Nenhuma avaliação ainda. Seja o primeiro a compartilhar sua experiência!
Últimos Posts
Saida Mirziyoyeva
28 de ago. de 2026, 16:59
🎥 Video
Pekin | 26.08.2026
—
Пекин | 26.08.2026
136,000
0
0
Saida Mirziyoyeva
28 de ago. de 2026, 16:59
📷 Photo
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devoni rahbari, Xitoy tashqi ishlar vaziri janob Van I bilan uchrashuvimiz samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilib, oldimizda keng imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda. Shu nuqtayi nazardan savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy aloqalar kabi ustuvor yo‘nalishlardagi munosabatlarimiz rivojini muhokama qilish alohida ahamiyat kasb etdi.
Suhbat chog‘ida global masalalar bo‘yicha umumiy qarashlarni shakllantirishga alohida to‘xtaldik.
Janob Van Iga iliq va mazmunli suhbat uchun minnatdorlik bildiraman.
—
В атмосфере открытости и дружелюбия прошла встреча с господином Ван И, министром иностранных дел Китая, членом Политического бюро ЦК КПК и руководителем Канцелярии Комиссии по иностранным делам ЦК КПК.
Стратегическое партнёрство между Узбекистаном и Китаем выходит на новый уровень и открывает новые горизонты. Тем важнее было обсудить ход развития отношений в ряде ключевых сфер: от торговли, экономики и инвестиций до культурных связей.
Отдельное внимание уделили выработке общих позиций по вопросам глобального характера.
Благодарю господина Ван И за искреннюю и содержательную беседу.
Saida Mirziyoyeva
28 de ago. de 2026, 16:59
📷 Photo
Pekin shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyida bo‘ldim. Mamlakatning bir asrlik taraqqiyot solnomasini avaylab saqlab kelayotgan mazkur majmua o‘zining salobati, ulug‘vorligi bilan kishida hayrat uyg‘otadi.
Muzey zallarida Xitoy qanchalik murakkab va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgani, shu davr ichida qanday ulkan o‘zgarishlarga erishganini chuqur his etasiz.
—
В Пекине посетила Музей истории Коммунистической партии Китая, который впечатляет своим масштабом и бережным хранением столетней истории развития страны.
В его стенах ощущаешь, какой непростой путь прошёл Китай и каких преобразований удалось достичь за это время.
31,800
Saida Mirziyoyeva
28 de ago. de 2026, 16:59
📷 Photo
Kuni kecha yurtimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev boshchiligidagi oliy martabali mehmonlarimizni va ularning oila a’zolarini katta ehtirom bilan kutib oldik.
Mamlakatlarimiz o‘zgacha birodarlik rishtalari bilan bog‘langan. Bu iliqlik nafaqat rasmiy aloqalarda, balki xalqlarimizning bir-biriga cheksiz mehr-oqibatida doim sezilib turadi. Tariximiz, madaniyatimiz va anʼanalarimizdagi mushtaraklik bugun infratuzilmadan to investitsiyalargacha — ko‘plab sohalardagi yangi qo‘shma loyihalar ko‘rinishida yanada boyimoqda.
Ushbu tashrif ko‘p qirrali aloqalarimiz tarixida yana bir muhim sahifani ochdi. Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi va nazarimda, ushbu hujjatning nomiyoq bugun O‘zbekiston hamda Ozarbayjonni bog‘lab turgan rishtalarning tub mohiyatini aniq ifodalaydi.
Ozarbayjonlik do‘stlarimizni O‘zbekistonda ko‘rishdan har doim xursandmiz. Hamisha bag‘rini ochib sizni qarshi oladigan diyorimizga xush kelibsiz, aziz qardoshlar!
—
В эти дни мы принимали в Узбекистане дорогих гостей из Азербайджана во главе с Президентом Ильхамом Алиевым и его семью.
Наши страны связывает особая дружба. Она чувствуется не только в отношениях между государствами, но и в том, как тепло относятся друг к другу наши народы. У нас много общего в истории, культуре, традициях, и сегодня к этому добавляются новые совместные проекты в самых разных сферах: от инфрастуктурных до инвестиционных.
