✨✨✨✨
📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida.
⏳ 10-17-MAY, 2026-yil
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://gov.uz/oz/uzedu 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
6,830
0
0
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
May 18, 2026, 08:20 AM
📷 Photo
🔴 “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi https://t.me/adliyangiliklari
🔹Joriy yilning 15–16-may kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” konvension markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔹Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 532-son qarori ijrosi doirasida Adliya vazirligi va Maktabgacha hamda maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
🔹Tanlovning respublika bosqichida hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 42 nafar huquq fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.
🔹Ishtirokchilar test sinovlari, huquqiy bilimlar bo‘yicha blits-savollar hamda taqdimot shartlari asosida o‘zaro bellashdilar.
🏆 “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari:
🥇 1-o‘rin — Qo‘chqorov Asliddin Imomovich
Navoiy viloyati Navoiy shahri 23-maktab
🥈 2-o‘rin — Sa’dullaeva Dilrabo Xayrullaevna
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 32-maktab
🥉 3-o‘rin — Xoliqov Hayotjon Rajabali o‘g‘li
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xususiy maktab
🏅 “Eng yaxshi notiq” nominatsiyasi g‘oliblari:
Tilovov Suhrob To‘lqin o‘g‘li Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 65-maktab
Xoshimova Muxfira G‘afurjon qizi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 1-maktab
🏅 “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyasi g‘oliblari:
Ochilov Tolib Ixtiyor o‘g‘li
Samarqand viloyati Ishtixon tumani 96-maktab
Yaxshimuratova Iroda Olimbayevna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani 40-maktab
🔹Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, 1-o‘rin uchun 30 million, 2-o‘rin uchun 20 million hamda 3-o‘rin uchun 10 million so‘m pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.
📌 Mazkur ko‘rik-tanlov huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
May 18, 2026, 08:20 AM
🎥 Video
#No_comment
✅ “Yangi O‘zbekiston — yangicha ta’lim” mavzusidagi Respublika seminari jarayonlaridan videolavha.
➖ Ma’lumot o‘rnida: tadbir 14-16-MAY kunlari Farg‘onada tashkil etildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
19,700
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
May 18, 2026, 08:20 AM
📷 Photo
#Фарғона
#Ҳайъат_йиғилиши
Farg’ona: vazir xorijiy mutaxassislar va “Kelajak” markazlari rahbarlari bilan uchrashdi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E’zoza Karimova Farg‘onada faoliyat yuritayotgan xorijiy mutaxassislar bilan muloqot qildi.
Unda xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish, xorijiy mutaxassislarni umumta’lim maktablariga jalb etish loyihasining natijalari haqida so‘z yuritildi.
⏰ Shuningdek, xorijiy tillar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi vazifalar
belgilab olindi.
Vazir “Kelajak”markazlari mas’ullari bilan ham uchrashdi.
🔰Unda yozgi ta’til davrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, o’quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni oromgohlar hamda to‘garaklarga jalb etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
➖ Ma’lumot o‘rnida: mazkur muloqot tadbirlari “Yangi O‘zbekiston — yangicha ta’lim” Respublika seminari tadbirlari doirasida bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating:
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 28, 2026, 09:06 AM
📷 Photo
📰📰📰📰📰📰📰
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Parij shahrida YUNESKO tashkiloti Bosh direktori Hoshim Al-Anani bilan uchrashdi.
Tadbir doirasida Toshkentda YUNESKO shafeligidagi II-toifali “Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
➖ Ushbu tashabbus 2025-yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan edi.
🔰 Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ilk bora tashkil etilayotgan ushbu markaz:
➖ maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlarni xalqaro tajriba va ekspertiza bilan qo‘llab-quvvatlaydi;
➖O‘zbekistonni erta yoshdagi ta’lim sohasida mintaqaviy “xab” sifatida shakllantiradi;
➖BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlaridan 4.2-maqsadi (barcha bolalar uchun sifatli erta rivojlanish va tayyorlov ta’limi) ijrosini jadallashtiradi.
🌐 Uchrashuv davomida Bosh direktor Hoshim Al-Anani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNESKO bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab, davlat rahbarining xalqaro ta’lim, madaniyat va fan sohasidagi tashabbuskorligini yuksak baholadi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://gov.uz/oz/uzedu 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 28, 2026, 09:06 AM
🎥 Video
#No_comment
✅ Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida o‘tkazilgan “Shaxmat festivali” musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📊 Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin – Toshkent shahar, Xalilov Said Djamshid o‘g‘li;
🥈 2-o‘rin – Samarqand viloyati, Tolibjonov Ibrohimjon Sanjar o‘g‘li;
🥉 3-o‘rin – Qashqadaryo viloyati, Rozikjonov Doniyorjon Dalerovich.
