Yevropada aynan hozirda Italiya universitetlariga qabul ochiq🇪🇺🇮🇹.
Shunga manga Italiyani qaysi universitetlarini tavsiya qilasiz degan savollar keladi. Shuni uchun sizga maxsus post tayyorladim. Marhamat o'qing!
Hozir kunda Italiya yuqori nufuzga ega universitetlari bilan mashhur mamlakatdir. Ushbu davlatda o‘qishni istaganlar uchun QS World University Rankings reytingiga ko‘ra Italiyadagi eng nufuzli 6 ta oliy ta’lim muassasasini tavsiya qilaman:
1. Politecnico di Milano universiteti
Arxitektura, muhandislik, texnologiyalar, dizayn, fuqarolik va sanoat qurilishi yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning TOP-20 universitetlari qatoriga kiradi. Bu universitet atrofida IT va innovatsion sohalarda faoliyat yurituvchi ko‘plab kompaniyalar jamlangan, shuningdek, ko‘plab muvaffaqiyatli startaplar aynan shu universitet negizida tashkil etilgan.
2. Alma Mater Studiorum – Bolonya universiteti
Yevropadagi eng qadimiy universitet bo‘lib, 1088-yilda tashkil etilgan. Talabalar soni PoliMi’dan ham ko‘p bo‘lib, hozirda 85 mingdan ortiq talaba tahsil oladi (hatto Buenos-Ayresda ham kampusi mavjud). Universitet ko‘p tarmoqli bo‘lib, bu yerda biznes va huquqdan tortib, biotexnologiya, tibbiyot va tabiiy fanlargacha bo‘lgan yo‘nalishlarni o‘rganish mumkin.
3. Sapienza Rim universiteti
Abituriyentlar soni bo‘yicha Yevropadagi eng yirik universitet hisoblanadi. Har yili taxminan 300 mingta ariza qabul qilinadi, hozirda esa 100 mingdan ortiq talaba o‘qimoqda. Universitet huquq, qurilish, aniq va tabiiy fanlar kabi ko‘plab sohalarda sifatli ta’lim dasturlari bilan mashhur. Sapienza Italiyada bitiruvchilar natijalari bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi — ko‘plab bitiruvchi talabalar yirik xalqaro kompaniyalarda va rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritadi.
4. Padua universiteti
Bugungi kunda ushbu universitetda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 60 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Ko‘plab tor ixtisoslashgan fakultetlardan iborat bo‘lgan yirik universitetdir. Bu yerda biomeditsina, kommunikatsiya, menejment, muhandislik, neyrofanlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar bo‘yicha yuqori darajadagi ta’lim olish mumkin. Universitet Italiyada grantlar soni bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lib, har yili 5 mingdan ortiq to‘liq yoki qisman xarajatlarni qoplaydigan stipendiyalar ajratiladi.
5. Milan universiteti (Università degli Studi di Milano)
Italiyadagi yetakchi fanlararo ta’lim va tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Ushbu universitet Yevropa Tadqiqot Universitetlari Ligasi a’zosi bo‘lgan yagona italyan oliygohidir. Universitetdagi tadqiqotlar 31 ta akademik bo‘limni qamrab oladi va gumanitar fanlardan tortib, ilg‘or texnologiyalar hamda innovatsion dori vositalarigacha bo‘lgan sohalarni o‘z ichiga oladi.
6. Politecnico di Torino universiteti
Muhandislik, arxitektura, dizayn va urbanistika yo‘nalishlari bilan mashhur. Universitet bakalavriat va magistratura darajalarida o‘nlab texnik dasturlarni taklif etadi, ularning 20 dan ortig‘i to‘liq ingliz tilida olib boriladi. Turin shahridagi bir nechta tarixiy va zamonaviy kampuslardan iborat bo‘lib, jami 32 ming talaba tahsil oladi, ularning 16 foizdan ortig‘i xorijiy talabalar hisoblanadi.
Ma'lumot uchun O'zim ham o'tgan yili shulardan: University of Sapienza va University of Milanga qabul qilinganman.
‼️ Agar Yevropa universitetlariga hujjat topshirishni 0% 100% gacha o'rganishni, portfolioningizni yaxshilashni, hujjat tayyorlashni o'rganishni istasangiz, hozirda qabul ochiq
https://t.me/sardor_tuxtaev_official siz uchun to'liq o'rgatamiz. 2 kundan keyin darslar boshlanadi, kursga qabul yopiladi. Ko'pchilik chegirma asosida joy band qildi, siz ham chegirmaga ulguring!
✍️Kursga yozilish uchun:
https://t.me/Sardor_Tuxtayev_Official ga yozing.
🔵