Этот визит стал ещё одной важной страницей наших отношений. Подписан Договор о вечной дружбе, и мне кажется, само его название очень точно передаёт то, что сегодня связывает Узбекистан и Азербайджан.
Рады видеть наших азербайджанских друзей в Узбекистане. Добро пожаловать в страну, где вас всегда ждут.
Saida Mirziyoyeva
28 de ago. de 2026, 16:59
📷 Photo
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Samimiy ruhda kechgan suhbat chog‘ida davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlarni muhokama qildik. Parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Biz Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar ko‘p, asosiy vazifa esa — ularni izchil hayotga tatbiq etishdir.
Janob Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik izhor etaman.
—
Провели встречу с Чжао Лэцзи, членом Постоянного комитета Политбюро ЦК КПК, председателем Постоянного комитета Всекитайского собрания народных представителей.
В ходе искренней беседы обсудили отношения между Узбекистаном и Китаем, которые в последние годы постоянно укрепляются благодаря тесному диалогу лидеров наших стран. Выходит на новый уровень и межпарламентский диалог.
Ценим поддержку Китая и готовность вместе работать над конкретными проектами в области транспорта, торговли, образования и культуры. У наших стран много общих планов, и главное — последовательно их реализовывать.
Спасибо господину Чжао Лэцзи за открытый и содержательный разговор.
Saida Mirziyoyeva
11 de ago. de 2026, 13:04
🎥 Video
Toshkent | 30.07.2026
—
Ташкент | 30.07.2026
173,000
0
0
Saida Mirziyoyeva
11 de ago. de 2026, 13:04
🎥 Video
Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga nisbatan joriy yilning 28-iyunidan yanada keskin jazo choralari ko‘rishga oid qonunchilik normalari kuchga kirdi.
Endilikda bunday qilmishlar uchun ma’muriy jarimalar ikki baravar oshirildi. Bundan tashqari, huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu turdagi noqonuniy xatti-harakatlarni qilishda davom etgan shaxslar esa jinoiy javobgarlikka tortilib, ozodlikdan mahrum qilinishi nazarda tutilmoqda.
Bunday qonunlar aybdorlarni jazolash uchungina qabul qilinmaydi. Ular jamiyat qanday tartib va qadriyatlarni hamma uchun birdek majburiy deb hisoblashini ham namoyon etadi.
Barchamiz zo‘ravonlikka murosasiz munosabatda bo‘lsakkina, jamiyatimizda xavfsizlik hukm surishi mumkin. Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazoning kuchaytirilishi jamiyatda shu qonuniyatga bo‘ysunadigan sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Biz aynan shunday dunyoda yashashni va farzandlarimizni xuddi shu ruhda voyaga yetkazishni istaymiz. O‘zgalar hayotiga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bu borada asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida. Aynan ular ojizlarga ozor yetkazish mumkin emasligini, odam o‘z kuchini shafqatsizlik orqali namoyon etishi noto‘g‘ri ekanini farzandlariga o‘rgatadilar. Men ota-onalarni ushbu muhim haqiqatni doimo esda tutishga chaqiraman.
Videoda: Administratsiya “xodimlari” — Yalpiz va Darxon. Ularga mehrimiz bo‘lakcha.
—
С 28 июня этого года вступили в силу изменения в законодательстве, усиливающие ответственность за жестокое обращение с животными.
Теперь административные штрафы за такие действия увеличены в два раза. Кроме того, к правонарушителям может быть применён административный арест до 15 суток. В случае продолжения ими противоправных действий предусматривается уже уголовная ответственность вплоть до лишения свободы.
Подобные законы не только наказывают виновных. Они показывают, какие правила и ценности общество считает обязательными для всех.
Безопасность нашего общества напрямую зависит от нетерпимости к насилию. Ужесточение наказания за издевательства над животными помогает сформировать среду, где уважение к любой жизни — это абсолютная норма. Именно в таком мире хочется жить и растить своих детей.
