Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
Official page of the Presidential School in Navoi
Contact: +998979-222-01-02
Email: [email protected]
Web site: navoiyps.uz
Facebook: www.facebook.com/groups/navoiypmuz
Instagram: www.instagram.com/ps_navoi/
@psnavoi offers specialized information about email and official for subscribers interested in Politics
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
May 14, 2026, 01:53 PM
📷 Photo
📰📰📰📰📰📰📰
📍Xitoy: Vazir E’zoza Karimova boshchiligidagi delegatsiya “Raqamli taʼlim bo‘yicha Jahon konferensiyasi – 2026”da ishtirok etdi
🌐Tadbir ochilishida Xitoy Xalq Respublikasi Vitse-prezidenti Xan Chjen sunʼiy intellekt davrida taʼlim transformatsiyasi global taraqqiyotning muhim omiliga aylanganini taʼkidlab, raqamli taʼlimni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik ahamiyati ortib borayotganini qayd etdi.
⏺Konferensiyada turli davlatlarning taʼlim vazirlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti laureatlari hamda yetakchi texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
➡️Konferensiya doirasida vazir Ezoza Karimova Qozog‘iston, Tayland, Buyuk Britaniya va Serbiya taʼlim vazirlari bilan qisqa uchrashuvlar o‘tkazib, raqamli taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Bizni kuzating:
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://gov.uz/oz/uzedu 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
356
0
0
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
May 14, 2026, 01:53 PM
📷 Photo
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLAR ODDIY MAKTABLARDAN NIMASI BILAN FARQ QILADI?
✅ JAVOB: Agentlik tizimidagi maktablar, avvalo, ta’lim dasturlari bilan farq qiladi. Bu maktablarda o‘quvchilar dunyo miqyosida tan olingan Xalqaro Kembridj ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi.
⏺ Dasturning afzalliklari:
➡️ kompetensiyaga asoslanganligi;
➡️ xalqaro standartlarga mos ta’lim modeli;
➡️ o‘quvchida tanqidiy fikrlashni shakllantirishi;
➡️ muammoni yechish va mulohaza yuritish ko‘nikmalari;
➡️ tahlil qilish va g‘oyalarni shakllantirish qobiliyati;
➡️ muloqot va taqdimot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.
⏺Yaratilgan sharoitlar:
➡️ zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlanganligi;
➡️ darslar yuqori bilim va tajribaga ega saralangan o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi;
➡️ chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar va to‘garaklar mavjudligi;
➡️ mutlaqo bepul ovqatlanish va yotoqxona xizmatlari mavjudligi;
➡️ oliy ta’limga qamrov yuqoriligi;
➡️ shuningdek, olimpiada, musobaqa hamda turli tanlovlardagi yutuqlar soni bilan boshqa maktablardan ajralib turishi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
May 14, 2026, 01:53 PM
🎥 Video
🌿 Bitiruvchilar forumi - ilmdan yashil meros sari
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Yangi O‘zbekiston universiteti bitiruvchilari uchun “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida strategik muloqot forumi bo‘lib o‘tdi.
✅ An’anaga aylangan forum bitiruvchilarni bir maydonga jamlab, o‘zaro fikr almashish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.
Shuningdek, bitiruvchilar kengashida ilmiy va innovatsion tadqiqotlar hamda startap loyihalar taqdim etilib, davra suhbati tashkil qilindi.
Forum doirasida ko‘chat ekish aksiyasi ham o‘tkazildi. Oromgohda maxsus ajratilgan maydonda “Bitiruvchilar bog‘i” barpo etilib, bitiruvchilar tomonidan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
🌳 Bu bog‘ ilm va yuksalish ramzi bo‘lib, bitiruvchilarning cheksiz imkoniyatlari va porloq kelajagi timsoli sifatida bugun ko‘klarga bo‘y cho‘zdi.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
May 14, 2026, 01:53 PM
📷 Photo
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
🇺🇿 9-may – Xotira va qadrlash kuni: Prezident maktablarida faxriylar e’zozlandi va ajdodlar xotirasi yod etildi
🇺🇿 Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Vatan” mahallasida yashovchi urush faxriylari – Axmatov Axtam va Karimov Jahon otaxonlarning xonadonlariga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida faxriylarning sog‘lig‘i va turmush sharoiti bilan qiziqilib, ularga ehtirom va samimiy tilaklar bildirildi. Bunday uchrashuvlar yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va ajdodlar jasoratiga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
🇺🇿 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Yangi O‘zbekiston armiyasi haqida maʼlumotlar berilib, sahna ko‘rinishlari va vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. Shuningdek, Mudofaa bo‘limining faxriy harbiy xizmatchilari ishtirok etib, o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazdilar.
