Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo’ja Ilg’or qishlog’ida yashovchi (hozir Yakkabog’ tumani hududida) mushtipar ona- buxorolik Takina xotun, bahodir ota esa barlos urug’ining va Chag’atoy ulusining e’tiborli beklaridan biri bo’lgan Amir Tarag’ay xonadonining dunyoni xabt etuvchi yosh go‘dagi bo‘lmish Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmlarini o‘rgangan. Bundan tashqari 12 yoshida Qur‘oni Karimni yod bilganligi , shatranj o'yinining ustasi bo‘lganligi haqida ma‘lumotlar ham yo‘q emas .
Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtirganini ta’kidlaydi.
O‘zining sarkardalik mahorati bilan ko‘plab harbiy yurishlarni olib borgan. Tarixda esa faqat jang-u jadallar bilan band bo‘lgan hukmdor emas , balki yurtning obodonchiligi, ravnaqi ilm-ma‘rifatini keng yoyilishida o‘z hissasini qo‘shgan hukmdordir . Xususan , Yaqin va O‘rta Sharq bo‘ylab Movarounnahr savdo-sotiq, iqtisod va madaniyat markaziga aylanishida, Samarqand, Toshkent, Termiz, Marv, Damashq kabi qadimiy shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, shaharlarni obodonlashtirishda hissasi nihoyatda beqiyosdir.
Amir Temur saroyida ko‘plab ilm-ma’rifat allomalari Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono Nu’moniddin Xorazmiy, Xoja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiylar Sohibqironning marhamatidan bahramand bo‘lib, uning xizmatida bo‘ldilar. Amir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa, me’morchilik, falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta e’tibor berib, sohibi hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida fransuz olimi Lyangle shunday yozadi: “Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko‘rgan kishilarga ishonch biddirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki Temur bu sohalarga g‘amxo‘rlik qilishga asosiy e’tiborini berardi”.
Agar banda Alloh roziligi uchun dunyoda o‘z amallarini bajarar ekan , albatta Alloh taolo u amallarining savobini qiyomatga qadar boqiy qilib qo‘yar ekan. Bu so‘zlarimizga Amir Temur qilgan barcha ishlarni misol keltirsak bo‘ladi.
Har qancha faxr etsang arziydi, o’zbek,
Balqibsan bir zotning yuksak shonida.
Temurbek yulduzi Oltin qoziqdek
Charaqlar buyuklar kahkashonida.
✍ Toʼraqulova Oisha
Taʼlim muassasasi 1-kurs talabasi