А уважение к чужой жизни начинается с детства, и здесь главная роль принадлежит родителям. Именно они учат ребёнка тому, что слабого нельзя обижать, а силу нельзя доказывать жестокостью. Я призываю родителей никогда не забывать об этом.
На видео: наши «сотрудники» Администрации Ялпиз и Дархан. Мы их очень любим.
Saida Mirziyoyeva
11 de ago. de 2026, 13:04
📷 Photo
Bugun Pusan shahrida o‘tkazilayotgan YUNЕSKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida mamlakatimiz uchun juda muhim voqea ro‘y berdi.
Toshkentning modernizm me’morchiligi obyektlari ushbu tashkilotning nufuzli Xalqaro ro‘yxatiga rasman kiritildi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi 25 yilda O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan milliy nominatsiya ilk bor shunday yuksak maqomga sazovor bo‘ldi.
Bu faqatgina bir nechta binoning emas, zilziladan keyingi Toshkentning qayta bunyod etilishi bilan bog‘liq butun bir davrning e’tirofidir. O‘sha yillari poytaxtimiz zamonaviy arxitektura, Markaziy Osiyo an’analari va o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini mujassam etgan butkul yangi va betakror qiyofa kasb etgan.
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi g‘alabasi – boy me’moriy merosimizni asrab-avaylash, kelajak avlodga bezavol yetkazish yo‘lidagi yana bir muhim qadam xayrli va bardavom bo‘lsin!
—
Сегодня в Пусане на 48-й сессии Комитета всемирного наследия ЮНЕСКО произошло важное для нашей страны событие.
Объекты модернистской архитектуры Ташкента официально внесены в престижный международный Список этой организации. За последние 25 лет данная национальная номинация от Узбекистана стала первой, получившей столь высокий статус.
Это признание ценности не только отдельных зданий, а целой эпохи, когда после землетрясения был создан новый облик Ташкента, сумевший объединить современную архитектуру, традиции Центральной Азии и особенности нашего климата.
Это большая победа для Узбекистана и важный шаг к сохранению нашего архитектурного наследия для будущих поколений.
Saida Mirziyoyeva
11 de ago. de 2026, 13:04
📷 Photo
Aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmagan, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarur.
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilibdi.
Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti.
Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi. Qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshirish shart. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi.
—
Городские пространства, отведённые под нужды людей, должны служить только своему назначению, а не использоваться под строительство офисов или жилых домов.
К примеру, мы посетили махаллю «Лолазор» в Мирабадском районе столицы. Здесь варварски были уничтожены деревья, посаженные жителями, а на месте детской площадки планировалось построить бизнес-центр.
Ташкентцы справедливо возмущаются строительными работами, которые уничтожают их родные дворы, игровые и спортивные площадки.
Генеральная прокуратура проведёт инвентаризацию подобных объектов по всему Ташкенту. Важно проверить законность выданных разрешений на строительство, соблюдение градостроительных норм и прав жителей. И если выявятся нарушения, ответственные должны понести наказание, вплоть до лишения свободы.
Saida Mirziyoyeva
11 de ago. de 2026, 13:04
🎥 Video
Toshkent | 23.07.2026
—
Ташкент | 23.07.2026
82,700
0
0
Saida Mirziyoyeva
11 de ago. de 2026, 13:04
📷 Photo
2025-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 25-iyulni Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni deb eʼlon qildi.
Sud tizimi xodimlari har kuni insonlar dardi, fojiaviy taqdirlar va murakkab hayotiy vaziyatlarga duch keladilar. Sudyalar inson taqdirini hal qiluvchi qarorlar qabul qiladilar va bu bilan yuksak maʼnaviy masʼuliyatni oʻz zimmalariga oladilar.
Sud qarorlarining adolatli boʻlishi odil sudlovga xizmat qilayotganlarning jismoniy, ruhiy va emotsional holatiga bevosita bogʻliqdir. Shu bois, adolatli, mustaqil va samarali odil sudlovning zarur shartlaridan biri sudyalar va sud tizimi xodimlari haqida gʻamxoʻrlik qilishdir.
Yangi Oʻzbekistonda inson qadri va qonun ustuvorligi oliy qadriyat hisoblangan sud tizimini izchil barpo etmoqdamiz.
