O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining rasmiy sahifasi
Veb-sayt: yp.senat.uz
Facebook: www.fb.com/Senat_YP
Instagram: www.instagram.com/Senat_YP
Youtube: www.youtube.com/Senat_YP
Murojaat uchun: (78) 238-29-91
Follow @YP_Senat to stay updated with the latest rasmiy and respublikasi trends and news
▫️▫️▫️▫️ #taqdirlash
✅ Loyiha ishtirokchilari munosib taqdirlandi!
🟦 “Barqaror tinchlik uchun yoshlar harakati” loyihasi doirasida faol ishtirok etgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
➡️ Marosim davomida loyiha davomida o‘z faolligi, tashabbuskorligi, jamoaviy ishlardagi ishtiroki hamda ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish va himoya qilish jarayonidagi munosib hissasi bilan ajralib turgan ishtirokchilar taqdirlandi.
🎉 Ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilandi.
📎 Mazkur loyiha yoshlar uchun yangi bilim va tajriba maydoni bo‘lish bilan birga, ularning tinchlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qildi.
https://youtube.com/@senat_yp?si=Moogjr6mBqsYPjXF🕊 📱 https://instagram.com/senat_yp 📱 https://www.facebook.com/share/1BPnEcXadG/?mibextid=wwXIfr 📺 https://youtube.com/@senatYP
🔺 Yoshlar tashabbuslari amaliy loyiha ko‘rinishida namoyon etildi.
🟦 “Barqaror tinchlik uchun yoshlar harakati” loyihasi doirasida ishtirokchilar guruhlarga ajralgan holda turli ijtimoiy yo‘nalishlarda amaliy loyihalar ishlab chiqdilar.
➡️ Guruhlar tomonidan kitobxonlikni rivojlantirish, giyohvandlikka qarshi kurashish, inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash, mediasavodxonlikni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida bag‘rikenglik va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash yo‘nalishlarida qisqa muddat ichida loyiha g‘oyalari tayyorlandi.
🙋 Ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdimot shaklida himoya qilib, ularning maqsadi, amalga oshirish mexanizmlari, kutilayotgan natijalari hamda jamiyat uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.
https://youtube.com/@senat_yp?si=Moogjr6mBqsYPjXF🕊 📱 https://instagram.com/senat_yp 📱 https://www.facebook.com/share/1BPnEcXadG/?mibextid=wwXIfr 📺 https://youtube.com/@senatYP
Yoshlar Parlamenti (Oliy Majlis Senati)
Apr 3, 2026, 04:00 AM
📷 Photo
🟦🟦▫️▫️ #Buxoro_viloyati
🟦 Shofirkon tumanida aholining yashash sharoiti va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida hududlarda infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar” va tanlab olingan “og‘ir” mahallarda ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda.
✅ Ushbu loyihalarni Shofirkon tumani Kengashi deputati, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Husenov Sayfullo shaxsan nazoratga oldi.
⚫️ Mahalladagi yo‘l asfaltlashtirish ishlari jadallashtirildi. Aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratilmoqda. Tadbirkorlik va transport faoliyati uchun infratuzilma mustahkamlanmoqda.
https://youtube.com/@senat_yp?si=Moogjr6mBqsYPjXF🕊 📱 https://instagram.com/senat_yp 📱 https://www.facebook.com/share/1BPnEcXadG/?mibextid=wwXIfr 📺 https://youtube.com/@senatYP
Yoshlar Parlamenti (Oliy Majlis Senati)
Apr 3, 2026, 04:00 AM
📷 Photo
🟦🟦▫️▫️ #Surxondaryo_viloyati
🟦 Deputatlar joylarda: amaliy o‘rganishlar olib borildi
✅ Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga “Takiya” saylov okrugidan saylangan deputat, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi Abdinazarov Abduraxmon Zokirjon o‘g‘li “Takiya” mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
➡️ Tashrif doirasida deputat mahalla hududida joylashgan 32-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab o‘qituvchilari hamda xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ta’lim sifati, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida uchrayotgan muammolar, ustozlarning taklif va tashabbuslari muhokama qilindi.
📝 Shuningdek, deputat mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan tanishib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
https://youtube.com/@senat_yp?si=Moogjr6mBqsYPjXF🕊 📱 https://instagram.com/senat_yp 📱 https://www.facebook.com/share/1BPnEcXadG/?mibextid=wwXIfr 📺 https://youtube.com/@senatYP
🟦🟦▫️▫️ #Buxoro_viloyati
🟦 20-Qumkashon saylov okrugidan tuman Kengashiga saylangan deputat, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi Jasur Ro‘ziqulov tashabbusi bilan hudud aholisi xonadonlariga kirib, ularning yashash sharoitlari, mavjud muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida manzilli o‘rganishlar olib borildi.
✅ Jarayon davomida har bir xonadon bilan ochiq muloqot qilinib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar tinglandi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar holati ko‘zdan kechirildi hamda taklif va murojaatlar tegishli tartibda qayd etilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
➡️ Shuningdek, hududni yanada obodonlashtirish, yashil makon yaratish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida MFY raisi boshchiligida aholi xonadonlariga mevali daraxt nihollari tarqatildi.
⚫️ Mazkur tashrif va amaliy ishlar fuqarolar bilan doimiy muloqotni mustahkamlash, xalq dardini eshitish va joylarda muammolarni bevosita hal etish borasidagi harakatlar ifodasidir.
https://youtube.com/@senat_yp?si=Moogjr6mBqsYPjXF🕊 📱 https://instagram.com/senat_yp 📱 https://www.facebook.com/share/1BPnEcXadG/?mibextid=wwXIfr 📺 https://youtube.com/@senatYP
Yoshlar Parlamenti (Oliy Majlis Senati)
Apr 3, 2026, 04:00 AM
📷 Photo
🟦🟦▫️▫️ #Toshkent_viloyati
🟦 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zosi Oxunjonova Dildora Komiljon qizi ishtirokida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, bahor kuychisi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlab "Ammofos-Maxam" AJda “Zulfiyaxonim qizlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
➡️ Tadbirda shoira hayoti va boy ijodiy merosi, uning davlat va jamiyat boshqaruvidagi fidokorona faoliyati alohida e’tirof etildi.
⚫️ Asarlarida yurtga muhabbat, insoniylik, sadoqat va yuksak ma’naviyat g‘oyalari tarannum etilgani, bu merosni keng targ‘ib qilish yoshlar qalbida ezgu fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
https://youtube.com/@senat_yp?si=Moogjr6mBqsYPjXF🕊 📱 https://instagram.com/senat_yp 📱 https://www.facebook.com/share/1BPnEcXadG/?mibextid=wwXIfr 📺 https://youtube.com/@senatYP