📍 Amudaryoda muhim seminar: inson huquqlari — taraqqiyot mezoni
Amudaryo tumani Madaniyat bo‘limida “Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining bosh mezonidir” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Mahalliy hokimiyat vakillik va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi Sharapat Otemisov, Vazirlar Kengashi vakili Nurbol Bazarbaev, shuningdek, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Sag'indik Turmanov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakili Javlon Kurbanbaev, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Fahriddin Yusupov ishtirok etdi.
👥 Seminar davomida tashkilotlar rahbarlari, “mahalla yettiligi” mas’ullari, ko‘cha boshchilari, nuroniylar va yoshlar ham faol qatnashib, inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
📊 Mutaxassislar tomonidan inson huquqlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlari, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
🌱 Ta’kidlanganidek, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash — jamiyat barqarorligi, adolat va taraqqiyotning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.
_______________________________
📍 Ámiwdáryada áhmiyetli seminar: insan huqıqları - rawajlanıw kriteriyası
Ámiwdárya rayonı Mádeniyat bóliminde "Insan huqıqları menen erkinliklerin támiyinlew - mámleketti sociallıq-ekonomikalıq rawajlandırıwdıń baslı ólshemi" atamasında seminar bolıp ótti.
Ilajda Ózbekstan Respublikası Oliy Majlisiniń Insan huqıqları boyınsha wákili (ombudsman) Feruza Eshmatova, Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń Jergilikli hákimiyat wákillik hám puqaralardıń ózin-ózi basqarıw uyımları jáne mámleketlik uyımlardıń ashıq-aydınlıǵın támiyinlew máseleleri komitetiniń baslıǵı Sharapat Otemisov, Ministrler Keńesiniń wákili Nurbol Bazarbaev, sonday-aq, Ózbekstan máhálleleri awqamı Qaraqalpaqstan Respublikası basqarmasınıń baslıǵı Saǵindik Turmanov hám Qaraqalpaqstan Respublikası Kámbaǵallıqtı qısqartıw hám bántlik ministrliginiń wákili Javlon Qurbanbaev, rayon hákiminiń birinshi orınbasarı Fahriddin Yusupov qatnastı.
👥 Seminar dawamında shólkemlerdiń basshıları, "máhálle jetiligi" juwapkerleri, kóshe basshıları, nuraniylar hám jaslar da belsene qatnasıp, insan huqıqların támiyinlew, puqaralardıń nızamlı máplerin qorǵaw, sociallıq ádillikti qarar taptırıw baǵdarındaǵı áhmiyetli máseleler dodalandı.
📊 Qánigeler tárepinen insan huqıqların qorǵawdıń zamanagóy mexanizmleri, xalıqtıń múrájatları menen islesiw sistemasın bunnan bılay da jetilistiriw, ásirese, sociallıq qorǵawǵa mútáj qatlamlardı qollap-quwatlaw boyınsha ámelge asırılıp atırǵan reformalar haqqında tolıq maǵlıwmatlar berildi.
Ilaj ashıqtan-ashıq sóylesiw túrinde ótip, qatnasıwshılar ózlerin qızıqtırǵan sorawlarǵa qánigelerden tolıq juwaplar aldı. Bildirilgen pikir-usınıslar tiykarında keleshekte ámelge asırılatuǵın wazıypalar belgilep alındı.
🌱 Atap ótilgenindey, insan huqıqları hám erkinliklerin támiyinlew - jámiyet turaqlılıǵı, ádillik hám rawajlanıwdıń eń áhmiyetli faktorlarınan biri bolıp esaplanadı.