Gap bo'laklari. Ega
1.
Yam-yashil vohalarga,
Badiiy lavhalarga,
She'riy sarlavhalarga
Boy ekansan, Farg'ona.
Ushbu she'riy parchadagi egani toping.
A) yam-yashil vohalarga
B) Farg'ona
C) ega ifodalanmagan
D) boy
2. Tunning sokinligini chigirtkalarning chirillashi buzardi.
Berilgan gapda ega qaysi so'z turkumi bilan ifodalangan?
A) sifat
B) taqlid so'z
C) fe'l
D) ravish
3. Qaysi qatorda ega otlashgan yasama so'z bilan ifodalangan? (Savolning davomi rasmda ko'rinmagan)
4. Qaysi gapda bitishuvli so'z birikmasi tarkibidagi hokim so'z ega vazifasini bajargan?
A) Do'st siri o'z boshiga kulfat keltiradi.
B) Sabrsiz odam o'z so'zining asiridir.
C) Dardsiz yuraklarning sevinchlari yo'q d.
D) O'tirganlardan biri so'z ola chiqdi.
5. Qaysi gap tarkibidagi qo'shma sifat egaga bog'lanib kelgan?
A) Surnay aks eliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinsöz odam.
B) Milliy mafkuramizda millatlik umumbashariy g'oyalar bilan uyg'unlashib ketgan.
C) Baxtiyorning xushchaqchaq, xush tabiat do'stida har qanday kishining mehri tovlanadi.
D) Hukmronning va jigarning xushfe'lligi hech bir xil bo'la olmaydi.
6. Ega tarkibida quyidagi qo'shimchalardan qaysi biri bo'lmaydi?
A) ko'plik
B) egalik
C) so'z yasovchi
D) kelishik
7. Odobli va go'zal xulqli odamlar ko'payversa, xalqning do'stligi, ularning bir-biriga bo'lgan mehr-muhabbati boran sari rivoj topadi.
Ushbu gapdagi egalarni toping.
A) odamlar, xalqning
B) odamlar, do'stligi, mehr-muhabbati
C) odobli, go'zal, mehr-muhabbati
D) do'stligi, mehr-muhabbati, bir-biriga
8. Quyidagi qaysi maqolda yasama so'z bilan ifodalangan ega ishtirok etgan?
A) Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor.
B) Do'st achitib gapirar, dushman — kuldirib.
C) Bor maqtansa topilar, yo'q maqtansa chopilar.
D) Birlashgan daryo bo'lur, tarqalgan irmoq bo'lur.
9. Otamday aziz bo'l, onamday sevgin,
Men ham sevikman, o'ksik qizingman.
Bag'ringda ming yillik toshlar to'sig'in
Yorib chiqayotgan bir ildizingman!
She'riy parchada nechta gap tarkibida ega ishtirok etgan?
A) 4
B) 2
C) 3
D) 1
10. Fe'lning vazifa shakli ega vazifasida kelgan maqolni aniqlang.
A) Bilgan topib gapirar, bilmagan qopib.
B) Sinamagan otning sirtidan o'tma!
C) Aytilgan so'z — otilgan o'q.
D) Belga aytganning zahri yo'q.
11. Qaysi javobda keltirilgan maqolda ot turkumidagi so'z bilan ifodalangan ikkita ega mavjud?
A) Nomardga yolborma, Bir baloga chalinma.
B) Issiq kiyim tanni ittar, issiq so'z jonni ittar.
C) Aqsiz do'stiga kalar, Aqli do'stini suyar.
D) Qarindoshingni yomonlab, Qaydan tug'ishgan toparsang?
12. Turkiston o'lkamiz vodiylari, sahrolari keng, tog'lari buyuk, aholisi turk — o'zbekdur.
Ushbu gapdagi egalarni aniqlang.
A) o'lkamiz, tog'lari, aholisi
B) vodiylari, sahrolari, tog'lari, aholisi
C) vodiylari, sahrolari
D) vodiylari, sahrolari, tog'lari, turk
13. Qaysi gapda bo'lishsizlik olmoshi ega vazifasida kelgan?
A) U haqda hech qanaqa xat-xabar yo'q.
B) Hech narsa yeyishni xohlamayman.
C) Ustun bo'lgan emas dunyoga hech kim.
D) Haqing berma hech kimga.
14. Quyidagilardan har ikki qismida ham ega ishtirok etgan qo'shma gaplarni aniqlang.
Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o'shaniki bo'ladi; 2) Kimki mehnat qilsa, u muvaffaqiyatlarga erishadi; 3) Nimaki senga zarur keltirsa, o'sha narsani boshqalarga ham ravo ko'rma; 4) Qaysi narsaga o'z mehnating bilan erishsang, sen uchun qadrlidir.
A) 2, 4
B) 1, 2, 3, 4
C) 2, 3, 4
D) 1, 2
15. Insonning tarixini yaratuvchi va uni dunyoga keltiruvchi eng oliy xilqat ekanligi rad etib bo'lmas haqiqatdir.
Ushbu gapda ega qaysi gap bo'laklariga nisbatan hokim bo'lak hisoblanadi?
A) 1 o'rinda qaratqich, 3 o'rinda sifatlovchi aniqlovchiga nisbatan
B) 1 o'rinda qaratqich, 2 o'rinda sifatlovchi aniqlovchiga nisbatan
C) 1 o'rinda qaratqich, 1 o'rinda sifatlovchi aniqlovchiga nisbatan
D) 2 o'rinda sifatlovchi aniqlovchiga nisbatan