#EGOI_2026
🏆🏆 EGOI 2026: Oʻzbekiston Terma jamoa qizlari oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani qoʻlga kiritdi
📍Italiya
⚡️Italiyada EGOI - 2026 - Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda.
➡️Olimpiadada 60 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.
📢O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu xalqaro bellashuvda munosib ishtirok etdi va natijada yosh informatik qizlarimiz
2 ta kumush🥈 va 1 ta bronza🥉 medalini qo‘lga kiritdi!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
🥈Oysha Mirzatillayeva — Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi — KUMUSH MEDAL,
🥈Rayxona Sanakulova — Navoiy shahridagi prezident maktabi o‘quvchisi — KUMUSH MEDAL
🥉Malika Xojamuratova — Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchisi — BRONZA MEDAL.
❗️ Eslatma: O‘zbekiston Terma jamoasi 2025-yilda ushbu Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasida 2 ta bronza medalni qoʻlga kiritgan edi.
🇺🇿Ilk marotaba erishilgan yutuqlar esa hurmatli Prezidentimiz tomonidan qizlar uchun yaratilayotgan ilmiy imkoniyatlarning yorqin natijasidir.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Manba: Fan olimpiadalari markazi matbuot xizmati
Bizga obuna bo'ling
😎 😎 https://www.instagram.com/hududmy5tv ▶️ https://www.youtube.com/channel/UC41Us0K5ricL6TJe0D9QL_g