🔥 Uzum yangi investitsiyalarni jalb qildi. Bahosi $2,3 mlrd dan oshdi
Uzum raqamli ekotizimi yangi kelishuvni yakunlab, O‘zbekistonga $130 milliondan ortiq xorijiy investitsiya
https://t.me/uzum_pressoffice
Ushbu kelishuvda Ummon Sultonligining suveren investitsiya fondi yetakchi investor sifatida ishtirok etdi.
Bu SpaceX, Grab, Lucid va Credit Suisse kabi kompaniyalarga sarmoya kiritgan ko‘zga ko‘ringan investordir.
Endi bu salmoqli ro‘yxatdan o‘zbekistonlik kompaniya ham joy oldi.
Kelishuv doirasida ekotizimning dastlabki (pre-money) bahosi $2,3 milliardni tashkil qildi.
Taqqoslash uchun: yaqindagina,
https://t.me/beshtorr Uzum $1,5 milliardga baholangan edi. Kuchli o‘sish.
Aytgancha, ushbu raundda Uzumga avval ham sarmoya kiritgan VR Capital, Tencent va FinSight Ventures kompaniyalari ham qatnashdi.
Ko‘rinib turibdiki, ular dastlabki investitsiyalarning natijalaridan mamnun.
Men ularni tushunaman:
https://t.me/beshtorr, Uzum 34 mln buyurtma va $500 mln GMVga erishdi, shuningdek, ilk bor ijobiy EBITDA qayd etdi.
Endi ekotizimning asosiy maqsadi — fintex va e-commerceni nafaqat yirik shahar aholisi, balki barcha uchun ochiq qilishdan iborat.
Yangi investitsiyalar aynan shu maqsadga yo‘naltiriladi.
Foto: Uzum