Barcha sudyalar va sud tizimi xodimlariga mustahkam sogʻliq, iroda va qatʼiyat, adolat prinsiplariga doimo sodiqlik va oqilona qarorlar hamroh boʻlishini tilayman.
—
В 2025 году Организация Объединённых Наций объявила 25 июля Международным днём благополучия судей и работников судебной системы.
Работники судебной системы ежедневно сталкиваются с человеческой болью, трагедиями и сложными жизненными обстоятельствами. Каждый день судьи принимают решения, от которых зависят судьбы людей, и несут за них высокую моральную ответственность.
Справедливость судебных решений напрямую зависит от физического, психологического и эмоционального благополучия тех, кто служит правосудию. Поэтому забота о судьях и работниках судебной системы является необходимым условием справедливого, независимого и эффективного правосудия.
В Новом Узбекистане мы последовательно строим судебную систему, в центре которой находятся достоинство человека и верховенство закона.
Желаю всем судьям и работникам судебной системы крепкого здоровья, душевной стойкости, мудрости и неизменной приверженности принципам справедливости.
Saida Mirziyoyeva
15 de mai. de 2026, 10:48
📷 Photo
61-Venetsiya biennalesi doirasida Palazzo Franchetti saroyida Vyacheslav Axunovning “Instruments of the Mind” (“Tafakkur vositalari”) nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etdim.
Axunov konseptual san’atning yetakchi namoyandalaridan biridir. Ushbu ko‘rgazma uning fikr va tasavvur ko‘lami naqadar keng ekanini yaqqol namoyon etadi. Loyiha rassom ijodining qariyb yarim asrlik davrini qamrab olgan bo‘lib, undan 1970-yillarga oid, shu paytga qadar namoyish etilmagan noyob asarlar ham o‘rin olgan.
Bu O‘zbekistonning badiiy salohiyati zamonaviy san’at vositasida jahon ahli bilan muloqot qilib, ko‘plab qalblarni zabt etayotganining yana bir yorqin isbotidir.
—
Посетила открытие персональной выставки Вячеслава Ахунова «Instruments of the Mind» («Инструменты разума») в Палаццо Франкетти, проходящей в рамках 61-й Венецианской биеннале.
Ахунов — одна из ключевых фигур концептуального искусства, и эта выставка очень точно передаёт масштаб его художественного мышления. Проект охватывает почти пять десятилетий творчества художника и включает ранее не экспонировавшиеся работы 1970-х годов.
Это ещё один яркий пример того, как художественный потенциал Узбекистана говорит с международной аудиторией на языке современного искусства и находит отклик во многих сердцах.
Saida Mirziyoyeva
15 de mai. de 2026, 10:48
🎥 Video
Venetsiya | may, 2026
—
Венеция | май, 2026
26,900
0
0
Saida Mirziyoyeva
15 de mai. de 2026, 10:48
📷 Photo
Bugun Buxoroda o‘z ishini boshlagan Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining anjuman ishtirokchilari — butun Osiyodan jam bo‘lgan yetakchi ayollarga: siyosatchi, tadbirkor, olima va ekspertlarga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdim.
Prezidentimiz murojaatida forum qatnashchilarining yuksak kasbiy mahorati, boy bilim va tajribasi nafaqat mintaqamizda, balki butun dunyoda xotin-qizlarning huquq hamda manfaatlari himoyasiga samarali xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
—
На открывшемся сегодня в Бухаре втором Азиатском форуме женщин я зачитала тёплое приветственное послание Президента Республики Узбекистан, обращённое к участникам — женщинам-лидерам со всей Азии: политикам, предпринимателям, учёным и экспертам.
Наш Президент особо отметил, что высокий профессионализм, богатые знания и опыт участниц форума служат эффективной защите прав и интересов женщин не только в нашем регионе, но и во всём мире.
