🏢Совместный Белорусско-Узбекский межотраслевой институт прикладных технических квалификаций в городе Ташкенте
🌐 Официальный сайт - https://sbumiptk.uz
📞Телефон:
+998555111320 | +998555111321
📍Адрес: Ташкентская область, Кибрайский район, Кормурт-1
Follow @miptk_uz to stay updated with the latest 998555111321 and httpssbumiptkuz trends and news
Пока нет отзывов. Будьте первым, кто поделится своим опытом!
Последние посты
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
14 мая 2026 г., 22:17
📷 Photo
#Tayinlov
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Mirzaliyev Sanjar Mahamadjon o‘g‘li Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori etib tayinlandi.
Sanjar Mirzaliyev 1990-yil Andijon viloyatida tugʻilgan. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tamomlagan. Shuningdek, Erbana-Shempeyn Illinoys universitetida (UIUC, AQSH) magistratura bosqichida tahsil olgan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Mehnat faoliyati davomida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, “Oʼzagrotexsanoatholding” hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
249
12
0
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
14 мая 2026 г., 22:17
📷 Photo
#ochiqeshiklarkuni
💫Yoshlar kelajagi — zamonaviy kasb va xalqaro ta’lim bilan chambarchas bog‘liq
💫Yoshlar kelajagi — zamonaviy kasb va xalqaro ta’lim bilan chambarchas bog‘liq
Matbuot xizmati May 14, 2026
Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarga zamonaviy kasb-hunar o‘rgatish, ularni xalqaro standartlar asosida raqobatbardosh mutaxassis etib tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “yoshlarni kasbga yo‘naltirish, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirish” g‘oyasi bugun amaliy natijalarda o‘z aksini topmoqda.
Ana shunday zamonaviy ta’lim maskanlaridan biri — Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutidir
👉 https://telegra.ph/Yoshlar-kelajagi--zamonaviy-kasb-va-xalqaro-talim-bilan-chambarchas-bogliq-05-14
Institutning rasmiy sahifalari
🌐 http://sbumiptk.uz/ 📱 📱 https://www.facebook.com/search/top?q=сбумиптк 📱 https://www.instagram.com/sbumiptk_tashkent/ 📱 https://www.youtube.com/@sbumiptk_media
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
14 мая 2026 г., 22:17
📷 Photo
Toshkent shahridagi Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti Ma’naviyat bo’limi xodimlari hamda talaba-yoshlari joriy yilning 13-may kuni “Gʻalaba bogʻi hamda “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad: yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini yanada kuchaytirish, tarixiy xotiralarni e’zozlash va ajdodlarimizning mardlik va jasorat namunalarini o‘rganishdan iborat boʻldi.
Tashrif davomida talabalar muzeyda saqlanayotgan “Ikkinchi jahon urushi” davriga oid eksponatlar, fotolavhalar, tarixiy hujjatlar va harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular muzey xodimlari tomonidan tayyorlangan maʼlumotlarga katta qiziqish bilan quloq tutib, oʻzlarining savollariga batafsil javob oldilar.
Institutning rasmiy sahifalari
🌐 http://sbumiptk.uz/ 📱 📱 https://www.facebook.com/search/top?q=сбумиптк 📱 https://www.instagram.com/sbumiptk_tashkent/ 📱 https://www.youtube.com/@sbumiptk_media.
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
14 мая 2026 г., 22:17
📷 Photo
🏆 Xalqaro maydonda yana bir yirik muvaffaqiyat!
📝 Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti olimlari tomonidan xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy va innovatsion loyihalar yana bir bor yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Institutimiz olimlari Oxus universiteti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqqan:
🔹 “Türk Dünyası Ortak Turizm Güzergahlari va Dijital Deneyim Platformu”
(“Turkiy dunyo uchun yagona turistik yo‘nalishlar va raqamli tajriba platformasi”)
hamda
🔹 “Timurlu Sanat ve Mimari Mirası Dijital Arşivi va 3D Modelleme”
(“Temuriylar davri san’ati va me’moriy merosining raqamli arxivi hamda 3D modellashtirish loyihasi”)
loyihalari bilan 2026-yil 9–12-may kunlari o‘tkazilgan SOSYALFEST 2026 xalqaro festivalining final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Quvonarlisi, mazkur ikki loyiha ham “SOSYALFEST TURK DUNYOSI” xalqaro tanlovining ikki alohida yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli 1-o‘rin g‘olibi deb topildi.
Mazkur yutuq — ilm-fan, innovatsiya va xalqaro akademik hamkorlik samaradorligining yorqin ifodasidir. Shuningdek, u turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va texnologik integratsiya tobora mustahkamlanib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.
