🏦BRB Korporativ universiteti taqdimoti o'tkazildi
Ushbu loyiha tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ularning bilim va tajribasini oshirishga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etildi.
Korporativ universitet orqali bank xodimlari, tadbirkorlar, yoshlar, startaplar va ayol tadbirkorlar uchun amaliy ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Maqsadimiz: biznes rivoji uchun bilim, tajriba va ishonchli hamkorlik muhitini yaratish.
BRB — har qadamda yoningizda.
#suniyintellekt
Bank xodimlari sun’iy intellect bo‘yicha tajriba oshirmoqda
🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi S. Annaklichev tashabbusi bilan BRB-TECH tomonidan Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida bank xodimlarini sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv-treninglar tashkil etildi.
♻️Trening davomida quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi:
🔹 Prompt engineering asoslari va amaliy qo‘llash usullari;
🔹 Sun’iy intellekt texnologiyalaridan ish jarayonlarida to‘g‘ri va samarali foydalanish;
🔹 Smart Hudud — AI asosidagi tahliliy tizim imkoniyatlari.
❇️Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — innovatsion yechimlarni hududlarga keng joriy etish, ish samaradorligini oshirish va xodimlarning raqamli kompetensiyalarini yangi bosqichga olib chiqishdir.
https://brb.uz/ https://t.me/brb_press | https://www.facebook.com/share/1DnVrCc8ft/?mibextid=wwXIfr | https://www.instagram.com/brb_info?igsh=MzN0Zmt0aGFhMmRs | https://x.com/press16384?s=21 | https://www.youtube.com/channel/UCQFoLwHIQQbxf-eXDfRfTyg | https://t.me/brb_uzb |
#yoshlar_kuni #sport
💪 Yoshlar energiyasi — sport va birdamlikda
🚩“Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” yosh xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. Tadbir nafaqat jismoniy faollik, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash maydoniga aylandi.
🏓 Musobaqalarda stol tennisi, arqon tortish, armrestling va milliy o‘yinlar orqali yoshlar o‘z chaqqonligi, kuchi va jipsligini namoyish etdilar. Ayniqsa, qizlarning faolligi va shijoati barchaga alohida motivatsiya berdi.
🏆 Eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Eng muhimi — bu bellashuvlar yoshlar o‘rtasida do‘stlik, birdamlik va sog‘lom turmush tarzini yanada mustahkamladi.
👉 https://brb.uz/axborot-markazi/yoshlar-salomatlik-va-birdamlik-yolida-birlashdi
https://brb.uz/ | https://t.me/brb_press | https://www.facebook.com/profile.php?id=61555352247559&mibextid=kFxxJD | https://www.instagram.com/brb_info?igsh=MzN0Zmt0aGFhMmRs | https://www.youtube.com/channel/UCQFoLwHIQQbxf-eXDfRfTyg | https://t.me/brb_uzb |
🏃🏻➡️🏃🏻♀️➡️BRB Runners Bukhara Night Race’da natija va birdamlikni birga namoyish etdi
🇺🇿18-aprel kuni Buxoro shahrida o‘tkazilgan "Bukhara Night Race" yugurish musobaqasida "BRB Runners" jamoasining 23 nafar a’zosi faol ishtirok etdi. Ushbu nufuzli tadbirga dunyoning 23 davlatidan havaskor va professional yuguruvchilar tashrif buyurdi.
Ayniqsa, musobaqada bankning top menejerlari ham ishtirok etgani, ularning jamoaga bergan qo‘llab-quvvatlashi va sportga bo‘lgan ijobiy munosabati alohida e’tirofga loyiq. Bu nafaqat sport tadbiridagi ishtirok, balki jamoaviylik, hamjihatlik va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan umumiy qarashning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Tadbir davomida jamoamiz a’zolari orasida yorqin natijalar ham qayd etildi. Xususan, Chakana departamenti xodimasi Rufina Sharafutdinova 21 km masofada shaxsiy rekordini yangilab, ayollar o‘rtasida eng tez yugurgan Top-10 ishtirokchilar qatoridan joy oldi.
Shuningdek, jamoa sardori Husniddin Mirzajonov ushbu nufuzli tadbirda peyser sifatida tanlab olingani ham bankda sportni qo'llab-quvvatlanishining yorqin ifodasi bo'ldi.
Bu ishtirok yana bir bor "BRB Runners"ni bir maqsad atrofida birlashgan, bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan, birdam va kuchli jamoaligini ko'rsatdi.
🏦
DIQQAT, TANLOV!!!!
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Toshkent shahar Bank xizmatlari ofisi boshqaruvchisi lavozimiga tanlov e'lon qiladi:
🔹 https://tashkent.hh.uz/vacancy/131977062?hhtmFrom=employer_vacancies
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar http://hh.uz/ ish qidirish platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
📞 +998 78 150 93 39
https://t.me/HR_BRB_Recruit
2,030
HR Biznesni rivojlantirish banki
12 апр. 2026 г., 08:24
📷 Photo
🏦5-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro marafoni BRB Runners jamoasi uchun unutilmas sport bayramiga aylandi.
