TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
🎓Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti rasmiy Telegram kanali
Fakultet telefon raqami: 712390129
Follow @rif_tdiu to stay updated with the latest fakulteti and davlat trends and news
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
May 17, 2026, 09:38 AM
🎥 Video
#live
🏃♂️ Ayni damda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilayotgan “Talaba Yugur” yugurish musobaqasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti talabalari ham faol ishtirok etishmoqda!
🔥 Talabalarimizga musobaqada omad, yuqori natijalar va yorqin g‘alabalar tilaymiz! Fakultetimiz sharafini munosib himoya qilayotgan barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin!
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
98
0
0
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
May 17, 2026, 09:38 AM
🎥 Video
🇺🇿 TDIU talabalari Jamoat xavfsizligi universitetida!
2026-yil 14-may kuni TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti talabalari hamda tyutorlar “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti”ga tashrif buyurishdi. ✨
🎖 Harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi
🥋 Kursantlarning qo‘l jangi va saf tayyorgarligi
🐎 Xizmat otlari va itlarining maxsus chiqishlari
🏛 Axborot-resurs markazi, sport majmuasi va maxsus poligonlar bilan tanishuv
Mazkur tashrif talabalar uchun unutilmas taassurotlar, vatanparvarlik ruhi va motivatsiyaga boy bo‘ldi! 🇺🇿🔥
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
524
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
May 17, 2026, 09:38 AM
📷 Photo
📚 TDIU 6-sonli talabalar turar joyida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
2026-yil 15-may kuni TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti “Iqtisodiy statistika” kafedrasi tomonidan “Bunyodkorlik yo‘lida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🎓 Tadbir fakultetning yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga muvofiq o‘tkazildi.
👤 Tadbir mehmoni sifatida Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti ta’lim dasturini ishlab chiqish va o‘quv-uslubiy ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Umarov Muxtor Turayevich ishtirok etdi.
💬 Davra suhbati davomida yoshlarning bilim va dunyoqarashini oshirish, bunyodkorlik g‘oyalari hamda zamonaviy ta’limning ahamiyati haqida fikr almashildi.
456
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
May 17, 2026, 09:38 AM
📷 Photo
🤩Hurmatli klubimizning faol, tashabbuskor va sportsevar talabalari! Sport klubi sizlarni “Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida o'tkazilayotgan ochiq sport tadbirlariga taklif qilib qoladi!
📌 Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha tashkil etiladi:
➡️Badminton
➡️Basketbol
➡️Stol tennisi
➡️Stritbol
➡️Futbol
➡️Voleybol
➡️Yengil atletika
📆 Sana: 16.05.2026
⏰ Soat: 09:00
📌 Joy: TDIU Fiskal kampusi Sport maydoni
📌 Ushbu sport musobaqalarida kun davomida ishtirok etishingiz mumkin!
➡️Musobaqalarda faol ishtirok etgan va faxrli o'rinlarni egallagan talabalar ijtimoiy faollik indeksi uchun maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Barcha sportsevar talabalarni kutib qolamiz!
🤩 TSUE Sport Club
💬 https://t.me/TSUEsportclub | 📷 https://www.instagram.com/tsue_sport?igsh=ZnpzOXM0Y2pvZzZ3
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
May 17, 2026, 09:38 AM
📷 Photo
🇺🇿TDIU talabalari Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurdilar
2026-yil 14-may kuni TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetining IB-31/25, IB-32/25 va AT-32/25 guruh talabalari hamda TFMB tyutorlari D. Berdikulova, U. Abduraxmonov va S. Axmedovlar “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti”ga tashrif buyurdilar.
🎖Tashrif davomida harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, kursantlarning qo‘l jangi, saf tayyorgarligi hamda xizmat otlari va itlarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
🏛Shuningdek, talabalar universitetning axborot-resurs markazi, sport majmuasi, otxona va maxsus tayyorgarlik poligonlari bilan yaqindan tanishdilar.