🇺🇿 Samarqand shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan Motamsaro ona haykali ziyorat qilindi. Tashrif davomida yurtimiz tinchligi va bugungi osoyishta hayoti yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etildi. O‘quvchilarga Vatan ravnaqi, tinchlikning bebaho ne’mati ekanligi hamda ajdodlarimizning jasorati va matonati haqida tushunchalar berildi.
🇺🇿 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori Rivojiddin Karimov talabalar va boshqa tashkilot vakillari bilan birga front orti faxriysi Robaxon Otaboevaning xonadoniga tashrif buyurib, uning sog‘lig‘i va sharoiti bilan qiziqishdi. Suhbatda faxriy mehmon: “Biz urush mashaqqatlarini ko‘rdik, qiyin kunlarni boshdan kechirdik. Agar menga yana yashash imkoni berilganda ham, aynan mana shu tinch, obod Yangi O‘zbekistonda yashashni istardim”, — dedi. Uchrashuvda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, tinchlik va inson qadri ulug‘lanayotgani alohida ta’kidlandi. Xotira va qadrlash kuni — o‘tganlarni yod etish, bugungi tinch hayot qadriga yetish va faxriylarga hurmat ko‘rsatish kunidir.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
May 14, 2026, 01:53 PM
📷 Photo
🇺🇿 Navoiy shahridagi Prezident maktabida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz xotirasi yod etilib, ularning jasorati va matonati ehtirom bilan tilga olindi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar tadbirga yanada mazmun va fayz bag‘ishladi.
🇺🇿 At the Presidential School in Navoi, a spiritual and educational event titled “Your Name Will Live Forever in Our Hearts” was organized in honor of May 9 — the Day of Remembrance and Honor.
During the event, the memory of our ancestors who devoted themselves to the peace and prosperity of our country was honored, and their courage and resilience were remembered with deep respect. Poems, stage performances, and artistic presentations by the students added a special spirit to the event.
🔵
🔵 https://www.facebook.com/groups/navoiypmuz/
🔵 https://www.instagram.com/ps_navoi?igsh=MWw2Z3V3eXdxaHA3Yw==
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
May 14, 2026, 01:53 PM
📷 Photo
Qadrli yurtdoshlar!
Barchangizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy qutlayman
Inson xotirasi — muqaddas, qadri — ulugʻ. Bugungi musaffo osmonimiz, erkin va osuda hayotimiz uchun mardona kurashgan, bu yoʻlda jon fido qilgan ota-bobolarimizning qahramonligi va jasorati hech qachon unutilmaydi. Ularning soʻnmas yodi va oʻlmas merosi qalbimizda mangu barhayotdir.
Tinchlik oʻz-oʻzidan kelmaydi. Uni asrab-avaylash, qadriga yetish va yosh avlod ongiga singdirish — barchamizning, xususan, siz taʼlim-tarbiya fidoyilarining eng muhim va sharafli vazifangizdir.
Zero, vatanparvar, oʻz tarixini chuqur biladigan va eʼzozlaydigan komil insonlarni tarbiyalash aynan bogʻcha va maktabdan boshlanadi. Shu oʻrinda, millat maʼrifati yoʻlida oʻzini baxshida etgan, yoshlarimizning ilm-fan egallashi uchun zahmat chekkan jadid bobolarimiz hamda yurt kelajagi yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan minglab ustozlarimizning pok ruhlari oldida ham bosh egamiz.
Hurmat bilan,
Eʼzoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ https://t.me/Ezozagafurjanovna📱https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
Apr 4, 2026, 10:10 AM
📷 Photo
⚡️Navoiy shahridagi Prezident maktabida “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga guvohnoma hamda ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
✅Ushbu e’tirof yoshlarning Vatanga muhabbati, sadoqati va faolligining yorqin ifodasi bo‘ldi. Marosim davomida o‘quvchilarga kelgusida ham yurt taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shib, yuksak maqsadlar sari dadil odimlash tilaklari bildirildi.
⚡️At the Presidential School in Navoi, a high-spirited ceremony was held to present certificates and badges to members of the “Vatan Tayanchi” squad.
✅This recognition became a clear reflection of the students’ patriotism, loyalty, and active participation. During the event, participants were encouraged to continue contributing meaningfully to the development of the country and to confidently pursue their highest goals in the future.
🔵
🔵 https://www.facebook.com/groups/navoiypmuz/
🔵 https://www.instagram.com/ps_navoi?igsh=MWw2Z3V3eXdxaHA3Yw==
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
Apr 4, 2026, 10:10 AM
📷 Photo
#OAV_biz_haqimizda
Respublikamizdagi nufuzli nashrlardan biri — “Jadid” gazetasining 14-sonida Navoiy shahridagi Prezident maktabi faoliyati keng yoritildi.