33,400
Saida Mirziyoyeva
15 de mai. de 2026, 10:48
📷 Photo
Zamonaviy jahon san’atining eng nufuzli minbarlaridan biri bo‘lgan Venetsiya biennalesi joriy yilda “In Minor Keys” (“Minor ohanglarda”) shiori ostida o‘tkazilmoqda. Mavzu biz yashayotgan davr uchun juda aniq tanlangan, unda dunyoni anglash borasidagi nozik va murakkab qarashlar mujassam.
61-Venetsiya biennalesida O‘zbekistonning “The Aural Sea” milliy pavilyoni ochilish marosimida nutq so‘zladim. Bu men uchun o‘ta ahamiyatli chiqish bo‘ldi. Loyiha Orol dengizi mavzusiga bag‘ishlangan, biroq bunda u faqatgina ekologik fojia timsolida talqin qilinmagan. Ushbu ekspozitsiyada Orol bizning xotiralarimiz, afsona va rivoyatlarimiz hamda ijodiy izlanishlar makoni sifatida namoyon bo‘lgan.
Yana bir bor mamlakatimiz pavilyoni biennale ishtirokchilari va mehmonlarining katta qiziqishiga sazovor bo‘lib, madaniyatimiz bilan yaqindan tanishish va mintaqamizga sayohat qilish istagini uyg‘otdi.
—
Венецианская биеннале — одна из главных мировых площадок современного искусства — в этом году проходит под названием In Minor Keys («В минорных тонах»). Очень точная тема для времени, в котором мы живём: тонкие и сложные высказывания о способах понимания мира.
На инаугурационной церемонии Национального павильона Узбекистана «The Aural Sea» на 61-ой Венецианской биеннале выступила с речью. Для меня это был особенный момент. Проект обращается к теме Аральского моря, но говорит о ней не только как об экологической катастрофе. Арал — это место нашей памяти, мифотворчества и художественного исследования.
И в который раз павильон нашей страны вызвал огромный интерес у участников и гостей биеннале, желание познакомиться с нашей культурой и увидеть регион своими глазами.
Saida Mirziyoyeva
15 de mai. de 2026, 10:48
🎥 Video
Xotira va qadrlash kunida biz tariximizning eng fojiali va ayni paytda qahramonona sahifalaridan birini yodga olamiz.
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston o‘z o‘g‘lonlarini frontga yuborib, minglab evakuatsiya qilingan insonlarga boshpana berdi, front ortida fidokorona mehnat qilib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.
Bu kun — xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar xotirasi, shu bilan birga, mardlik, matonat, mehr-oqibat va yuksak qadriyatlarga sadoqat namunasini ko‘rsatgan avlodga chuqur ehtirom ifodasidir.
Yurtimizning tinchligi va osoyishtaligi bardavom bo‘lsin, har bir oilada farovonlik va ertangi kunga ishonch hukm sursin, farzandlarimiz urush nimaligini aslo bilmasin.
—
В День памяти и почестей мы вспоминаем одну из самых трагических и героических страниц нашей истории.
В годы Второй мировой войны Узбекистан отправил на фронт своих сыновей, стал домом для тысяч эвакуированных, самоотверженно трудился в тылу и приближал победу над фашизмом.
Это память о тяжёлых испытаниях, выпавших на долю нашего народа, и одновременно — дань глубокого уважения поколению, которое проявило мужество, стойкость, милосердие и верность высоким человеческим ценностям.
Пусть в нашей стране всегда царят мир и спокойствие, в каждой семье — благополучие и уверенность в завтрашнем дне. И пусть наши дети никогда не узнают, что такое война.
Saida Mirziyoyeva
5 de abr. de 2026, 12:47
🎥 Video
Navro‘z avloddan avlodga o‘tib kelayotgan, insonlar qalbiga nur, shodlik va yangilanish ruhini olib kiradigan qutlug‘ ayyomdir.
Bu bayram an’analarimizga hurmat, ona zaminga mehr, tinchlik, hamjihatlik va yaxshi qo‘shnichilik kabi azaliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi. Shu fayzli kunda barchamiz bir-birimizga quvonch, farovonlik va xotirjamlik tilaymiz.