✨Mazkur tashrif yoshlarning vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
May 17, 2026, 09:38 AM
📷 Photo
#xalqaro_hamkorlik
🎓TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetida 🇺🇿🇧🇾belorusiyalik professor ishtirokida ma’ruza tashkil etildi.
🇧🇾Belorusiyaning Minsk shahridagi Ta’limni rivojlantirish instituti dekani, professor Gancheryonok Igor Ivanovich tomonidan IB 31/25 guruh talabalariga “Sun’iy intellekt nazariyalari va amaliyoti” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.
🤖Ma’ruza davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim tizimidagi o‘rni, zamonaviy pedagogik jarayonlarda qo‘llash imkoniyatlari hamda xalqaro tajribalar haqida fikr almashildi.
💬Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.
✨Tadbir barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 29, 2026, 02:11 AM
📷 Photo
#Talabalar_bahori #Navroz_talabalar_sayli
🖼 Tatariston milliy-madaniy ko‘rgazmasidan lavha
🔵Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti jamoasi tomonidan Tatariston milliy taomlari, urf-odatlari va madaniy qadriyatlari namoyish etildi. Ko‘rgazmada milliy an’analar va boy madaniyat o‘z aksini topdi.
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: https://t.me/tsueuzofficial
316
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 29, 2026, 02:11 AM
🎥 Video
🎭 Fakultet QVZ terma jamoasiga kasting!
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti talabalari diqqatiga — fakultet QVZ terma jamoasiga kasting bo‘lib o‘tadi!
🗓 Sana: 30-mart (dushanba)
🕐 Vaqti: 13:00
✨ O‘zingizni sahnada sinab ko‘rmoqchimisiz? Hazil, aktyorlik va kreativ fikrlash sizga yaqinmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
📞 Murojaat uchun:
https://t.me/abdulla1yev
+998 94 714 87 22
🎉 Iqtidorli yoshlar, sizni kutamiz!
707
9
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 29, 2026, 02:11 AM
📷 Photo
🔴🔴🔴
🖼🥘Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi.
Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetiga “Tatariston” hududi biriktirilib, milliy an’ana va qadriyatlar asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
🏆Fakultetimiz mazkur saylda faol ishtirok etib, “Eng yaxshi milliy chiqish” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
1,090
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 29, 2026, 02:11 AM
📷 Photo
❗️❗️❗️
🏃♀️ “Bahor festivali” marafoni — bahorni birga yugurib qarshi olamiz!
🔥 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti https://t.me/TSUE_Running_club jamoasi barcha talabalarni universitetimizda o‘tkazilayotgan “Talabalar bahori” festivali doirasidagi 5 km marafonga taklif qiladi. Ushbu marafon — bahorni sport, energiya va yuqori kayfiyat bilan kutib olish uchun ajoyib imkoniyat!
📅 Sana: 30-mart
⏰ Vaqt: 10:00
📍 Manzil: https://yandex.uz/maps/10335/tashkent/?ll=69.237592,41.301695&mode=whatshere&whatshere[point]=69.239764,41.301944&whatshere[zoom]=18&z=16
🏁 Masofa: 5 km
➡️ Musobaqa talaba yigitlar va qizlar o‘rtasida alohida o‘tkaziladi hamda g‘oliblar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi.
⚡️ Shuningdek, barcha sovrindorlar “Bukhara Night Race” marafonida bepul ishtirok etish, shuningdek borib-kelish va mehmonxona xarajatlari qoplab berilishi imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
🚀 Do‘stlaringizni ham taklif qiling va bahorni biz bilan birga yugurib qarshi oling!
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬 https://t.me/tdiu_official 📹 https://www.instagram.com/tdiu.yoshlar?igsh=MTF5ejJuZXE4dmhqZw==
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 25, 2026, 07:44 PM
📷 Photo
🌿 Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti Yoshlar kengashi tomonidan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Tengdoshga–tengdosh” tamoyili asosida “Salomatlik posbonlari” volontyorlar guruhi tashkil etildi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
330
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 25, 2026, 07:44 PM
📷 Photo
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari uchun AJOYIB IMKONIYAT! 🚀
Talabalar uchun foydali va ilhomlantiruvchi seminar-trening tashkil etilmoqda.