Maqolada maktabda olib borilayotgan zamonaviy ta’lim jarayonlari, o‘quvchilarning erishayotgan yutuqlari hamda ustozlarning fidokorona mehnati haqida batafsil so‘z yuritilgan.
Mazkur e’tirof ta’lim maskanining yuksak salohiyati va erishilayotgan natijalarning yana bir yorqin ifodasidir.
One of the prestigious publications in our country, the Jadid newspaper, featured the activities of the Presidential School in Navoi in detail in its 14th issue.
The article highlights the modern educational processes implemented at the school, the achievements of its students, and the dedicated efforts of its teachers.
This recognition serves as another clear reflection of the institution’s high potential and the successful results it continues to achieve.
🔵
🔵 https://www.facebook.com/groups/navoiypmuz/
🔵 https://www.instagram.com/ps_navoi?igsh=MWw2Z3V3eXdxaHA3Yw==
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
Apr 4, 2026, 10:10 AM
📷 Photo
#Muhim
⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasining Boshqaruv kengashi 2026-yil birinchi ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining Boshqaruv kengashi nufuzli xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda tahsil olish uchun 2026-yil birinchi ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qilish haqida qaror qabul qildi.
Hujjatlar qabuli ertaga — 3-apreldan boshlanadi va jamgʻarmaning maxsus onlayn-platformasi orqali amalga oshiriladi.
Tanlov iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda mamlakat rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Ishtirokchilarga dunyoning yetakchi universitetlarida taʼlim olish va Oʻzbekiston taraqqiyotiga hissa qoʻshish imkoniyati beriladi.
Saralash ochiqlik, shaffoflik va meritokratiya tamoyillari asosida, nomzodlarni baholashning aniq belgilangan bosqichlari va mezonlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Ishtirok etish qoidalari, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, hujjatlar roʻyxati va ariza topshirish muddatlari haqidagi batafsil maʼlumot “El-yurt umidi” jamgʻarmasining rasmiy https://eyuf.uz/ va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.
⚠️ Jamgʻarma yoshlarni tanlov shartlari bilan diqqat bilan tanishib chiqishga hamda mamlakat kelajagini shakllantirayotgan yangi avlod mutaxassislari safiga qoʻshilish imkoniyatidan foydalanishga chaqiradi.
🔗 Website: https://eyuf.uz/
https://t.me/elyurtumidifoundation | https://www.facebook.com/eyufoundationhttps://www.facebook.com/profile.php?id=100090347636849&mibextid=9R9pXO|https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation|https://www.youtube.com/channel/UC51BiKIvfQSuY0-kEYoRJfA
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
Apr 4, 2026, 10:10 AM
📷 Photo
✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘rganish tashrifi bilan bo‘ldi.
Tashrifdan asosiy maqsad — ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida aniqlash hamda rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
🟢Tashrif davomida quyidagi yo‘nalishlar tahlil qilindi:
— moddiy-texnik baza va jihozlar holati;
— o‘quv jarayoni sifati, jumladan xalqaro standartlar (Cambridge) asosida ta’limni tashkil etish;
— o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar (yotoqxona, ovqatlanish, to‘garaklar);
— pedagog kadrlarning malakasi va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Shundan so‘ng hududdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari bilan 2026–2027-o‘quv yilida ta’lim sifatini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarning uch chorak yakunlari muhokama qilindi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha vaqt talab etiladigan masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi belgilandi.
O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari pasaygan o‘quvchilar bilan individual ishlash, ularning bilimlaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish hamda yakuniy davlat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.
🟢Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi:
— kasbiy rivojlanish kunlarini samarali tashkil etish;
— iqtidorli o‘quvchilarni qabul imtihonlariga keng jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish;
— bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish;
— dars va laboratoriya mashg‘ulotlari sifatini oshirish.
Mazkur tashrif ta’lim tizimidagi islohotlarni izchil davom ettirish, har bir o‘quvchiga sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Agentlik hududlardagi maktablar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda muammolarni tizimli hal etish ishlarini davom ettiradi.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
Apr 4, 2026, 10:10 AM
📷 Photo
⚡️Navoiy shahridagi Prezident maktabida 27-mart — Teatr kuni munosabati bilan 1-aprel kuni drama to‘garagi tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
✅Drama to‘garagi rahbari O‘ktam Ravshanov boshchiligida 5–6–7-sinf o‘quvchilari “Nasriddinning sarguzashtlari” hamda "Non va tilla” nomli tarbiyaviy asarni mahorat bilan sahnalashtirib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
⚡️At the Presidential School in Navoi, stage performances were presented on April 1 by the drama club in celebration of World Theatre Day.
✅Under the guidance of O‘ktam Ravshanov, students of grades 5–6–7 skillfully performed the educational plays “The Adventures of Nasriddin” and “Bread and Gold” bringing joy and a lively atmosphere to the audience.