🏆 Qiz bolalar:
🥇 1-o‘rin – Qashqadaryo viloyati, Saidbaxromova Shukrona To‘lqinjon qizi;
🥈 2-o‘rin – Namangan viloyati, Baxtiyorova Soxiba Abdumalik qizi;
🥉 3-o‘rin – Farg‘ona viloyati, G‘ayratjonova Enaxon Sohibjon qizi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 28, 2026, 09:06 AM
🎥 Video
#Vazir_kubogi
#madaniy_tadbirlar
✅ “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi ishtirokchilari uchun turli madaniy va sayohat tadbirlari tashkil etilmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
7,460
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 28, 2026, 09:06 AM
📷 Photo
#Shaxmat_festivali
#Maktabgacha_taʼlim
✅Bugun Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida “Shaxmat festivali” musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📆Joriy yil fevral–mart oylarida musobaqaning MTT, tuman (shahar) va viloyat bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
✍️Musobaqada 5–7 yoshli tarbiyalanuvchilar yakka tartibda qatnashib, jami 28 nafar (14 nafar o‘g‘il va 14 nafar qiz) ishtirok etdi.
🏆 Yakunlarga ko‘ra, g‘oliblar vazirlik diplomlari bilan, qolgan ishtirokchilar esa faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun: Musobaqaning barcha bosqichlarida jami 31 398 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 28, 2026, 09:06 AM
📷 Photo
Andijonning Zamin Creative studiyasini Toshkentdagi Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Turon teatr festivalining g‘olibi bo‘lgani bilan tabriklaymiz. Boshqa maktab teatr jamoalari bilan bir qatorda tanlovda Qarshi, Toshkent, Nukus va Marg‘ilon shaharlarining ham Zamin Creative studiyalari ishtirok etdi.
Festivaldagi chiqish inklyuziv ijodiy studiya o‘quvchilari uchun o‘ziga xos yakuniy imtihon bo‘ldi, unda bolalar ta’lim davomida erishgan aktyorlik mahorati, plastika, sahnani his qila bilish tuyg’usi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Shuni ta’kidlash joizki, Fashion Design yo‘nalishi bo‘yicha studiyalarda tahsil olayotgan o‘quvchilar dekoratsiyalar va liboslarni tayyorlashda faol ishtirok etishdi.
Yosh aktyorlarga keyingi ijodlarida cheksiz ilhom tilab qolamiz!
—
Поздравляем Андижанскую студию Zamin Creative, которые стали победителями ежегодного театрального фестиваля Turon, который традиционно прошёл в Узбекском государственном музыкальном театре имени Мукими в Ташкенте. Наряду с другими школьными театральными коллективами в конкурсе приняли участие студии Zamin Creative из Карши, Ташкента, Нукуса и Маргилана.
Выступление на фестивале стало для учащихся инклюзивных творческих студий своеобразным выпускным экзаменом, где ребята продемонстрировали свои навыки актёрского мастерства, пластики, чувства пространства, приобретённые во время обучения. Стоит добавить, что в подготовке декораций и костюмов принимали активное участие и ребята, обучающиеся в студиях по направлению Fashion Design.
Желаем юным актёрам неиссякаемого вдохновения в дальнейших постановках!
#ZaminCreative
https://www.zaminfoundation.ngo/oz https://www.zaminfoundation.ngo/ru https://www.facebook.com/zaminfoundation https://www.zaminfoundation.ngo/en https://www.instagram.com/zaminfoundation/https://www.youtube.com/@zaminfoundation
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 26, 2026, 11:03 AM
🎥 Video
#Maktabgacha_taʼlim
#Kelajak_soati
✅Toshkent shahar, Mirobod tumani 506-sonli DMTTda “Milliy xalq o‘yinlari” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
🟢Dars davomida tarbiyachilar bolalarga milliy o‘yinlar tarixi va ularning foydali jihatlari haqida ma’lumot berdilar.
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
2,110
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 26, 2026, 11:03 AM
📷 Photo
📰📰📰📰📰📰📰
✅ YUNESKOning Bosh ofisida o‘tkazilayotgan “2026-yilgi Global Taʼlim Monitoringi (GEM)” tadbirlari doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida qator hamkorlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
➖ Xususan, YUNESKO Bosh direktorining ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari Stefania Jannini bilan Toshkentdagi II-toifali YUNESKO markazini amaliyotga joriy etish yo‘l xaritasi muhokama qilindi.