📅 Sana:26 -mart, Bino 5, 4/4
🕐 Vaqt: 13:30
👩💼 Seminar mehmonlari:
• Laylo Xondamirovna — UzCombinator co-founderi va https://t.me/yunikornuz UnicornTech asoschisi
• Nursulu Perdebayevna — TATU va TTYSI dotsenti, experience Educator
🎯 Seminarda siz quyidagilar haqida bilib olasiz:
• Startap yaratish
• Texnologiya sohasidagi imkoniyatlar
• Yoshlar uchun global imkoniyatlar
• G‘oyani rivojlantirish
📚 Mazkur seminar-trening Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti "Sun'iy Intellekt" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilmoqda.📚 ✨ Bilimingizga investitsiya qiling va kelajak sari qadam qo‘ying! Bizni kuzatib boring. https://t.me/yunikornuz | https://www.instagram.com/unicorntechuz?igsh=cXh3N2I5am5xYWQ1&utm_source=qr | https://www.linkedin.com/company/unicorntech-uz/ | https://youtube.com/@xondamirovna?si=CZ6i2uHvbdKwY7GL | https://unicorntech.uz/2025/12/24/malumotlarimiz-hammaga-ochiq-techrunch-sorovi-javobsiz-yol-kameralari-xavfsizmi/
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 25, 2026, 07:44 PM
📷 Photo
💻 Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Fakultetning AT-83, AT-84, AT-85 va AT-86 guruh talabalari mazkur muzeyga tashrif buyurdilar.
👨🎓 Tashrif davomida talabalar muzeydagi qadimiy eksponatlar, tarixiy hujjatlar hamda Toshkent shahrining boy o‘tmishini aks ettiruvchi manbalar bilan yaqindan tanishdilar. Ular poytaxtimizning rivojlanish bosqichlari va madaniy merosi haqida muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.
👥 Mas’ul tyutorlar: B. Abdusamatov, D. Musayeva, M. Xayriddinov
📚 Ushbu tashrif talabalar bilimini oshirish, tarixga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 25, 2026, 07:44 PM
📷 Photo
Navro‘z bayrami arafasida TTJda o‘rganish ishlari olib borildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 6-sonli talabalar turar joyida Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti dekani N. Akbarov tashrif buyurib, talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
🏠 Tashrif davomida xonalar tozaligi, jihozlarning sozligi hamda ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, talabalar bilan turli qiziqarli va intellektual o‘yinlar tashkil etilib, mazmunli vaqt o‘tkazildi.
✨ Ushbu tashrif talabalar uchun qulay sharoit yaratish va ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga xizmat qildi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 25, 2026, 07:44 PM
📷 Photo
📣 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 1–10 aprel kunlari iqtidorli talabalar o‘rtasida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Respublika turkum fan olimpiadalarining universitet bosqichi tashkil etilmoqda.
Olimpiadada bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan barcha yo‘nalishlardagi talabalar qatnashishlari mumkin. Olimpiadalarda 1-o‘rinni egallagan talabalar olimpiadalarning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.
🔥 Olimpiadalar quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi:
2 - aprel - Soliq;
3 - aprel - Bank ishi;
6 - aprel - Iqtisodiy statistika va ma’lumotlar tahlili;
7 - aprel - Umumiy iqtisodiyot nazariyasi;
8 - aprel - Moliyaviy xavfsizlik:
- Axborot xavfsizligi
- Xalqaro munosabatlar
- Iqtisodiyot
9-10 - aprel - Moliya
🔎 Olimpiada to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish uchun fanga biriktirilgan havola orqali kirishingiz mumkin.
