No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
International Inclusive Hub
Apr 27, 2026, 01:54 AM
Anqarada bolalarning raqamli muhitdagi xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi.
Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari xalqaro hamkorlar va ekspertlar bilan birgalikda bolalarni raqamli tahdidlardan himoya qilish, global hamkorlikni kuchaytirish va zamonaviy xavflarga qarshi tizimli yechimlar ishlab chiqish masalalarini muhokama qildi.
«Bugungi kunda O‘zbekistonda bolalarning internetdagi xavfsizligini ta’minlash ijtimoiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu borada bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, jumladan, raqamli tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan qonunchilik asoslari yaratilib, tegishli strategiya qabul qilindi.
Endilikda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik tasvirlangan materiallarni nafaqat tarqatish, balki ularni saqlash uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan.
Sammit doirasida Turkiya Respublikasi Birinchi xonimi Emine Erdoğan bilan uchrashib, mazkur dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qilish men uchun katta sharaf bo‘ldi.
Shuningdek, ularni kuzda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan global forumda ishtirok etishga taklif etdik.» - https://www.instagram.com/reel/DXe5a8CNx58/?igsh=MWJzc2l0aTB1cXhueg==https://www.instagram.com/reel/DXe5a8CNx58/?igsh=MWJzc2l0aTB1cXhueg== Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
🔹 Agentlik uchun bu yo‘nalish — har bir bola xavfsizligi uchun aniq tizim yaratish demakdir.
So‘nggi yillarda:
✔️ bolalarni raqamli zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonunchilik kuchaytirildi
✔️ profilaktika va erta ogohlantirish mexanizmlari joriy etildi
✔️ ijtimoiy xizmatlar orqali bolalar va oilalar bilan ishlash kengaytirildi
✔️ xalqaro hamkorlik yangi bosqichga olib chiqildi
Bu tashabbuslar — bolani himoya qilishdan oldin xavfni oldini olish tamoyiliga asoslanadi.
📝 https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi 💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d 🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya🎞https://youtu.be/3qt-Pxn__G8 🎖 http://ihma.uz/
17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Xalqaro inklyuziv hab, UNICEF va Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi tomonidan amalga oshirilayotgan "O‘sish va rivojlanish" (UPSHIFT) dasturining ikkinchi mavsumining yakuniy pitchingi bo‘lib o‘tdi.
Pitching natijalariga ko‘ra, 6 ta jamoaviy va 3 ta individual Startap tanlab olindi va ularning har biriga loyihani amalga oshirish uchun 15 000 000 so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
Qo‘llab-quvvatlangan tashabbuslar orasida:
✅ shahar muhitida ko‘zi ojiz insonlar uchun navigatsiya yechimlari;
✅ tahlil qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ta’lim formatlari;
✅ taktil o‘quv materiallari;
✅ mustaqil taqdimotlar uchun assistiv va sun’iy intellektga asoslangan yechimlar;
✅ ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikni kamaytirishga mo‘ljallangan mobil ilova;
✅ ko‘zi ojiz insonlarga texnik ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun audio-multimetr;
✅ to‘siqsiz ta’lim sohasidagi loyihalar;
✅ qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshiruvchi mayda urug‘larni ekishni avtomatlashtiradigan innovatsion qurilma.
Taqdim etilgan tashabbuslar yoshlarning yuqori darajada jalb etilganini hamda muhit va ta’limning qulayligidan tortib, raqamli farovonlik va barqaror rivojlanishgacha bo‘lgan dolzarb ijtimoiy muammolarni chuqur anglashini namoyish etadi.
Keyingi bosqich — Startapni mentorlik va ekspert ko‘magi ostida amalga oshirishdir.
__
17 апреля состоялся финальный питчинг второго потока программы «Рост и развитие» (UPSHIFT) — инициативы по развитию предпринимательских навыков молодежи, реализуемой Национальным агентством социальной защиты при Президенте Республики Узбекистан, Международным инклюзивным хабом, UNICEF и Фондом развития науки и образования «Зиё Форум».
По итогам питчинга отобрано 6 командных и 3 индивидуальных стартапа, каждый из которых получил финансирование в размере 15 000 000 сумов на реализацию.
Среди поддержанных инициатив:
✅ решения для навигации незрячих в городской среде;
✅ образовательные форматы, развивающие навыки анализа и принятия решений;
✅ тактильные учебные материалы;
✅ ассистивные и AI-решения для самостоятельных презентаций;
✅ мобильное приложение для снижения зависимости от соцсетей;
✅ аудио-мультиметр для обучения незрячих техническим навыкам;
✅ проекты в сфере безбарьерного образования;
✅ инновационное устройство для автоматизации посева мелких семян, повышающее эффективность труда в сельском хозяйстве.
Представленные инициативы демонстрируют высокий уровень вовлеченности молодежи и глубокое понимание актуальных социальных вызовов — от доступности среды и образования до цифрового благополучия и устойчивого развития.
Следующий этап — реализация стартапов с менторской и экспертной поддержкой.
https://www.facebook.com/iihub.uz | https://www.instagram.com/iihub_uz | https://youtube.com/@iihubuz?si=S4y_92bhqqeGNh05
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Toshkent shahridagi 52-sonli korreksion maktabga tashrif buyurib, o‘quvchining shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan yondashuvlar, kasbga tayyorlash va ko‘maklashishning yangi shakllari, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlashning to‘liq siklli tizimi bilan tanishdi.
Ziroat Mirziyoyevaga Ko‘p tarmoqli inklyuziv resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi hamda "International Inclusive Hub" tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va bolaning akademik hamda ijtimoiy rivojlanishini kuzatish imkonini beradigan o‘quvchining individual xaritasi raqamli platformasi taqdimot qilindi.
Mehmonlar bolalar bilan samimiy suhbatlashdi, ular o‘z ijodiy yutuqlari va egallagan ko‘nikmalari haqida so‘zlab berdilar.
—
Председатель Попечительского совета фонда Zamin посетила коррекционную школу № 52 Ташкента и ознакомилась с подходами, направленными на индивидуальное развитие ученика, новыми форматами профессиональной подготовки и сопровождения, системой полного цикла работы с ребёнком с особыми образовательными потребностями.
Зироат Мирзиёевой была представлена цифровая платформа индивидуальной карты ученика, инициированной и разработанной Многофункциональным инклюзивно-ресурсным центром, Центром информационных технологий и International Inclusive Hub, по которой прослеживается академическое и социальное развитие ребёнка.
Гости тепло пообщались с ребятами, которые поделились своими творческими успехами и приобретённые навыками.
#Ijtimoiy_himoya #IIHub #Tosiqlarsiz #BizTurlimizBizTengmiz #БезБарьеров #МыРазныеМыРавные
https://www.zaminfoundation.ngo/oz https://www.zaminfoundation.ngo/ru https://www.facebook.com/zaminfoundation https://www.zaminfoundation.ngo/en https://www.instagram.com/zaminfoundation/https://www.youtube.com/@zaminfoundation