Baxtli yashamoq uchun nima qilish kerak?
1. "Ijobiy fikrli nonushta"
Ertalab barvaqt uygʻonganda koʻproq nima haqida oʻylaysiz? Biz ertalab uygʻonib, nima haqida oʻylagan boʻlsak, oʻsha fikr amalga oshadi. Men sizga erta tongdan yaxshi fikrlar bilan toʻyingan, vitaminli, ijobiy fikrli nonushtalarni tavsiya qilaman. Bu ijobiy fikrlar faqat bugun uchun emas, balki sizning kelajagingiz uchun yaratiladi.
2. Ijobiy fikrli nonushta retsepti:
- bugun eng yaxshi kunim; - bugun mening goʻzal tongim;- men dunyodagi eng baxtli insonman;- men uchun omadlar ohanrabodir ;- bugungi kun menga muvaffaqiyat olib keladi;- bugun menga hayot chiroyli kun taqdim qilmoqda; - bugun hayotimning yangi kuni boshlandi;- oʻrningdan tur,(ismingizni ayting), seni ulugʻ ishlar kutmoqda!
3. "Sehrli eliksir":
Oʻzingiz yoqtirgan piyolaga iliq mineral yoki oddiy suv soling. Piyolani qoʻlingizga oling va labingizga yaqinlashtiring. Siz “Sehrli eleksir” tayyorlayapsiz. Yarim ovozda siz bu hayotda nima hoxlayotganingizni, nimalar kerakligini va nimaga erishmoqchi ekanligingizni pichirlab ayting. Masalan, men sogʻlom va boy boʻlishni, men baxtli boʻlishni, men sevimli va kerakli boʻlishni istayman. Men chiroyliman va omadliman, muvaffaqiyatliman.
4. "Koʻzgu".
Koʻzguga toʻgʻri kelasiz va oʻz aksingizga quvonch va muhabbat bilan salom bering. Oʻzingizga tabassum qiling va kim ekanligingizni eslang. Iqtidorli, omadli, muvaffaqiyatli shaxs, juda yaxshi inson, ajoyib erkak yoki ayol. Oʻzingizga Allohning noyob moʻ’jizasi ekanligingizni eslating.
5. "Eshik"
Ostona eshigidan chiqayotgan paytingizda oʻzingizga:"Bugun eng omadli, muvaffaqiyatli, barakali kun", “Yangi kunga dadillik bilan qadam qoʻy”, “Muvaffaqiyat sening tomonda”, “Sen yolgʻiz emassan, deb ayting. Har kuni shu nonushtani tayyorlab va iste’mol qilib borsangiz, sizning hayotingiz sezilarli darajada oʻzgaradi