Bahor xonadoningizga baxt-saodat, to‘kinlik va ijobiy o‘zgarishlar olib kelsin. Yaqinlaringiz doimo yoningizda bo‘lsin, qalbingiz umid, shukronalik va mehr-muhabbatga to‘lsin.
Barchangizga tinchlik, xayr-u baraka va farovon hayot tilayman!
—
Навруз из поколения в поколение несёт людям свет, радость и веру в обновление.
Он олицетворяет уважение к нашим традициям, любовь к земле, стремление к миру, согласию и добрососедству. И в этот день мы желаем друг другу радости, благополучия и душевного покоя.
Пусть весна принесёт в ваши дома счастье, достаток и добрые перемены. Пусть рядом всегда будут родные и близкие, а в сердце живут надежда, благодарность и любовь.
Мира, добра и процветания!
31,300
Saida Mirziyoyeva
5 de abr. de 2026, 12:47
🎥 Video
8-mart – ayollarning imkoniyati, qobiliyatlari haqidagi necha-necha asrlardan buyon yo‘qotib bo‘lmayotgan “bu ojizalarning o‘rni faqat oshxonada va ikkinchi darajali rollarda” degan qarashlardan, xato tasavvur hamda stereotiplardan voz kechish vaqti kelganini butun taraqqiyparvar dunyo baralla eslatadigan kundir.
Men mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida – IT va texnologiyalardan tortib, biznes va sportgacha, ayollarimiz yetakchiligi noyob istisno emas, balki odatiy holga aylanishini istardim.
Chunki bu – kuchli iqtisodiyot hamda o‘zaro hurmatga qurilgan mustahkam oilalar demakdir. Bu – insonning o‘ziga va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi. Bu – davlatimiz osoyishtaligi va qudrati.
Opa-singillarim, barchangizni bag‘rimga bosaman.
Bayramingiz muborak!
—
8 марта — день, когда весь прогрессивный мир громко напоминает, что в 21 веке пора перестать тянуть из глубины веков предрассудки и стереотипы о возможностях и способностях женщин, что их место только «на кухне и на вторых ролях».
Я хочу, чтобы в нашей стране женское лидерство в любых сферах нашей жизни: от IT и технологий до бизнеса и спорта, было нормой, а не уникальным исключением.
Потому что это — сильная экономика и крепкие семьи, основанные на уважении. Это уверенность в себе и завтрашнем дне. Это спокойствие и сила страны.
Обнимаю всех вас. С праздником!
Saida Mirziyoyeva
5 de abr. de 2026, 12:47
🎥 Video
Aziz do‘stlar!
Sizlarni muqaddas Ramazon hayiti bilan chin ko‘nglimdan qutlab, o‘zimning eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Parvardigor bu oydagi duolarimizni ijobat qilsin. Pok niyat va ochiq qalb bilan Unga yuzlanayotgan barcha mo‘min-musulmonlarning ezgu orzu-umidlari ro‘yobini bersin. Alloh Vatanimizni va xalqimizni panohida asrasin. Jonajon O‘zbekistonimizga o‘z marhamati va barakotini yog‘dirsin.
Yurtimiz va xonadonlarimizni totuvlik, fayzu baraka, mehr-oqibat hech qachon tark etmasin.
Kelasi Ramazon oylarini ham tinchlik va farovonlikda kutib olish barchamizga nasib etsin!
—
Дорогие друзья!
От всей души поздравляю вас с праздником Рамазан хайит и выражаю самые искренние пожелания.
Пусть примет Всевышний в этот месяц наши молитвы. Пусть будут услышаны сокровенные чаяния всех правоверных мусульман, обращающихся к Нему с чистыми помыслами и открытыми сердцами. Да хранит Он нашу Родину и наш народ. Пусть ниспошлёт родному Узбекистану свою милость и благодать.
Пусть не покидают нашу родную землю и наши дома мир, достаток, тепло и любовь.
Да будет всем нам суждено в мире и благополучии ещё много раз встретить месяц Рамазан!
27,700
Saida Mirziyoyeva
5 de abr. de 2026, 12:47
📷 Photo
Toshkentda 10-mart – Xalqaro ayol sudyalar kuniga bag‘ishlangan tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi tashkil etildi va men ushbu voqea munosabati bilan barchamizni samimiy qutlayman.
Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlik hamda tazyiqlardan himoya qilishga qaratilgan muhim farmon qabul qilindi. Bu – inson taqdirini barbod qilib, jinoyatini “an’ana” niqobi ostiga yashirishga, mavqei yoki mansabi bilan xaspo‘shlashga urinayotgan kimsalarga qarshi murosasiz qadamdir. Bu borada sudyalar hal qiluvchi o‘ringa ega: qonun shunday ishlashi kerakki, jinoyatchi uchun bahona ham, “tuynuk” ham qolmasin.
Bunga erishish uchun sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi va tergovga qadar tekshiruv organlari faoliyatining samaradorligi, mas’uliyati yanada oshiriladi hamda zo‘ravonlikning har qanday holatiga real huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Birinchi bor aynan ushbu xalqaro sana munosabati bilan ayol sudyalarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. Men buni qat’iyati va halolligi bilan odil sudlovni amalga oshirayotgan insonlarga bo‘lgan yuksak hurmat ifodasi, deb bilaman.
Zo‘ravonlik atrofdagilar sukuti va mazlumlarning qo‘rquvi ortiga aslo yashirina olmasligi kerak. Biz ana shunday muhitni barpo etishni maqsad qilganmiz.
—
В Ташкенте прошла торжественная встреча, посвящённая Международному дню женщин-судей, который отмечается 10 марта.
Впервые в истории страны создана Ассоциация женщин-судей Узбекистана, и я сердечно поздравляю всех нас с этим событием.
Президентом принят важный указ, направленный на защиту женщин и детей от насилия и принуждения. Это шаг против тех, кто разрушает судьбы и пытается прикрывать преступления «традициями», статусом или властью. И здесь роль судей ключевая: закон должен работать так, чтобы у преступников не оставалось ни оправданий, ни лазеек.
Именно поэтому будет усилена ответственность и эффективность судей, правоохранительных и доследственных органов; любые случаи насилия должны получать реальную правовую оценку.
На мероприятии женщины-судьи получили государственные награды. Это знак уважения к тем, кто вершит правосудие твёрдо и честно.
Мы хотим, чтобы насилие больше никогда не смогло прятаться за молчанием и страхом.
Saida Mirziyoyeva
5 de abr. de 2026, 12:47
🎥 Video
Toshkent | 05.03.2026
—
Ташкент | 05.03.2026
106,000
0
0
Saida Mirziyoyeva
5 de abr. de 2026, 12:47
📷 Photo
Prezidentimizning transport tizimini modernizatsiya qilishga oid qarorini hayotga tatbiq etish ishlari boshlandi. Buning uchun maxsus tuzilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazida kecha Toshkent shahridagi tirbandliklar va ekologiya masalalarini hal qilish, shuningdek, umuman, jamoat transporti nazorati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Berilgan hisobotlarga ko‘ra, bugun-erta “aqlli” svetoforlarni o‘rnatish, yo‘llarga standartlarga mos chiziqlar tortish hamda avtoturargohlarni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanadi.
Umid qilamanki, shahar hokimi boshchiligidagi jamoa qarorning ijrosini to‘laqonli ta’minlashga bor kuch va imkoniyatini qaratadi. Men buning bajarilishini shaxsan nazorat qilib boraman.
Poytaxt uchun o‘ta muhim, juda zarur bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirishda jamoaga muvaffaqiyat tilayman.
—
Началась практическая реализация постановления Президента по модернизации транспортной системы. Специально созданный для этого Центр организации дорожного движения вчера провёл презентацию по решению вопросов с пробками в Ташкенте, с экологией и как в целом будет организован контроль над общественным транспортом.
Мне доложили, что начинается большая работа по установке умных светофоров, нанесению грамотной разметки на дорогах и организации правильной работы парковок.
Надеюсь, что хоким города и его команда приложат все усилия для выполнения этого постановления в полном объёме. Я также буду контролировать ход исполнения этих задач.
Желаю команде успеха в этом очень важном и нужном для города проекте.