🔵
🔵 https://www.facebook.com/groups/navoiypmuz/
🔵 https://www.instagram.com/ps_navoi?igsh=MWw2Z3V3eXdxaHA3Yw==
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
Mar 31, 2026, 11:15 PM
📷 Photo
⚡️Navoiy shahridagi Prezident maktabida navbatdagi pedagogik kengash o‘tkazildi. Unda ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilar natijalarini yaxshilash hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida o‘tgan davr natijalari tahlil qilinib, mavjud yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi.
✅Yig‘ilish yakunida muhim qarorlar qabul qilinib, aniq vazifalar belgilab olindi.
⚡️ At the Presidential School in Navoi, another pedagogical council meeting was held.
During the meeting, key issues such as improving the effectiveness of education, enhancing students’ academic performance, and defining future priorities were discussed. The results of the previous period were analyzed, and participants exchanged views on existing achievements and shortcomings.
✅ At the end of the meeting, important decisions were made and specific tasks were set for the upcoming period.
🔵
🔵 https://www.facebook.com/groups/navoiypmuz/
🔵 https://www.instagram.com/ps_navoi?igsh=MWw2Z3V3eXdxaHA3Yw==
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
Mar 31, 2026, 11:15 PM
🎥 Video
#Turon_teatr
#Respublika_bosqichi
🎭 “TURON” TEATR TANLOVI: RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!
25–26-mart kunlari Muqimiy teatrida bo‘lib o‘tgan “Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda 14 ta teatr jamoasi hamda 5 ta “Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyalari ishtirok etdi.
Mazkur tanlov yoshlar orasida san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Asosiy yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🥈 2-o‘rin — Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🥉 3-o‘rin — Buxoro shahri Prezident maktabi
“Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyalari o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🥈 2-o‘rin — Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🥉 3-o‘rin — Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi barcha g‘oliblarni samimiy tabriklaydi va ishtirokchilarga kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.
Eslatma: har ikkala yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar xorijiy davlatga ta’lim sayohati bilan rag‘batlantiriladi.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
Mar 31, 2026, 11:15 PM
📷 Photo
✨ Mazmunli va samarali trening!
Navoiy shahridagi Prezident maktabida pedagog-tarbiyachi Xudoyorova Muxlisa tomonidan “Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda individual ish reja tuzish” mavzusida trening tashkil etildi.
📚 Mazkur trening davomida Xudoyorova Muxlisa tomonidan ishlab chiqilgan “Iqtidor passporti” haqida batafsil ma’lumot berilib, iqtidorli o‘quvchilar bilan tizimli va samarali ishlash usullari keng yoritildi.
✨ Meaningful and effective training!
At the Presidential School in Navoi, a training session was organized by educator Xudoyorova Muxlisa on the topic “Developing Individual Work Plans for Gifted Students.”
📚 During the training, detailed information was provided about the “Gifted Passport” developed by Xudoyorova Muxlisa. The session also highlighted systematic and effective approaches to working with gifted students, offering practical insights and strategies.
🔵
🔵 https://www.facebook.com/groups/navoiypmuz/
🔵 https://www.instagram.com/ps_navoi?igsh=MWw2Z3V3eXdxaHA3Yw==
Prezident maktabi|Navoiy - Presidential School|Navoi
Mar 31, 2026, 11:15 PM
📷 Photo
✅ “NEXT GEN_AI HACKATHON–2026” – KELAJAK TEXNOLOGIYALARI SARI BIRINCHI QADAM!
📍 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Yangi avlod” hakatonining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
🔔 Ikki kun davom etadigan ushbu hakaton Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, o‘quvchilarning IT-sohadagi faolligini oshirish hamda ularning startap va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga o‘quvchilarda jamoaviy ishlash va “soft skills” ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
📢 Toshkent shahridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida tajriba almashish maydonini yaratib, eng yaxshi 3 ta innovatsion loyihani aniqlash va ularni amaliyotga joriy etish maqsadi qo’yilgan.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori S. Shakirova:
- Sizlar bugun nafaqat bellashuvda qatnashmoqdasiz, balki o‘z bilim va salohiyatingizni namoyon etish, yangi tajriba orttirish va kelajakdagi yirik loyihalarga zamin yaratish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdasiz. Bu jarayonda jamoaviy hamkorlik, kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va qat’iyat sizlarning eng katta kuchingiz bo‘ladi.
Ishonaman, ushbu hakaton davomida ilgari suriladigan g‘oyalar va yaratiladigan loyihalar kelajakda yurtimizning raqamli taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.
Bu shunchaki tanlov emas — bu texnologik kelajakka intilayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi. Yangi g‘oyalar, yangi loyihalar va ulkan yutuqlar aynan shu yerda, aynan hozir shakllanmoqda.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/