Unda ekspertlar missiyasini yuborish, hamkorlikda xalqaro konferensiya o‘tkazish va qo‘shma pilot loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritildi.
🔰Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vaziri Xuay Jinpin bilan maktablar o‘rtasida hamkorlik va o‘quvchilar almashinuvi, sun’iy intellekt bo‘yicha hamkorlik memorandumi, pedagog kadrlar tayyorlashda birgalikda ishlash masalalari muhokama qilindi.
📍 Turkmaniston ta’lim vaziri Jummamyrat Gurbangeldiyev
bilan bo‘lgan muloqot davomida ta’lim sohasida mintaqaviy hamkorlik, olimpiadalar yo‘nalishida tajriba va o‘quvchilar almashinuvi haqida so‘z bordi.
🌐Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Hasan Hasanli bilan maktabgacha ta’lim sohasida qo‘shma dasturlar, o‘qituvchilar almashinuvi, sun’iy intellekt va STEM yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Kelgusida ikki vazirliklar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha 2027 – 2030-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni imzolash bo‘yicha kelishib olindi.
⏰ Saudiya Arabistoni Rejalashtirish vaziri o‘rinbosari Saad bin Abdul G‘ani al-G‘amdiy bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasida tajriba almashishga yo‘naltirilgan qo‘shma dasturni ishga tushirish taklifi muhokama qilindi.
Mazkur taklif ijobiy qabul qilinib, kelgusida hamkorlikning aniq yo‘nalishlari va mexanizmlari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirilishga kelishib olindi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 26, 2026, 11:03 AM
🎥 Video
#Vazir_kubogi
#nokkoment
✅ O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi saralash bosqichi birinchi kun jarayonlaridan.
🌐 Bugungi musobaqa bahslarini http://youtube.com/live/neuJWiD_rQw?feature=share jonli tomosha qilishingiz mumkin.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
https://surxonedu.uz/uz.htmlBizni kuzating
❤ 🌐 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
5,540
0
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 26, 2026, 11:03 AM
📷 Photo
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan TELC va "ProfiDeutsch" ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan davom etmoqda/
➖ Mashg‘ulotlar amaliy mashg‘ulot tarzida o‘tkazildi, unda yurtimiz bo‘ylab saralab olingan 20 nafar nemis tili o‘qituvchilari qatnashmoqda.
🔰 Treninglarda ishtirokchilar dars uchun aniq o‘quv maqsadlarini shakllantirish hamda samarali dars muhitini rejalashtirish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.
🌐 Shuningdek, til o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, lug‘at va grammatikani real hayotiy kontekstda, kommunikativ usullar orqali o‘rgatish masalalari muhokama qilindi.
⏰ Ma'lumot o‘rnida: Treninglarning ikkinchi bosqichi joriy yilning 30-martidan 3-apreliga qadar onlayn shaklda Ruben Grieb tomonidan olib boriladi.
Unda ishtirokchilar nemis tilini o‘qitishda zamonaviy raqamli platformalar va virtual o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishadi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 26, 2026, 11:03 AM
📷 Photo
#Vazir_kubogi
#3_kun
✅ O‘zining qizg‘in pallasiga kirib borayotgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi saralash bosqichi bahslari davom etmoqda.
Bugun kunning ikkinchi yarmida jamoalar ishtirokida yana 4 ta futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Xususan:
➖ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani, 37-maktab — Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, 5-maktab — 0:4;
➖ Namangan viloyati, Namangan tumani, 30-maktab — Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, 74-maktab — 0:2;
➖ Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, 7-maktab — Xorazm viloyati, Xazorasp tumani, 39-maktab — 1:2;
➖ Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, 42-maktab — Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, 29-maktab — 1:0 natijalari qayd etildi.
👉 Ertaga — 26-mart kuni musobaqaning saralash bahslari doirasida yana 8 ta o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🌐 Musobaqa bahslarini https://www.youtube.com/live/GdinFGgGO98?si=FOWSgs7esETB2V4A jonli tomosha qilishingiz mumkin.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
https://surxonedu.uz/uz.htmlBizni kuzating
❤ 🌐 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 26, 2026, 11:03 AM
🎥 Video
O‘quvchi qizlar o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqasining respublika bosqichi boshlandi
Maktab o‘quvchi qizlari o‘rtasida futbol sport turini ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining hal qiluvchi bahslariga start berildi. Hozirda respublikamizning barcha hududlaridan saralangan jamoalar tasdiqlangan qur’a natijalariga ko‘ra o‘zaro uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.
✉️ https://t.me/Ezozagafurjanovna📱https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
#Maktabgacha_taʼlim
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi
✅Bugun Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institutida professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar ishtirokida “Bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
🫥Seminar-treningni oila va bolalar psixologi Shoira Isakova olib bordi.
🔴Seminar davomida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy va amaliy asoslari, zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash va oldini olish mexanizmlari, jabrlangan bolalarni psixologik qo‘llab-quvvatlash usullari hamda jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
➡️Seminar-trening ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 23, 2026, 04:23 PM
📷 Photo
Yashnobod va Yangihayot tumanlari hokimlari “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov Yashnobod tuman hokimi Baxtiyor Rahmonqulov va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogamovga Vazirlikning “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishonini topshirdi va ularni samimiy tabrikladi.
Tadbirda Toshkent shahar MMTB mas’ullari, faxriy ustozlar hamda deputatlar ham ishtirok etib, tizimda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘z yuritishdi.
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 23, 2026, 04:23 PM
🎥 Video
#Asosiy_olimpiada
⏰ Xabar berganimizdek, joriy yilning 23-29-MART kunlari Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichi bo‘lib o’tadi.
➖ Joriy yilda mazkur olimpiadaning final bosqichi fanlar kesimida 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
🔰Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar uchun Samarqand viloyati — Samarqand viloyati 59-sonli “Nurli maskan” IMI manzilida o‘tkaziladi.
👉 Manzillar va reja grafik bilan https://t.me/Fan_olimpiadalari_M orqali tanishishingiz mumkin.
___________
📍 Videolavhada: olimpiadaning Respublika bosqichi o‘tkaziladigan manzillardan biri — https://t.me/surxonvmmtb
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 23, 2026, 04:23 PM
📷 Photo
#Vazir_kubogi
🔴 Xabaringiz bor, ertadan boshlab o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi”ning Respublika bosqichi bahslariga start beriladi.
🔰 Ayni vaqtda hududlardan kelayotgan musobaqa ishtirokchilarini tantanali kutib olish tadbirlari bo‘lib https://www.facebook.com/share/v/1DCQ8jCaeQ/.
➖ Surxondaryo viloyati temir yo‘l vokzalida tashkil etilgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, vazirlik mas’ullari, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.
👉 Ma’lumot uchun: Musobaqaning asosiy bahslari ertaga boshlanadi hamda unda mamlakatimizning barcha hududlarida yetakchilikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘zaro kuch sinashadi.
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 23, 2026, 04:23 PM
📷 Photo
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, telc gGmbH hamda ProfiDeutsch nodavlat ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda nemis tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish treningiga start berildi.
📊 Loyiha doirasida respublika bo‘yicha saralab olingan 20 nafar nemis tili o‘qituvchilari pilot guruh sifatida intensiv o‘quv dasturida ishtirok etmoqda.
➖ Trening o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan, interaktiv, o‘yin elementlariga asoslangan hamda o‘quvchi markazli metodlardan foydalanish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.
🔰 O‘quv dasturi ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqich 2026-yil 23–29-mart kunlari Toshkent shahrida oflayn shaklda o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlar germaniyalik mutaxassis Dominik Gläsner tomonidan tashkil etiladi.
⏰ Ikkinchi bosqich esa joriy yilning 30-martidan 3-apreliga qadar onlayn shaklda Ruben Grieb tomonidan olib boriladi.
Unda ishtirokchilar nemis tilini o‘qitishda zamonaviy raqamli platformalar va virtual o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishadi.
🔴 Jarayonlar A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti binosida bo‘lib o‘tmoqda.
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 23, 2026, 04:23 PM
🎥 Video
🏆 “Vazir kubogi”ning respublika bosqichi sari yo‘l
⚽️ Qizlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha https://t.me/sirdaryommtbning respublika bosqichida ishtirok etish uchun Sirdaryo viloyati, Gulistondagi 5-sonli umumta’lim maktabi jamoasi Surxandaryo viloyatiga yo‘l oldi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
5,960
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 22, 2026, 02:33 AM
🎥 Video
#Vazir_kubogi
➖ Toshkent shahri jamoasi "Vazir kubogi"ning Respublika bosqichiga tayyor.
⏰ Eslatib o’tamiz, final bosqichi o‘yinlari joriy yilning 24-30-MART kunlari Surxondaryo viloyatida o‘tkaziladi.
📍 O‘quvchi qizlar o‘rtasida ilk bora tashkil etilayotgan mazkur musobaqaning Respublika bosqichida Toshkent shahridan Sergeli tumani 300-sonli maktab jamoasi ishtirok etadi.
https://t.me/Toshkent_shahar_MMTB
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Mar 22, 2026, 02:33 AM
📷 Photo
#Янги_таълим_муассасалари
#Bayram_shukuhi
✅Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab ko’plab yangi ta’lim muassasalari foydalanishga topshirildi.
📍 Xususan, https://t.me/FarVMMTB yangi zamonaviy binosining ochilish marosimi bo’lib o‘tdi.
➖ https://t.me/press_Namangan_MMTB “Soy bo‘yi” mahallasida 30-DMTT bolajonlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.
Ushbu zamonaviy muassasa 120 o’rinli bo‘lib, barcha qulayliklarga ega holda barpo etilgan.
🔰 https://t.me/toshkentvxtb umumta’lim maktabi uchun barpo etilgan qo‘shimcha o‘quv binosi ham tantanali ravishda ishga tushirildi.
📍 https://t.me/toshkentvxtb joylashgan 14- sonli umumta’lim maktabning zamonaviy ko’rinishdagi 540 o‘rinli yangi binosi bolajonlar uchun o’z eshiklarini ochdi.
➖ Mazkur yangi maktab binosi keng va yorug‘ sinfxonalar, zamonaviy jihozlangan fan kabinetlari, axborot texnologiyalari xonalari hamda o‘quvchilarning har tomonlama bilim olishi uchun barcha qulayliklar bilan ta’minlangan.
📍 https://t.me/toshkentvxtb ham 180 o‘rinli 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
⏰ Ochilish marosimida mas’ullar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
#Наврўз
#Maktabgacha_taʼlim
✅Toshkent shahar Shayxontohur tumani 71-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida milliy libos chellenji tashkil etildi.
✨Kichkintoylar milliy liboslarda o‘zbek an’analari va qadriyatlarini namoyon etdilar. Ularning chiqishlari barchada iliq taassurot qoldirdi.
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
#йўқлов_тадбири
✅ Ramazon hayiti ayyomi munosabati bilan sohada uzoq yillar mehnat qilgan hamda hozirda qarilik gashtini surayotgan bir guruh mehnat faxriylari holidan xabar olindi.
🔹 Maktabgacha va maktab vazirligi rahbariyati hamda vazirlikning masʼul xodimlari vazirlik markaziy apparatida ishlagan:
➖ Gulyamov Shuxrat Bakiyevich (1947-yilda tug‘ilgan);
➖ Jurayev Rixsiboy Xaydarovich (1946-yilda tugʻilgan);
➖ Yusupov Jamshid Karimovich (1939-yilda tugʻilgan);
➖ Sultanov Tolkin Axmedovich (1947-yilda tugʻilgan);
➖Tashmatov Abdurashid Badriddinovich (1943-yilda tugʻilgan);
➖ Goleva Galina Fyodorovna (1947-yilda tugʻilgan);
➖ Shafiyev Marat Shafiyevich (1940 yilda tugʻilgan)larning yashash xonadonlariga yoʻqlab borishdi hamda bayram bilan tabriklashdi.
👉 Samimiy ruhda oʻtkazilgan suhbat davomida faxriylarning kasb faoliyatiga doir xotiralari tinglandi hamda ularga bayram sovgʻalari topshirildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
Aziz vatandoshlar,
qadrli pedagoglar!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi barchangizni bugungi qutlugʻ ayyom — Muborak Ramazon hayiti bayrami
munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Xalqimizga xos boʻlgan insonparvarlik, mehr-oqibat, xayru saxovat va shukronalik timsoli boʻlgan ushbu ulugʻ ayyomda barcha yurtdoshlarimizning ezgu niyat va orzulari amalga oshishiga tilakdoshmiz.
Yurtimizdagi tinchlik va xotirjamlik, xonadonlarimizdagi osuda hayot va faravonlik bardavom boʻlsin. Bayramlar bayramlarga ulanib ketayotgan bugungi farahbaxsh kunlarda barchani oʻylagan niyatlariga yetishini tilaymiz.
Ramazon hayiti ayyomi barchamizga muborak boʻlsin!
Bizni kuzating
❤ 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/