👏 Institut jamoasi nomidan loyiha mualliflari va g‘olib jamoani ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ularga kelgusi faoliyatida yangi zafarlar tilaymiz!
Institutning rasmiy sahifalari
🌐 http://sbumiptk.uz/ 📱 📱 https://www.facebook.com/search/top?q=сбумиптк 📱 https://www.instagram.com/sbumiptk_tashkent/ 📱 https://www.youtube.com/@sbumiptk_media
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
14 мая 2026 г., 22:17
📷 Photo
Joriy yilning 12-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari tashkil etildi. Mazkur musobaqaning stol tennisi yo‘nalishida institutimiz talabalari ham faol ishtirok etdilar.
Musobaqa jarayonida talabalarimizdan Umaraliyeva Durdona qizlar o‘rtasida yuqori natija ko‘rsatib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. Ushbu natija institutimiz sharafini munosib himoya qilgan holda, talabalarimizning sport sohasidagi salohiyati va tayyorgarligi yuqori darajada ekanligini yana bir bor namoyon etdi.
Mazkur musobaqada institutimiz talabalari tomonidan ko‘rsatilgan natijalar e’tirofga loyiq bo‘lib, kelgusida yanada yuqori yutuqlarga erishishlari uchun mustahkam zamin yaratadi.
Institutning rasmiy sahifalari
🌐 http://sbumiptk.uz/ 📱 📱 https://www.facebook.com/search/top?q=сбумиптк 📱 https://www.instagram.com/sbumiptk_tashkent/ 📱 https://www.youtube.com/@sbumiptk_media
2026-yil 3-aprel kuni Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Ishchi guruh a’zolari institut talabalari bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda yoshlarga qaror mazmuni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ahamiyati tushuntirildi.
Shuningdek, Ishchi guruh a’zolari tomonidan institutning o‘quv jarayoni hamda ichki tartib-intizom holati ko‘zdan kechirildi, mavjud sharoitlar va takliflar o‘rganildi.
Uchrashuv yakunida talaba-yoshlarga qonun buzilishlarining oldini olish, xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlashda ularning faol ishtiroki muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Institutning rasmiy sahifalari
🌐 http://sbumiptk.uz/ 📱 📱 https://www.facebook.com/search/top?q=сбумиптк 📱 https://www.instagram.com/sbumiptk_tashkent/ 📱 https://www.youtube.com/@sbumiptk_media
#Muhandislik_oyligi #TATU
Innovatsiyalar markazida — TATU va “Muhandislik oyligi”
Bugun, 1-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Muhandislik oyligi – 2026”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xorijiy mehmonlar, soha ekspertlari hamda iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.
Mazkur tashabbus Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlar siyosati, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir doirasida “Oliygoh kubogi” ixtirochilik tanlovining final bosqichlari o‘tkazilib, talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Unda sun’iy intellekt, robototexnika, dron texnologiyalari va kiberxavfsizlik yo‘nalishlaridagi ilg‘or loyihalar taqdim etildi.
Shuningdek, “Oliygoh kubogi” doirasidagi musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.
TATU bugun “Oliygohlar — startaplar generatori” tamoyili asosida yoshlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni real loyihalar va startap tashabbuslar orqali qo‘llab-quvvatlashda yetakchi platformalardan biriga aylanib bormoqda.
“Muhandislik oyligi” esa butun respublika bo‘ylab yoshlarning ilm-fan va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni kelajak muhandislari sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
✈️ https://t.me/tuituz_official
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
4 апр. 2026 г., 18:29
📷 Photo
#Muhandislik_oyligi #Kelajak_muhandislari
“Muhandislik oyligi – 2026” — innovatsiya, texnologiya va yoshlarni birlashtirgan manzil!
Bugundan start olgan “Muhandislik oyligi – 2026” yoshlarni ilm-fan va texnologiyalarga keng jalb etish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylandi.
Oylik doirasida o‘tkazilayotgan “Oliygoh kubogi” musobaqalari yuqori saviyada, keskin raqobat asnosida qizg'in kechmoqda.
Shuningdek, oliygohlarda:
🔹 innovatsion tanlov va xakatonlar;
🔹 muhandislik ishlanmalari ko‘rgazmalari;
🔹 startaplar taqdimotlari;
🔹 mahorat darslari;
🔹 xalqaro ekspertlar ishtirokidagi ochiq leksiyalar tashkil etildi.
Ushbu tadbirlar yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, ularning real loyihalar ustida ishlashiga keng imkoniyat yaratadi.
🚀 Ayniqsa, dron reysing va robototexnika musobaqalari o‘quvchi-yoshlarning texnik yo‘nalishlarga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirdi.