😎Musobaqada bankimizning 35 nafar xodimi faol ishtirok etdi. Ayniqsa, ular orasida BRB’ning TOP menejerlari ham borligi bu ishtirokning ahamiyatliligini ko‘rsatadi. Bu bankimizda sog‘lom turmush tarzi, jamoaviy ruh va shaxsiy namuna qadrlanishining yorqin ifodasidir.
Marafon doirasida bank xodimi Mirzajonov Husniddin hamda Mansurbek Tolibjonovlar alohida e’tirofga loyiq. Ular 42 km.lik masofaga 3 soat 45 daqiqa natijani ko‘zlagan yuguruvchilar uchun yo‘lboshchi (pacer; bayroqdor) sifatida qatnashib, nafaqat masofani ishonch bilan bosib o‘tdi, balki o‘zi bilan 12 nafar yuguruvchini ham marraga olib keldi.
🏃🏻➡️🏃🏻♀️➡️BRB Runners uchun bu ishtirok iroda, intizom, birdamlik va maqsad sari birgalikda harakat qilishning amaliy namoyishi bo‘ldi.
BRB Runners’ni ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz va yangi marralar sari omad tilaymiz!
🏦
3,170
HR Biznesni rivojlantirish banki
12 апр. 2026 г., 08:24
📷 Photo
DIQQAT, TANLOV!!!!
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Markaziy idora Raqamli biznes departamentiga tanlov e'lon qiladi:
🔹 https://tashkent.hh.uz/vacancy/131765628?hhtmFrom=employer_vacancies
🔹 https://tashkent.hh.uz/vacancy/131766911?hhtmFrom=employer_vacancies
🔹 https://tashkent.hh.uz/vacancy/131767892?hhtmFrom=employer_vacancies
🔹 https://tashkent.hh.uz/vacancy/131768513?hhtmFrom=employer_vacancies
🔹 https://tashkent.hh.uz/vacancy/131770219?hhtmFrom=employer_vacancies
🔹 https://tashkent.hh.uz/vacancy/131770566?hhtmFrom=employer_vacancies
🔹 https://tashkent.hh.uz/vacancy/131771070?hhtmFrom=employer_vacancies
🔹 https://tashkent.hh.uz/vacancy/131771289?hhtmFrom=employer_vacancies
🔹 https://tashkent.hh.uz/vacancy/131772564?hhtmFrom=employer_vacancies
🔹 https://tashkent.hh.uz/vacancy/131773105?hhtmFrom=employer_vacancies
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar http://hh.uz/ ish qidirish platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
📞 +998 78 150 93 39
🏦
🎓 🏦 TIFT talabalari bilan ochiq muloqot
Mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlar siyosati doirasida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangani yoshlar bilan ishlash tizimini yanada faollashtirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida https://t.me/tiftuz https://brb.uz/ rahbariyati ishtirokida talabalar bilan "Yoshlarni vatanparvar, professional, qadri va qiymati baland mutaxassis qilib tarbiyalash - bosh maqsadimiz" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Oybek Voxidov tomonidan talabalarga bank tizimidagi so‘nggi yangiliklar, moliya sohasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, bank tizimida faoliyat yuritish, amaliyot o‘tash va professional rivojlanish imkoniyatlari haqida qimmatli tavsiyalar oldilar.
🎓 https://www.instagram.com/tiftuz/ — yoshlar uchun imkoniyatlar maydoni
☎️ Aloqa markazi: +998712029229
📱 https://t.me/tiftyordamhttps://t.me/tiftuz | https://www.instagram.com/tiftuz/ | https://www.facebook.com/profile.php?id=100087763111227 | https://youtube.com/@tiftuz?si=SXccSRD0GK_7Q70k
HR Biznesni rivojlantirish banki
4 апр. 2026 г., 15:50
📷 Photo
#Yoshlar_kuni
💻 TATU talabalari uchun yangi imkoniyat — stajirovka va stipendiya
📝Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuv doirasida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki”da stajirovka o‘tashga qiziqish bildirgan 80 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar uchun Inson resurslarini boshqarish (HR) departamenti tomonidan tanlov jarayonlari tashkil etildi hamda dastlabki test sinovlari o‘tkazildi.
🎓 Shuningdek, Axborot texnologiyalari departamentining malakali mutaxassislari ishtirokida suhbat jarayonlari ham aynan shu yerning o‘zida o'tkazildi - bankda amaliyot o‘tash uchun eng munosib nomzodlar tanlab olindi. 💵 Tanlovdan o'tgan bitiruvchilarga stajirovka davomida bank tomonidan stipendiya to'lab boriladi.
📌 Ushbu tashabbus yoshlarning kasbiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy bank tizimi va raqamli yo‘nalishlarga jalb etish, shuningdek, bankning kelajakdagi malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.
https://brb.uz/ https://t.me/brb_press | https://www.facebook.com/share/1DnVrCc8ft/?mibextid=wwXIfr | https://www.instagram.com/brb_info?igsh=MzN0Zmt0aGFhMmRs | https://x.com/press16384?s=21 | https://www.youtube.com/channel/UCQFoLwHIQQbxf-eXDfRfTyg | https://t.me/brb_uzb |