Nenhuma avaliação ainda. Seja o primeiro a compartilhar sua experiência!
Últimos Posts
Abduraxmanov Abdulaziz
15 de mai. de 2026, 08:28
🎥 Video
#OAV #AmirTemur690 #AmirTemurVorislari #TemuriylarAvlod
🟡Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari tomonidan Toshkent metropoliteni bilan hamkorlikda sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag’ishlangan noan’anaviy fleshmob OAV nigohida
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬 https://t.me/tdiu_official 📹 https://www.instagram.com/tdiu.yoshlar?igsh=MTF5ejJuZXE4dmhqZw==
221
3
0
Abduraxmanov Abdulaziz
15 de mai. de 2026, 08:28
🎥 Video
Talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim kelishuv imzolandi - https://uza.uz/oz/posts/talabalar-bandligini-taminlash-boyicha-muhim-kelishuv-imzolandi-video_835696
Kelishuv doirasida:
✔️Talabalar uchun maxsus ish o‘rinlari va stajirovkalar tashkil etiladi.
✔️Hamkorlik dasturlari orqali talabalar amaliy tajriba orttiradi va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
✔️Universitet va ish beruvchilar o‘rtasida uzviy aloqalar mustahkamlanadi, bu esa kelajakdagi professional imkoniyatlarni oshiradi.
Ushbu tashabbus yoshlar bandligini ta’minlashda yangi samarali platforma yaratib, talabalarning kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
⭐ https://abduraxmanovabdulaziz.taplink.ws/
2,430
11
Abduraxmanov Abdulaziz
15 de mai. de 2026, 08:28
📷 Photo
🌙 Hayit muborak, azizlar!
🌙Barchangizni Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
🌙Ushbu muborak kunda har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka, mehr-oqibat va quvonch tilayman. Tutgan ro‘zalarimiz, qilgan ibodatlarimiz ijobat bo‘lsin 🤲
⚡️Yurtimizda doimo tinchlik va farovonlik hukm sursin, har bir oilaga baxt va omad yor bo‘lsin.
Hurmat bilan,
Abduraxmanov Abdulaziz
https://abduraxmanovabdulaziz.taplink.ws/
624
11
Abduraxmanov Abdulaziz
15 de mai. de 2026, 08:28
📷 Photo
🤼♀️Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin!
🪁Yurtimizga bahor nafasi bilan kirib kelgan Navro‘z bayrami barchamizga qut-baraka, fayzu tarovat va yangi imkoniyatlar olib kelsin. Ushbu muborak ayyom qalblarimizni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik tuyg‘ulari bilan yanada boyitsin.
🌷Navro‘z – yangilanish, poklanish va ezgu niyatlar bayramidir. Shu ulug‘ kunda har bir xonadonga tinchlik, farovonlik va baraka tilayman. Yangi yil barchamiz uchun ulkan yutuqlar, mustahkam sog‘lik va yorqin kelajak sari yangi qadamlar davri bo‘lsin.
☀️Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklayman!
Hurmat bilan,
Abdulaziz Abduraxmonov
https://abduraxmanovabdulaziz.taplink.ws/
458
Abduraxmanov Abdulaziz
15 de mai. de 2026, 08:28
📷 Photo
🗣🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Yoshlar parlamenti ishtirokida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi.
😀Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda voyaga yetmaganlarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘ygan ota-onalar mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
➡️Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti mas’ul xodimlari ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish hamda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
✔️Muloqot davomida yoshlar bilan ochiq fikr almashinuvi olib borildi hamda jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash yo‘lida muhim masalalar muhokama qilindi.
⭐Rasmiy sahifalarim :
💬 📹 https://www.instagram.com/abdurakhmonov.abdulaziz?igsh=ZHd0dzNoZ215dDgy 🔹 https://www.linkedin.com/in/abdulaziz-abduraxmonov-3a925a369?utm_source=share&utm_campaign=share_via&utm_content=profile&utm_medium=ios_app
Abduraxmanov Abdulaziz
15 de mai. de 2026, 08:28
📷 Photo
🇺🇿 Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hamda harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi asosida to‘lov-kontrakt shaklida oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ajratish maqsadida test sinovlari tashkil etildi.
📌 Jarayon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan belgilangan tartib asosida shaffof va adolatli tarzda o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra eng munosib nomzodlar saralab olinadi.
✔️Mazkur tashabbus yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ta’lim olishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
⭐Rasmiy sahifalarim
💬 📹 https://www.instagram.com/abdurakhmonov.abdulaziz?igsh=ZHd0dzNoZ215dDgy 🔹 https://www.linkedin.com/in/abdulaziz-abduraxmonov-3a925a369?utm_source=share&utm_campaign=share_via&utm_content=profile&utm_medium=ios_app
388
Abduraxmanov Abdulaziz
15 de mai. de 2026, 08:28
📷 Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Yoshlar va parlament : talabalar Senat faoliyati bilan tanishdilar
📌Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularni davlat boshqaruvi tizimi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari bilan birgalikda Oliy Majlis Senati faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
➡️Bunday uchrashuvlar yosh avlodning siyosiy madaniyatini yuksaltirish, ularni mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
⭐Rasmiy sahifalarim
💬|📹 https://www.instagram.com/abdurakhmonov.abdulaziz?igsh=ZHd0dzNoZ215dDgy 🔹 https://www.linkedin.com/in/abdulaziz-abduraxmonov-3a925a369?utm_source=share&utm_campaign=share_via&utm_content=profile&utm_medium=ios_app
296
Abduraxmanov Abdulaziz
27 de mar. de 2026, 21:39
📷 Photo
🌸 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak!
Bahorning eng go‘zal va nurli ayyomi munosabati bilan barcha qadrli xotin-qizlarni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Sizlar jamiyatimizning mehr-muhabbat, go‘zallik va ilhom manbaisiz. Onalarimiz, opa-singillarimiz, ustozlarimiz hamda faol va tashabbuskor qizlarimizning hayotimizdagi o‘rni beqiyos.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, oilaviy farovonlik, ezgu orzularingizning ro‘yobini tilayman. Hayotingiz doimo quvonch va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin! 💐
✅Rasmiy sahifalarim😉
💬 | 📷 https://www.instagram.com/abdurakhmonov.abdulaziz?igsh=ZHd0dzNoZ215dDgy | 🔹 https://www.linkedin.com/in/abdulaziz-abduraxmonov-3a925a369?utm_source=share&utm_campaign=share_via&utm_content=profile&utm_medium=ios_app