⚡️ Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
🌐 Bizni kuzatishda davom eting.
https://www.instagram.com/tdiu_iqtidorli_talabalar?igsh=MWEzZ2s0dGlwc3BmZg==&utm_source=qr | https://t.me/TDIUiqtidorlitalabalar
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 24, 2026, 03:04 AM
🎥 Video
🎉 “Color Day” tadbiri bo‘lib o‘tdi! 🌈✨
Raqamli iqtisidiyot va axborot texnologiyalar fakulteti hamda Pendidikan xalqaro qo’shma ta’lim dasturi fakultetlari hamkorligida talaba qizlar o‘rtasida “Color Day” tadbiri yuqori kayfiyatda tashkil etildi.
🎨 Tadbir davomida ishtirokchilar rang-barang muhit, quvnoq o‘yinlar va unutilmas lahzalar bilan boy dasturda faol qatnashdilar.
✨ Tadbir barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va iliq taassurotlar ulashdi.
🎥 Quyida tadbirdan video lavhalar
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
823
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 24, 2026, 03:04 AM
📷 Photo
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙💖💖💖
🚀ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRISHGA JUDA KAM VAQT QOLDI
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Digital Finance” Akseleratsiya markazi
respublika startaplar tanlovining universitet bosqichiga start berIgan!
🎯Agar sizda:
✔️innovatsion g‘oya
✔️ yangi mahsulot yoki xizmat konsepsiyasi
✔️ startap yaratish istagi bo‘lsa — bu imkoniyat siz uchun!
👩🎓Tanlovda bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishi mumkin.
🏆
Universitet bosqichida eng yaxshi 3 ta loyiha 2026 yil 7-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Demodayda aniqlanadi va respublika bosqichiga yo‘llanadi.
💰 Respublika bosqichidagi grantlar:
🥇 1-o‘rin — 100 mln so‘m
🥈 2-o‘rin — 50 mln so‘mdan
🥉 3-o‘rin — 25 mln so‘mdan
📅 Arizalar 2026-yil 25-mart kuniga qadar qabul qilinadi.
📍 Ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/TMYLQnfJViMqGvPY6
Bu — o‘z g‘oyangizni haqiqiy startapga aylantirish imkoniyati.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
#DigitalFinance #TDIU #Startup #KreativGoya #Innovation
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 24, 2026, 03:04 AM
📷 Photo
📅 Joriy yilning 18-mart kuni TDIU 4-bino 6-ma'ruzalar zalida Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetining “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
🗣 Mavzu: "Ona yurtim maskanlari: urf-odatlar, udumlar va qadriyatlar"
👤 Tadbirga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira - Farog‘at Xudoyqulova, Madaniyat instituti o‘qituvchisi, folklorshunos, xonanda - Maftuna Turayeva O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o'qituvchisi Ibragimov Baxromjon Ismoilovich taklif etildi.
🤝 Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar faol ishtirok etib, urf-odatlar, udumlar va qadriyatlar borasida muhim va foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda tashkil etildi.
🌱 Tadbir davomida talabalarga zarur tavsiyalar berildi, shuningdek savol-javoblar tashkil etilib, ko'tarinki kayfiyatda tashkil etildi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 24, 2026, 03:04 AM
🎥 Video
🎓 TDIUda UZINFOCOM vakillari ishtirokida workshop o‘tkazildi
Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetida talabalar uchun amaliy workshop tashkil etildi. Tadbir talaba-yoshlarni IT sohasidagi zamonaviy imkoniyatlar bilan tanishtirishga qaratildi.
💻 Workshop davomida rekruitment jarayonlari, stajirovka dasturlari hamda karyera yo‘lini boshlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.
👩💼 Mutaxassislar tomonidan talabalarga amaliy tavsiyalar berilib, ochiq muloqot tashkil etildi.
🎥 Quyida tadbirdan video lavhalar
📊 Tadbir yoshlarning kasbiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
667
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 24, 2026, 03:04 AM
📷 Photo
🎓 TDIUda UZINFOCOM ishtirokida workshop o‘tkazildi
Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetida UZINFOCOM vakillari bilan hamkorlikda talabalar uchun amaliy workshop tashkil etildi.
💻 Tadbir davomida rekruitment jarayonlari, stajirovka imkoniyatlari va IT sohasida karyera boshlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.
👩💼 Mutaxassislar — Madina Tulyaganova va Shahzoda Nosirova talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
🎓 Shuningdek, Dilshod Mirzayev talabalarning amaliyotini rivojlantirish va hamkorlik masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
📊 Tadbir yoshlarning kasbiy rivoji va bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 16, 2026, 05:24 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦 🟦🟦
TDIU talaba-yoshlar o‘rtasida "Jadidlar jasorati - millatimiz faxri", "Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari" mavzularida insholar tanlovini e'lon qiladi.
⚡️Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🔗Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar https://forms.gle/4R5GHFP1iqieVSsu8 orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
📌Tanlov 18-mart kuni soat 10:00 da 2-bino, 1-qavat majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬 https://t.me/tdiu_official 📹 https://www.instagram.com/tdiu.yoshlar?igsh=MTF5ejJuZXE4dmhqZw==
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 16, 2026, 05:24 PM
📷 Photo
🗓 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganligi munosabati bilan talaba-yoshlar uchun turli uchrashuv va tadbirlar tashkil etilmoqda.
🎓 Shu munosabat bilan 12-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti “Sun’iy intellekt” kafedrasi tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.
👨💻 Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Sun’iy intellekt markazi xodimi Sagatov Dilshod Mirdjalilovich, fakultet rahbariyati, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
🗣 Uchrashuv davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi, ularning turli sohalarda qo‘llanilishi va istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, savol-javoblar tashkil etildi hamda faol qatnashgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 16, 2026, 05:24 PM
📷 Photo
✅ Joriy yilning 14-mart kuni TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti hududida tozalik va obodonlashtirish ishlari doirasida hashar tadbiri o‘tkazildi.
⚡️ Tadbirda kafedra mudirlari, dekan muovinlari hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, fakultet hududini yanada obod va fayzli qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
✨ Hashar davomida hudud tozalandi, daraxtlar oqlanib, gulzorlar parvarish qilindi, atrof-muhitni yanada ko‘rkam qilish bo‘yicha bir qator obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bunday tadbirlar jamoada hamjihatlikni mustahkamlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 16, 2026, 05:24 PM
📷 Photo
🌿 Fakultetimizda hashar tadbiri tashkil etildi
✅ Joriy yilning 13-mart kuni TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti hududida tozalik va obodonlashtirish ishlari doirasida hashar tadbiri o‘tkazildi.
⚡️ Tadbirda kafedra mudirlari, dekan muovinlari hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, fakultet hududini yanada obod va fayzli qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
✨ Hashar davomida hudud tozalandi, daraxtlar oqlanib, gulzorlar parvarish qilindi, atrof-muhitni yanada ko‘rkam qilish bo‘yicha bir qator obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bunday tadbirlar jamoada hamjihatlikni mustahkamlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Mar 13, 2026, 06:05 PM
📷 Photo
🗓 12-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti “Iqtisodiy statistika” kafedrasi tomonidan “Ayollarning jamiyatdagi o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🎓 Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari X. K. Yusupova va M. X. Adxamjonova, fakultet rahbariyati, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
🗣 Ma’ruzachilar ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning davlat boshqaruvi va ijtimoiy hayotdagi nufuzini oshirish, shuningdek qizlarning erta turmush qurishining salbiy oqibatlari haqida fikr bildirdilar.
❓ Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar o‘tkazildi.
🤝 Tadbir yoshlar ongida qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi hamda ularning faolligini oshirishga xizmat qildi.
📌Rasmiy sahifalarimiz
💬 📹 https://www.instagram.com/tdiu.riat?igsh=MW00aDk4d21mNGN3NA==&utm_source=qr