Bolalar yozuvchisi Madina Mo‘minova 2026-yil 13–16-aprel kunlari Bologna shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli Bologna Children’s Book Fair 2026 (📚 Bolonya bolalar kitoblari yarmarkasi) ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Mazkur ko‘rgazma bolalar va o‘smirlar adabiyotiga bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik xalqaro maydonlardan biri hisoblanadi. Bu yil tadbir 63-marotaba o‘tkazildi va 4 kun davom etdi.
Ko‘rgazmada 1500 dan ortiq kompaniya, 90 dan ziyod davlat vakillari hamda qariyb 30 000 ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida O‘zbekiston ham bo‘lib, unda o‘zbek mualliflari va illyustratorlarining kitoblari namoyish etildi.
O‘zbekistondan tashrif buyurgan vakillar orasida bizning eko-loyihamiz asoschisi Madina Muminovaning ishtiroki biz uchun katta sharaf bo‘ldi. O‘zbek illyustratori Nargis Karimova panel muhokamasida qatnashib, o‘zining “Toshkent” va “Oq terakmi, ko‘k terak” nomli kitoblarini taqdim etdi.
Ushbu ko‘rgazma bolalar kitoblari sohasidagi eng yirik global platforma bo‘lib, unda nashriyotlar, yozuvchilar, rassomlar, tarjimonlar va adabiy agentlar o‘zaro hamkorlik qiladi. Shuningdek, bu yerda kitoblarga bo‘lgan huquqlarni (rights) sotib olish va sotish bo‘yicha muhim kelishuvlar tuziladi.
______
Детская писательница Madina Mo‘minova принял участие в престижной выставке Bologna Children’s Book Fair 2026 (📚 Болонская ярмарка детской книги), которая проходила с 13 по 16 апреля 2026 года в городе Bologna, Italy.
Данная выставка является одной из крупнейших международных площадок в мире, посвящённых литературе для детей и подростков. В этом году мероприятие проводится в 63-й раз и длится 4 дня.
В выставке принимают участие более 1500 компаний, представители свыше 90 стран, а также около 30 000 участников, среди которых и Узбекистан, представивший на выставке книги узбекских авторов и иллюстраторов.
Среди представителей, прибывших из Узбекистана, присутствие основателя нашего эко-проекта Мадины Муминовой является для нас большой честью. Узбекский иллюстратор Наргис Каримова выступила на панельной дискуссии, представив свои книги "Toshkent" и "Oq terakmi, ko'k terak".
Эта выставка является крупнейшей глобальной платформой в сфере детской книги, где издательства, писатели, художники, переводчики и литературные агенты взаимодействуют друг с другом. Кроме того, здесь заключаются важные соглашения по покупке и продаже прав на книги (rights).
📱Telegram kanalimiz: