Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi
Asosiy telegram kanal: @uza_uz
Sayt: www.uza.uz
•facebook.com/uzauz
•instagram.com/uza.uz
•twitter.com/uzauz
•lotin yozuvida: @uzauzlot
@uzauz is a dedicated channel for agentligining and berib with regular updates in Viral Videos
31,5 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari kontrabandasiga chek qo‘yildi
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan davlat chegarasini qo‘riqlash va uning daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida giyohvandlik vositalari kontrabandasi bilan bog‘liq holat aniqlandi.
Xususan, “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Farg‘ona tumani hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan qo‘shni respublikadan kontrabanda qilinib, qoldirib ketilgan 3 dona qopda umumiy qiymati 3 mlrd 297 mln so‘mni tashkil etuvchi 30660 dona “Regapen” va 925 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu noqonuniy yuklarning egalarini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖
3,070
0
0
UzA | Tezkor xabarlar
May 15, 2026, 03:52 AM
📷 Photo
Prezident tashabbusi bilan 100 nafar yurtdoshimizga bepul Haj yo‘llanmasi berildi
O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan, 100 nafar vatandoshimiz “Prezident hojisi” sifatida Haj safariga bepul yuborilmoqda.
Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmetbekovning so‘zlariga ko‘ra, bepul yo‘llanma taqdim etilganlar orasida turli soha vakillari bor.
Kanalga ulanish:
➖
3,100
0
UzA | Tezkor xabarlar
May 15, 2026, 03:52 AM
🎥 Video
🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️
Avtomashina g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi
Giyohvandlik vositalari kontrabandasiga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Farg‘ona viloyati Rishton tumani “Dehqonobod” mahallasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xususan, qo‘shni mamlakatdan kelgan “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasining g‘ildiraklari ichiga xufiyona tarzda yashirilgan narkotik moddalarni olayotgan vaqtlarida 1974 y.t. avtomashina haydovchisi hamda buyurtmachi hisoblangan Uchko‘prik tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs ushlandi.
Avtomashina g‘ildiraklari ichiga jami 3 kg 408 gr “opiy” va 16 kg 405 gr “gashish” moddalari yashirilganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga buyurtmachi shaxsning 1980 y.t. otasi ham aloqador ekanligi aniqlanib, u ham prosessual tartibda ushlandi. Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Kanalga ulanish:
➖
4,070
UzA | Tezkor xabarlar
May 15, 2026, 03:52 AM
📷 Photo
💼💼💼
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-86-son Farmoniga muvofiq, Abduqodirov Abdulla Mamasaatovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Kanalga ulanish:
➖
3,840
0
UzA | Tezkor xabarlar
May 15, 2026, 03:52 AM
📷 Photo
Osiyo xotin-qizlarining ikkinchi forumi ishtirokchilariga https://president.uz/oz/lists/view/9200
Kanalga ulanish:
➖
3,760
0
UzA | Tezkor xabarlar
May 15, 2026, 03:52 AM
📷 Photo
"Kadishev" bozoridagi buzilishlar haqidagi xabarlar rad etildi
Xalq tilida Kadishev bozori deb ataladigan “Aviasozlar” bozori faoliyati odatdagi tartibda davom etmoqda. Savdo rastalari va doʻkonlarning buzilishi haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bozorga tutash hududda uzoq yillardan beri tartibsiz tashkil etilgan noqonuniy savdo nuqtalarini tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. Ayrim fuqarolar meva-sabzavot, goʻsht va kalla-pocha mahsulotlarini ruxsatsiz hamda sanitariya talablariga zid ravishda sotgan.
Shuningdek, tartibsiz savdo piyodalar va transport harakatiga xalaqit berib, tirbandlik va noqulayliklarni yuzaga keltirayotgani qayd etildi.
Hokimlikka koʻra, hududda savdo qilgan fuqarolarga bozor ichidan qonuniy va maxsus ajratilgan joylar taklif etilmoqda. Kelgusida hudud obodonlashtirilib, koʻkalamzorlashtiriladi hamda avtoturargoh tashkil etiladi.
Kanalga ulanish:
➖
4,580
UzA | Tezkor xabarlar
May 15, 2026, 03:52 AM
📷 Photo
Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi
Bosh prokuratura Departamenti tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bir guruh shaxslar, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat uyushgan jinoiy guruh Koreya davlatiga mehnat muhojiri sifatida ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema yaratib, 35 nafar fuqarodan jami 263,5 ming AQSH dollari noqonuniy olinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tergovda: Koreyaga ishga yuborish uchun jinoiy guruh tomonidan rasmiy to‘lovlardan tashqari firibgarlik yo‘li bilan 7-12 ming AQSH dollardan qariyb 90 mln AQSH dollari yig‘ilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda, Koreyaga ishga yuborilmagan 600 dan ziyod fuqarodan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, undirish choralari ko‘rilmoqda.
Bir guruh shaxslar, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalari 230 nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborishlari evaziga 580 ming AQSH dollari, Koreyaga yuborilgan 1 000 nafar fuqarodan noqonuniy ravishda 5,6 mln AQSH dollari jami 45 mln AQSH dollarini olganliklari ma’lum bo‘ldi.
Kanalga ulanish:
➖
UzA | Tezkor xabarlar
May 15, 2026, 03:52 AM
📷 Photo
📝📝📝📝📝📝📝
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Najmiddinov Ikromxonga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvonini berish to‘g‘risida”gi https://president.uz/oz/lists/view/9204
Kanalga ulanish:
➖
4,070
0
UzA | Tezkor xabarlar
May 15, 2026, 03:52 AM
📷 Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati hamda infratuzilmadan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar https://president.uz/oz/lists/view/9201 bilan tanishdi.
Kanalga ulanish:
➖
4,070
0
UzA | Tezkor xabarlar
May 15, 2026, 03:52 AM
“Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishida yangi metro liniyasi qurilishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va xavfsizligini ta’minlash hamda infratuzilmadan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, metro bekatlari soni 79 taga, liniyalar uzunligi 103 kilometrga yetkaziladi. Kunlik yo‘lovchilar oqimini esa 1,8 million nafargacha oshirish maqsad qilingan.
Shuningdek, poyezdlar harakati intervali bosqichma-bosqich 1,5–3 daqiqagacha ko‘zda tutilgan.
Yo‘lovchilar xavfsizligini kuchaytirish maqsadida “Shahriston” metro bekatida sinov tariqasida oynali himoya to‘siqlari o‘rnatilishi taklif etildi. Xalqaro tajribaga ko‘ra, bunday to‘siqlar platformalardagi baxtsiz hodisalarni 80-90 foizgacha kamaytirish imkonini beradi.
“Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” metropoliten liniyasi bo‘yicha loyiha baholash hujjatlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Birinchi bosqichda “Mingo‘rik – Janubiy vokzal” yo‘nalishi, ikkinchi bosqichda esa “Janubiy vokzal – Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishini qurish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Kanalga ulanish:
➖
4,210
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 5, 2026, 01:55 AM
📷 Photo
❗️❗️❗️❗️❗️
Prezident Shavkat Mirziyoyev toʻlovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish va moliyaviy ahvoli ogʻir tadbirkorlik subyektlarini sogʻlomlashtirish boʻyicha yangi yondashuvlar yuzasidan https://president.uz/oz/lists/view/9071 bilan tanishdi.
Kanalga ulanish:
➖
5,210
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 5, 2026, 01:55 AM
📝📝📝📝📝📝📝
Oʻzbekistonda aholi murojaatlari bilan ishlashning yangi va qatʼiy tizimi joriy etilmoqda
Prezidentning 2026-yil 1-apreldagi "Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–51-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-mayidan boshlab aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi tubdan o‘zgaradi.
Endilikda Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlarning muddati o‘tib ketsa, tizim ularni avtomatik ravishda yuqori turuvchi organga o‘tkazadi. Murojaatlar "shoshilinch", "odatiy" va "maslahat talab qiluvchi" toifalariga ajratilib, nazoratga qaytarilgan masalalar 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, davlat organlari rahbarlari va hokimlarning murojaatlar bo‘ycha hisobotlari har chorakda Parlament va mahalliy kengashlarda eshitib boriladi. Murojaatlarning OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi ijrosi holati hamda fuqarolarning e’tirozlari o‘rganilib, bu ko‘rsatkichlar tashkilotlar faoliyatining samaradorlik reytingida aks ettiriladi.
Kanalga ulanish:
➖
5,110
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 5, 2026, 01:55 AM
📝📝📝📝📝📝📝
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi (Prezident Xalq qabulxonasi) tashkil etiladi
Prezidentning 2026-yil 1-apreldagi "Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–51-son Farmoniga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimlari tegishli Xalq qabulxonasiga jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi hamda muntazam ravishda Xalq qabulxonasida fuqarolarni shaxsan qabul qiladi va muammolarini joyida hal qilish choralarini ko‘radi, murojaatlar tahlilini olib boradi.
Vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida qilinadigan taqdimotlarda aholi murojaatlaridagi tizimli muammolar va ularning yechimi yuzasidan rejalari haqida alohida hisobot beriladi.
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy hokimliklar tomonidan o‘tkaziladigan shaxsiy va sayyor qabullar tizimini to‘liq raqamlashtirish orqali qabullar jarayoni ustidan nazorat o‘rnatiladi.
Jamoaviy tusdagi murojaatlar aholi vakillari va “mahalla yettiligi” ishtirokida o‘rganilib, ular roziligi asosida nazoratdan olinadi.
Kanalga ulanish:
➖
5,740
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 5, 2026, 01:55 AM
📷 Photo
📝📝📝📝📝📝
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi https://president.uz/oz/lists/view/9072
Kanalga ulanish:
➖
6,370
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 5, 2026, 01:55 AM
📷 Photo
❗️❗️❗️❗️❗️
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan https://president.uz/oz/lists/view/9069 oʻtkazdi.
Kanalga ulanish:
➖
4,510
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 5, 2026, 01:55 AM
📷 Photo
🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️
10 ming dollar evaziga sud hukmini o‘zgartirib bermoqchi bo‘lgan advokat ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda advokatlik byurosi advokati mahalliy fuqaroga nisbatan sud idoralari tomonidan tayinlangan 2-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘zining sud tizimidagi tanishlari orqali ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Kanalga ulanish:
➖
5,460
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 5, 2026, 01:55 AM
🎥 Video
🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️
Og‘ufurushlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Kanalga ulanish:
➖
15,000
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 5, 2026, 01:55 AM
📷 Photo
#OB_HAVO
TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!
🔷2026-yil 4-8 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli, respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda, shu jumladan:
🔷Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
🔷Surxondaryo viloyati: Boysun, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
🔷Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
🔷Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
🔷Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
🔷Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
🔷Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.
Kanalga ulanish:
➖
4,860
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 5, 2026, 01:55 AM
📷 Photo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al Novaysni https://president.uz/oz/lists/view/9068
Kanalga ulanish:
➖
5,830
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 5, 2026, 01:55 AM
📷 Photo
💼💼💼
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Farruh Farxodjonovich Omonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
➖
6,620
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 1, 2026, 04:39 AM
📎 File
📝📝📝📝📝📝📝
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida" (30.03.2026 y. №PF-48) Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra,
— Toshkent shahrini xalqaro moliyaviy xabga aylantirish, investitsiyalar hajmini keskin ko‘paytirish va kapital bozorini rivojlantirish maqsadida "Toshkent xalqaro moliya markazi" (TIFC) tashkil etiladi.
— Markaz hududida xalqaro miqyosda tan olingan prinsiplar va ingliz huquqi standartlariga asoslangan alohida huquqiy rejim joriy etiladi.
— Markaz ishtirokchilari uchun soliq imtiyozlari, viza va mehnat tartib-taomillarini soddalashtirish hamda xorijiy valyutada hisob-kitoblarni erkin amalga oshirish imkoniyatlari taqdim etiladi.
— Nizolarni adolatli hal etish maqsadida milliy sud tizimidan mustaqil bo‘lgan, xalqaro standartlar asosida faoliyat yurituvchi Xalqaro tijorat sudi va arbitraj markazi tuziladi.
Kanalga ulanish:
➖
4,200
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 1, 2026, 04:39 AM
📎 File
📝📝📝📝📝📝
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitishga oids chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori (27.03.2026-yil, PQ-117-son) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
— Jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi mahkumlarni zamonaviy raqamli kasblarga o‘qitish va ozodlikka chiqqanidan so‘ng ularning bandligini ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
— Mahkum yoshlarni AT sohasiga yo‘naltirish maqsadida muassasalarda «Unicon-Soft» MCHJ tomonidan maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi va zamonaviy kompyuter sinflari barpo etiladi.
— O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga tegishli sertifikatlar beriladi hamda ularga ozodlikka chiqqanidan so‘ng masofaviy ishlash (frilans) yoki soha bo‘yicha ishga joylashishda ko‘maklashiladi.
— Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yolg‘iz yoshlarning ijtimoiy muammolari, shu jumladan, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganilib, ularni vaqtinchalik turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Kanalga ulanish:
➖
9,500
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 1, 2026, 04:39 AM
📷 Photo
❗️❗️❗️❗️❗️
Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2026-yilning birinchi choragida iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ta’minlash hamda jahon bozoridagi beqaror vaziyatning milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish yuzasidan axborot berildi.
