Assalomu alaykum barchaga! Ba'zi kichik yangiliklarni ulashib qo'yay dedim, kecha
https://t.me/javharuz so'rab, navigatorni to'g'irlab oldim, boradigan manzil va yuradigan yo'l ham aniqlashdi.
Avvalroq,
https://t.me/jahongir_pulatov_blog bilan viloyatimdan markaz ochish niyatidan qaytgan edim, hali o'sishim, ta'limni ichidan o'rganishim kerak ekanligini aytgan edilar, shunday ham bo'lib chiqdi.
Ustozlarning borlariga shukr, Ustozsiz odam tumanda yurgan kabidir, adashib qolishingiz, xatoga yo'l qo'yishingiz aniq.
so'ng, Jahon Schoolda "Ta'lim sifati nazorati markazi" xodimi sifatida ishga qoldim, 4 oy muddatdan so'ng katta ishonch va mas'uliyat bilan bo'lim rahbarligini qabul qildim.
Shu oyning boshidan buyon
https://t.me/jahon_school "Ota-onalarga xizmat ko'rsatish markazi yetakchi mutaxassisi" sifatida ishlab kelmoqdaman.
Demak, Ustozning tavsiyalari bilan hozir fokusim uch narsaga qaratildi, ular:
– Boshqaruv;
– Xizmat ko'rsatish(servis);
– Sotuv
Endi bugundan boshlab shaxsiy rivojlanish postlari yoniga asosan mana shu uch mavzuda yozib boraman.
Kitoblar haqida
https://t.me/ibrohimov_reads kanalida kuzatib borsangiz bo'ladi.