Eng qizg'in tadbir va bellashuvlar esa oldinda! Aprel oyi davomida 30 dan ortiq oliygohlarda robototexnika, dron texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, mashinasozlik kabi yo‘nalishlarda tanlov va musobaqalar tashkil etiladi.
👉 https://gov.uz/ru/edu/news/view/148559 https://gspi.uz/news/gulistonda-yoshlar-kuni-munosabati-bilan-rahbarlar-va-yoshlar-uchrashuvi-bolib-otdi https://gov.uz/en/edu/news/view/148559
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
1 апр. 2026 г., 01:52
📷 Photo
🔝 Startap g‘oyangiz bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? Unda ushbu onlayn seminar aynan siz uchun!
30-mart soat 20:00 da spiker – Azizbek Ilhomov bilan onlayn seminar bo‘lib o‘tadi. Unda startap loyihani birinchi qadamdan boshlab rivojlantirish bosqichlari tushuntiriladi.
Seminar davomida nimalarni bilib olasiz?
✅ Startap nima va uning an'anaviy biznesdan farqi;
✅ G‘oyani tekshirish va bozor talabini aniqlash usullari;
✅ Ilk MVP (minimal viable product) yaratish jarayoni;
✅ O‘zbekistondagi grantlar, akseleratorlar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
🗓 Sana: 30-mart
⏰ Vaqt: 20:00
📍Manzil: https://t.me/eduuz
💰Ishtirok etish: bepul
Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/innovation | https://instagram.com/innovation.gov.uz/ | https://facebook.com/innovation.gov.uz/ | https://www.youtube.com/@innovation.gov-uz | https://www.linkedin.com/in/innovatsion-rivojlanish-agentligi-9a6a37392/
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
1 апр. 2026 г., 01:52
📷 Photo
Institutda tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning I chorak hisobotlari tinglandi
Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning joriy yil I choragi bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Hisobotlar jarayonida ilmiy-tadqiqot ishlarining borishi, dissertatsiya mavzulari doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy faoliyatni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish hamda belgilangan rejalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Institutning rasmiy sahifalari
🌐 http://sbumiptk.uz/ 📱 📱 https://www.facebook.com/search/top?q=сбумиптк 📱 https://www.instagram.com/sbumiptk_tashkent/ 📱 https://www.youtube.com/@sbumiptk_media
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
1 апр. 2026 г., 01:52
📷 Photo
Назначен новый директор (с белорусской стороны) Совместного Белорусско-Узбекского межотраслевого института прикладных технических квалификаций в городе Ташкенте
Ходан Елена Петровна назначена директором Совместного Белорусско Узбекского межотраслевого института прикладных технических квалификаций в городе Ташкенте. Она является высококвалифицированным специалистом и опытным руководителем, обладающим значительным управленческим и педагогическим опытом, а также глубокими профессиональными знаниями в сфере подготовки инженерно-технических кадров.
Назначение Елены Ходан обусловлено необходимостью дальнейшего развития и укрепления белорусско-узбекского сотрудничества в области образования, науки и инноваций. В числе приоритетных направлений деятельности-повышение эффективности координации подготовки высококвалифицированных специалистов для отраслей экономики Республики Узбекистан на основе современных европейских образовательных
стандартов и программ, а также обеспечение устойчивого функционирования и поступательного развития Совместного института в соответствии с современными требованиями.
Следует отметить, что данное назначение является важным этапом в развитии Совместного института и направлено на обеспечение реализации приоритетных задач в сфере высшего технического образования, а также на дальнейшее повышение качества подготовки кадров и расширение международного академического сотрудничества.
Официальные страницы нашего института
🌐 http://sbumiptk.uz/ 📱 📱 https://www.facebook.com/search/top?q=сбумиптк 📱 https://www.instagram.com/sbumiptk_tashkent/ 📱 https://www.youtube.com/@sbumiptk_media
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
1 апр. 2026 г., 01:52
📷 Photo
В Новом Узбекистане — торжество Навруза
26 марта 2026 года в Совместном Белорусско-Узбекском межотраслевом институте прикладных технических квалификаций в городе Ташкенте состоялось масштабное торжественное мероприятие, посвящённое празднованию Навруза.
Целью данного мероприятия являлось популяризация национальных традиций и ценностей, укрепление межкультурных связей, а также развитие патриотических чувств среди студентов, преподавательского состава и гостей института.
Открыл мероприятие с поздравительной речью исполнительный директор института Азизбек Баходиров, подчеркнувший важность национальных праздников как носителей духовных ценностей и исторического наследия, а также их роль в формировании гражданской идентичности.
Поздравительные выступления прозвучали от первого секретаря посольства Республики Беларусь в Узбекистане Андрея Кухарчика и руководителя научной школы цифровизации экономики АПК при ТГАУ, академика Саидасрора Гулямова, что свидетельствует о межгосударственном значении праздника и демонстрирует развитие дружеских связей между Беларусью и Узбекистаном.
