"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM
Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Join @SamTvr for exclusive haqida and foto content and discussions in 1
🛡 Kiberxavfsizlik — davr talabi
Samarqand viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimi, katta leytenant Azamat Nasriddinov tomonidan viloyat hududida aholi va tashkilot xodimlarining raqamli xavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan tizimli profilaktik tadbir tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi rahbariyati, boshqarma xodimlari hamda tizim tashkilotlari vakillari ishtirokida onlayn va oflayn formatda o‘tkazildi.
Tadbir davomida:
✅ internet tarmog‘idagi firibgarlik holatlari,
✅ shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish,
✅ ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish,
✅ kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish va ularning oldini olish masalalari yuzasidan muhim tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob oldilar.
Rasmiy sahifalar:
https://samarkand.uz/🔹 https://www.facebook.com/410799009677219/posts/?app=fbl🔹
🔹 https://www.instagram.com/tv_samarqand_/🔹https://youtube.com/@samarqandmtrk?si=3_NRECzlyOywJ1KH
🇺🇿 https://youtu.be/01WD3HInkFg?si=4aIvsxQZLMU1pemr
Nomzodlar turniri 6-turidan so‘ng Javohir Sindarov 🇨🇳 Vey Yi ustidan qozongan g‘alabasini batafsil sharhlab berdi.
Uning aytishicha, partiya murakkab va ikki tomon uchun ham xavfli bo‘lgan:
“Boshlanishida pozitsiya yomon emas edi, lekin bir payt biroz noqulay bo‘la boshladi. Keyin fil d4'ga kelgach, o‘yinim ochildi. Shu bilan birga vaqt ustunligi ham paydo bo‘ldi va asta-sekin bosim qilishni boshladim.”
Sindarov o‘yinning muhim jihatlaridan biri — vaqt omili ekanini yana bir bor ta’kidladi:
“Agar vaqt ko‘p bo‘lsa, o‘zingni ancha dadil his qilasan. Kichik taktik detallarni o‘tkazib yubormaslik juda muhim. Shuning uchun vaqt ustunligi bo‘lsa, tezroq o‘ynayman, lekin hammasini tekshirib boraman.”
U debyut bosqichi haqida ham qiziqarli fikr bildirdi:
“4-yurishdan keyin men deyarli tayyorgarlikdan chiqdim. Bu variantni aniq tayyorlamagandim. a3 yurishi men uchun kutilmagan bo‘ldi, lekin pozitsiya juda yomon emas - o'ynasa bo'ladigan edi.”
Dinamik pozitsiyalar uning uslubiga mos kelishini ham yashirmadi:
“Men dinamik o‘yinlarni yoqtiraman. Ikkala tomon uchun ham g'alabaga imkoniyatlar bo‘lgan pozitsiyalarda o‘ynashdan zavq olaman.”
Sindarov hatto durang natijani ham yomon deb hisoblamaganini aytdi:
“Agar raqib juda aniq himoyalansa, durang ham yomon natija bo‘lmasdi. Lekin seytnotda u kichik xatolarga yo‘l qo‘ydi va men ularni aniq ishlata oldim.”
Turnir davomida qanday yondashuvni tanlagani haqida esa u shunday dedi:
“Bu mening birinchi Nomzodlar turnirim, albatta juda muhim turnir. Lekin ortiqcha bosim bo'lsa, o‘ynash qiyinlashadi. Shuning uchun shunchaki oddiy shaxmat o‘ynashga harakat qilyapman.”
O‘ziga bo‘lgan ishonch haqida esa u juda muhim fikr bildirdi:
“Agar turnir oldidan yaxshi tayyorlansam, o‘zimga ishonaman. Qiyin pozitsiyalarda ham to‘g‘ri yurishlarni topa olishimga ishonch bo‘ladi.”
Yakunda u yana bir muhim jihatni ta’kidladi:
“Bu vaqt nazoratida o‘ynashni ham endi o‘rganayapman. Hali ko‘p narsani o‘rganishim kerak, lekin hozircha hammasi yaxshi ketmoqda.”
🔥 Endi ertaga 1-davraning oxirgi o'yini 🇳🇱Anish Giriga qarshi bo'lib o'tadi.
🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 164 kun qoldi
https://www.youtube.com/@uzchesss | https://instagram.com/uzchesss | https://t.me/uzchesss | https://www.tiktok.com/@uzchess?_t=8gH7dABw04w&_r=1 | https://www.facebook.com/profile.php?id=61551919981353&mibextid=ZbWKwL | https://www.chess.com/club/uzchesss | https://lichess.org/team/uzchesss | https://link.uzchesss.uz/
Qo‘shrabot yo‘llarida 24/7 rekonstruksiya ishlari davom etmoqda 🚧
D-055 (4R43) Marjonbuloq–Zarmitan–Qo‘shrabot yo‘nalishida yo‘lni rekonstruksiya qilish ishlari tun-u kun, 24 soatlik rejimda olib borilmoqda. Eskirgan yo‘l qatlamlari yangilanib, poydevor mustahkamlanmoqda, tekislash ishlari bajarilib, zamonaviy asfalt qoplamasi yotqizishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shuningdek, yo‘l chetlari kengaytirilib, suv oqimini tartibga soluvchi drenaj tizimlari barpo etilmoqda.
Mazkur yo‘l hududlar o‘rtasidagi muhim transport yo‘nalishi bo‘lib, rekonstruksiya yakunlangach harakat xavfsizligi oshadi, transport qatnovi yengillashadi va aholiga yanada qulay sharoit yaratiladi. 🛣️
Rasmiy sahifalar:
https://samarkand.uz/🔹 https://www.facebook.com/410799009677219/posts/?app=fbl🔹
🔹 https://www.instagram.com/tv_samarqand_/🔹https://youtube.com/channel/UCf7fY_MG0lJIjiKF8NAt9yw
🗺 Ijtimoiy obyektlar qurilishi va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
🇺🇿 Viloyat hokimining o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov tegishli tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida Samarqand shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
📍 Xususan, Samarqand shahrining G‘iyosiddin Jamshid ko‘chasida “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida barpo etilayotgan, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hududida hisobidan 80 o‘rinli onkogematologiya bo‘limi binosining qurilish jarayoni o‘rganildi.
➡️ O‘rganish davomida qurilish ishlarini yanada jadallashtirish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish, ishlar sifatini ta’minlash hamda qurilish madaniyatiga amal qilish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya etish, ishchi-xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, qurilish jarayonida doimiy nazoratni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
➡️ Shuningdek, Samarqand shahrining G‘iyosiddin Jamshid ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, yo‘lning ikki tomonidagi piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, hududni ko‘kalamzorlashtirish hamda aholiga qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha vazifalar https://t.me/samvilqurilish
Rasmiy sahifalar:
🔹🔹 https://www.instagram.com/tv_samarqand_/🔹https://www.facebook.com/410799009677219/posts/?app=fbl🔹https://youtube.com/channel/UCf7fY_MG0lJIjiKF8NAt9yw|
“Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining birinchi mavsumi yakunlandi
Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni jismonan va ma’nan chiniqtirishga qaratilgan “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining ilk mavsumi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi.
Mazkur o‘quv yig‘inida ishtirok etgan yoshlar harbiy-amaliy ko‘nikmalarni egallab, jamoaviylik, yetakchilik hamda mas’uliyat kabi muhim fazilatlarni o‘zida shakllantirdi. Darslar davomida ularga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali hayotiy tajriba ham berildi.
Yig‘in yakunida faol va tashabbuskor ishtirokchilar munosib taqdirlanib, ularning kelgusidagi yutuqlari uchun mustahkam zamin yaratildi.
“Jasorat maktabi” – bu shunchaki o‘quv yig‘ini emas, balki haqiqiy jasorat, matonat va fidoyilik maktabiga aylandi.
Rasmiy sahifalar:
🔹🔹 https://www.instagram.com/tv_samarqand_/🔹https://www.facebook.com/410799009677219/posts/?app=fbl🔹https://youtube.com/channel/UCf7fY_MG0lJIjiKF8NAt9yw
“Butunjahon ijtimoiy ish kuni” munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
💻 “Butunjahon ijtimoiy ish kuni” munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Yuldashev tomonidan Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining “Ijtimoiy ish” ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🔮 Muloqot davomida mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda sohada malakali kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
👥 Talabalar tomonidan:
✅hududlarda ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish,
✅mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish,
✅amaliyot tizimini takomillashtirish,
✅yosh kadrlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
🖋 Uchrashuv yakunida Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmalar mazmuni tushuntirilib, Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetida tashkil etilgan adabiyotlar burchagidan samarali foydalanish zarurligi alohida ta’kidlandi.
🏃 Mazkur muloqot yoshlarning fikrini tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy sohada zamonaviy, tashabbuskor kadrlarni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etib, Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start beradi. Tadbirga mamlakatimizning 14 ta hududi videoaloqa orqali ulanib, ularda ham yashil bog‘lar tashkil etish ishlari boshlanadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в мероприятии по высадке деревьев в рамках общенационального проекта «Яшил макон» и даст старт созданию Национального дендрологического парка. К мероприятию по видеосвязи будут подключены 14 регионов нашей страны, где также начнутся работы по созданию зеленых территорий.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZhttps://www.instagram.com/press_secretary_uz/https://x.com/Sherzod_Asadov