Kanalga ulanish:
➖
5,210
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 1, 2026, 04:39 AM
30-mart kuni Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
Bugun tashrif doirasida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Kanalga ulanish:
➖
4,520
0
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 1, 2026, 04:39 AM
📎 File
📝📝📝📝📝📝
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholini kuz-qish mavsumlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida" (25.03.2026 y. №PQ-108) qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra,
— Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida kamida 940 gektar maydonda zamonaviy issiqxona majmualarini agropark usulida tashkil etish va energiya tejamkor tizimlar ulushini 50 foizga yetkazish asosiy maqsad etib belgilandi.
— Sherobod tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashgan "Surxon-agro" erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi.
— Issiqxona xo‘jaliklariga energiya resurslari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulayliklar yaratiladi, xususan, tabiiy gaz bo‘yicha oldindan to‘lov talabi 50 foizgacha tushiriladi hamda qolgan qismiga bo‘lib to‘lash imkoni beriladi.
Kanalga ulanish:
➖
3,970
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 1, 2026, 04:39 AM
📎 File
📝📝📝📝📝📝
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ""Ovjazsoy – Moviy tog‘lar", "Piskom", "Farg‘ona" milliy tabiat bog‘larini tashkil etish va "Pop" milliy tabiat bog‘i hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" (25.03.2026 y. № PQ-109) qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra,
— Tabiiy o‘rmonlarni, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvon hamda o‘simlik turlarini muhofaza qilish maqsadida Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yangi milliy tabiat bog‘lari tashkil etiladi.
— Ekologik tizimni asrash va qayta tiklash uchun "Ovjazsoy – Moviy tog‘lar" (9,2 ming ga), "Piskom" (156,7 ming ga) hamda "Farg‘ona" (22,8 ming ga) milliy tabiat bog‘lari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
— "Pop" milliy tabiat bog‘ining hududi qo‘shimcha yer maydonlari hisobiga kengaytirilib, uning umumiy maydoni 151 ming gektardan oshiriladi.
Kanalga ulanish:
➖
4,140
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 1, 2026, 04:39 AM
📎 File
📝📝📝📝📝📝
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida" (27.03.2026 y. №PQ-116) qarori qabul qilindi.
Kanalga ulanish:
➖
4,310
0
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 1, 2026, 04:39 AM
📷 Photo
🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️
Joylarda giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida joylarda giyohvandlik vositalari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, Xorazm viloyatining Urganch shahrida yashovchi, 1983 y.t. shaxs ushlanib, uning yonidan 5 gr "opiy" moddasi topilgan bo‘lsa, u ijaraga olgan xonadondan esa 887 gr "opiy" va 71 gr "geroin" giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Aniqlanishicha, u qo‘shni davlatdagi jinoiy sheriklaridan olib kelgan ajal og‘usini kelgusida sotib, mo‘may daromad topishni rejalashtirgan.
Farg‘ona viloyatida kuzatilgan holatda esa Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 1991 y.t. fuqaroning yashash xonadonidan muqaddam Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan, umumiy bahosi 140 mln so‘mni tashkil qiluvchi, 2800 dona "Regapen" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi.
Bunday qonunbuzilish holati Toshkent viloyatida ham qayd etildi. Ya’ni, Toshkent tumanida yashovchi, 1996 y.t. shaxs va uning tanishi bo‘lgan, 1994 y.t. Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi o‘zaro kelishgan holda, muqaddam Qozog‘istondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 300 ml "Tropikamid" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini xaridorga 300 AQSH dollari va 600 ming so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bundan tashqari, ularning yonidan bir necha dona "Pregabalin" kapsulalari va "Tropikamid" suyuqligi bo‘lgan flakonlar ham ashyoviy dalil sifatida olindi.
Aniqlanishicha, narkosavdogarlar mamlakatimizga kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni turli nomdagi dori vositalari idishlariga joylashtirgan holda olib kelishgan.
Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 1, 2026, 04:39 AM
📎 File
#YANGI_QONUN
"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga
qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni (O'zRQ - 1126. 27.03.2026 y.) to'liq matni.
Kanalga ulanish:
➖
4,620
0
UzA | Tezkor xabarlar
Apr 1, 2026, 04:39 AM
📎 File
#YANGI_QONUN
"Huquqiy eksperiment to‘g‘risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni (O'zRQ - 1127. 27.03.2026 y.) to'liq matni.
Kanalga ulanish:
➖