Культурная программа включала выступления ведущих артистов, среди которых заслуженный деятель Узбекистана, обладатель ордена «Дустлик» Аxрор Усмонов, а также известные исполнители Даврон Ахмедов и другие.
В ходе мероприятия были продемонстрированы живые исполнения национальных песен, сценические номера, а также творческие выступления студентов, что способствовало созданию торжественной и праздничной атмосферы.
Поддержка межкультурного диалога осуществлялась также через совместные номера, подготовленные при участии коллектива «Свитанак» — культурного центра Республики Беларусь, что наглядно свидетельствовало о дружеских связях и взаимном уважении двух народов.
Масштабные мероприятия включали экспозиции национальных блюд, демонстрацию традиционных обрядов и обычаев, а также презентации культурного наследия.
Данное мероприятие подтверждает значимость сохранения и развития национальных традиций, а также способствует укреплению межкультурных и межгосударственных связей, что является важной частью деятельности нашего института.
Официальные страницы нашего института
🌐 http://sbumiptk.uz/ 📱 📱 https://www.facebook.com/search/top?q=сбумиптк 📱 https://www.instagram.com/sbumiptk_tashkent/ 📱 https://www.youtube.com/@sbumiptk_media
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
30 мар. 2026 г., 06:28
📷 Photo
“Yangi O‘zbekistonda – Navro‘z shukuhi” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 26-mart kuni Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida “Yangi O‘zbekistonda – Navro‘z shukuhi” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni institut ijrochi direktori Azizbek Baxodirov ochib berib, Navro‘zning nurli shukuhi institut faoliyatida ham yangilanish, ijodkorlik va yuksak maqsadlar sari intilishni yanada kuchaytirilishini alohida ta’kidladi.
Tadbirda Belarus Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Andrey Kuxarchik hamda Iqtisodiyotni rivojlantirish ilmiy maktab rahbari, akademik Saidasror Gulyamovlar ham so‘zga chiqib tadbir ishtirokchilarini Navro‘z bayrami bilan tabrikladilar.
Bayram tadbirida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni sohibi Axror Usmonov, taniqli san’atkor Davron Ahmedov va boshqa xonandalar ishtirok etib, tadbirni yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishiga hissa qo‘shdilar. Ularning jonli ijrolari, dilga yaqin qo‘shiqlari va sahnadagi chiqishlari barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar bag‘ishladi hamda “Свитанак” Belarus madaniy markazi hodimlari bilan hamkorlikda ham ajoyib chiqishlar namoyish etilib bayramga yanada fayz va shukuh bag‘ishladilar.
Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda mehmonlar faol ishtirok etib, milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz va boy madaniy merosimiz keng targ‘ib qilindi. Bayram davomida milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda talabalarning ijodiy chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, tadbir doirasida milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, Navro‘zga xos urf-odatlar, qadriyatlar va an’analar yana bir bor namoyon etildi. Bayram yakunida ishtirokchilar bir-birlarini Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklar bildirdilar.
Institutning rasmiy sahifalari
🌐 http://sbumiptk.uz/ 📱 📱 https://www.facebook.com/search/top?q=сбумиптк 📱 https://www.instagram.com/sbumiptk_tashkent/ 📱 https://www.youtube.com/@sbumiptk_media
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
27 мар. 2026 г., 02:40
📷 Photo
Toshkent shahridagi Belarus – O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida “Sport kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Joriy yilning 25-mart kuni institutimizda haftaning har chorshanbasida o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy “Sport kuni” munosabati bilan keng ko‘lamli sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institutning barcha xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etishdi.
Dastlab tadbir institut hududida umumiy badan tarbiya mashqlari bilan boshlandi. Shundan so‘ng, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z jamoalari bilan bellashar ekan, sog‘lom raqobat, jipslik va sport ruhini namoyon etishdi.
Tadbir davomida sportning inson salomatligidagi ahamiyati, jismoniy faollikning mehnat samaradorligi va o‘quv jarayonidagi yutuqlarga ijobiy ta’siri borasida targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
Institut rahbariyati kelgusida ham sportga oid tadbirlarni muntazam ravishda davom ettirish, xodimlar va talabalar uchun qulay sharoitlar yaratishni maqsad qilganini bildiradi.
Institutning rasmiy sahifalari
🌐 http://sbumiptk.uz/ 📱 📱 https://www.facebook.com/search/top?q=сбумиптк 📱 https://www.instagram.com/sbumiptk_tashkent/ 📱 https://www.youtube.com/@sbumiptk_media