#MASJIDUL_HAROM_TARIXI
KA’BA TARIXI
KA’BANI KIM QURGAN?
✅ Alloh taolo marhamat qiladi:
👉 “Albatta, odamlar (uchun) muborak, olamlarga hidoyat qilib qo’yilgan birinchi uy Bakkadagi uydir” (“Oli Imron” surasi, 96-oyat).
✅ Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
👉 “Men: “Yo Rasululloh, yer yuzida qurilgan ilk masjid qaysi?”, deb so‘radim.
👉 U zot: “Masjidul Haram”, dedilar.
👉 “Undan keyin-chi?”, deb so‘radim.
👉 “Masjidul Aqso”, dedilar. 👉 “Ularning orasida qancha vaqt bor?”, deb so‘radim.
👉 “Qirq yil. So‘ngra qayerda namoz vaqti kirsa, o‘sha yerda namoz o‘qi, chunki (butun yer yuzi) masjid-dir”, dedilar” (Muttafaqun alayh).
✅ Ulamolar Ka’bai Muazzamaning qurilishi qachon bo‘lgani va uni birinchi bo‘lib kim qurgani borasida ixtilof qilganlar.
✅ Ba’zi ulamolarning aytishicha:
👉 “Ka’bani Odam va Havvo alayhimussalom qurishgan”.
✅ Ular Imom Bayhaqiy rahimahullohning Abdulloh ibn Amr ibn al-Os roziyallohu anhudan rivoyat qilgan quyidagi hadisini dalil qiladilar:
👉 “Alloh Jabroil alayhissalomni Odam va Havvoga yubordi va ularga: “Menga bir bino quringlar”, dedi. Jabroil alayhissalom ular uchun (o‘rnini) belgilab berdi. Odam qaziy boshladi, Havvo esa (tuproqni) tashidi, hatto suvga yetib borishdi. Ostidan nido keldi: “Senga yetarli, ey Odam!” Uni qurib bo‘lishgach, Alloh taolo unga tavof qilishni vahiy qildi va unga: “Sen odamlarning birinchisisan, bu esa birinchi uydir”, deyildi. So‘ngra asrlar o‘tib, Nuh alayhissalom haj qildi, so‘ngra yana asrlar o‘tib, Ibrohim alayhissalom uning poydevorini ko‘tardi” (Imom Bayhaqiy rahimahulloh “Daloi-un Nubuva”da rivoyat qilgan).
✅ Yana quyidagi qarash ham mavjud:
👉 “Ka’bani farishtalar qurgan”.
👉 Bu qavl (so‘z) Imom Ali ibn Husayn ibn Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumga nisbat berilgan. Ular Muhammad ibn Ka’b al-Quraziydan yoki boshqasidan qilingan quyidagi rivoyatni dalil sifatida keltirishgan:
👉 “Odam alayhissalom haj qildi, uni farishtalar qarshi olib: “Hajing muborak bo‘lsin, ey Odam! Biz sendan ikki ming yil avval haj qilganmiz”, dedilar” (Imom Bayhaqiy rahimahulloh rivoyati).
✅ Shuningdek, boshqa rivoyatda aytilishicha:
👉 “Ka’bani Alloh subhanahu va taoloning o‘zi joylashtirgan”. Mazkur oyat bunga dalil bo’ladi.
👉 Buni Imom Muhibb Tabariy rahimahulloh zikr qilgan.
✅ Yana rivoyat qilinishicha:
👉 “Ka’bani Ibrohim alayhissalom o‘g‘li Ismoil bilan birga qurgan”.
👉 Quyidagi oyat bunga dalil: “Ibrohim va Ismoil Baytning poydevorlarini ko‘targan vaqtlarida...” (“Baqara” surasi, 127-oyat).
👉 Buni Imom Ibn Kasir rahimahulloh zikr qilgan.
✅ Bundan boshqa yana ko‘plab fikrlar mavjud bo‘lib, bu borada o’ntagacha rivoyat kelgan.
✅Vallohu A’lam (Alloh yaxshiroq bilguvchidir).
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍
https://t.me/joinchat | 👍
http://facebook.com/AlQuranuz | 👍
http://youtube.com/AlQuranuz | 👍
http://instagram.com/alquran.uz