ислоҳотлар моҳиятидан жамоатчиликни хабардор қилиш мақсадида “Ички ишлар органлари медиа нигоҳида” номли республика танловини эълон қилади.
Танлов “Энг яхши мақола”, “Энг яхши эшиттириш”, “Энг яхши кўрсатув”, “Энг фаол журналист”, “Энг фаол блогер”, “Энг яхши мусиқали клип”, “Энг яхши фильм” ва “Энг яхши сериал” номинациялари бўйича ўтказилади.
Ижодкорлар томонидан жорий йил давомида оммавий ахборот воситалари, босма нашрлар, теле- ва радиоканаллар ҳамда интернетда эълон қилинган материаллар 2026 йилнинг
10 сентябрь кунига қадар ИИВ Ахборот хизматига бириктирилган +998997978381 рақамига Телеграм ижтимоий тармоғи орқали тақдим этишлари лозим.
Ғолиб ва совриндорлар диплом ҳамда 10 миллиондан 100 миллион сўмгача бўлган пул мукофоти билан “25 октябрь — Ички ишлар органлари ходимлари куни” муносабати билан ўтказиладиган байрам тадбирида тақдирланади. Ички ишлар вазирлиги барча медиа ижодкорларни ушбу танловда фаол иштирок этишга чорлайди.
https://gov.uz/iiv/ | https://t.me/iivuz | https://www.facebook.com/iiv.uz | https://www.instagram.com/iiv.uz/ | http://www.youtube.com/Ichkiishlarvazirligi | https://ok.ru/group/62330132299983 | https://t.me/iivuz_tv
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
23 Mar 2026 02:40
🎥 Video
Конкурс. Объявляется республиканский конкурс "Органы внутренних дел в фокусе медиа"
Министерство внутренних дел Республики Узбекистан объявляет республиканский конкурс "Органы внутренних дел в фокусе медиа" в целях широкого освещения совместной деятельности органов внутренних дел с другими правоохранительными ведомствами по обеспечению мира и спокойствия в нашей стране, созданию безопасной среды в махаллях, поддержанию общественного порядка и надежной защите безопасности граждан, а также информирования общественности о сути реформ в правоохранительных органах страны.
Конкурс проводится по номинациям: "Лучшая статья", "Лучшая радиопередача", "Лучшая телепередача", "Самый активный журналист", "Самый активный блогер", "Лучший музыкальный клип", "Лучший фильм" и "Лучший сериал".
Материалы, опубликованные творческими работниками в течение текущего года в средствах массовой информации, печатных изданиях, на теле- и радиоканалах, а также в интернете, необходимо представить до 10 сентября 2026 года в Telegram по номеру +998997978381, закрепленному за Пресс-службой МВД.
Победители и призеры будут награждены дипломами и денежными премиями в размере от 10 до 100 миллионов сумов на праздничном мероприятии, которое состоится по случаю "25 октября – Дня сотрудников органов внутренних дел". Министерство внутренних дел призывает всех медиа-специалистов и творческих деятелей принять активное участие в данном конкурсе.
https://gov.uz/iiv/ | https://t.me/iivuz | https://www.facebook.com/iiv.uz | https://www.instagram.com/iiv.uz/ | http://www.youtube.com/Ichkiishlarvazirligi | https://ok.ru/group/62330132299983 | https://t.me/iivuz_tv
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
22 Mar 2026 01:41
📷 Photo
SAYYOHLAR ZARINADAN MAMNUN
Buxoro shahrining tarixiy obidalarini tomosha qilib yurgan sayyohlardan biri tuyqusdan hushyor tortdi. Atrofga alang-jalang qarab, kimnidir izladi. So‘ng uyali telefoni orqali qo‘ng‘iroq qilib, xotinidan so‘radi:
– Onasi, qayerdasizlar? Tag‘in adashib qolmanglar.
– O‘zingiz qayerdasiz, qizingiz injiqlik qilmayaptimi? – so‘radi ayol ham.
– Qizim... U sen bilan emasmi?
– Nega men bilan bo‘larkan, o‘zingiz olib ketdingiz-ku...
– Nima-a-a?...
http://postda.uz/#/uz/news/4606
👉 https://t.me/postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
📢Diqqat, eʼlon!
Hurmatli, fuqarolar!
Joriy yilning 22-mart (yakshanba) kuni soat 10:00 dan boshlab Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunovning jismoniy va yuridik shaxslar hamda viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining sud-huquq hamda ichki ishlar organlarining kundalik xizmat faoliyati bilan bog‘liq masalalari yuzasidan shaxsiy qabuli o‘tkaziladi.
🏢Manzil: Buxoro viloyati IIB binosi
☎️Murojaat uchun tel: (65) 220-40-50
——————————————————
📢Диққат, эълон!
Ҳурматли, фуқаролар!
Жорий йилнинг 22 март (якшанба) куни соат 10:00 дан бошлаб Бухоро вилояти Ички ишлар бошқармаси бошлиғи полковник Икромжон Турсуновнинг жисмоний ва юридик шахслар ҳамда вилоят ички ишлар органлари ходимларининг суд-ҳуқуқ ҳамда ички ишлар органларининг кундалик хизмат фаолияти билан боғлиқ масалалари юзасидан шахсий қабули ўтказилади.
🏢Манзил: Бухоро вилояти ИИБ биноси
☎️Мурожаат учун тел: (65) 220-40-50
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati
🇺🇿 https://bviib.uz/ https://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmatihttps://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw